O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


‘’Avesto’’ xalqimiz turmushidan darak beruvchi manba



Yüklə 198,5 Kb.
səhifə3/6
tarix21.06.2023
ölçüsü198,5 Kb.
#133674
1   2   3   4   5   6
27-mavzu (2)

1.2. ‘’Avesto’’ xalqimiz turmushidan darak beruvchi manba

“Avesto” o‘z vatani Turonzaminda qadimdan ilmiy dunyo diqqat markazida bo‘lib kelgan. Avvalo, bu masala “Avesto” kitobining to‘planishi, uning tarkibiy bo‘laklariga silsilaviy tartib berilishi va nihoyat, eng mukammal, ishonchli shakli yuzaga kelishi uzoq ajdodlarimizning kitobatchilik madaniyati hamda qadimiy matnshunoslikning buyuk namunasidir. Qolaversa, o‘rta asr ilmida “Avesto” haqida batafsil ma’lumotlarni ulug‘ alloma Abu Rayhon Beruniy asarlaridan va boshqa manbalardan olish mumkin.


Avesto bizgacha to‘liq еtib kelmagan, uning Yasna, Yasht, Visparad, Videvdat deb atalgan kitoblaridan parchalar еtib kelgan.
Yasna –72 bobdan iborat qurbonliklar, alqovlar haqida bo‘lib, asosiy marosimlarni o‘tkazish tartibi bayon etilgan. eng qadimgi qatlami 17 tasi “Gatlar” (muqaddas qo‘shiqlar.Olamning yaratuvchisi Ahuramazda madh qilingan.
Zaratushtra yashagan zamonda tarkib topgan. “Gatlar”da bayon etilgan vokealar tahlili, uni bronza davrida yaratilganligidan guvohlik beradi.
"Avesto" da uning Vendidad (Videvdat) kitobida qadimgi Turon o‘lkasi va Eronning o‘ziga xos tarixiy jug‘rofiyasi bayon etiladi. Jumladan, Axuramazda Spitamid Zardushtga bunday deydi: "Ey, Spitamid Zardusht, men, Axuramazda, bu noxush, g‘amgin joyni osoyishta, farog‘atli o‘lkaga aylantirdim. Eng avvalo g‘oyat ezgu joriy qilib, yurtlar ichra eng yaxshi yurt qilib, daitiya daryosi yoqasidagi go‘zal Ayranem-vaedja-Eronvejni yaratdim. Lekin yovuz Axaramon mening ziddimga turib u yurtning ofati bo‘lgan sariq ilonlarni va devlar yuborgan qishni yaratdi. U yurtda o‘n oy qahraton qish ikki oy yoz bo‘ladi: еri uchun ham, suvi uchun ham, naboti (o‘simligi uchun ham sovuq (bu qishu yoz oylari). qishi qahratoni, uning poyoni o‘ta saryog‘in. Men, Axuramazda yaratgan yurtlarning ikkinchisi Gava-so‘g‘dlar yashaydigan yurt. Bu yurtda yaylovlar bo‘liq o‘tloqlar serut, mollari semiz... .
Uchinchi o‘lka - Mouru (Marg‘iyona) qudratli yurt, haq yo‘liga sodiq yurt ...; Tog‘lari baland ko‘tarilgan go‘zal yurt - Bahdini yaratdim men, Axuramazda ..., Mouru va Baxdi o‘rtasidagi Nisayya yurtini ham men yaratdim...".
"Avesto" ning ushbu jug‘rofiy dostoni, tadqiqotchilar fikricha, Turon zaminidan, xususan, Xorazm va So‘g‘ddan boshlanib, to janub va janub-g‘arb tomon tarqalgan zardusht dini targ‘ibotining bosib o‘tgan yo‘lini ko‘rsatadi.
