Kirish: a) Hayoti va ijodi b) Mavzuning dolzarbligi c) Maqsadi va vazifalari Asosiy qismi: d) Tasviriy san’atning qaysi turi e) Qaysi janr,g’oyasi f) Asarning kompazetsiyasi va tuzilishi g) Asar qahromonlari harakatlari va holatlari Xulosa O’tmishda buyuk musavirlar kishi ko’rganda tahsin o’qiydigan devoriy rasm bezaklarni ko’p ishlaganlar. Ulardan ma’lumlarini muborak nomlarini hurmat bilan eslaymiz. Shunday moniysifat zamondosh rassomlardan biri Chingiz Axmarovdir. Biz uning mo’y qalamida jilo totgan nafis devoriy rasmlarini qayerda ko’rmaylik maftub bo’lamiz va qayta – qayta boqamiz. Chingiz Ahmarov ham zukko san’atshunos ham taniqli murabbiy edi. U ayni chog’da O’zbek milliy tasviriy san’atini yuksak pog’onaga ko’targan ulkan xizmatlari uchun ko’plab davlat mukofatlariga sazovor bo’lgan. Shunday mukofatlaridan biri “ Xamza davlat mukofatlari sohibidir. Buyuk mussavir 1912 yili O’rol tog’ yaqinidagi Troitsik shahrida dunyoga kelgan. Chingiz Ahmarovning xonodoni sharq xususan O’rtaosiyo xalqlari tarixi madaniyati badiiy ijodi,ayniqsa sanati va adabiyotiga ixlosi baland bo’lgan ularni qiziqib kuztgan oila bo’lgan.Oilaning bunday bo’lishiga bunday bo’lishiga buyuk mussavirning otasining roli katta bo’lgan. Bo’lajak rassomning otasi Abdurahmonxtor hoji sayohatni juda sevgan.U Turkiya,Misr,Saudiya Arabistoni,Yaqin Sharq mamlakatlariga ko’plab safarlar qilgan va u erlarda eshitganlarini oila a’zolariga har safar hayojonlanib hikoya qilib berardi. Buyuk mussavirda yaqin sharq va o’rta osiyo xalqlarining hayoti ijodiga bo’lgan qiziqish, o’sha kezlarda nish o’rgan.1927 yili Ahmarovlar oilasi qarshi shahriga ko’chib keladi.Yosh mussavir o’sha kezlardayoq yaqin sharq va o’rta osiyo xalqlarining hayoti ijodiga bo’lgan qiziqish yanada ortadi.U o’sha paytda Prim shahridagi tasviriy san’at bilim yurtida tahsil olgan.Buyuk mussavirni O’zbekistonni o’ziga xos tabiati va me’morchlik obidalarning latofati bir umrga unutilmas tassurotlar qoldirgan.Qisqa qilib aytganda,bo’lajak rassomning ilk asarlari o’zbek diyorida tug’iladi.Bu ilk mashqlar unga asta-sekin shuhrat keltira boshladi. 1930-yili Chingiz Axmorov Pirm shahridagi bilim yurtning tamomlab Qarshiga qaytadi. Shu yilining o’zidayoq uning oilasi Samarqand shahriga ko’chib kelishadi.Yosh san’atkorning bolaligida qilgan orzusi amalga oshadi.Xalq amaliy san’ati asarlariga hamda buyuk tarixi me’moriy obidalariga boy bo’lgan Samarqand massivirga ko’p ilhom bag’ishlaydi.Devoriy rasmlar chizishga bo’lgan niyatlarni amalga oshirishda muhim omil bo’ladi.Badiiy bilim yurti unga faqat tasviriy san’at asoslarini o’rgatadi hayotga yo’llaydi.Samarqand esa meni rassom bo’lib yetishimga zamin bo’ldi,-degan edi buyuk mussavir.Ha bo;lajak rassomni dunyoga mashhur Samarqand va uning jozibador go’zalligi aql bovar qilmaydigan me’morlik san’ati, o’tmish madaniyati,zamon davrlarga bardosh bergan qadimiy hamda navquron quyofasi maftun etadi va tarbiyalaydi.Buyuk mussavirni mehnat sevar Samarqand ahli,uning qo’li gul ustalari rassom bo;lib yetishishida rahimnavolik qiladi Tasviriy san’atga ixlos qo’ygan Chingiz Axmorovni o’sha yillari rassomlik san’atinig monimuntal formalaridan biri bo’lmish devorga rasm chizish sohasi jalb etadi.Tasviriy san’atning bu turi o’zicha mustaqil bo’lmay,bir yerga ya’ni devorga tasvirlanadi.Ya’ni bunday san’at asarlarini muzey yoki ko’rgazma zallarida faqat eskizgina namoyoish qilinishi mumkin.U alohida bino yoki koshonaning devoir uchun maxsus ishlangan bo’lib,shu binoning badiiy sayqaliga uzviy bog’liq bo’lgan bo’lib uning tasirchanligini yanada oshiradigan tasvior asaridir. Bunday asarlarni monimentalligi yana shundaki,ular odatda pishiq o’z rangini davr o’tishi bilan yo’qotmaydigan materiallar yordamida ishlanadi.1935-yili Ch Axmorov o’z sevgan kasbi bo’yicha oily ma’lumot olish maqsadida Moskvaga borib ta’lim oladi.Uumri davomida mamlakatimizdagi eng ajoyib binolarga o’zining o’lmas asarlarini yaratadi.Chingiz Axmorovning shunday asarlaridan biri Alisher Navoiy nomidagi opera va balet teatrining devoriga chizgan rasmlarida o’zbek milliy san’atidagi yorqin va o’ziga xos tasviriy vositalar jahon tasviriy san’atida shu sohada erishilgan uslub va formulalar bilan ijodiy mahorat bilan boyitgan.U shuningdek Samarqand shahridagi “Yulduz” choyxonasining mehmonlar uchun mo’ljallangan joyiga rasm ishlagan.Buyuk mussavirning Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik ilmiy tekshirish institutining foyesiga rasmlari rassomning buyuk mahorati egasi ekanligini bildiradi.Institutning devoriga ishlangan bu rasmlardan menda katta ta’surot qoldirdga “Shoir” deb nomlangan rasm katta ta’surot qoldirdi Bu suratda Navoiy o’zshogirdlari bilan turib suhbat qurayotganligi tasvirlangan Odatda,devoriy rasmni yaratishdan oldin uni eskizidan boshlaydi.Rassom be eskizlarda bo’lajak devoriy rasmning kompozetsiyasi,mavzu va g’oyani ifoda etuvchi asarning ranglarini tasvirlaydigan predmetlarning hajmi va o’rni aniqlanadi.Monimental devoriy rassomchilikda ishlatiladigan usul va materiallar quruq shuvoq bo’ladi.Bu asarni yaratishda ham shularni inobatga olgan.”Shoir” asarida rassombarcha imkoniyatlardan unumli va o’rinli foydalangan,bu asarni milliyligi o’ziga xos xususiyatlari bilan yaratilgan obrazlardagi milliylikning o’ziga xos yorqin ko’zga tashlanishi,yuksak mahorati asarning arxekturaga monand jihatlarini ham koorishimiz mumkin Bu asar orqali rassom Navoiy lirikasidan unumli foydalanilganiligini ko’ramiz.Asar mahorat bilan ko’p obrazli qilib yartilgan.Shuningdek obrzlarni to’g’ri xarakterlarini ochib, ko’rsatib bera olgan Devorga ishlangan sahnim zumrat rangga bo’yalganligi bahor libosini to’gri talanganligi ko’ramiz.Maysazorning o’rtasidagi daraxt xuddu bog’I Eramning bog’larini eslatib yuborish bejiz emasligi tasvirlangan.Qahramonlarning holatlari ham nafis ifodalangan.Shu boisdan ham bu devoriy rasmda ishlatilgan tasviriy vositalar ranglar,uning ritmlari nozik musiqiy jozibadorligini angalatadi.Bu devoriy rasmdagi singdirilgan g’oyani va mavzuni milliy ruh an’analarida namoyon etgan.Asarda perspektiv qoidalar qo’llanilganligi tasvirlanoyotgan lavha,manzara,nihol va qomatlar biroz shartli yoki minaturya ba’zi qadimgi devoriy suratlaridek chizilishi kompozetsiyaning ohangdor ritmi rasmdagi oberazlarni musoqaviy ko’rinishi rassomning tasviriy ifodasi yo’llaridan unumli foydalanganligini bildiradi.Chingiz Axmorov yaratgan bu devoriy rasmda qanday ranglardan foydalanganligini ko’ramiz.U o’zbek xalqining ananaviy badiiyligi o’z ifodasini topgan.Mazkur devoriy rasmda ranglar shuningdek ularning tuslaridan,ya’ni o’zbek amaliy san’at asarlarida azaldan ishlatilib kelayotgan ranglardan unumli foydalangan.Asarda milliy xoslik kashf etib turgan narsalardan yana biri shundaki,rasmda tasvirlanga qahramonlarning kiyim-kechagida aniq tasvirlangan.Asar kompozetsiyasida qatnashgan obrazlarning bir-biriga bo’lgan munosabati,turishlar o’zbek xalqiga xos bo’lgan odob doirasidadir.Rassom shu bilan birga asarda ko’rsatilgan kimsalarning tasvirini xalq og’zaki ijodida o’z ifodasini topgan go’zallik haqida tushunchlarga asoslanib,ularning kulcha yuzli,ohu ko’zli,qalam qoshli,sarvi qomat qilib tasvirlanishi bilan birga antomeya va proporsiya qonunlarini bo’zmagan.Ichki his tuyg’ularni imo-ishoralarni shartli ravishda ko’rsatmay kechinmalarni jonli hayoti tarzda ochib bergan. Bu devoriy rasm minatura janrda ishlangan bo’lib,milliy ruhi ajralib turadi. Asar markazida Alisher Navoiy turadi.U o’z shogirdlariga yangi g’azalini o’qib berayotganligini mahorat bilan tasvirlangan.Chingiz Axmorov yaratgan bu asar g’oyasi va badiiy ruhi falsafi,mavzusi esa insoniyat tarixida Navoiyidek buyuk allomalrimiz borligini o’zining boy meroslari bilan bugungu kunddagi hayotimizdagi muhimrol o’ynab kelayotganini tasvirlagan bu devoriy rasmda yana ko’plab lavhalar tasvirlangan. Bu tasvir etilgan tasvirlar bir-biriga bog’lanib ketgan xulosa qilib shuni aytish kerakki Chingiz A bu devoriy tarixi lavhalarda reallistik qilib yaratib bergan.