“Iqtisodchilar uchun matematika” fanidan joriy nazorat topshirig„ini
baholash
mezoni.
Har bir topshiriqda 30 tadan misol va masalalar berilgan bo„lib,
har bir
talaba jurnaldagi tartib raqamiga mos holda topshiriqlardab bitta misol ishlaydi.
Shunda bitta talaba jami 4 ta misol ishlagan hisoblanadi. Har bir misol 0 balldan 5
ballgacha baholanadi. Shunda
jami maksimal ball 20 ballni tashkil etadi
1-TOPSHIRIQ
1.
Tavakkaliga 20 dan katta bo‟lmagan
natural son tanlanganda, uning 5 ga
karrali bo‟lish ehtimolini toping.
2.
Kartochkalarga 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 raqamlari yozilgan. Tavakkaliga 4 ta
kartochka olinib, ularni bir qator qilib terilganda juft son hosil bo‟lishi ehtimolini
toping.
3.
Ikkita o‟yin kubi baravar tashlanganda quyidagi hodisalarning ro‟y
berish
ehtimolini toping:
A – tushgan ochkolar yig‟indisi 8 ga teng.
B – tushgan ochkolar ko‟paytmasi 8 ga teng.
C – tushgan ochkolar yig‟indisi ularning ko‟paytmasidan katta.