16-seminar mashguloti
Mavzu: Temperament turlari va ularning tavsifi
Maqsad: Mavzu boyicha olingan bilimlarni mustahkamlash, talabalarda mavzuga oid amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Dars tipi: Mustahkamlash tipidagi dars.
Dars metodi: Tezkor savol-javob, BBB, suhbat
Dars jihozi: Ko`rgazmali qurollar, vatman qogoz, marker.
Reja
Temperament xaqida tushuncha. Temperament tirlari va ularning tavsifi. psixologiyada xarakter muammosi.
Temperament tipi, oliy nerv faoliyati tipi va temperament.
I.P.Pavlovning tarificha: Temperament har bir odamning ham, har bir ayrim hayvonning umumiy xarakteristikasidir, nerv sistemasining har bir individ butun faoliyatga muayyan qiyofa beruvchi asosiy xarakteristikasidir.
I.P.Pavlovning nerv sistemasi turlari to`g`risidagi talimoti yoki shuning o`zi kabi oliy nerv faoliyatining turlari-temperamentlari tabiiy-ilmiy o`rganish tarixida chinakamiga keskin o`zgarish yasadi. Bu talimotni fiziologik ilmiy faoliyatning yakunlovchi bosqichida ifodalab bergan edi.
I.P.Pavlovning laboratoriyalarda bosh miya katta yarim sharlari qobig`ining individualligi bilan bog`liq bo`lgan nerv faoliyatidagi farqlari kashf etadi. Itlarda tajriba o`tkazildi. It xatti-haraktining o`ziga xosligi (masalan: ziyraqlik va sustlik, dadillik yoki qo`rqoqlik) asosiy nerv jarayonlarining ayrim xususiyatlari hayajonlanish va tormozlanishga qonuniy ravishda mos kelganligi kuzatiladi.
Ko`p yillik tadqiqotlar natijasida o`rganiladigan individual farqlar asosida quyidagi nerv sistemasining uchta asosiy xususiyatlarini nerv, sistemasining kuchi, qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlar o`rtasidagi muvozanatli hamda nerv jarayonlarining harakatchalik xususiyatlari aniqlangan.
Dostları ilə paylaş: |