Fanning qisqacha bayoni: - Fanning vazifalari – talabalarni nazariy bilimlar, iqtisodiy mushohada qilish usullari bilan qurollantirish, iqtisodiy hodisa va jarayonlar mazmunini mantiqiy mushohada qilish uchun zarur bo‘lgan uslubiy yondashuvlarni egallashga ko‘maklashish, ular ongiga milliy istiqlol g‘oyasini va milliy mafkuraning asosiy qoidalarini singdirish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash, erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirish asosida hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyotini vujudga keltirishning dolzarb muammolarini ochib berish, iqtisodiyot va iqtisodiy munosabatlar to‘g‘risida amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish.
Fаnning mаqsаdi – “Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanining asosiy maqsadi - milliy iqtisodiyotning sub’yektlari: firmalar, iste’molchilar hamda bozorlar faoliyati va ularning qaror qabul qilishi, makroiqtisodiyot nazariyasi, makroiqtisodiy tahlil va davlatning makroiqtisodiy siyosati to‘g‘risida talabalarda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Iqtisodiyot nazariyasi fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:
iqtisodiy muammolar bo‘yicha yechimlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
bakalavrlar mazkur fanni o‘rganish jarayonida olgan bilimlarini umumlashtirish, undan to‘g‘ri xulosa chiqarish va kelajakda amaliyotda undan foydalanish;
iqtisodiy muammolarini hal etish uchun zarur bo‘lgan ma‘lumotlar to‘plash va ulardan foydalanish malakalariga ega bo‘lishi kerak.
Fanni o‘qitishda interfaol, kommunikativ, pertseptiv yondashuvlardan maksimal darajada foydalanish, o‘quv adabiyotlaridan tashqari autentik materiallar: audio, video, jurnallar, internet manbalaridan o‘zlashtirilgan bilimlar majmuasini amaliyotda kuzatilayotgan dalil va hodisalarga bog‘lay olish, olingan natijalarni baholash, tahlil qilish orqali kasbiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilim, malaka va kompetentsiyalarni innovatsion tafakkur layoqati negizida shakllantirishga alohida e’tibor qaratish talab etiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘quv mashg‘ulotlarini loyihalash jarayonida:
- mezonni tanlash;
- o‘quv maqsadlarini toifalash;
- o‘quv materiallarini modullashtirish;
- ularni o‘rganish, tahlil qilish va qayta ishlash;
- o‘rganish natijalarini aniqlash kabi omillarga qaratish orqali ta‘lim oluvchida nazariy bilimlar puxta egallanishi hamda ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish, mustaqil ta‘limni samarali tashkil etish talab etiladi.