Xarakterning nerv-fiziologik asoslari .Inson shaxsining xarakteri hamisha ko`pqirralidir. Unda aloxida xususiyatlar yoki tomonlar ajratilib ko`rsatilishi mumkin, lekin ular bir-birlaridan ajratilgan, aloxida xolda bo`lmaydi, balki malum darajada xarakterning barqaror tuzilishini tashkil etgan xolda o`zaro bog`liq bo`ladi.
Xarakterning strukturasi uning ayrim xususiyatlari o`rtasidagi qonuniy bog`liqlikda namoyon bo`ladi. Agar kishi kurkok bo`lsa, u tashabbuskorlik, katiylik va mustaqillik, fidokorlik va oliyximmatlilik fazilatlariga ega bo`lmaydi, deb aytish uchun asoslar bor. SHu bilan birga xarakteri bo`yicha qo`rqoq kishidan itoatkorlik va xushomadgo`ylikni, kuchli kishiga nisbatan konformlilikni, qizg`onchilikni, sotqinlikni, ishonchsizlik va extiyotkorlikni kutish mumkin.
Kishining qaysi xarakter tipiga kirishini aniqlashda E.I.Rogov taklif qilgan so`rovnoma va unga olingan javoblar natijasidan foydalanish mumkin. Rogov xarakter tiplarini quyidagicha tasvirlaydi: Ekstravertlar («o`ngi ustidalar») bor-yo`g`i ko`zga tashlanib turadigan odam.Muloqotga kirishuvi oson, chaqqon, mahmadona, tajovuzkor, peshqadamlikka intilish, odamlar diqqatini tortishga intilish darajasi yuqori.
Boshqalar bilan osongina aloqaga kirisha oladi, tez tasirlanuvchan, tashqi tasirga beriluvchan, sezgir, ochiq ko`ngil odam. Odamlarga «tashqi ko`rinishi» ga qarab baho beradi, ichki olami ularni qiziqtirmaydi. Ekstravertlar ko`proq xolerik va sangvinik temp5erament tipida bo`lishi kuzatilgan.
Introvertlar («o`ngi ichidalar») tashqi olamga o`z kechinmalari bilan yo`naltirilgan odam, kamdan-kam aloqaga kirishadi, kamgap, kamsuqum, yangi tanishlar topishi qiyin, tavakkal qilishni yoqtirmaydi, avvalgi aloqalari uzilishidan iztirob chekadi, yutuq va yutqazish variantlari yo`q odam tipi. Hayajonlanish va vahimachilik darajasi yuqori, odatlangan harakat dasturini o`zgartirishi qiyin. Introvertlar ko`proq flegmatik, melanxolik temperament tipida bo`lganlarda uchraydi.
Oraliq tip yoki ambovertlar tasirlanish, qo`zg`olish darajasi beqaror,o`zgaruvchan, «Kimligini bilib bo`lmaydigan» tip. Bu tipga mansub odam vaziyatga qarab og`ib ketishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |