O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix06.06.2020
ölçüsü0,92 Mb.
#31552
1   2   3
bank harajatlari auditi


Operatsion 

xarajatlar 

Foizsiz xarajatlar  Foizli xarajatlar 

62,

50

 

9,

40

 

28,

10

 

61,

93

 

9,

06

 

29,

01

 

01.01.2013 

01.01.2014 



10000000 

20000000 

30000000 

40000000 

50000000 

60000000 

70000000 

80000000 

90000000 

100000000 

Operatsion 

xarajatlar 

Foizsiz xarajatlar 

Foizli xarajatlar 

01.01.2013 

01.01.2014 

 

Yuqoridagi  diagrammalardagi  ma`lumotlardan  bankning  jami  operatsion 

xarajatlari  jami  xarajatlari  tarkibida  yil  boshida  62,5  %  ,  ya`ni 

71621757  ming 

so`m  bo`lgan  va  yil  oxiriga  kelib  61,93  %,  ya’ni 

94779523  ming  so`mga  teng 

bo`lgani bizga ma`lum.  Joriy yilda jami xarajatlar tarkibida  foizli xarajatlar 28,10 

%, foizli xarajatlar esa 29,01 % ni tashkil etgan.

 

Foizsiz xarajatlarni tekshirishda auditor quyidagi hisobvaraqlar  qoldiqlariga 



e`tiborini qaratadi.  

-  55100 Vositachilik xarajatlari 

-  55300 Xorijiy valyutadan ko`rilgan zarar 

-  55600 Tijorat operatsiyalaridan ko`rilgan zarar 

-  55700  Qaram  xo`jalik  jamiyatlariga,  qo`shma  korxonalarga  va  sho`ba 

xo`jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalardan ko`rilgan zararlar 

-  55800 investitsiyalardan ko`rilgan zararlar 

-  55900 Boshqa foizsiz xarajatlar 

 

Tijorat  banklarida  eng  katta  salmoqqa  ega  bo`lgan  xarajatlar  operatsion 



xarajatlar  hisoblanadi.    Operatsion  xarajatlar  quyidagi  hisobvaraqlarda  hisobga 

olinadi: 

  56100  Bank  xizmatchilarining ish  haqi  va  ular  uchun  qilingan  boshqa 



xarajatlar 

-  56102 Ish haqi 

-  56106 Bank xizmatchilari uchun imtiyozlar 

-  56108 Asosiy rahbar xodimlarga mukofotlar 

-  56110 Tibbiy, stamotologik xizmatlar uchun va shifoxonada davolash 

xarajatlari 

-  56114 Ijtimoiy sug`urta bo`yicha badallar 

-  56118 Ijtimoiy himoya bo`yicha xarajatlar 

-  56122 Bandlik fondi va boshqa fondlar uchun badallar 

-  56195 Bank xizmatchilari uchun qilingan boshqa xarajatlar 

  56200 Ijara va ta`minot xarajatlari 



-  56202 Ijara to`lovi 

-  56206 Suv to`lovi 



-  56210 Elektr energiyasi va isitish tarmoqlari xarajatlari 

-  56214 Ta`mirlash va ta`minot xarajatlari 

-  56218 Qo`riqlash xizmati xarajatlari 

  56300 Xizmat safari va transport xarajatlari 



-  56302 Xizmat safari xarajatlari 

-  56306 Xizmat safaridagi kunlik xarajatlar 

-  56310 Bank mulkini qo`riqlash bilan bog`liq xarajatlar 

-  56314 Yoqilg`i xarajatlari 

  56500 Reprezentatsiya va xayriya 



-  56502 Reprezentatsiya va ko`ngilochar tadbirlar xarajatlari 

-  56506 A`zolik badallari 

-  56510 Xayr-ehson va xayriya xarajatlari 

  56600 Eskirish xarajatlari 



-  56602 Bank binosi va boshqa imoratlarning eskirish summasi 

-  56606 Investitsiya qilingan ko`chmas mulkning eskirish summasi 

-  56610 Transport vositalarining eskirish summasi 

-  56614 Mebel va jihozlarning eskirish summasi 

-  56616  To`lov  kartochkalari  bilan  hisob-kitoblarni  amalga  oshirish 

uskunalarining eskirish summasi 

-  56618 Nomoddiy aktivlarning eskirish summasi 

-  56622  Operatsion  ijaraga  berilgan  asosiy  vositalarning  eskirish 

summasi 

-  56626  Ob`ektlarni  ijaraga  olish  va  uni  takomillashtirish  huquqi 

bo`yicha eskirish summasi 

-  56630 Ombordagi asosiy vositalarning eskirish summasi 

  56700 Sug`urta, soliq va boshqa xarajatlar 



-  56702 Yuridik va auditorlik xizmati xarajatlari 

-  56706 Maslahatchilar xizmati uchun to`lov xarajatlari 

-  56710 Sug`urta xarajatlari 

-  56714 Soliq(Foyda solig`idan tashqari) va litsenziyalar 



-  56718 Jarima va penya xarajatlari 

-  56722  Sud  jarayonidagi  aktivni  sotib  olish  bilan  bog`liq  bo`lgan 

xarajatlar 

-  56795 Boshqa operatsion xarajatlar 

  56800 Ko`rilishi mumkin bo`lgan zararlarni baholash 



-  56802  Kreditlar  bo`yicha  ko`rilishi  mumkin  bo`lgan  zararlarni 

baholash 

  56900 Daromad solig`ini baholash 



-  56902 Daromad solig`ini baholash 

Banklar  o`z  operatsion  xarajatlarini  ularning  bosh  banki  tomonidan    bir  yil 

uchun  tasdiqlangan  va  xabar  berilgan  smeta  assignovaniyalari  doirasida  amalga 

oshiradilar. 

Bankning  operatsion  xarajatlari  smetasi  bo`yicha kreditlarni bank rahbari 

tasarruf  etadi.    Bank  rahbari  bank  bo`yicha  buyruq  chiqarib,  smeta  

assignovaniyalarini    tasarruf    etish  huquqini  o`z  muoviniga  ishonib  topshirishga 

haqlidir.    Respublika  banki  raisi  ham  buyruq  chiqarib    smeta  bo`yicha 

assigniyalarni tasarruf etish huquqini o`zining birinchi muoviniga berishi mumkin.  

Biroq, smeta bo`yicha assignovaniyalarni tasarruf etish huquqini  boshqa  shahsga  

berib  qo`yish  bilan  bank  raisini  uning  smeta  intizomi  ahvoli  uchun  qonunda 

belgilangan shaxsiy javobgarlikdan  ozod  qilmaydi. Smeta assignovaniyalari,  shu 

jumladan  kelgusi  davrlar  xarajatlari  hisobidan  mablag`  sarflash  uchun    hujjatda  

kreditlar  tasarruf  etuvchisining ijozat imzosi bo`lishi shart. 

Bankning  operatsion  xarajatlari  uchun  ajratilgan  smeta    assignovaniyalari 

hisobot  yilining  31  dekabrigacha  amal  qiladi.    Tugagan  yilda  amalda  qilingan 

barcha xarajatlar 31 dekabrgacha  o`tkazilishi lozim. 

Bankning operatsion xarajatlari hisobi banklar tomonidan balansda quyidagi  

tegishli  hisobvaraqlar  yuritiladi:  "Ish  haqi  va  xodimlar  uchun  boshqa  xarajatlar", 

"Ijara  va  saqlash",  "xizmat  safari  va  transport  xarajatlari",  "Ma`muriy  xarajatlar" 

va  shu  kabilar.  Bu  hisobvaraqlarga  faqat  hujjatlar  bilan  tasdiqlangan  va  amalda 

qilingan xarajatlar kiritiladi. 



Kelgusi  yillar  smetalari  hisobidan  bankning    operatsion    xarajatlari  uchun 

qilinadigan  xarajatlar  hisobi  "Puli  oldindan  to`langan  xarajatlar"  hisobvarag`ida 

yuritiladi. 

Bu   hisobvaraqqa   yil   oxirida   ta`tilga   ketadigan xodimlarga to`langan   

ish   haqi,   xususan   kelasi    yilga  taalluqli to`lovlar, kelasi yil uchun gazetaga  

obuna  bo`lish  xarajatlari,  kelgusi yillar smetalari hisobidan o`rni qoplanishi kerak 

bo`lgan  ijaraga  olingan  binolarni  kapital  ta`mirlash  xarajatlari  summasi  va  shu 

kabilar o`tkaziladi.  

 

Tijorat  banklari  daromadlari  va  xarajatlari  auditi  bo`yicha  tuziladigan 



auditor  hisoboti  har  bir  filialda  o`tkazilgan  auditorlik  tekshiruvidan  keyin 

aniqlangan kamchiliklar, yo`l qo`yilgan xatoliklar va ularni to`g`rilash bo`yicha 

ko`rsatmalarni o`z ichiga oladi. Audit tekshiruvi natijalarini maxfiy saqlash bank 

uchun juda muhim hisoblanadi. Tijorat banklari daromadlari va xarajatlari auditi 

bo`yicha  tuziladigan  auditorlik  hisoboti  jami  auditorlik  hisobotining  bir  qismi 

hisoblanadi.  Unda  daromadlar  va  xarajatlarni  hisobga  olish,  hisobda  yuritish, 

foizlarni hisoblash kabi satrlar mavjud bo`ladi.  Auditorlik hisoboti uch qismdan 

iborat bo`ladi.  

  Kirish qismi 



  Tahliliy qism 

  Xulosa qismi 



 

Kirish  qismida  auditorlik  tekshiruvlari  qaysi  sanalarda,  bankning  qaysi 

bo`limlarida,  kimlar  tomonidan  o`tkazilganligi,  balansning  qaysi  moddalari 

tekshirilganligi ko`rsatiladi. 

 

Tahliliy  qismda  esa  bankning  daromadlari  va  xarajatlari  miqdori,  ularni 



hisobga olish va hisobda yuritishning o`ziga xos jihatlari, bankning daromadlari va 

xarajatlari  to`g`ri  hisoblanganligi,  tegishli  hisobvaraqda  aks  ettirilganligi,  xatoga 

yo`l  qo`ygan  mas`ul  shaxslar,  ularni  to`g`rilash  muddati,  xatoliklar  yuzasidan 

bankka keltirilgan zarar miqdori kabi ko`rsatkichlar aks ettiriladi. 



 

Xulosa  qismida  bankning  umumiy  faoliyatiga  baho  beriladi  va  bankning 

faoliyati  bo`yicha  o`tgan  yilga  nisbatan  erishilgan  yutuqlar,  kamchiliklar  to`liq 

bayon  etiladi.  Xulosa  faqatgina  auditorlik  qo`mitasi  va  u  orqali  bank  Kengashiga 

taqdim etiladi.  

3-jadval. 

“A” bankida o`tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijalari to`g`risida

11

 

Ko`rsatkichlar 

IABS  dasturi 

bo`yicha 

Auditor  hisobi 

bo`yicha 

Farq  

Izoh  

Foizli daromadlar 

898 560 

898 560 


 

Foizli xarajatlar 



548 505 

547 495 


-1 010 

 

Foizsiz daromadlar 



462 750 

462 750 


 

Foizsiz xarajatlar 



150 426 

150426 


 

Operatsion xarajatlar 



360 495 

360 496 


 

Soliqlar  



78 523 

78 523 


 

Ehtimoliy 



yo`qotishlarga  qarshi 

maxsus zaxira 

7 900 

7 900 


 

 



Jadvaldan ko`rinadiki, bankning  foizli xarajatlarini hisoblanishida xatolik mavjud. 

Bu  xatolik  miqdori  1 011  ming  so`mga  teng  bo`lgan.  Ya`ni  bosh  hisobchi 

depozitlar  uchun  foizlar  hisoblanishida  va  operatsion  xarajatlarni  hisoblashda 

xatolikka  yo`l  qo`yilganligini  sezmagan.  Auditor  dasturni  birma-bir  ko`zdan 

kechiradi va xatoga yo`l qo`ygan bank xodimini topadi. Bizning jadvaldagi xatoga 

yo`l  qo`ygan  bank  xodimi  bankning  omonat  bo`limi  nazoratchi  buxgalteri  bo`lib 

chiqdi.  U  mijozning  31  mln  so`m  omonatini  dasturga  kiritayotganda  xatoga  yo`l 

qo`ygan  ekan.  Bu  bo`yicha  dalolatnoma  tuziladi  va  mijozga  to`lanishi  lozim 

bo`lgan  1 010  ming  so`m  to`lab  berilishi  lozim.  Bank  yordamchi  buxgalteri 

                                                           

11

  “A” tijorat banki auditorlik tekshiruvlari asosida tayyorlandi. 



tomonidan  xodimlarning  xizmat  safari  bo`yicha  to`lanishi  kerak  bo`lgan  1  ming 

so`m mablag`i noto`g`ri hisoblanagan va buni bank xodimiga to`lashi zarur.  

