Kirish Mavzuning dolzarbligi. Globallashuv jarayonining hozirgi bosqichidagi muhim yo‘nalishlardan biri – O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirish hamda jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuv jarayonlarini kuchaytirish hisoblanadi. Bu borada mamlakatimizning ko‘plab mamlakatlar bilan iqtisodiy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishi, jahondagi turli iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarning teng huquqli a’zosiga aylanishi e’tiborga molikdir. Tashqi savdo aloqalari xalqaro hamkorlikning muhim sohalaridan biri bo‘lib, turli mamlakatlar bilan ilmiytexnik, madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish ular o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish iqtisodiyotni faol va har tomonlama rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishda yordam beruvchi vositadir.
Mamlakatimizda tashqi savdo aloqalarini rivojlantirish, jahon bozorlariga yuqori sifatli tayyor mahsulotlar bilan kirib borish va mustahkam o‘rin egallash, eksport hajmini oshirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. Hozirgi davrda mamlakatimizning tashqi iqtisodiy faoliyatidagi asosiy strategiyasi import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarishni tashkil qilish bilan birga eksportga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni rivojlantirish va o‘zining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish”1 alohida ustuvor vazifalar sifatida belgilab berilgan.
Mazkur vazifalarning samarali bajaralishi mamlakatimizdagi ishbilarmonlik muhitining yanada yaxshilanishini, korxonalar ishlab chiqarishiga xorijdan zamonaviy texnikatexnologiyalarni jalb etishni faollashtirishni taqozo etadi, bu esa o‘z navbatida mahsulotlar eksportini ko‘payishiga, umuman olganda eksport salohiyatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarni faol tarzda amaliyotga joriy etishga bo‘lgan talabni kuchaytiradi.
O‘zbekiston Respublikasining jahon xo‘jaligiga integratsiyalashuvida uning hududiy va global darajadagi raqobatbardoshligi bo‘yicha qiyosiy ustunligi, tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirish bilan ko‘p jihatdan bog’liq. Amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar bo‘yicha qizg’in munozaralarning mavjudligiga qaramasdan, tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda, mamlakatning geografik, ishlab chiqarish va texnologik, mehnat resurslaridan foydalanish samarasini inobatga olish muhim o‘rin tutadi. Chunki, xalqaro mehnat taqsimotining kuchayishi xalqaro moliyaviy munosabatlar ishtirokchilaridan yuqori darajadagi raqobatbardoshlikni talab etadi.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash har bir mustaqil davlat uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning dolzarbligi uning milliy iqtisodiyotning aholi uchun normal hayot kechirish sharoitlarini, uni barqaror tarzda resurslar bilan ta’minlash, milliy davlat manfaatlarini ro‘yobga chiqara olishga qodirligi bilan ham belgilanadi. Ayniqsa, yesh mustaqil davlatlar iqtisodiyotining biryoqlamaligi va qaramligi, aholining past turmush darajasi o‘zida ijtimoiy tahdidni ifodalab, xavfsizlikni saqlashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Milliy iqtisodiyotning turli ichki va tashqi tahdidlarga bardoshliligi hamda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash, uning jahon iqtisodiy tizimida raqobatbardoshligini oshirishga oid masalalarni tahlil qilish mazkur o‘quv qo‘llanmaning maqsadi hisoblanadi. Bozor iqgisodiyotiga o‘tish davrida milliy iqtisodiyotga, korxona (firma) va alohida shaxsga nisbatan xavf tug‘dirayotgan taxdidlarni keltirib chiqaruvchi ijtimoiy-iqtmsodiy jarayonlarning barchasi o‘quv qo‘llanmada bayon qilikgan masalalarning ob’ekti hisoblanadi.
Zero, bugungi rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir fuqaro, shaxs iqgisodiy hayotda sodir bo‘layotgan jarayonlarning o‘zi, oilasi va mamlakat uchun qay darajada ta’sir etishi haqida mustaqil fikrlash, iqgisodiy tahdidlarni aniqlash hamda xavfsizlikni mikro va makro darajada ta’minlashda yuzaga keladigan muammolar yechimini izlab togshsh yo‘l-yo‘riqlarini o‘rganishi lozim.
Xavfsizlik muammosi mustaqil davlatchilikning shakllanishi va jamiyatda ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy manfaatlarning qaror topishi bilan bir paytda vujudga keladi. Chunki shu vaqtdan boshlab barqarorlik, rivojlanish bilan bir qatorda, xavf-xatar, turli-tuman tahdidlar ham paydo bo‘lib, ularni hisobga olish, ularga asoslanib, davlat strategiyasi va siyosatini ishlab chiqish hamda amalga oshirish mamlakat xavfsizligini ta’minlashning muhim sharti hisoblanadi. Darhaqiqat, “xavfsizlik" tushunchasi Rober ma’ lumotnomasiga ko‘ra 1190 yilda paydo bo‘ldi2. Bu tushuncha o‘zini har qanday xavf-xatardan himoyalangan deb hisoblovchi inson ruhining xotirjam holatini ifodalagan3.
Ushbu ma’noda mazkur termin G‘arbiy Yevropa halslari leksikonida XVII asrgacha qo‘llangan. Tarixning keyingi davrlarida davlat tuzilmalarining shakllanishi bilan bog‘liq ravishda “xavfsizlik" tushunchasi moddiy, siyosiy va iqtisodiy sohalarda davlat kurilishi, boshqarish organlari tendensiyalariga mos keladigan real xavf-xatar (jismoniy va ma’naviy)ning yo‘qligi natijasida vujudga keladigan tinchlik holati ma’nosini anglatgan.4