“Avesto” qadimiy tarix, din, etnografiya, axloqiy-falsafiy qarashlar, astronomiya, kosmogoniya, ilohiyot va boshqa ko‘plab sohalar uchun qiziqarli ma’lumotlar bera oladi. Shu bilan birga, “Avesto” mohiyatan ilk badiiy ijod va adabiyot obidasidir. Uning tarkibida eng qadimgi asotirlarimiz, rivoyatlar, qahramonlik dostonlari mavjud. “Avesto”ning asotiriy obrazlari tizimidan o‘rin olgan Xushang, Taxmuras, Jamshid, Kayumars, Faridun, Zahhok va boshqalar o‘rta asr dostonchiligi va adabiyotiga ham kirib kelgan. Kayxusrav, Afrosiyob, Siyovush, Rustam, Suhrob va boshqa siymolar asrlar osha yashab kelmoqda.Ular o‘rtasida doimo muttasil kurash boradi. Zardushtiylik e’tiqodi bo‘yicha olov nihoyatda muqaddas hisoblangan. quyosh yorug‘lik manbai bo‘lib, otash uning birqismi xisoblangan. Kuyosh olamga hayot bag‘ishlaydi. Uning nuri bilan barcha jonzod uyg‘onadi va yashnaydi.3
Qadimiy tangalarda suqilgan ma’budalar tasviri va sopol xaykalchalar taxlitiga qaraganda Axuramazdadan tashqari, zardushtiylarning Mitra, Farna, Nana yoki Noxid (Anaxita), Mirrix va Xubbi kabi maxalliy ezgulik tangrilari ham bo‘lgan. Mitra — Quyosh va yorug‘lik xudosi, jangovar yigit siymosida tasvirlanadi. Farna mah.alliy aholi Xumo ba’zan anko nomi bilan yuritgan baxt va tole xudosi, nihoyatda chiroyli qush qiyofasida tasavvur etilgan. Nana yoki Noxid hosildorlikva farovonlik ma’budasi, u bir qo‘lida anor yoki olma tutgan go‘zal ayol qiyofasida tasvirlanadi. Mirrix — urush va g‘alaba xudosi, xarbiylar madadkori, kurollangan jangchi taxlitida tasavvur etilgan. Xubbi — suv xudosi, qayiqchilar va miroblar xomiysi, zabardast yigit tusida tasvirlanadi.Zardushtiylar e’tiqodiga ko‘ra, koinot olov, tuproq., suv va havo kabi to‘rt unsurdan tarkib topgan. Muqaddas hisoblanganligi tufayli ularga nisbatan e’tiqod nihoyatda kuchli bo‘lgan. Ularga iflos va badbuy narsalar tashlash qat’iy taqiqlangan. Hatto marhumlar jasadini еrga ko‘mish, suvga tashlash, yoqish yoki ko‘katlar ustida qoldirish qat’iyan man etilgan. Chunki ular murdor xisoblangan. Marhum yashagan xonadonda bir necha kun o‘t yoqilmagan, ovqat pishirilmagan. Murdalar toshloq tepaliklar yoki shahardan tashqarida bino qilingan maxsus baland dahmalarning ustida qoldirilgan. qush-quzg‘unlar va yirtqichlar ularning etini еb bo‘lgach, suyaklari quyoshda toblanib sarg‘aygach, ular jamlanib qopqoqli sopol ostadon (assu-ariy)larga solib qo‘yilgan. Barcha motam marosimlari tugagach, marxum ustuxonlari solingan ostadon maxsus xilxona — «naus»ga kiritilib, supa ustiga terib qo‘yilgan. Shu bilan dafn marosimi tugagan. Marxumlarning suyaklarini ostadonlarga solib, nauslarda saklash odati So‘g‘d, Choch va Xorazm viloyatlarida keng rasm bo‘lgan. Zardushtiylik dahmalarining vayronalari Karshi shahri yaqinida joylashgan Yerqo‘rg‘on shahar harobasidan hamda Buxoro shahridan Xorazmdagi Qal’ali qir, Qo‘yqirilgan qal’adan topib o‘rganildi. Buxoro dahmasining qanday inshoot ekanini anglatuvchi qadimiy nomi xatto hozirgacha saqlanib qolgan. Bu yodgorlik «Tali murdapartov», ya’ni murdalar tashlanadigan tepa deb yuritiladi. Qorako‘l yaqinida joylashgan qadimiy Poykand shahritevaragidan esa 50dan oshiq nauslar qazib o‘rganildi. “Avesto”da zardushtiylikning eng muhim axloqiy g‘oyasi bunday ifoda topgan: agar ezgu borliqni yaratgan Axura Mazda qabohat dunyosini yaratuvchi Axriman ustidan g‘olib bo‘lib, insoniyat abadiy baxtu saodatga erishsin desang, ezgu fikr yurgiz, ezgu so‘znigina so‘zla, ezgu ishlar bilan band bo‘l. Hayotida shu uch qoidaga amal qilgan odam qabohat, yovuzlik yo‘liga og‘ib ketmaydi. Bu esa eng oddiy hayotiy maqsad – haq yo‘ldagi yagona maqsad bo‘lmog‘i kerak. Zardushtiylikda inson erkin tanlash orqali ezgulik yoki qabohat tomonida turishi mumkin, deyiladi. Insonning bu masalada tutgan yo‘li haqiqat va ezgulik bilan yolg‘on va yovuzlik o‘rtasidagi kurashda ezgulikning g‘alabasi uchun g‘oyat muhim. Ezgulik yo‘li esa haq yo‘l bo‘lib, Axura Mazdaning xabarini keltirgan Zardusht odamlarni shu yo‘lga еtaklaydi. Iymonli, e’tiqodli odamlarning yalpi ezgu harakatlari yomonlikni, qabohatni mahv etadi. Shunda ezgu amalda turgan barcha odamlar adolatli saltanatda abadiy yashaydilar. Zardusht odamlarga abadiy farog‘atli jannat hayotini va’da qiladi. Buning nomi “behisht”, ya’ni “Avesto”cha vahu-hishta– “yaxshi hayot” demakdir. Zardushtiylar ananasi bu jannatni 3000 yildan keyin keladi, deb hisoblaydi. O‘shanda Zardusht tuxumidan paydo bo‘lgan xaloskor Saoshyanata muqaddas suv ostidan chiqib, savobga joxillarning hammasini Axriman yaratgan daujvah ( do‘zax)xurujlaridan qutqaradi. Saoshyanata kelgach, ezgulik uzil-kesil g‘alaba qiladi, deyiladi.
Avestoda ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. Avesto jamiyati to‘rt ijtimoiy bosqichdan iborat: patriarxal oila jamoasi - nmana, patriarxal urug‘ jamoasi - vis, qabila jamoasi - zantu va qabilalar ittifoqi - daxyu. Dax’yu viloyat, mamlakat ma’nosini ham anglatgan. Oila, urug‘, qabila boshlig‘ini anglatish uchun “pati” (ota), patni ona nmapatni-xozyayka. Nmanya-oila ma’budasi yoki a’zosi anglatgan so‘zi ishlatilgan. Demak, oila boshlig‘i - nmanapati, urug‘ oqsoqoli - vispati, (Visya- urug‘ xomiysi)qabila boshlig‘i - zantupati, mamlakat sardori - dax’yupati deb yuritilgan. Mamlakatni idora qilgan shaxs “kavi”, ya’ni diniy, dunyoviy hokimiyat egasi bo‘lib, uning mamlakat boshlig‘igi “sastar” so‘zi ishlatilgan. Sastar mamlakat harbiy kuchlariga qo‘mondonlik qilgan va poytaxt yoki o‘lkani boshqarish kirgan.Sastar va kavi atamalari iqtisodiy hayoti dehqonchilik xo‘jaligi asosida qurilgan mamlakatlar boshqaruv tizimida uchraydi. Chorvadorlar jamoasida esa kavi va sastar vazifalarini qabila jabg‘usi bajargan. Avesto jamiyati tarkibining eng yuqori bosqichi – dax’yu etnogenez nuqtai nazaridan yondoshilsa – bu nafaqat yirik hududiy birlik, balki ma’lum bir etnik birlikning ma’muriy hududi hamdir. Shunday hududiy etnik birliklardan 16 tasini nomlari Avestoda tilga olinib, ularning har biri o‘z navbatida muayyan xalqlar nomi bilan bog‘liq etnik birliklardir.Avesto jamiyatining hududiy tarkibida bir necha dax’yularni siyosiy jihatdan uyushtirgan dax’yular konfederatsiyasi bo‘lgan. Ularning tepasida dax’yu sasti turgan. Dax’yu sasti - bu dax’yuning davlat darajasiga o‘sib chiqqan bo‘g‘ini. Masalan, Axomaniylarga qadar xorasmiylar еtakchilik qilgan siyosiy uyushmani (Yasht, 10 bob) dax’yu sasti konfederatsiyasi deyish mumkin. Markvard mana shu siyosiy uyushmani “Katta Xorazm” deb atashni taklif qilgan edi.
Yozma manbalarda Axomaniylarga qadar “Qadimgi Baqtriya podsholigi” bo‘lganligi haqida ma’lumotlar uchraydi. Ammo, dax’yu sasti qo‘l ostidagi podsholik hali mutloq hokimiyat egasi emas edi, uning huquqlari dax’yupatilar tomonidan cheklangan edi. U faqat dax’yupatilardan tashkil topgan kengashni raisi, dax’yu sasti uyushmasining huquqi “xanchamana” (anjuman) tomonidan cheklangan podshosi. Bu siyosiy uyushmaning tepasida diniy rahbari, oliy sudyasi bor. U zaratushtroema deb ataladi. U payg‘ambar Zaratushtra darajasidagi oliy diniy boshliq. Uning roziligisiz dax’yupatilar va dax’yu sastilar hokimiyat tepasiga kela olmaydilar.Ezgulik xudosi Axuramazda yaratgan mamlakatlarda oqsoqollar kengashi “varzana”, “xanchamana”, umum jamoa majlisi esa “v’yaxa” deb yuritilgan. Avestoda shahar yoki shahar jamoasi degan tushunchalar uchramaydi.
Avesto qadimgi jamiyat a’zolarini to‘rt taifaga bo‘ladi: qohinlar, jangchi askarlar, chorvadorlar va hunarmandlar (Yasna kitobi, 19-bob). Avestoda tilga olingan “baland uylar”, “ustunlar” iboralari Avesto jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy asosida bronza davri dehqonchilik jamoalarining hayotiy manzarasi yotadi. Oilaga teng xuquqga ega bo‘lmagan a’zolar bo‘lgan-vira (qul), vaysa, pariytar . Ota tomondan qarindoshlar “nafa” deyilgan. 100 ta teng huquqli erkaklarni urug‘ tashkil etgan.
Darhaqiqat, agar o‘sha davr jamiyati a’zolari tarkibini tahlil qiladigan bo‘lsak, qadimgi dehqonchilik mintaqalarida dastlab boshqaruv tizimining tepasida qohinlar turgan. Ular “chorva va keng yaylovlar egasi” hisoblangan. Jangchi askarlar bu oriylar bo‘lib, kohinlardan keyingi mulk egalari bo‘lganlar. Avestoda asosiy boylik chorva hisoblangan. Zaratushtra o‘z ta’limotida “Chorvaga yaxshi ega kerak.4 Ushbu еrdagi chorva egalariga men erkin yurishni va erkin hayotni ta’min qilaman” deydi (Yasna, 24. Gatlar). Ana shu erkin hayot egalari oriylar edi. Avestodagi chorvadorlar toifasi esa kohinlar va jangchi oriylar boyligi – chorva mol-qo‘ylari va yilqilarini boquvchi cho‘ponlardir.Hunarmandlar toifasiga kelsak, ular mehnat va harbiy qurollar, zargarlik, kulolchilik va to‘qimachilik kasbini ziroatchilikdan ajralmagan holda olib boruvchi, ya’ni xo‘jalik yurituvchi dehqonchilik jamoalaridir. Ammo, Avestoning Yasna va Yashtlarida dehqonchilik haqida ma’lumotlar uchramaydi. Bunday ma’lumotlar Avestoning Videvdat kitobiga kiritilgan (Videvdat, 3-bob).Zardushtiylikda to‘rt unsur - suv, olov, tuproq, havo muqaddas deb hisoblangan. Ularni iflos qilish, toptash, bulg‘ash mumkin bo‘lmagan. Olov-zardushtiylik dinining e’tiqod manbai bo‘lib, u zardushtiylar ibodatxonasining markazida joylashtirilgan.Avestoda diniy va axloqiy falsafiy qarashlar. Zaratushtraning diniy falsafasi qarama-qarshi kuchlarning kurashiga asoslangan. Bu kurash xudolar o‘rtasida boshlanib, tabiatda va insonlar hayotida ham davom etadi. Aholi joylashgan dunyoni zardushtiylar 7 ta tabiiy qismlarga bo‘lganlar. Bu dunyoning tarixi 12 ming yil davomida rivojlanadi, deb faraz qilganlar. Ular dunyo rivojini to‘rt bosqichga bo‘lib, har bir bosqich 3 ming yilni o‘z ichiga olgan. Birinchi bosqich-ko‘rinmas ma’naviy dunyo; ikkinchisi-yerda odamzod hayotini boshlanishi, ya’ni Gavamard (islomda Odam ato) ning paydo bo‘lish davri; uchunchisi - “oltin davr”, ya’ni oriylarning tarix maydoniga chiqish davri; to‘rtinchisi - payg‘ambar Zaratushtra vafotidan keyingi davr. Dunyo tarixining ikkinchi bosqichida yovuzliklar ilohi Axriman (islomda Shayton) faoliyati boshlanadi. Axriman Gavamardni o‘ldiradi, ammo undan tarqalgan erkak va ayol insoniyat urug‘ini davom ettiradi. Avestoga ko‘ra, oriylar Gavamard farzandlaridan tashkil topgan. Oriylarni Avesto turlarining aslzodalari sifatida tasavvur qilish mumkin. Uchunchi bosqich Yima (Jamshid) podsholik qilgan “oltin” davr bo‘lib, bu davrda odamlar baxtli hayot kechirganlar. Dunyo aholisi bir necha bor ko‘paygan, qushlar va hayvonlar yashashi uchun sayhon (odam oyog‘i еtmagan) еrlar qolmagan. Axuramazda maslahatiga ko‘ra, Yima har 300, 600 va 900 yil davomida insonlar yashaydigan еrlar chegaralarini kengaytirib borgan. Yima sovuq va suv toshqiniga qarshi “vara”- to‘rtburchakli qal’a qurishga asos solgan. Demak, bu davr arxeologik davriy tizimda bronza va ilk temir davriga to‘g‘ri keladi. Dunyo tarixining to‘rtinchi bosqichida insoniyatni yovuz kuchlardan xalos etuvchi, qutqaruvchi Saosh’yant ismli shaxs paydo bo‘ladi, еr yuzini yomonliklardan tozalaydi, gunoh ish qilgan va qiluvchi odamlarni yo‘q qiladi. Aynan shu davrda bahodirlarga hamdu-sanolar to‘qish, hayot va o‘lim falsafasi, xalq og‘zaki ijodiyoti kelib chiqadi. Bu davr kishilik tarixida “harbiy demokratiya davriga” to‘g‘ri keladi. To‘rtinchi davrning so‘nggida “oxirgi zamon” boshlanadi.


Yüklə 198,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin