O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch Davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi


Diqqatning nerv-fiziologik asoslar



Yüklə 1,04 Mb.
səhifə61/130
tarix02.01.2022
ölçüsü1,04 Mb.
#42551
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   130
2 5188659349307788084

2.Diqqatning nerv-fiziologik asoslar.

Diqqatning nerv – fiziologik mexanizmini I.P Pavlovning yozishicha orientirovka refleksi tashkil etadi. Buni Pavlov «bu nima» refleksi deb ham atagan edi. Bundan tashqari, diqqat ma’lum nerv markazlarining ko`zgolishi va miyadagi boshqa nerv markazlarining tormozlanishi bilan ham bog`liqdir.



3.Diqqat turlari, ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriydan so’nggi diqqat.

Diqqat uch turli bo`ladi:

ixtiyorsiz diqqat,

ixtiyoriy diqqat,

ixtiyoriydan keyingi yoki muvofiklashgan diqqat.



Ixtiyorsiz diqqat maqsadsiz, rejasiz yuz beradi. Bunday xollarda faoliyat marokliligi, qiziqarliligi yoki kutilmaganda sodir bo`lishligi bilan o`ziga jalb qiladi. Odam o`ziga ta’sir qilayotgan narsalarga, xodisalarga, bajarayotgan faoliyatiga beixtiyor berilib ketadi.

Ixtiyoriy diqqat deb ongimizni aniq maqsad asosida va idoraviy kuch yordamida keraqli ob’ektga yunaltirishga aytiladi. Agar ixtiyorsiz diqqatda ish bizni o`ziga shunchaki jalb qilib olsa, ijtiyoriy diqqatda biz diqqatimizni karatish uchun o`z oldimizga ongli suratda maqsad qo`yamiz, qiyinchiliklarni engib, diqqatni to`plash uchun kurashib va xar qanday boshqa narsalarga berilmaslik uchun iroda kuchini sarflab diqqatimizni ongli ravishda narsaga karatamiz. Ixtiyoriy diqqatning xarakterli xususiyati xuddi mana shu maqsad ko`zlashda, irodaviy zo`r berishda namoyon bo`ladi.

Ixtiyoriy diqqat irodamizning namoyon bo`lishidir. Qandaydir biror faoliyat bilan shugullanishga qaror qilar ekanmiz, diqqatimizni xatto ayni chog`da biz uchun qiziqarli bo`lmagan, lekin biz shugullanishni lozim topgan narsalarga ongli suratda qaratamiz. Demak, ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatdan sifat jixatdan farq qiladi.



Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin