O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 276,78 Kb.
səhifə7/12
tarix01.03.2023
ölçüsü276,78 Kb.
#86065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
kurs ishi2

Hisoblarning bosh-jurnal shakli. Bosh-jurnal shakli qo'llanilganda hisoblar kitoblarda yoki kartochkalarda yuritiladi. Bu tartibni yuqori tashkilotning bosh buxgalteri belgilaydi. Bunda quyidagi kitoblar qo'llaniladi: «Bosh-jurnal» kitobi, kassa kitobi, mehnat haqi to'lashga tarqatuvchilarga berilgan pullar kitobi, joriy schyotlar va hisob-kitoblarni hisobga olish kitobi, deponent qilingan mehnat haqi va stipendiyalarning analitik hisobini olib borish kitobi, moddiy qiymatliklari miqdor-summali hisobini olib borish kitobi, quyi tashkilotlarni moliyalashtirish bo'yicha hisob-kitoblarni hisobga olish kitobi, maxsus mablag'larni hisobga olish kitobi. Bosh-jurnal kitobi sintetik hisob uchun, qolganlari esa analitik hisob uchun tayinlangan.
Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi memorial order shaklida olib boriladi.
Tekshirilgan va hisobga olish uchun qabul qilingan hujjatlar sanasi bo‘yicha tartiblashtirilib, quyidagi doimiy raqamli memorial order — jamlanma qaydnomalar bilan rasmiylashtiriladi:
1-memorial order – kassa operatsiyalari bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 381-son shakl;
2-memorial order – byudjet mablag‘larining harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son shakl;
3-memorial order – byudjetdan tashqari mablag‘lar harakatiga doir jamlanma qaydnoma, 381-son shakl;
5-memorial order – ish haqi va stipendiyalar bo‘yicha hisob-kitob varaqalari yig‘indisi, 05-son shakl;
6-memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 408-son shakl;
8-memorial order – hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblar bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 386-son shakl;
9-memorial order – asosiy vositalarning hisobdan chiqarilishi va joydan joyga ko‘chirilishi bo‘yicha jamlanma qaydnoma, 438-son shakl;
11-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining kirimiga doir jamlanma qaydnoma, 398-son shakl;
12-memorial order – oziq-ovqat mahsulotlarining sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 411-son shakl;
13-memorial order – materiallar sarfiga doir jamlanma qaydnoma, 396-son shakl;
15-memorial order – ta’lim muassasalarida bolalarni saqlaganlik uchun ota-onalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo‘yicha qaydnoma, 406-son shakl.
Qolgan operatsiyalar (asosiy vositalarga eskirish hisoblash, asosiy fondlarni har yilgi qayta baholash, byudjetdan tashqari daromadlar hisobi, yilni yakunlash operatsiyalari va h.k) va “Storno” operatsiyalari bo‘yicha alohida memorial orderlar tuziladi (274-son shakl) va ular har oy uchun alohida 16 raqamdan boshlab raqamlanadi.
Operatsiyalar hajmiga qarab jamlanma qaydnomalarni tuzish talab qilinmaydigan tashkilotlarda subschyotlar korrespondensiyasi alohida memorial orderlarda (274-son shakl) yuqorida keltirilgan doimiy raqamlar berilib ko‘rsatiladi.
Alohida memorial orderlar operatsiyalarning sodir bo‘lishiga qarab, ammo boshlang‘ich hisob hujjatlari olingandan keyingi kundan kechiktirmasdan ayrim hujjatlarga yoki bir xildagi hujjatlarning bir guruhi asosida tuziladi. Subschyotlar korrespondensiyasi memorial orderlarda ikki yoqlama yozuv qoidasiga muvofiq yozib boriladi.
Memorial orderlar bosh hisobchi (yoki uning o‘rinbosari) va ijrochi (hisobchi) tomonidan imzolanadi.
Barcha memorial orderlar 308-son shakldagi “Bosh-jurnal kitobi”da ro‘yxatga olinadi.
“Bosh-jurnal kitobi” har bir subschyot bo‘yicha yuritiladi.
“Bosh-jurnal kitobi” o‘tgan yildagi yakunlovchi balansga muvofiq yil boshiga qolgan qoldiq summalarni ko‘chirib yozish bilan ochiladi. Bu daftarga yozuvlar memorial orderlar va memorial order – jamlanma qaydnomalar tuzilgandan keyin oyiga bir marta yoziladi.
Memorial orderdagi summa dastlab “Order bo‘yicha summa” qatoriga, keyin esa, tegishli subschyotlarning debeti va kreditiga yoziladi. Barcha subschyotlar bo‘yicha oylik aylanmalar summasi debetda ham kreditda ham “Order bo‘yicha summa” qatorining jamiga teng bo‘lishi kerak. Oylik aylanmalardan keyingi ikkinchi qatorda har bir subschyot bo‘yicha kelgusi oyning boshiga qoldiq chiqariladi.

Yüklə 276,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin