Joyda turli uzunlikdagi masofalarni lenta, invar, sim kabi o’lchash vositalari yordamida o’lchash ko’p vaqt oladi, joy relefi murakkab bo’lganda o’lchash og’irlashadi. Bunday vaqtda dalnomerlardan foydalaniladi.
Joyda ikki nuqa orasidagi masofani bir nuqtada turib o’lchash vositasi esa dalnomer deb atalishi haqida yuqorida aytib o’tilgan edi.
Geodezik ishlarda qo’llaniladigan dalnomerlar ikki guruhga bo’linadi:
Optikaviy dalnomerlar;
Yorug’lik va radiodalnomerlar;
Yorug’lik va radiodalnomerlarda esa masofa yorug’lik nuri yoki radioto’lqinning shu masofadan o’tish vaqtini bilish yo’li bilan aniqlnadi.
Optik dalnomerlar nazariyasi O va N nuqtalar orasidagi masofani d desak (1.2.1-shakl), teng yonli OAB uchburchaklikdan quyidagini yozish mumkin:
l/2d=tgφ/2 (1.2.1) Bundan:
d=1/lctgφ/2 (1.2.2) ko’ramizki, d ikki o’zgaruvchi miqdor (argument) –l va φ larning funksiyasi, ya’ni d=f(l1φ)bo’ladi. Bulardan qaysi biri (lyoki φ) o’zgarmas bo’lishiga qarab, dalnomer o’zgarmas burchakli va o’zgarmas bazisli bo’ladi.
O’zgarmas burchakli dalnomer. Bu dalnomerlarda φ=constant bo’lib, bu burchak diastimometrikburchak deyiladi.
Reykadagi oraliq l o’zgarishi bilan d ham o’zgaradi, ya’ni d=f(l) bo’ladi. Agar (1.2.2) formulada miqdorni 1/2lctgφ/2=Kdesak,
d=Kl (1.2.3) bo’ladi.
Bu yerda K-dalnomer koeffitsienti, l-reykada dalnomer iplari orasidagi masofa bo’lib, iplar bo’yicha olingan sanoqlar ayirmasi orqali aniqlanadi.
1.2.1-shakl. O’zgarmas burchakli dalnomer sxemasi.
Agar reyka 0 nuqtadan d1 masofaga uzoqlashsa, reykadagi oraliq l1, bo’ladi, masofa esa quyidagicha bo’ladi.
d1=Kl (1.2.4) O’zgamasbazislidalnomer. Bunda l=constant(o’zgarmas) bo’lib (1.2.2- shakl), masofa dburchak yer o’zgarishiga qarab o’zgaradi, ya’ni
d=f(φ) (1.2.5) bo’ladi. Bu yerda φparallaktikburchak,l-bazisdeyiladi. O’zgarmas bazisli dalnomer formulasi quyidagicha bo’ladi:
d=Kctg/2 (1.2.6) Dalnomer bazisi gorizontal yoki vertikal bo’ladi. Muhandislik ishlarida qo’llaniladigan geodezik asboblarning ko’pchiligiga o’zgarmas burchakli dalnomer o’rnatilgan bo’lib, bunday asboblarga ipli dalnomer deyiladi. O’zgarmas bazisli dalnomerlar ko’pincha ayrim moslamaga joylanib, ular asbob obyektiviga o’rnatiladi va nasadka (uchlik) deyiladi. Ipli dalnomer doimiy parallaktik burchakli- sodda optik dalnomer bo’lib, kiprigel nivelir, teodolit singari geodezik asboblarning qarash turbasiga joylashtirilgan bo’ladi.
1.2.2-shakl. O’zgarmas bazisli dalnomer.
Ko’rish turbasining iplar to’ridagi gorizontal chiziqqa parellel qilib (gorizontal chiziqdan teng oraliqda) o’tkazilgan ikkita qo’shimcha simmetrik chiziqga (1.2.3 – shakl) dalnomeriplari, dalnomerning o’ziga esa iplidalnomerdeyiladi.
Ko’rish trubasi reykaga vizirlanganda qarash nuri ab dalnomer iplari orqali va ob’yektiv fokusi orqali o’tib reykani A va B nuqtalarda kesib o’tadi, ya’ni 1.2.3- shaklga asosan. Reykaning AB=lqismi dalnomer chiziqlari orasiga to’g’ri keladi va uning tasviri dalnomer iplarining a`b` oralig’idan o’tib ab=p ni hosil qiladi. Bu holda vizirlash nurlari obyektiv fokusi F va β parallaktikburchakliABF va abF uchburchaklarni hosil qiladi.
Masalan 1 va 2 nuqtalar orasidagi gorizontal chiziqning uzunligini o’lchashkerak deylik. Bunda o’lchash asbobi 1 nuqtaga, 2 nuqtaga esa vertikal tarzda dalnomer reykasi o’rnatiladi.
Shakldan ko’rinib turibdiki aniqlanuvchi masofa uzunligi quyidagiga teng: D=δ+f+E bunda E ko’rish trubasining ob’yektividan reykagacha bo’lgan masofa δ esa obyektivdan asbobni aylanish o’qigacha bo’lgan masofa; f-ko’rish trubasi obyektivining fokus masofasi. ABF va a`b`F uchburchaklarni o’xshashligidan
1.2.3 – shakl. Ipli dalnomer bilan masofa o’lchash sxemasi. Dalnomer bilan o’lchash masofasi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:
E=Kl (1.2.7) (1.2.7)formula yordamida obyektivning oldingi fokusidan reykagacha bo’lgan masofa hisoblab topiladi. Amalda chiziqning haqiqiy uzunligi asbob o’rnatilgan nuqtadan, ya’ni asbobning vertikal o’qidan reykagacha bo’lgan masofa D ga teng bo’lganligidan formulada asbobning vertikal aylanish o’qidan ob’yektivning oldingi fokusigacha bo’lgan oraliq (δ+f)e’tiborga olinishi kerak. Shunda (1.2.7)formula quyidagicha bo’ladi.
D=E+δ+f=Kl+δ+f (1.2.8) Agar f+δ=c bo’lsa, yuqoridagi formula quyidagicha bo’ladi:
D=Kl+c (1.2.9) bu yerda c-dalnomer doimiy qo’shiluvchisi deyiladi. Masofa uzunligini hisoblash qulay bo’lishi uchun geodezik asboblarning ko’rish trubasida δ va p qiymati K=100 bo’ladigan qilib tanlanadi. Zamonaviy ko’rish trubalarida s=0 bo’ladi va masofa uzunligi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
D=Kl=100l. (1.2.10) 1.2.4-shaklda. Ipli dalnomerda reykadan sanoq olish bilan masofa o’lchash misoli keltirilgan.
1.2.4-shakl. Ipli dalnomerda reykadan sanoq olish bilan masofa o’lchash Ipli dalnomer bilan masofa o’lchashda natija tez olinadi, ammo natija aniqligi
nisbatan past bo’lib, 1:200 – 1:400 atrofida bo’ladi. Bunga quyidagilar sababchi bo’ladi: tashqi sharoitni noqulayligi, reykadan noaniq sanoq olish, iplar to’rining nisbatan yo’g’onligi, dalnomer koeffitsiyenti va reyka bo’laklarini aniqlashdagi xatolar. Geodezik dala o’lchash ishlarini boshlashdan oldin iplidalnomerkoeffitsentinitekshirish kerak.
Dalnomer koeffitsentini tekshirish uchun tekis joyda uzunligi 100 – 200 m keladigan chiziq olib, chiziq boshlangan nuqtaga qoziq qoqiladi, so’ngra qoziqdan boshlab po’lat lenta yordamida 20, 40, 60, 80, 100 va 120 m lik masofalar o’lchanib, har 20 m dan keyin qoziqcha qoqiladi (1.2.5-shakl).
1.2.5-shakl. Dalnomer koeffitsientini aniqlash sxemasi
Shundan so’ng chiziqning boshlang’ich nuqtasiga asbob (teodolit), qoziqchalarga esa birin – ketin reykalar o’rnatiladi, ko’rish trubasining gorizontal holatidabureykadandalnomerningchetkiiplaribo’yichasanoqlarn1van2olinadi. Har gal olingan sanoqlarning farqi
li=(n1-n2) (1.2.11) asbob o’rnatilgan nuqta bilan reyka o’rnatilgan qoziqqacha bo’lgan masofaga mos bo’lishi kerak. Dalnomer koeffitsienti quyidagi formula yordamida har bir masofa uchun alohida-alohida hisoblab topiladi:
Ki=Di/n2-n1 (1.2.12) bu yerda: Di-asbob o’rnatilgan nuqtadan qoziqqacha bo’lgan (lenta bilan o’lchangan) masofa; n1-va n2- har bir o’rnatishdagi dalnomerning ustki ipidan vadalnomerning pastki ipidan olingan sanoqlar.
Barcha o’lchashlarning o’rtacha arifmetik miqdori koeffitsienti bo’ladi:
K=(K1+K2+K3+.....+Kn)/N (1.2.13) bunda N-o’lchangan masofalar soni.
O’lchashda ba’zan dalnomerning bir ipini reykaning uchiga to’g’irlaganda ham ikkinchi ipidan sanoq olib bo’lmaydi; reykaning pastki qismini joyning relefi, butalar va boshqa narsalar to’sib qolganda shunday bo’lishi mumkin.
Bu holda dalnomerning o’rta ipidan va biror chetki ipidan sanoq olinib, sanoqlar ayirmasi ikkiga ko’paytiriladi.