 

Bankda  o`tkazilgan  audit  natijalari  dalolatnomasi  ikki  nusxada  tuziladi. 



Uning  birinchi  nusxasi  filialda  qoldirilsa,  ikkinchi  nusxasi  bosh  bankka  olib 

boriladi.  Bu  nusxa  bank  Kengashiga  taqdim  etiladi.  Bank  Kengashi  esa  uni 

belgilangan tarzda ko`rib chiqadi va boshqaruvning tegishli departamentlaridan bu 

mauammoni hal qilishni talab qiladi. Bank departamenti bu talabni tegishli tarzda 

bajaradi  va  bajarilgan  ishlar  yuzasidan  bank  Kengashiga  axborot  beradi.    Bu 

jarayon audit natijalari realizatsiyasi deb nomlanadi.  

 

Bank  auditida  audit  natijalari  realizatsiyasi  muhim  ahamiyatga  ega.  Bank 



auditi  natijalari  realizatsiyasi  bankda  ishlamayotgan  yoki  xato  ishlayotgan 

xodimlari  topishda  va  ularga  yordam  berishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Unga 

tegishli department orqali ta`sir o`tkaziladi va yo`l qo`yilgan xatoliklarni to`grilash 

uchun maxsus topshiriqlar beriladi.  

 

Bank  auditi  shunisi  bilan  muhimki,  auditor  tomonidan  aniqlangan  xato  va 



kamchiliklar to`g`rilash uchun bank Kengashiga taqdim etiladi. Bank kengashi esa 

topilgan  xatoliklarni  to`grilash  uchun  bank  boshqaruviga  ko`rsatmalar  beradi.  Bu 

jarayon  bankda  yaxshi  ishlamayotganlarni  jazolash,  ularga  to`g`ri  yo`l  ko`rsatish, 

qilingan xatoliklarni qayta qilmaslikni o`rgatadi. 

 

 


Xulosa

 

          Tijorat    banklari    faoliyatiga    real    baho    berish,  aksiyadorlar  va 



omonatchilar,  kreditorlar  va  investorlarning  bank  faoliyati  to`g`risida  aniq, 

ishonchli  ma`lumotlarga  ega  bo`lishlarida  audit  tekshiruvlari  muhim  ahamiyatga 

ega hisoblanadi.  Audit olib borish tartibi qonunlar, hukumat qarorlari va idoraviy 

yo`l-yo`riqlar  bilan  tartibga  solib  boriladi.  Mijozning  moliyaviy  holatini 

yaxshilash,  investorlar,  kreditorlarni  jalb  etishga  yordam  beradi,  moliya,  soliq  va 

boshqa  sohalarda  maslahat  beradi.  Audit  xulosasi  barcha  jismoniy  va  yuridik 

shaxslar  uchun,  hokimiyat  va  sud  idoralari  uchun  huquqiy  hujjat  hisoblanadi. 

Tijorat banklarining audit xulosalari matbuotda e`lon qilinishi lozim.  

             O`zbekistonda  bank  tizimi  shakllanish  davridayoq  bank  auditini  xalqaro 

talablarga javob beradigan darajada tashkil etishga alohida e`tibor  berildi. Hozirgi 

paytda tijorat banklari, avvalambor, Markaziy bank tomonidan diqqat bilan nazorat 

qilib  borish  obyekti  sanaladiki,  bu  O`zbekiston  Respublikasi  “O`zbekiston 

Respublikasi  Markaziy  banki  to`g`risida”gi  qonunda  ham  o`z  ifodasini  topdi. 

Qonunning  50-moddasida  aytiladiki,  Markaziy  bank  bank  tizimi  barqarorligini 

saqlab  turish,  omonatchilar  va  kreditorlarning  manfaatlarini  himoya  qilinishini 

ta`minlash maqsadida banklar faoliyatini nazorat qiladi va tartibga solib boradi. 

