O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


I bob.’’Avesto’’ yurtimiz tarixiga oid qadimgi manba sifatida



Yüklə 198,5 Kb.
səhifə2/6
tarix21.06.2023
ölçüsü198,5 Kb.
#133674
1   2   3   4   5   6
27-mavzu (2)

I bob.’’Avesto’’ yurtimiz tarixiga oid qadimgi manba sifatida


1.1 ‘’Avesto’’ da yurtimiz haqidagi ma’lumotlar

"Avesto" O‘rta Osiyoning tarixan ajralmas qismi bo‘lgan Turon-zamin hududlarida shakllangan eng qadimiy din - zardushtiylikning muqaddas kitobidir. Unda O‘zbek, tojik, turkman, ozarbayjon, fors, afg‘on va boshqa xalqlarning ibtidoiy va qadimiy ilohiy tasavvurlari, koinot va еrda dunyoning yaratilishi bilan bog‘liq tushunchalar, afsona va rivoyatlar, falsafiy-ahloqiy qarashlar o‘z aksini topgan.


Mazdaviylik dini, ya’ni Zardushtiylik dini haqida toki Sosoniylar uni davlat dini deb e’lon qilmaguncha hech qanday ma’lumot yo’q edi.1
U ezgulik xudosi Axuramazda bilan odamlar o‘rtasidagi vakil sifatida maydonga chiqdi. Zaratushtra eroncha so‘z bo‘lib ushtra - tuya, zarat, - sariq ya’ni keksa tuyachi - tuyachilar avlodidan degan ma’nolarni bildiradi. Zardusht o‘ta iste’dodli shoir, ilohiyot bilimdoni, faylasuf olim edi. Yagona xudoga ishonishgina jamiyat yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tara oladi, Shu yo‘lda Zardusht Navro‘z kunlaridan birida kohinlar boshchiligida muqaddas ichimlik bo‘lgan xaoma tayyorlashga kirishadi.Xaoma tayyorlashda ishtirok etayotgan Zardusht erta tong pallasida daryodan suv olishga qirg‘oqqa tushadi. Daryo suvining pokiza oqimidan suv olib, bir yo‘la tahoratini yangilayotgan Zardushtning ko‘ziga qirg‘oqda turgan porloq hilqat - Voxumana ko‘rinadi. Zardusht uning sehrli nuriga ergashadi. Nihoyat, Zardusht ezgu va ulug‘ xudo Axuramazda huzuriga boradi. U Voxumana kabi porloq ettita hamisha barhayot ilohiy hilqat qurshovida o‘tirar edi.

Axuramazda shu еrda o‘zining borliqni yaratgan xudo ekani haqidagi xabarni bildirish uchun odamlar orasidan Zardushtni tanlaganini aytadi. Shu vaqtda Zardusht 40 yoshga to‘lgan edi. Shu kundan boshlab Zardusht Axuramazda dinining payg‘ambariga aylandi (payg‘ambar "ezgulik xaqida darak beruvchi" demakdir). U o‘z qavmlari orasida Axuramazda dinini targ‘ib qila boshlaydi. Buning uchun u gatlar deb atalgan, qo‘shiq qilib aytishga mo‘ljallangan she’rlar yaratadi. Zardusht gatlaridan 17 tasi "Avesto"ning "Yasna" deb atalgan qismiga kirgan va bizgacha saqlangan.Avestada Zardust tug‘ilgan yurt haqida yozilgan: “Mamlakatki, son-sanoqsiz qo‘shinlarga ba hodir boshliqlar yo‘lboshchilik qiladi.. O‘tloqlar va suvga serob, baland tog‘lar chorvachilik uchun zarur barcha narsani еtkazib beradi. U еrda sersuv chuqur ko‘llar bor. U еrda kemalar qatnaydigan keng daryolar o‘zlarining to‘lqinli suvlari bilan shiddat bilan Iskat (Skiflar),Pourut, Mour, Xareva(Ariya), Gava (Sug‘dagi vil), Sug‘uda, Xvayrizam mamlakatlariga eltadi.Zaratushtraning tug‘ilgan vatani haqida ilmiy olamda 2 xil qarash bor g‘arbiy va sharqiy.Sosaniylar qarashlari Zaratushtra Atropatenda (Azarbayjonda) yokiMidiya Ragida (O‘rta asrladagi Rey Tehronga yaqin joy)tug‘ilgan deb hisoblashadi. Lekin faktlarni uni inkor qiladi. Ktesiyda va ba’zi olimlar (Dj.Multon) Gatlar Baktriya yaratilgan degan fikrni beradi.


Hozirgi kunda avesta O‘rta Osiyoning viloyatlarining birida yaratilgan degan. Tols tov, Xenning, Struve. Aestoda tilgan olingan viloyatlar bugungi kunda O‘rta Osiyoni, Afg‘oniston, Shimoli-sharqiy Eron tilga olingan.Aksariyat olimlarning fikricha Zardusht tarixiy shaxs.Zardusht an’anaviy tasavvurlarga ko‘ra, miloddan avvalgi VII-VI asrlar oralig‘ida yashagan (I.M.Dyakonov, V.I.Abaev, B.G‘.G‘ofurov). Ammo, Avesto ma’lumotlariga asoslanib olimlar Zaratushtrani miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida (XIII-XII asrlarda - Meri Boys), miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida (X-IX asrlar oraligida-I.M.Steblin - Kamenskiy) o‘tgan, degan fikrlar ham o‘rtaga tashlangan.
Zardushtiylarning eng katta ruhoniysi Kartir ko’plab joylardagi toshlarga yozuvlar o’ydirib yozdirgan. Bu yozuvlar Persepol yaqinidagi Naqshi Rustam va Naqshi Rajab va Mashhadning janubidan topilgan. Ulardagi yozuvlar uning yashab o’tgan davrini tasvirlash bilan boshlanadi.2Xo‘sh, Zardusht qachon yashagan? Bu masalada, bizningcha, m. a. II ming yillik – o‘lkamizda bronza asri gullab-yashnagan, sug‘orma dehqonchilik va xonaki chorvachilik muqim rivojlangan, jamiyatda hokimlar, ruhoniylar, harbiylar, hunar ahli, chorvadorlar, dehqonlar kabi tabaqalar yuzaga kelib, mehnat taqsimoti va ijtimoiy tabaqalanish chuqurlashgan davr – zardushtiylik yaxlit din sifatida shakllangan davr, deyishga to‘la asos bor. Ana shu davrda ibtidoiy diniy-mafkuraviy, mifologik tasavvurlar saqlanib, ma’lum bir tizimga keltirilgan. Dunyoning yaxlitligi, hayot tarzining muqim va tadrijiyligi turli-tuman ilohlarga e’tiqodni so‘ndirib, yaxlit, yagona sababkorni izlashga, uni tanishga, unga iymon keltirish va e’tiqod qilishga undagan. Demak, m. a. ikkinchi mingyillik o‘lkamizda kuchli tafakkur izlanishlari davri sifatida, xalqni tanish, pirovardida yakka xudoni tanishda ajdodlarimiz uchun o‘ziga xos ma’naviy taraqqiyot bosqichi bo‘lgan.
Avesto" da olam qarama-qarshiliklardan iborat. Yorug‘lik va zulmat, hayot va o‘lim, ezgulik va yovuzlik adolatli qonunlar va qonunsizliklar o‘rtasidagi kurash unda o‘z ifodasini topgan. Zardushtning diniy ta’limotida ezgulikni qaror toptirish ruhi (Axuramazda) bilan yovuzlik ruhi (Axramon) o‘rtasidagi kurash ta’riflanadi. Axuramazda ezgulikni vujudga keltirishda odamlarni imonli bo‘lishiga undayveradi. Axramon esa unga qarshi odamlarni yomon ishga boshlaydi.Zardushtiylik dinida iymon uch tayanchga asoslanadi:1) fikrlar sofligi, 2) so‘zning sobitligi, 3) amallarning insoniyligi. "Avesto" da "Bergan so‘zning uddasidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo-sotiq va shartnomalarda qat’iy amal qilish, qarzni o‘z vaqtida to‘lash, aldamchilik va xiyonatdan xoli bo‘lish imonlilik alomatidir", -deyilgan.Zardushtiylik dini odamlarga bu din haqida xushxabar keltirgan payg‘ambar Zaratushtra nomi bilan bog‘liq holda shartli ravishda shu nom bilan atalib kelinadi. Aslida “Avesto” kitobida bu din mazdayasna dini deb atalgan. Bu so‘z “Mazdaga sig‘inmoq” deb tarjima qilinib, Mazda so‘zi “donishmand, oqilli”ma’nosini anglatadiBarcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan, deb e’tiqod qilingan. Mazda so‘zi oldiga Axura – “ulug‘lash” so‘zi qo‘shilib, zardushtiylikning ilohi-xudosi – Axura Mazda nomi paydo bo‘lgan.
Lekin “Avesto” haqida gap ketganda, uning tarixiy taqdirida o‘ziga xos voqealar davri boshlandi. Avvalo, arablar ilk harbiy yurishlari bilan VII asr o‘rtalarida Sosoniylar Eroni, so‘ngra Markaziy Osiyoga kirib kelgandayoq ajdodlarimizning qadimiy dini zardushtiylik bilan yuzma-yuz kelgan edi. Keyinchalik fath ishlari poyoniga еtib, islom dini yoyilgan pallada zardushtiy jamoalari yalpi ta’qib ostiga tushdi. Bu hol Eronu Turon o‘lkalarida ayovsiz davom etdi. Shu vaziyat taqozosi bilan zardushtiylarning bir qismi xavfsiz o‘lkalarga ko‘chib ketishga majbur bo‘ldi. Oqibatda VIII–XIII asrlar davomida bu jamoalar Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlariga kelib o‘rnashdi. Bu qavmlar, asl kelib chiqishidan qat’i nazar, mahalliy xalq orasida forslar (parslar), deb atala boshlandi. Muhimi shundaki, ayni shu zardusht jamoalari qadimiy dinlariga e’tiqodni saqlab qolganliklari tufayli umuman unutilishga mahkum etilgan din tizimi, uning urf-odatlari, aqidalari va nihoyat, muqaddas kitobi “Avesto”ning asosiy, kundalik amaliyot uchun eng zarur va muqaddas hisoblangan qismlari saqlanib qoldi. Hozirgi kunda ham o‘sha qavmlarning avlodlari – qariyb 150 ming zardushtiy Hindistonning mazkur o‘lkalarida o‘z dinlarini saqlab yashab kelmoqda.
Zardushtiylik dini Sosoniylar davrida davlat dini deb e’lon qilingan. Hukmdor Shopur I ni Ahuramazda elchisi deb hisoblashgan.Ko‘pchillik olimlarning ta’kidlashlaricha, zardushtiylik dinining ilk vatani Turon o‘lkalari bo‘lgan, deb tan olishmoqda. Chunki, “Avesto”da aks etgan mifologik qatlamlar, tarixiy‑geografik manzaralar asos‑e’tibori bilan Turon o‘lkalariga, aniqrog‘i, Baqtriya, Marg‘iyona, Sug‘diyona va Xorazmga xosdir. Qolaversa, “Avesto”ga asos bo‘lgan til, hozirgi fors tilining ajdodi bo‘lmish qadimgi janubi-g‘arbiy eroniy tildan farqli ravishda, shimoli-sharqiy eroniy tillarga, xususan, O‘zbekistonning qadimgi hududlarida amal qilgan tillarga qarindoshdir.
Sharqda tarixiy manbalar “Avesto” kitobi mavjud bo‘lgani haqida ikki ming yildan ziyod vaqt davomida ko‘plab ma’lumotlarni saqlagan. Ovro‘pada esa “Avesto” kitobi haqida ilk ma’lumotlar o‘rta asrlardagina paydo bo‘lgan, ya’ni inglizlar Hindistonni istilo qilgach, bu ma’lumot yanada boyigan. 1750-yillarning boshlarida yosh fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron “Avesto”ni o‘rganish ishtiyoqi bilan yonib, ingliz harbiy qismlariga qo‘shilib Hindistonga boradi. Zardushtiy jamoalar orasida uzoq muddat bo‘lib, ularning ishonchini qozonib, dindorlargina tafsir qila oladigan “Avesto” tilini o‘rganadi, “Avesto” matnlarini sotib oladi. So‘ngra 1761 yili Fransiyaga qaytib kelib, 1771 yili “Avesto” matnlarini nashr ettiradi.
Ko‘p o‘tmay “Avesto” haqidagi ma’lumotlar yanada ko‘payib, unga ilmiy qiziqish ortdi. Dyuperronning buyuk ilmiy jasorati va fan oldidagi xizmati tan olinadi. U tarjimada yo‘l qo‘ygan xatolar, talqindagi kamchiliklar tuzatiladi. “Avesto” bilan hind xalqining ulug‘ asotiriy asari “Rigveda”ning tili yaqin ekanligi ma’lum bo‘ladi. A. Dyuperron “Avesto” tili Hindistonning boshqa tillariga hamda yunon va lotin tillariga yaqinligini anglab, tarixda birinchi bo‘lib fanga “hind-ovro‘pa tillari” tushunchasini kiritdi.



Yüklə 198,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin