O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 276,78 Kb.
səhifə3/12
tarix01.03.2023
ölçüsü276,78 Kb.
#86065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kurs ishi2

I BOB. NAZARIY QISM
1.1. Byudjet tashkilotlarida yuritiladigan hisobot shakllarining nazariy asoslari
Byudjet tashkiloti - bu zimmasiga yuklatilgan vazifalami bajarish bilan bog‘liq bo'lgan o'z faoliyatini amalga oshirishi uchun davlat byudjetidan mablag' ajratishni nazarda tutilgan va bu mablag' moliyalashtirishning asosiy manbayi hisoblanadigan vazirlik, davlat qo'mitasi, idora, davlat tashkilotidir2. Byudjet tashkilotlariga davlat tashkilotlari, maktablar, oliy o'quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, shifoxonalar, poliklinikalar, bolalar bog'chalari va boshqalar kiradi.
Byudjet tashkilotlarida hisoblarning maqsadi bo'lib, foydalanuvchilarni to'la, aniq va o'z vaqtida moliyaviy va boshqa buxgalteriya ma’lumotlari bilan ta’minlash hisoblanadi.
Byudjet tashkilotlarida barcha xarajatlar davlat byudjeti mablag'lari hisobidan qoplanadi. Ammo ayrim tadbirlami moliyalashtirish uchun byudjetdan tashqari mablag'lar foydalaniladi, ya’ni bular davlat byudjeti mablag'lari hisobidan emas, balki boshqa manbalar hisobidan tashkil etiladigan mablag'lardir.
Byudjetdan tashqari mablag'lar jumlasiga maxsus mablag'lar, topshiriqlar bo'yicha summalar va depozit summalar kiradi.
Maxsus mablag‘lar-bu byudjet tashkilotlariga tegishli binolardan, xonalardan, korxonalardan va yordamchi xo'jaliklardan, inventarlardan va uskunalardan foydalanish va ishlatish natijasida paydo bo'lgan byudjet tashkiloti daromadlarining summasidir. Maxsus mablag'lar foydalanish xarajatlarini qoplashga, qaysi tadbirlardan olingan bo'lsa, o'sha tadbirlaming faoliyatini kengaytirish va yaxshilashga sarflanadi. Maxsus mablag'larni boshqa maqsadlarga hamda byudjetdan moliyalashtiriladigan tadbirlarga sarflashga yo'l qo'yilmaydi. Maxsus mablag'larga barcha byudjet tashkilotlari ega bo'lishi mumkin.
Maxsus mablag'laming har bir turi bo'yicha kirim-chiqim smetalari tuziladi. Smetaning daromadlarida maxsus mablag'laming kirimi ko'rsatiladi, xarajatlarida esa mablag'laming byudjet tasnifi moddalari bo'yicha yo'naltirilishi ko'rsatiladi. Agar byudjet tashkiloti maxsus mablag'laming bir nechta turlariga ega bo'lsa, u holda individual smetalar asosida ularning yig'masi tuziladi. Yig'ma smetada maxsus mablag'lar har bir turining daromad va xarajatlari alohida-alohida ko'rsatiladi. Maxsus mablag'laming smetalari bo'yicha xarajatlar daromadlaridan yuqori bo'lishi mumkin emas.
Maxsus mablag'laming smetalarini yuqori byudjet mablag'larini tasarruf qiluvchilar tomonidan tasdiqlanishi haqida ikki nusxada ma’lumotnoma tuziladi. Ma’lumotning bir nusxasi bank muassasasiga beriladi, boshqasi esa ma’lumot berilgan tashkilotda qoladi. Bank mazkur tashkilotdagi barcha maxsus mablag'lar smetalarining tasdiqlanishi haqidagi bitta ma’lumotnomani oladi va bank muassasalari Maxsus mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvaraqlaridan mablag'lar beradi. Byudjet tashkilotlarining rahbarlari maxsus mablag'laming tasarruf qiluvchilari hisoblanadi. Ular smetada ko'zda tutilgan daromadlaming tushumini ta’minlashga va maxsus mablag'larning xarajatlarini har bir moddasi bo'yicha tasdiqlangan summalar doirasida smeta bo'yicha maqsadli tayinlanishiga muvofiq sarflashga majburdirlar. Maxsus mablag'larning kelib tushayotgan summalarini, odatda, to'lovchilar to'g'ridan-to'g'ri bank muassasasiga ulami byudjet tashkilotining maxsus mablag'lar bo'yicha talab qilib olgunga qadar depozit hisobvaraqlariga qo'yish uchun topshirishlari kerak.
Topshiriqlar bo‘yicha summalar ayrim topshiriqlami bajarish uchun boshqa tashkilotlardan byudjet tashkilotiga kelib tushgan mablag'lardir. Bularga, masalan, o'quv yurtlarini tugatib ish joyiga yuborilgan yosh mutaxassislarga to'lash uchun tashkilotlardan olingan summalar, korxonalardan o'qishga yuborilgan talabalarga ular hisobidan stipendiya to'lash uchun olingan summalar, boshqa tashkilotlardan, ular uchun uskunalar, adabiyotlar va boshqa shunga o'xshashlami sotib olish uchun olingan summalar kiradi. Topshiriqlar bo'yicha kelib tushgan mablag'lar bank muassasalarida topshiriqlar bo'yicha summalarga doir talab qilib olgunga qadar alohida depozit hisobvarag'ida saqlanadi. Bunday hisobvaraqlar tegishli moliya organining ruxsati bilan ochiladi.
Byudjet hisoboti quyidagi hisobot turlarini o‘z ichiga oladi:


Yüklə 276,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin