16
5. Adabiy asardagi asosiy voqealar tizmasiga bevosita aloqador
bo‘lmagan, lekin muayyan g‘oyaviy maqsadga bo‘ysundirilgan
kompozision vosita?
A.
Badiiy detal
V. Lirik chekinish
S. Kiritma voqea
D. Badiiy qoliplash
6. Badiiy detal asosiy mazmunni ochishga xizmat qilgan
asarlarni
belgilang
A. “Anor”,”Otello”
V. “Dahshat”,”Alximik”
S. ”Shum bola”, “Oq kema”
D. “ Farhod va Shirin”, “Anor”
17
BADIIY ASAR TILI
Badiiy til, monolog, dialog, shevaga xos so‘zlar, maxsus leksik
resurslar, badiiy tasvir vositalari, epitet, o‘xshatish, metafora,
metonimiya,badiiy nutq poetikasi, she’riy san’atlar
Til adabiyotning asosiy quroli. Tilning umumxalq (jonli, milliy),
ma’lum qoidalarga asoslangan adabiy til, badiiy (poetik) til kabi
ko‘rinishlari mavjud.
Til - badiiy obraz yaratish vositasi. So‘z yordamida turli-tuman
manzaralar, his-tuyg‘ular, fikr va hodisalar jonli, ta’sirchan
holda
tasvirlanadi. Badiiy asardagi har bir so‘z asar mazmunini ifodalashga
xizmat qiladi. So‘zlarni o‘z o‘rnida qo‘llash yozuvchi va shoirning
mahoratiga bog‘liq.
Ijodkor tilning maxsus leksik imkoniyatlari (sinonim va
antonimlar, arxaizm va neologizmlar, dialektizm va jargonizm
professionalizm va varvarizmlar)
dan shuningdek,
monolog, dialog,
poliloglardan unumli foydalanadi. Badiiy asar tilining xususiyatlari,
nazariy asoslari ilmiy adabiyotlarda yoritilgan.
1
Adabiy asarlarning badiiy jihatdan mukammal chiqishida tilning
tasviriy-ifodaviy vositalari (
o‘xshatish, metafora, jonlantirish kabi),
poetik figuralar (
ritorik so‘roq, murojaat va xitob, takror
kuchaytirish, parallelizm, qarama-qarshi qo‘yish, inversiya kabi) va
she’riy san’atlar (
tazod, talmeh, istiora kabi) ham muhim ahamiyat
kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: