O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi turon zarmed universiteti «iqtisodiyot»



Yüklə 172,23 Kb.
səhifə11/16
tarix24.03.2023
ölçüsü172,23 Kb.
#89720
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Iste\'molchi hatti-harakatti nazariyasi

Ishlab chiqarish texnologiyasi. Texnologiyalarning takomillashuvi mahsulot birligini ancha samarali ishlab chiqarishga imkon beradi. Resurslarning mavjud narxida ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va taklif ko‘payadi. Masalan, paxta zararkunandalariga qarshi ancha samarali biologik usullarning yaratilishi paxta tolasining miqdorini va sifatini, binobarin taklifini oshiradi.

  • Soliqlar va subsidiyalar darajasi. Ko‘pchilik soliqlar ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradi. Shu sababli soliqlarning oshishi ishlab chiqarish xarajatlarini oshiradi va taklifni qisqartiradi. Masalan, import tovarlarga boj to‘lovlarining oshishi uning taklifini qisqartiradi. Aksincha, davlat qandaydir tovar ishlab chiqarish yoki biror sohaga subsidiya bersa, bu amalda xarajatlarni kamaytiradi va uning taklifini oshiradi.

  • Boshqa tovar narxi. Boshqa tovarlar narxlarining o‘zgarishi ham mazkur tovar taklifini o‘zgartiradi. Masalan, qo‘y go‘shti narxining pasayishi mol go‘shti taklifini oshiradi. Aksincha, mol go‘shti narxining tushishi qo‘y go‘shti taklifini oshiradi.

  • Narx o‘zgarishining kutilishi. Kelgusida mahsulot narxining o‘zgarishining kutilishi ham ishlab chiqaruvchining bugungi kundagi bozorga mahsulot yetkazib berish xohishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, kelajakda neft narxining keskin pasayishining kutilishi neftning taklifini pasaytiradi.

  • Ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) soni. Tovar ishlab chiqaruvchilar qanchalik ko‘p bo‘lsa, taklif qilinadigan mahsulot miqdori shunchalik ko‘p bo‘ladi. Tarmoqdagi ishlab chiqaruvchilar soni ortib borishi taklifni ko‘paytiradi, chunki tovar ishlab chiqarish ko‘payadi.

    Taklif hajmining o‘zgarishiga tovarning saqlanish xususiyati, saqlash xarajatlari va transport-tashish imkoniyatlari ham ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydigan qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat mahsulotlari uchun taklif kamdan-kam o‘zgaruvchan bo‘ladi.
    Ishlab chiqarish jarayonining xususiyati, tabiiy resurslarning mavjud darajasi ham taklifga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, narxning o‘zgarishiga javoban ishlab chiqarishni kengaytirish yoki boshqa xil mahsulot ishlab chiqarishga o‘tish imkoniyati mavjud bo‘lsa taklif o‘zgaradi. Qishloq xo‘jaligiga yaroqli bo‘lgan yerlar cheklangan bo‘lsa, uning narxi (renta) qanchalik oshmasin, yer taklifini oshirib bo‘lmaydi.
    Ijodiy kasb soha xodimlarining (masalan, olimlar, shoirlar, yozuvchilar, musavvirlar va boshqalar) mehnat mahsuli va noyob san’at asarlarining taklifi ham noo‘zgaruvchan bo‘ladi.



    Yüklə 172,23 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin