17
2017 yil yakunlari bo„yicha aholi jon boshiga YaIM 7692 ming so„mni tashkil
etdi va bu ko„rsatkich o„tgan yilga nisbatan 3,6 % ga oshdi.
YaIM o„sish sur`atiga xizmatlar sohasi eng katta ta`sir ko„rsatdi va bu soha
o„tgan yilga nisbatan 6,9 foizga oshdi.
Jumladan, savdo, yashash va ovqatlanish
bo„yicha xizmatlar 3,9 foizga (YaIM tarkibidagi ulushi -11,5 %), tashish va saqlash,
axborot va aloqa – 8,9 % ga (11,0 %) va boshqa xizmatlar – 7,3 % ga (24,8 %) o„sdi.
Sanoat tarmog„ining qo„shilgan qiymati 4,6 % ga o„sdi va YaIM tarkibidagi
ulushi 26,7 % ni tashkil etdi. Sanoat ishlab chiqarishining YaIM mutloq o„sishi
sur`atiga ijobiy ta`siri 1,1 % punkt darajasida baholandi. Sanoat tarmog„idagi o„sish
asosan tog„-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash (114,6 %)
va ishlab chiqaradigan
sanoat (102,8 %) qo„shilgan qiymatlarining o„sishi hisobiga ta`minlandi.
YaIM tarkibida qurilishning ulushi 6,8 foizga teng bo„ldi. YaIM ning mutloq
o„sishida qurilish tarmog„ining ijobiy hissasi 0,4 % punkt darajada baholandi.
2017 yil yakunlariga ko„ra, qishloq, o„rmon va baliq xo„jaligida ham 2,0 %
darajasida ijobiy o„sish sur`ati kuzatildi. Ushbu tarmoqning YaIM tarkibidagi ulushi
19,2 foizni tashkil etdi. Qishloq, o„rmon va baliq xo„jaligi tarmog„idagi o„sish sur`ati
hisobidan YaIM ning 0,4 % punktga o„sishi ta`minlandi.
Yuqorida keltirilgan diagrammada birlamchi sektorning (qishloq, o„rmon va
baliq xo„jaligi) YaIM tarkibidagi ulushi 2016 yildagi 18,1 % dan 2017 yilda 19,2 %
ga, ikkilamchi sektorning (sanoat va qurilish) ulushi 32,9 % dan 33,5 % ga
oshganligini ko„rish mumkin. Uchlamchi sektor (xizmatlar sohasi) ning YaIM
tarkibidagi ulushi esa, 49,0 foizdan 47,3 foizga kamaydi.
2017 yilda mulkchilik shakllari bo„yicha YaIM umumiy hajmining 81,0 %i
iqtisodiyotning nodavlat sektoriga, 19,0 % i – davlat sektoriga to„g„ri keldi.
Yuqori iqtisodiy o„sish sur‟atlari, o„z
navbatida, O„zbekiston Respublikasi
Prezidenti tomonidan belgilab berilgan 2016 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning
eng
muhim
ustuvor
yo„nalishlari,
jumladan,
mamlakat
iqtisodiyotini rivojlantirishning barcha ichki imkoniyat
hamda zaxiralarini izlab
topish
va
safarbar
etish,
iqtisodiyotni
tarkibiy
jihatdan
isloh
qilish,
modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni chuqurlashtirish, shuningdek,
kichik
18
biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini jadal rivojlantirishga, ichki talabni
rag„batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga
oshirilishi va samarali
makroiqtisodiy siyosatning yuritilishi hisobiga ta‟minlanmoqda (1.1-rasm).
Dostları ilə paylaş: