Dutor bayoti asarining tahlili
“Melodiya Dutora” Pulat Xalikov musiqasi. Pulat Xalikovning “Melodiya Dutora” fortepiano musiqa cholgʻu asbobi uchun yozilgan boʻlib, shijoatli xarakterdagi pyesadir.Kutarinki ruxda, dutor ohangini aks etirib, asosiy mavzu chap qoʻlda jaranglaydi. Chap qoʻldagi akkordlarning tez,jadal xarakat qilishi oxangga dutorning navosini aks etiradi. Asar oddiy uch qismli shaklida yozilgan boʻlib, birinchi qism, oʻrtaliq va reprizadan iborat. Birinchi qism 8 jumladan iborat. Rivojlov xarakterdagi oʻrta qismi birinchi qismga qarama- qarshi qoʻyilgan. Uchinchi qism- repriza, birinchi qismning 5, 6, 7, 8 jumlalarni aynan takroridan iborat. Asarning tonaligi lya minor. Asarning tempi- Allegro- tez tempda ijro qilish degan maʼnosini anglatadi. Oʻlchovi 2/4. Asar dinamik belgi bilan boy.
XULOSA
Xalqimizning milliy-ma’naviy merosini musiqa san’atisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Azal-azaldan ajdodlarimiz tomonidan yaratilib, qadriyatlar sifatida shakllanib kelinayotgan milliy urf-odatlarimiz, an’anaviy tarzda avlodlardan avlodlarga o‘tib, xalqimizning buyuk ma’naviy dunyosini namoyon etib kelmoqda. Xalq musiqa ijodiyoti, musiqa sohasidagi yozma manbalar, bastakorlik san’ati, kasbiy musiqa ijodiyoti bunga yorqin misoldir. Chunonchi, bu jarayon musiqa san’atining barcha kasbiylik ahamiy yoatiga ega bo‘lgan tarmoqlari uchun asos bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.
Mustaqillik sharofati bilan barcha sohalar kabi milliy musiqa san’ati ham nazariy hamda amaliy jihatdan keng o‘rganilib, har tomonlama ravnaq topib kelayotganligi sir emas. Buning asosiy sabablaridan biri respublikamizda xalqimiz o‘tmishini o‘rganishga, buyuk allomalar yaratgan ilmiy merosni idrok etishga, sohaning amaliyotini o‘zlashtirish bilan birga nazariy mezonlaridan bilim olishga katta e’tibor qaratilayotganligidir. Asosiy maqsad ham yoshlarimizni komil inson sifatida tarbiyalash, hech kimdan kam bo‘lmagan barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Zero, «Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvalambor farzandlarimizning unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liq».
Darhaqiqat, san’at millatning ma’naviy boyligi, hayotining ko‘zgusidir. San’atlar ichida musiqa xalqqa tez yetib boradigan, keng ommalashgan turi hisoblanadi. Musiqa san’ati o‘zining qadimiyligi, janrlarga boyligi, mazmun-mohiyatan keng qamrovliligi, ommabopligi bilan jamiyat turmush hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan.
Musiqa san’atining muhim tarmog‘i musiqa ijodiyoti va ijrochiligidir. Musiqiy namunalar yaratilish va ijro etish kabi mezonlarni o‘z ichiga oladi. Ularni tugal asar shakliga keltiradigan, ohang va sadolar orqali insonga ruhiy ozuqa beradigan kuy va qo‘shiqlarning yaratilishi bastakorlik ijodiyoti bilan bog‘liqdir. Bu, albatta, musiqa san’atining eng muhim tarmog‘i hisoblanadi. Demak, musiqa yaratuvchilari, ya’ni bastakorlarning ijodiyoti xalq ma’naviyati, madaniyati, tarixi, an’ana va qadriyatlari haqida ma’lumot beruvchi axborot manbayi vazifasini ham o‘taydi.
Dostları ilə paylaş: |