O’zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat transport universiteti kafedra



Yüklə 28,21 Kb.
səhifə2/3
tarix18.02.2023
ölçüsü28,21 Kb.
#84829
1   2   3
Labaratoriya ishi 2 (1)

Nazariy tushunchalar
EHM faqat sonli shakldagi ma`lumotlarni qayta ishlaydi. Barcha ma`lumotlar, xususan, dasturlar, matnlar, ovozlar, rasmlar kompyuterda qayta ishlanishi uchun u albatta sonli shaklga almashinishi lozim. Kompyuter ma`lumotlarni qabul qilar ekan, dastlab u kodlanadi. Har bir belgiga, harf yoki simvollarga maxsus son mos keladi. Uni ekranga yoki chop qilish qurilmasiga chiqarish jarayonida ana shu songa mos belgi qo’yiladi. Son va belgi orasidagi bog’lanish belgilarni kodlash deb yuritiladi. Kompyuterdagi ma`lumot birligi bir bitdan iborat, ya`ni 0 yoki 1 qiymat qabul qiladi. Lekin kompyuter buyruqlari bayt bilan ishlaydi. Ketma-ket sakkiz bit bir baytdan iborat. Demak, bir bayt birgina belgi qiymatini 256 variantda kodlash imkoniyatini beradi. Ma`lumotni o’lchashning katta birliklari kilobayt, megabayt, gigabayt bo'lib, ular quyidagicha boshlangan:

  1. 1024 bayt

=

1Kbayt

1024 Kbayt

=

1Mbayt

1024 Mbayt

=

1Gbayt


Ixtiyoriy asosli sanoq tizimini yoyilma shaklda quyidagicha berish mumkin:
N = anqn + аn-1 qn-1 + а1q10q0 + a-1q-1 + ... + а-mq-m,
Bu yerda: N –berilgan son;
a – ixtiyoriy 0 dan 9 gacha bo'lgan sonlar;
q – sanoq tizimining asosi;
n, m – musbat sonlar.
Masalan: 35,9(10) 3*101 + 5*100 + 9*10-1
1101,11(2) 1*23 +1*22 + 0*21 + 1*20 + 1*2-1 + 1*2-2 (2 10)
Yuqoridagi tartibda o’n oltilik, sakkizlik va ikkilik sanoq tizimidagi sonlarni o’nlik sanoq tizimiga o’girish mumkin bo'ladi.
Uchinchi avlod mashinalari mikrosxemalar asosida bajarilgan, ular o’zida ikkitta holatni qabul qiladi. Shu sababli barcha kodlash ishlari va ulardagi ma`lumotlar ko’rinishi va dasturlar ikkilik sanoq tizimi asosida bajariladi.
EHMda yozish misollarni tayyorlashda sakkizlik va o’n oltilik sanoq tizimlaridan foydalaniladi. Ular shunisi bilan qulayki, buyruq va konstantalarni yozishda ikkilik sanoq tizimiga nisbatan 3 yoki 4 marotaba kam razryad talab qiladi.

Yüklə 28,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin