Pedagogning kreativ potensiali quyidagi tarkibiy asoslarni o‘z ichiga oladi :
Tarkibiy asoslari
|
Maqsadli-motivli yondashuv
(ijodiy faoliyat qadriyat sanaladi va upedagogning qiziqishlari, motivlari,faoliyatni tashkil etishga intilishida ko‘zga tashlanadi)
|
Mazmunli yondashuv
(o‘zida pedagogik, psixologik, maxsus va innovatsion xarakterdagi BKMni aks ettiradi)
|
Tezkor-faoliyatli yondashuv
(o‘zida ma’lum fikriy-mantiqiy
fikrlashga doir harakatlar, shuningdek, amaliy (maxsus, texnik, texnologik) faoliyat usullarini ifodalaydi).
|
Refleksiv-baholash
(bunda shaxsiy ijodiy faoliyat mohiyatini anglash, o‘z-o‘zini tahlil qilish vao‘z-o‘zini baholash ko‘zga tashlanadi).
|
Pedagog kreativ potensialining tarkibiy asoslari.
1.3. Pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy-pedagogik faoliyat malakalari . Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi.Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil rivojlantirilib boriladi. Xo’sh, shaxs faoliyatida kreativlik xususiyatlari qachondan namoyon bo’ladi? Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko’zga tashlansada, biroq, bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo’lga kiritishlarini kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan u yoki bu ijodiy ko’nikma, malakalarni o’zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi. Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e‟tibor qaratish zarur: 1) ular tomonidan ko’p savollar berilishini rag’batlantirish va bu odatni qo’llab-quvvatlash; 2) bolalarning mustaqilligini rag’batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish; 3) bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish; 4) bolalarning qiziqishlariga e‟tibor qaratish Tadqiqotchi N.Fayzullaeva pedagogik tafakkurga ega bo’lish uchun bo’lajak pedagoglar pedagogika oid bilimlarni puxta o’rganish asosida quyidagi ko’nikma, malakalarni o’zlashtira olishlari zarur deb hisoblaydi: pedagogikaning asosiy g’oyalari, kontseptsiyalari, qonuniyatlarini va pedagogik hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini bilish; pedagogikaning eng muhim nazariyg’oyalari, asosiy kategoriyalari va tushunchalarini bilish; asosiy pedagogic faktlarni bilish; ta’lim va 8tarbiyaning umumiy uslubi haqidagi amaliy bilimlarni egallash. Psixologiyada E.P.Torrens tomonidan shaxs kreativligini aniqlovchi test ishlab chiqilgan. E.P.Torrensning fikricha, shaxs kreativligi Ozida quyidagi belgilarni namoyon qiladi: 1) savollar, kamchiliklar va bir-biriga zid ma‟lumotlarga e‟tiborsiz bo’lmaslik; 2) muammolarni aniqlash uchun harakat qilish, ilgari surilgan taxminlar asosida ularning echimini topishga intilish. Bugungi kunda psixologiyada shaxs kreativligi uning faoliyatiga xos ikki jihatga ko’ra aniqlanmoqda. Bunda faoliyatning ikki jihatini yorituvchi testlardan foydalaniladi. Ular quyidagilardir : E.P.Torrensning shaxsa kreativ sifatlarini namoyon bOlishini aniqlovchi testlarning turlari Bo’lajak pedagoglarda kreativ fikrlash ko’nikmasini shakllantirishdan oldin sinfda qulay muhitni yaratish lozim. Kreativ muhitda ta‟lim olayotgan bo’lajak pedagoglarda asta-sekin kreativ vazifalarni bajarishga nisbatan qiziqish ortadi shuningdek, kreativ tafakkurga ega o’qituvchini kuzatish natijasida kreativ fikrlashga moyil bo’ladi (Sternberg & Williams, 1996). Kreativlik xarakteridagi o’quv-bilish muhiti bo’lajak pedagoglarda ta‟lim jarayonida katta ahamiyatga ega bo’lgan tanqidiy va kretiv fikrlash ko’nikmasining rivojlanishiga olib keladi (Boykin & Noguera, 2011, 2012; Marks, 2000, as cited in Jensen, 2013). Bo’lajak pedagoglarning kreativ tafakkurga ega bo’lishlari ularda ijodiy muhitning qanchalik tarkib toptirilganligiga bog’liq. “To’laqonli kreativlikxarakteriga ega ta‟lim muhitini yaratish puxta o’ylangan rejaga tayanadi. O’qituvchilar agarda o’zlarining kreativ o’qitish metod va strategiyalarini qo’llash turlari Shaxsning hayotiy tajribasi va shaxsiy sifatlarini aniqlovchi testlar. Ijodiy tafakkur va uning natijalari (tezkorlk, samaradorlik, mahsuldorlik va aniqlovchi testlar (ya‟ni keng ko’lamda o’ylash va kreativ fikrlash jarayonini tashkil etish)da katta samaradorlikka erishishni istasalar, buni bo’lajak pedagoglar ongiga singdirishlari va o’z vazifalarini sidqidildan bajarishlari lozim (Higgins, Hall, Baumfield, & Moseley, 2005)”. Qolaversa, “kreativ xarakterga ega muhitdagina bo’lajak pedagoglar o’rganayotgan mavzuning mazmuni, o’quv axborotlar o’rtasidagi o’zaro aloqani tushunish imkoniyatiga ega bo’ladi va bu haqida fikrlash boshlashadi (Anderson et al., 2000)”.Ta‟lim amaliyotining kreativ xarakter kasb eta olmayotganligi bir qator tadqiqotchilar tomonidan o’rganilgan. M: xorijiy mamlakatlarda Begetto, Kaufman, Kirshner (2010), Sveller, Klark (2006) kabi tadqiqotchi-pedagoglar buning sabablari hamda ularni bartaraf etish shartlarini quyidagilar bilan izohlaydilar: “Ko’p hollarda, o’qituvchilar fanning faqat mazmuni bilan tanishadilar, biroq fikrlash jarayoniga katta ahamiyat va e‟tibor va talablar qanday rivojlanishlari mumkinligi haqida hech qanday ma‟lumot bermaydilar. O’qituvchining palapartish yo’riqlar berish yondashuvining samaradorligi bo’lajak pedagoglar o’quv faoliyatini oshirishga yo’naltirilgan metod va strategiyalardan sezilarni darajada past (Beghetto, Kaufman, 2010; Kirschner, Sweller, Clark, 2006). Vaholanki, talablarda fikrlash ko’nikmasi bo’yicha yo’riqlarni aniq va tushunarli etkazib berish uchun o’qituvchi (tanqidiy, kreativ) fikrlash usullari, ko’nikmalarni samarali shakllantitrish yo’llari bilan bo’lajak pedagoglarni tanishtirish, orqali bo’lajak pedagoglar o’quv faoliyatini nazorat qilish va uni yo’naltirishi lozim”. Mualliflar tomonidan bildirilgan fikrlarning misollar yordamida yoritilganligi o’qituvchi va bo’lajak pedagoglarning kreativ fikrlash jarayonini tashkil etish to’g’risidagi fikrlarini oyinlashtirishga yordam beradi. “M: bo’lajak pedagoglar “Immigratsiya hodisasining mohiyatini “Aqliy hujum” strategiyasi asosida o’rganish jarayonda, eng avvalo, strategiyaning o’zi nimaligini, uni qanday qo’llash zarurligi haqidagi tushunchalarga ega bo’lishlari lozim”.Shaxs kreativligini rivojlantirish jarayonida “tabaqalashtirish”,“davrlashtirish” tushunchalarining muhim ahamiyat kasb etishi e‟tiborni tortadi.Xo’sh, bu ikki tushuncha qanday mazmunni ifodalaydi? Tabaqalashtirish (lot. “diferentia” – “farqlanish”, “darajalanish”) –butunning turli bosqich yoki darajalarga ajratilishi. Davrlashtirish (yunon. “peridos” – “doira Bo’ylab aylanish”) – muayyan hodisaning qandaydir yakunlangan jarayonni qamrab olgan vaqt birliklariga ajratilishi Kreativ jihatdan rivojlanishda har bir shaxs hayotida davr va bosqich muhim ahamiyat kasb etadi. Demak: Kreativlikning rivojlanish davri – ma’lum kreativlik sifatlarining rivojlanish yakuniga etgan qandaydir vaqt birligi. Kreativlikning rivojlanish bosqichi – muayyan kreativlik sifatlarining rivojlanganlik darajasi Shunga ko’ra ma’lum davr va bosqichlarda pedagoglarda ham kreativlik sifatlari ijodiy faoliyat malakalari rivojlanadi. Kreativ tafakkurga ega bo’lajak pedagoglar: -boshqa bo’lajak pedagoglarning xayoliga kelmagan g’oyalarni bildiradi; -o’zlarini ifoda etishning o’ziga xos uslubini tanlaydi; -ba’zan mavzu aloqasi yo’q yoki g’ayrioddiy savollar beradi; -echimi ochiq qolgan vazifalardan zavqlanadi; -g’oyalarni aniq dalillar asosida muhokama qilishni afzal ko’radi; Muammoning echimini topishda noan’anaviy yondashuvni tanlaydi. - Shaxsga xos kreativlik sifatlari quyidagilar sanaladi: - Ijodiy yo’nalganlik; - Mantiqiy fikrlash qobiliyati; - Eruditsiya (bilag’onlik); - Boy tasavvurga egalik; - Ijodiy ta‟sirchanlik va tashabbuskorlik; - O’z ijodkorligini to’la-to’kis namoyish etish; - Refleksiya qobiliyati; - Hissiyotga boylik; - Tavakkal qila olish qobiliyati; - Tafakkur tezligiga egalik; - Ichki sezgining rivojlanganligi; - O’ziga xos (orginal) g’oyalarni ilgari sura olish qobiliyati; 9 - Innovatsion qobiliyatga egalik; 10 - Yuksak badiiy qadriyatlarga egalik; - Mavjud tajriba va bilimlar asosida yangi qarorlarni qabul qilish malakasi. Pedagoglar kreativlik sifatlari bilan bir qatorda ijodiy faoliyatni tashkil etishga layoqatlilikni ifodalovchi quyidagi malakalarga ham ega bOlishlari zarur: Pedagoglarda kreativ faoliyatni tashkil etishga imkon beradigan
Dostları ilə paylaş: |