Shuningdek, u  bank operatsiyalarini  amalga  oshirish, buxgalteriya  hisobi 

va  bank  statistik  hisobotini  yuritish,  yillik  hisobotlar  tuzish  yuzasidan  banklar 

uchun majburiy bo`lgan qoidalarni belgilaydi. Bu qoidalar quyidagilardan iborat: 

  Banklarning hisoboti va boshqa hujjatlarini olish hamda tekshirish, ularning 



faoliyati, shu jumladan operatsiyalari to`g`risida axborot so`rash va olish; 

  Olingan axborot yuzasidan izoh talab qilish; 



  Banklar,  ularning  filiallari  va  bank  bilan  uzviy  bog`langan  yuridik 

shaxslarning  faoliyatini  tekshirish  hamda  tartibbuzarlarga  nisbatan 

sanksiyalar qo`llash; 

  Banklarning ichki auditi bo`yicha qo`yiladigan talablarni belgilash; 



            Bank  nazoratining  asosiy  asosini  banklarning  o`zlari  tomonidan 

tayyorlangan  moliyaviy  hisobot  shakli  yoki  auditorlik  firmalari  tasdiqlagan  ish 



faoliyatining  moliyaviy  ahvoli  va  rentabelligi  haqidagi  axborotlar  tashkil  etadi. 

Ko`pgina  xalqaro  me`yoriy  hujjatlarda  bank  aktivlari  va  passivlarini  noto`g`ri 

baholash,  ular  faoliyatining  moliyaviy  natijalari  haqqoniy  baholanishi  zarurligi 

ta`kidlanadi. Biroq eng mukammal xalqaro standartlar ham tijorat banklarining real 

moliyaviy  ahvoli  va  moliyaviy  hisobotlardagi  ma`lumotlar  bilan  mos  kelmasligi 

mumkin.  1996-yilga  kelib  mamlakatimiz  bank  auditini  yangi  pog`onaga  olib 

chiqish  ishlari  amalga  oshirildi.  Bunga  asosiy  sabab,  mamlakatimizga  kirib 

kelayotgan  chet  el  investitsiyalarining  ko`payishi  edi.  O`zbekiston  Respublikasi 

Markaziy  banki  Tijorat  banklariga  litsenziyalar  berish  va  ular  faoliyatini  tartibga 

solish  departamenti  tarkibida  “Auditni  muvofiqlashtirish”  bo`limi  tashkil  etildi. 

Daromadlar va xarajatlar auditining oldiga quyidagi vazifalar qo`yiladi: 

  Daromadlar  va  ularning  tashkil  topish  manbalarini  to`g`ri,  aniq  va 



asoslangan holda hisobda aks ettirish

  Foizlar  bo`yicha  daromadlar  va  xarajatlar  tahlili,  boshqa  daromadlar  va 



xarajatlar,  olingan  daromadlarning  aniqligi  va  oqilonaligi  tahlili,  jumladan, 

hisobraqamlardagi mablag`larni xorijiy valyutaga konventirlash natijalari; 

  Xarajatlarni tegishli hisobvaraqlarda, vaqtida aks ettirish; 



  Daromadlar  va  xarajatlarni  hisobga  olishdagi  kamchiliklarni  oldini  olish, 

kamchiliklar yuzaga kelganda qayerdan yuzaga kelganini izohlab berish. 

Bankning  operatsion  xarajatlari  auditorning  daqqat  markazida  bo`ladi. 

Yuqorida  ko`rdikki,  tijorat  banklarida  operatsion  xarajatlar  salmoq  jihatidan  eng 

yuqori  o`rinda  turadi.  Operatsion  xarajatlar  doimo  biror  hujjat  asosida  amalga 

oshiriladi.  Ularni  kunlik  hujjatlarga  tikish  asl  nusxasiga  asosan  amalga  oshirilishi 

lozim. 


 

 


Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: 

1.  O’zbekiston  Respublikasining  1995  yil  21  dekabrda  qabul  qilingan 

“O’zbekiston 

Respublikasining 

Markaziy 

banki 


to’g`risida” 

Qonuni. 


2.  O’zbekiston  Respublikasining  1996  yil  25-  aprelda  qabul  qilingan 

“Banklar va bank faoliyati  to’g`risida” gi Qonuni. 

3.  O’zbekiston  Respublikasining    2000  yil  26-  mayda  qabul  qilingan 

“Auditorlik faoliyati to’g`risida”  Qonuni  (yangi tahriri). 

4.  "Respublikada  bank  auditi  tizimini  rivojlantirish  chora-tadbirlari 

to’g`risida"  (O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 24.07.1996  y.  PF-1500-son 

Farmoni) . 

5.“Auditorlik  tashkilotlari  faoliyatini  yanada  takomillashtirish  hamda  ular 

ko’rsatayotgan  xizmatlar  sifati  uchun  javobgarlikni  oshirish  to’g`risida”gi 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2007  yil  4  apreldagi  PQ-615-sonli 

Qarori. 

6.  “Auditorlik  tashkilotlarining  moliyaviy  barqarorligini  oshirish  yuzasidan 

qo’shimcha chora-tadbirlar to’g`risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 

2008 yil 2 iyuldagi PQ-907-sonli Qarori. 

7. “2011-2015 yillarda Respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish, 

uning  barqarorligini  oshirish  va  yuqori  xalqaro  reyting  ko’rsatkichlariga 

erishishning  ustuvor  yo’nalishlari  to’g`risida  “gi  O’zbekiston  Respublikasi 

Prezidentining PQ-1438-sonli Qarori  . 

8. Karimov I.A. “Bank tizimi ,pul muomalasi,kredit,investiyiya va moliyaviy 

barqarorlik  to’g`risida”//  Toshkent  “O’zbekiston”  Nashriyot-matbaa  ijodiy  uyi 

2011 y. 

9. Karimov I. A.  2014-yilning asosiy yakunlari va 2015-yilda O’zbekistonni 

ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlantirishning  ustuvor  yo’nalishlariga  bag`ishlangan  Vazirlar 

Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so’zi, 2015 yil 17 yanvar.  

10.  “O’zbekiston  Respublikasida  banklar  auditorlik  tekshiruvi  to’g`risida” 

Nizom  (Yangi  tahrirda)(Adliya  Vazirligida  04.11.2000  y.  N  982  raqam  bilan 



ro’yxatga olingan, Markaziy bank tomonidan 20.06.2000 y. N 403 sonli qaror bilan 

tasdiqlangan

.

 ).


  

  

11.



  "Tijorat  banklarinig  ichki  auditiga  Markaziy  bank  tomonidan 

qo’yiladigan  talablar  to’g`risida"gi  Nizom  (Adliya  vazirligida  2000  yil  22 

dekabrda 992-raqam bilan ro’yxatga olingan). 

12.  Ivanav  A.  A.  “Внешний  аудит  как  элемент  банковского  надзора.       

Бухгалтерия и банки”  Moskva, 2000-y. 

13. Muydinov. B.N. «Bank muassasalarida  audit»  Toshkent , 2004 y. 

14.  Navro’zova  K  .  N.  “Banklarda  buxgalteriya  hisobi    va  operastion 

texnika” o’quv qo’llanma. Toshkent, “Iqtisod- Moliya”  2010-y. 

14.  Norqobilov.S.,  Abdusalomova  O.    “Banklarda  audit”    Toshkent; 

“Ma’naviyat” 2005. 

15.  Qosimov  X.,  Yugay  L.,  Xoshimova  A.,  Pardaev  B.,  Abdunazarov  B. 

“Auditorlik  faoliyati  bo`yicha  uslubiy  qo’llanmalar  to’plami.”  -Toshkent,  2010.-

320 b. 

16. Surkova M.A, Leshina 



 E.A,  Bagdanova  N.A,    Ryabova  M.A 

“Аудит банков” o`quv qo`llanma . Ulyanovsk 2009-yil. 

17.  Sheshukova  T.G.  Аудит:  теория  и  практика  применения 

международных  стандартов: Учебное пособие.  –  M.:  Финансы и  статистика. 

2005. – 179 b.  

Internet Saytlari: 

 

www.cbu.uz



  

 

www.auditor.uz



  

 

www.tfi.uz



  

 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin