O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Xabibjonov I. Adabiyot darsliklarida tushunilishi qiyin so‘zlar  lug‘ati // www.kitobxon.com



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/27
tarix07.04.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#94438
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
АРМга янги электрон адабиётлар

5. Xabibjonov I. Adabiyot darsliklarida tushunilishi qiyin so‘zlar 
lug‘ati // www.kitobxon.com 
6. Cho‘lpon. Adabiyot nadir // www.e-adabiyot.uz 
7. Krupchanov L.M. Teoriya literaturi. Uchebnik. -M.: Flinta, 
2012 // www.litmir.me 

Mavzu yuzasidan test savollari 
 
1. O‘zbek adabiyotshunosligida adabiyot tarixining dastlabki 
manbalaridan biri, shoir va yozuvchilar haqida ma’lumot beruvchi 
asarni belgilang. 
A. Sayohatnomalar
V. Tazkiralar
S. Dostonlar
D. Memuarlar
2. Fitratning “Adabiyot qoidalari” risolasida qaysi muammoga 
katta ahamiyat berilgan? 
A. She’riyat.
V. Tarix. 
S. Mafkura.
D. Drama. 
3. Adabiyotda epik, lirik, dramatik va liroepik asarlarning 
nazariy jihatlarini ochib beruvchi adabiyotshunoslikning tarkibiy 
qismi? 
A. Adabiy tankid 
V. Adabiyot nazariyasi 
S. Adabiyot nazariyasi. 
D. Bibliografiya 
4. Yozuvchi va shoirning o‘ziga xosligi, uning adabiyotga 
ko‘shgan yangiligi nima deb ataladi? 
A.Novatorlik 
V.An’anaviylik 


7
S.G‘oyaviylik 
D.Umumbashariylik 
5. Adabiyotshunoslikning yordamchi sohalarini ko‘rsating? 
A. Bibliografiya, adabiyot nazariya. 
B. Adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid 
C. Adabiyot tarixi, manbashunoslik. 
D. Adabiy manbashunoslik, bibliografiya 
6. So‘z san’atining vujudga kelishi va rivojlanish tarixini tadqiq 
etuvchi, adabiyotshunoslikning tarkibiy qismlaridan biri. 
A. Adabiyot nazariya. 
B. Adabiyot tarixi 
C. Manbashunoslik. 
D. Adabiy tanqid 
 


8
BADIIY ADABIYOT- SAN’AT TURI SIFATIDA 
San’at, amaliy va badiiy san’at, so‘z san’ati, badiiy asar, obraz, 
obrazlilik, obraz turlari, adabiyotning ijtimoiy vazifalari 
San’at» insonning go‘zallik konuniyatlari asosida borlikni badiiy 
o‘zlashtirishga karatilgan yaratuvchilik faoliyati hamda uning 
natijasida vujudga kelgan narsalarning jamidir.
San’at amaliy va badiiy san’at turlariga ajraladi. Kulolchilik, 
naqqoshlik, kashtachilik, zardo‘zlik, modelerlik kabilar amaliy san’at 
turiga mansub bo‘lsa, adabiyot, rassomlik, musika, xaykaltaroshlik, 
kino, teatr kabilar badiiy san’at turlari hisoblanadi. Amaliy va badiiy 
san’at turlarining umumlashtiruvchi va farqli jixatlari mavjud. Amaliy 
san’at go‘zallik konunlari asosida kechgan mehnat faoliyati mahsuli 
bo‘lsa, badiiy san’at go‘zallik konunlari asosida kechgan ijodiy-ruhiy 
faoliyat natijasidir.
Adabiyot san’atning musiqa, rassomchilik, xaykaltaroshlik kabi 
boshqa san’at turlaridan so‘z san’ati ekanligi bilan farq qiladi.
Obrazlilik – har qanday san’at turining asosiy xususiyati. Obraz - 
ijodkor yaratgan inson dunyosining umumlashgan tasviri, voqelikning 
badiiy in’ikosi. Badiiy adabiyotdagi obraz “badiiy to‘qima yordamida 
yaratilgan, estetik qiymat kasb etgan inson hayotining umumlashma 
va ayni paytda aniq manzarasi.”
2
Obrazlar xayoliy-fantastik, satirik, majoziy-ramziy, afsonaviy 
kabi turlarga ajraladi. Dunyo, Sharq, Amerika obrazi kabilar ilmiy 
adabiyotlarda obrazlar gipersistemasi deb ko‘rsatilgan
1
 
Badiiy adabiyotning jamiyat hayotidagi o‘rnini tasavvur qilish 
uchun u bajarayotgan ijtimoiy vazifalar nimalardan iborat ekanligini 
bilish lozim. Badiiy adabiyotning eng muhim vazifasi - insonni 
komillik sari yetaklashidir. Bundan tashqari adabiyot bilish (evristik), 
badiiy-konseptual, kommunikativ, tarbiyaviy (didaktik), 
kompensatorlik (tasalli berish), badiiy bashorat, estetik funksiyalarni 
ham amalga oshiradi. Masalan, badiiy adabiyotning estetik vazifasi - 
2
Л.И.Тимофеев. Основы теории литературы, Москва, 1971, стр. 62-63.
1
www.listos.biz/филология/николаев-а-и-основы-литературоведения/виды-
художественных-образов


9
insonda go‘zallik tuyg‘usini shakllantirishi, rivojlantirishi, nozik didni 
tarbiyalashi bilan belgilanadi.
Badiiy adabiyotning inson aqli va ma’naviy kamolotiga kuchli 
ta’sir ko‘rsatishi e’tiborga olinib, 2017 yil 12 yanvarda O‘zR 
Prezidenti Sh.Mirziyoevning kitob mutolaasi va kitobxonlik 
madaniyatini oshirishga qaratilgan Farmoyishi e’lon qilindi
1
.

Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin