Cisco Packet Tracer dasturi Cisco tomonidan ishlab chiqilgan va telekommunikatsiya tarmoqlari va tarmoq uskunalarini o'rganishda foydalanish uchun tavsiya etiladi. Packet Tracer dasturiy ta'minoti asosida turli xil Cisco marshrutizatorlari va kommutatorlari, ishchi stantsiyalari va Ethernet, Serial, ISDN, Frame Relay kabi tarmoq ulanishlaridan tarmoq topologiyasini yaratish mumkin. Simulyatorning funktsiyalari mashg'ulot uchun ham, ish uchun ham, rejalashtirish bosqichida tarmoqni sozlashda ham mos bo'lishi mumkin.
Cisco Packet Tracer dasturi interfeysi
Cisco Packet Tracer dasturi yuklangandan so’ng ekranda 3.1-rasmda tasvirlangan oyna hosil bo’ladi.
Oynaning yuqori qismida dastur nomi (Cisco Packet Tracer), kompyuter tarmog’i modelini o’zida saqlovchi fayl nomini o’z ichiga olgan sarlavha qismi joylashgan, shuningdek, oyna o’lchamini o’zgartiruvchi, uni ixchamlashtiruvchi yoki yopuvchi
Standart boshqarish tugmalari joylashgan
Sarlavhaning pastki qismida menyu osti bo’limlarini o’z ichiga olgan bosh menyular satri joylashgan:
File menyusi tarmoq topologiyasini tavsiflovchi faylni saqlash va ochish buyruqlarini o’z ichiga oladi;
Editmenyu ostisi ishchi maydondagi tasvirni tahrirlash imkonini beruvchi buyruqlarini o’z ichiga oladi;
Options menyu ostisi ishchi maydon sozlamalari uchun xizmat qiladi;
View menyu ostisi foydalanuvchi interfeysi parametrlarini sozlash buyruqlaridan iborat;
Tools menyu ostisi qurilmalarning qo’shimcha modelini yaratish imkonini beruvchi buyruqlardan iborat;
Extensions menyu ostisi yordamchi dasturlarga ruxsat berishni ta’minlash imkonini beradi;
Help menyu ostisi ma’lumotnomaga murojaat qilish, o’quv materiallarni ko’rish yoki Cisco Packet Tracer dasturining joriy versiyasini ko’rish imkonini beruvchi buyruqlardan iborat.
Menyular satri ostida yuqori uskinalar paneli joylashgan.
Yuqori uskunalar panelida joylashgan tugmalarining birinchi qatori Cisco Packet Tracer dasturi bosh menyular satrining eng ko’p qo’llaniladigan buyruqlaridan tashkil topgan yorliqlardan iborat:
New – yangi model yaratish;
Open – modelni fayldam yuklash;
Save – modelni faylga saqlash;
Print – modelni printerdan chop qilish;
Activity Wizard – modelni soddalashtirish bo’yicha ko’rsatma yaratish;
Copy – modelning belgilangan qismini buferga nusxalash;
Paste – buferdagi ma’lumotni model oynasiga qo’yish;
Undo – modelga kiritilgan oxirgi o’zgartirishni bekor qilish;
Redo – Undo yordamida bekor qilingan o’zgartirishni tiklash;
Zoom In – tasvirni kattalashtirish;
Zoom Reset – tasvirning boshlang’ich o’lchamini tiklash;
Zoom Out – tasvirni kichraytirish;
Drawing Palette – modelning chizilgan elementlariga rang berish;
Custom Devices Dialog – qurilma modelining foydalanuvchi interfeysini yaratuvchi dasdturni chaqirish;
6
Yuqori uskunalar panelining ikkinchi qatoridan quyidagi qurilmalar joy olgan:
Logical/Physical – ishchi maydon rejimini o’zgartirish;
Root / Back – klasterni kichraytirish va kengaytirish tugmasi;
New Cluster – qurilmalarni bitta guruhga (klasterga) birlashtirish tugmasi;
Move Objects – klasterdagi obyektni surish;
Set Tided Background – fon rasmini tanlash tugmasi;
Viewport – ishchi maydonni kichiklashtirilgan mas’shtabda ko’rsatish tugmasi.