2-TOPSHIRIQ
1.
Savdo do‟koniga kirgan 8 ta xaridordan har birining xarid qilish ehtimoli 0,7
ga teng. Xaridorlardan beshtasining xarid qilish ehtimolini toping.
2.
Biror mergan uchun bitta o‟q uzishda nishonga tegizishi ehtimoli 0,8 ga teng
va o‟q uzish tartibiga bog‟liq emas. 5 marta o‟q uzilganda nishonga rosa 2 marta
tegishi ehtimolini toping.
3.
Tanga 10 marta tashlanganda gerbli tomon:
a) 4 tadan 6 martagacha tushishi ehtimolini;
b) hech bo‟lmaganda bir marta tushishi ehtimolini toping.
4.
Qaysi hodisaning ehtimoli katta?
a) teng kuchli raqib bilan o‟ynab, to‟rtta partiyadan uchtasini yutib olishimi
yoki sakkizta partiyadan beshtasini yutib olishimi?
b) to‟rtta partiyaning kamida uchtasini yutib olishimi yoki sakkizta partiyaning
kamida beshtasini yutib olishimi?
5.
Qaysi birining ehtimoli kattaroq: tangani 4 marta tashlanganda “gerb”
tomonining 2 marta tushishimi, yoki 8 marta tashlanganda “gerb” tomonining 4
marta tushishimi?
6.
Ishlab chiqarilgan buyumlarning 5% i yaroqsiz, tavakkaliga tanlangan 5 ta
buyumdan 2 tasining yaroqsiz bo‟lishi ehtimoli nimaga teng?
7.
Merganning o‟qni nishonga tekkizishi ehtimoli 0,25 ga teng. Mergan
nishonga qarata 8 ta o‟q uzadi. Quyidagi ehtimollarni toping:
a) kamida 7 ta o‟q nishonga tegadi;
b) kamida 1 ta o‟q nishonga tegadi.
8.
Sex mahsulotining 5% i yaroqsiz. 5 ta mahsulot tanlanganda:
a) 1 ta ham yaroqsiz mahsulot yo‟q bo‟lishi;
b) 2 ta yaroqsiz mahsulot bo‟lishi ehtimoli nimaga teng.
9.
O‟yin soqqasi 16 marta tashlanadi. 3 ga karrali ochkolarning eng ehtimolli
sonini toping.
10. O‟qning nishonga tegishi ehtimoli
p=0,35. Nishonga qarata 10 ta o‟q uziladi.
Nishonga tegishlarning eng ehtimolli sonini toping.
11. Oilada 10 ta farzand bor. O‟g‟il bola va qiz bola tug‟lishi ehtimoli
p=0,5
bo‟lsa, ularning 5 tasi o‟gil bola va 5 tasi qiz bola bo‟lishi ehtimolini toping.
Dostları ilə paylaş: