O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat



Yüklə 1,11 Mb.
səhifə6/8
tarix10.03.2023
ölçüsü1,11 Mb.
#87224
1   2   3   4   5   6   7   8
Yusupov Yusufbekning kurs ishi loyihasi

BOB. ZAMONAVIY ELEKTRON DALNOMERLARNI QO`LLANISHI



    1. Zamonaviy masofa o`lchash asboblari


Yuqorida takidlab o’tilganidek zamonaviy geodezik chiziqli o’lchashlar radio va optik diapazondagi elektromagnit to’lqinlardan foydalanuvchi elektronli dalnomerlarda bajariladi.
Bunday dalnomerlarda masofa o’lchash prinspi o’lchanadigan oraliq bo’lib elektromagnit to’lqinlarning tarqalish tezligi va vaqtini aniqlashga asoslangan. Joydagi A va B nuqtalar oralig’idagi masofani o’lchash uchun A nuqtaga dalnomer, B nuqtaga elektromagnit to’lqinlarini qaytaruvchi asbob o’rnatiladi (2.1.1-shakl).
Dalnomerdan chiqqan elektromagnit nurlar nurqaytargichlarda aks etib dalnomer-larning qabul qilish moslamasiga qaytgan vaqtini hisoblab topgach, A va B nuqtalar orasidagi masofani quyidagi formula bo’yicha aniqlash mumkin.
D=vt/2 (2.1.1)
Bunda D – izlanayotgan masofa v – o’lchash jarayonida elektromagnit to’lqinlarining atmosferada tarqalish tezligi, t – elektromagnit to’lqinlarini 2D masofani o’tishi uchun sarflangan vaqt.
Elektromagnit to’lqinlarining atmosferada tarqalish tezligiga havoning harorati, bosimi va namligi tasir etishi mumkin.
Shuni inobatga olib ish jarayonida bu ko’rsatkichlar o’lchanadi va zarur xollarda mos tuzatmalar kiritiladi.
Nur qaytargich ikki xil bo’lishi mumkin:

  1. dalnomerdan chiqqan elektromagnit to’lqinlarini qabul qilib olib, chastotasi yoki amplitudasini o’zgartirib qaytaradigan asbob: bunday asbob aktiv qaytargich deb ataladi va radiodalnomerlarda qo’llaniladi;

  2. dalnomerdan chiqqan elektromagnit to’lqinlarini o’zgartirmasdan qaytaradigan asbob: bu asbob passiv qaytargich deb ataladi va barcha yorug’lik dalnomerlarida ishlatiladi.

Passiv nur qaytargichlar prizma va linzadan (yoki prizma va linza brikmalaridan) tayyorlanadi.
Elektromagnit to’lqinlarining tarqalish tezligini impulsli yoki fazali metodda o’lchanishi mumkin. Impulsli metodda elektromagnit to’lqinlarining tarqalish tezligi bevosita o’lchanadi, fazali metodda esa dalnomerdan chiqqan nur qaytargichdan aks etib qaytgan elektromagnit to’lqinlarining farqi o’lchanadi va elektromagnit nurining tarqalish tezligi shu farqdan foydalanib aniqlanadi. Shunga yarasha dalnomerlar impulsli va fazali dalnomerlarga bo’linadi.

2.1.1-shakl. Elektron dalnomerlar yordamida masofa o’lchash sxemasi Elektromagnit to’lqinlarining tarqalish tezligini impulsli metodda bevosita
o’lchash aniqligi fazali metodda bevosita o’lchash aniqligidan kamroqdir.
Shuning uchun hozirgi vaqtda qo’llanilayotgan yorug’lik dalnomeri va radiodalnomerlarning ishi fazali metodga asoslangan.
Elektron dalnomerlar standartga asosan aniqligi va vazifasiga qarab 3 ta G, P va T guruhlariga bo’linadi. G va P guruhidagi dalnomerlar davlat geodezik tarmoqlarini barpo etishda va amaliy geodezik ishlarda qo’llaniladi. T guruhi esa geodezik zichlashtrish tarmoqlarini barpo etish va topografik ishlarda qo’llaniladi.
Ular bilan masofa o’lchashda yo’l qo’yarli o’rta kvadratik xato cheki quyidagi ifoda bilan hisoblanadi.
mD=a+bD km, mm (2.1.2)
bunda: a va b-koeffitsientlar; D-o’lchanadigan masofa, km da bo’ladi.



    1. Yüklə 1,11 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin