I bob.Avesto yurtimiz tarixiga oid qadimgi manba sifatida
1.1 Avesto da yurtimiz haqidagi malumotlar
"Avesto" Orta Osiyoning tarixan ajralmas qismi bolgan Turon-zamin hududlarida shakllangan eng qadimiy din - zardushtiylikning muqaddas kitobidir. Unda O‘zbek, tojik, turkman, ozarbayjon, fors, afg‘on va boshqa xalqlarning ibtidoiy va qadimiy ilohiy tasavvurlari, koinot va еrda dunyoning yaratilishi bilan bog‘liq tushunchalar, afsona va rivoyatlar, falsafiy-ahloqiy qarashlar o‘z aksini topgan.
Mazdaviylik dini, ya’ni Zardushtiylik dini haqida toki Sosoniylar uni davlat dini deb e’lon qilmaguncha hech qanday ma’lumot yo’q edi.1
U ezgulik xudosi Axuramazda bilan odamlar o‘rtasidagi vakil sifatida maydonga chiqdi. Zaratushtra eroncha so‘z bolib ushtra - tuya, zarat, - sariq yani keksa tuyachi - tuyachilar avlodidan degan manolarni bildiradi. Zardusht ota istedodli shoir, ilohiyot bilimdoni, faylasuf olim edi. Yagona xudoga ishonishgina jamiyat yangi taraqqiyot bosqichiga kotara oladi, Shu yolda Zardusht Navroz kunlaridan birida kohinlar boshchiligida muqaddas ichimlik bolgan xaoma tayyorlashga kirishadi.Xaoma tayyorlashda ishtirok etayotgan Zardusht erta tong pallasida daryodan suv olishga qirgoqqa tushadi. Daryo suvining pokiza oqimidan suv olib, bir yola tahoratini yangilayotgan Zardushtning koziga qirgoqda turgan porloq hilqat - Voxumana korinadi. Zardusht uning sehrli nuriga ergashadi. Nihoyat, Zardusht ezgu va ulug xudo Axuramazda huzuriga boradi. U Voxumana kabi porloq ettita hamisha barhayot ilohiy hilqat qurshovida otirar edi.
Axuramazda shu еrda o‘zining borliqni yaratgan xudo ekani haqidagi xabarni bildirish uchun odamlar orasidan Zardushtni tanlaganini aytadi. Shu vaqtda Zardusht 40 yoshga to‘lgan edi. Shu kundan boshlab Zardusht Axuramazda dinining payg‘ambariga aylandi (paygambar "ezgulik xaqida darak beruvchi" demakdir). U oz qavmlari orasida Axuramazda dinini targib qila boshlaydi. Buning uchun u gatlar deb atalgan, qoshiq qilib aytishga moljallangan sherlar yaratadi. Zardusht gatlaridan 17 tasi "Avesto"ning "Yasna" deb atalgan qismiga kirgan va bizgacha saqlangan.Avestada Zardust tugilgan yurt haqida yozilgan: Mamlakatki, son-sanoqsiz qoshinlarga ba hodir boshliqlar yolboshchilik qiladi.. Otloqlar va suvga serob, baland toglar chorvachilik uchun zarur barcha narsani еtkazib beradi. U еrda sersuv chuqur ko‘llar bor. U еrda kemalar qatnaydigan keng daryolar o‘zlarining to‘lqinli suvlari bilan shiddat bilan Iskat (Skiflar),Pourut, Mour, Xareva(Ariya), Gava (Sug‘dagi vil), Sug‘uda, Xvayrizam mamlakatlariga eltadi.Zaratushtraning tugilgan vatani haqida ilmiy olamda 2 xil qarash bor garbiy va sharqiy.Sosaniylar qarashlari Zaratushtra Atropatenda (Azarbayjonda) yokiMidiya Ragida (Orta asrladagi Rey Tehronga yaqin joy)tugilgan deb hisoblashadi. Lekin faktlarni uni inkor qiladi. Ktesiyda va bazi olimlar (Dj.Multon) Gatlar Baktriya yaratilgan degan fikrni beradi.
Hozirgi kunda avesta Orta Osiyoning viloyatlarining birida yaratilgan degan. Tols tov, Xenning, Struve. Aestoda tilgan olingan viloyatlar bugungi kunda Orta Osiyoni, Afgoniston, Shimoli-sharqiy Eron tilga olingan.Aksariyat olimlarning fikricha Zardusht tarixiy shaxs.Zardusht ananaviy tasavvurlarga kora, miloddan avvalgi VII-VI asrlar oraligida yashagan (I.M.Dyakonov, V.I.Abaev, B.G.Gofurov). Ammo, Avesto malumotlariga asoslanib olimlar Zaratushtrani miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmida (XIII-XII asrlarda - Meri Boys), miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida (X-IX asrlar oraligida-I.M.Steblin - Kamenskiy) otgan, degan fikrlar ham ortaga tashlangan.
Zardushtiylarning eng katta ruhoniysi Kartir koplab joylardagi toshlarga yozuvlar oydirib yozdirgan. Bu yozuvlar Persepol yaqinidagi Naqshi Rustam va Naqshi Rajab va Mashhadning janubidan topilgan. Ulardagi yozuvlar uning yashab otgan davrini tasvirlash bilan boshlanadi.2Xosh, Zardusht qachon yashagan? Bu masalada, bizningcha, m. a. II ming yillik olkamizda bronza asri gullab-yashnagan, sugorma dehqonchilik va xonaki chorvachilik muqim rivojlangan, jamiyatda hokimlar, ruhoniylar, harbiylar, hunar ahli, chorvadorlar, dehqonlar kabi tabaqalar yuzaga kelib, mehnat taqsimoti va ijtimoiy tabaqalanish chuqurlashgan davr zardushtiylik yaxlit din sifatida shakllangan davr, deyishga tola asos bor. Ana shu davrda ibtidoiy diniy-mafkuraviy, mifologik tasavvurlar saqlanib, malum bir tizimga keltirilgan. Dunyoning yaxlitligi, hayot tarzining muqim va tadrijiyligi turli-tuman ilohlarga etiqodni sondirib, yaxlit, yagona sababkorni izlashga, uni tanishga, unga iymon keltirish va etiqod qilishga undagan. Demak, m. a. ikkinchi mingyillik olkamizda kuchli tafakkur izlanishlari davri sifatida, xalqni tanish, pirovardida yakka xudoni tanishda ajdodlarimiz uchun oziga xos manaviy taraqqiyot bosqichi bolgan.
Avesto" da olam qarama-qarshiliklardan iborat. Yoruglik va zulmat, hayot va olim, ezgulik va yovuzlik adolatli qonunlar va qonunsizliklar ortasidagi kurash unda oz ifodasini topgan. Zardushtning diniy talimotida ezgulikni qaror toptirish ruhi (Axuramazda) bilan yovuzlik ruhi (Axramon) ortasidagi kurash tariflanadi. Axuramazda ezgulikni vujudga keltirishda odamlarni imonli bolishiga undayveradi. Axramon esa unga qarshi odamlarni yomon ishga boshlaydi.Zardushtiylik dinida iymon uch tayanchga asoslanadi:1) fikrlar sofligi, 2) sozning sobitligi, 3) amallarning insoniyligi. "Avesto" da "Bergan sozning uddasidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo-sotiq va shartnomalarda qatiy amal qilish, qarzni oz vaqtida tolash, aldamchilik va xiyonatdan xoli bolish imonlilik alomatidir", -deyilgan.Zardushtiylik dini odamlarga bu din haqida xushxabar keltirgan paygambar Zaratushtra nomi bilan bogliq holda shartli ravishda shu nom bilan atalib kelinadi. Aslida Avesto kitobida bu din mazdayasna dini deb atalgan. Bu soz Mazdaga siginmoq deb tarjima qilinib, Mazda sozi donishmand, oqillimanosini anglatadiBarcha ezgu borliq Mazdaning irodasi bilan yaratilgan, deb etiqod qilingan. Mazda sozi oldiga Axura uluglash sozi qoshilib, zardushtiylikning ilohi-xudosi Axura Mazda nomi paydo bolgan.
Lekin “Avesto” haqida gap ketganda, uning tarixiy taqdirida o‘ziga xos voqealar davri boshlandi. Avvalo, arablar ilk harbiy yurishlari bilan VII asr o‘rtalarida Sosoniylar Eroni, so‘ngra Markaziy Osiyoga kirib kelgandayoq ajdodlarimizning qadimiy dini zardushtiylik bilan yuzma-yuz kelgan edi. Keyinchalik fath ishlari poyoniga еtib, islom dini yoyilgan pallada zardushtiy jamoalari yalpi ta’qib ostiga tushdi. Bu hol Eronu Turon o‘lkalarida ayovsiz davom etdi. Shu vaziyat taqozosi bilan zardushtiylarning bir qismi xavfsiz olkalarga kochib ketishga majbur boldi. Oqibatda VIIIXIII asrlar davomida bu jamoalar Hindistonning Bombay va Gujarot viloyatlariga kelib ornashdi. Bu qavmlar, asl kelib chiqishidan qati nazar, mahalliy xalq orasida forslar (parslar), deb atala boshlandi. Muhimi shundaki, ayni shu zardusht jamoalari qadimiy dinlariga etiqodni saqlab qolganliklari tufayli umuman unutilishga mahkum etilgan din tizimi, uning urf-odatlari, aqidalari va nihoyat, muqaddas kitobi Avestoning asosiy, kundalik amaliyot uchun eng zarur va muqaddas hisoblangan qismlari saqlanib qoldi. Hozirgi kunda ham osha qavmlarning avlodlari qariyb 150 ming zardushtiy Hindistonning mazkur olkalarida oz dinlarini saqlab yashab kelmoqda.
Zardushtiylik dini Sosoniylar davrida davlat dini deb elon qilingan. Hukmdor Shopur I ni Ahuramazda elchisi deb hisoblashgan.Kopchillik olimlarning takidlashlaricha, zardushtiylik dinining ilk vatani Turon olkalari bolgan, deb tan olishmoqda. Chunki, Avestoda aks etgan mifologik qatlamlar, tarixiy‑geografik manzaralar asos‑e’tibori bilan Turon o‘lkalariga, aniqrog‘i, Baqtriya, Marg‘iyona, Sug‘diyona va Xorazmga xosdir. Qolaversa, “Avesto”ga asos bo‘lgan til, hozirgi fors tilining ajdodi bo‘lmish qadimgi janubi-g‘arbiy eroniy tildan farqli ravishda, shimoli-sharqiy eroniy tillarga, xususan, Ozbekistonning qadimgi hududlarida amal qilgan tillarga qarindoshdir.
Sharqda tarixiy manbalar Avesto kitobi mavjud bolgani haqida ikki ming yildan ziyod vaqt davomida koplab malumotlarni saqlagan. Ovropada esa Avesto kitobi haqida ilk malumotlar orta asrlardagina paydo bolgan, yani inglizlar Hindistonni istilo qilgach, bu malumot yanada boyigan. 1750-yillarning boshlarida yosh fransuz tadqiqotchisi Anketil Dyuperron Avestoni organish ishtiyoqi bilan yonib, ingliz harbiy qismlariga qoshilib Hindistonga boradi. Zardushtiy jamoalar orasida uzoq muddat bolib, ularning ishonchini qozonib, dindorlargina tafsir qila oladigan Avesto tilini organadi, Avesto matnlarini sotib oladi. Songra 1761 yili Fransiyaga qaytib kelib, 1771 yili Avesto matnlarini nashr ettiradi.
Kop otmay Avesto haqidagi malumotlar yanada kopayib, unga ilmiy qiziqish ortdi. Dyuperronning buyuk ilmiy jasorati va fan oldidagi xizmati tan olinadi. U tarjimada yol qoygan xatolar, talqindagi kamchiliklar tuzatiladi. Avesto bilan hind xalqining ulug asotiriy asari Rigvedaning tili yaqin ekanligi malum boladi. A. Dyuperron Avesto tili Hindistonning boshqa tillariga hamda yunon va lotin tillariga yaqinligini anglab, tarixda birinchi bolib fanga hind-ovropa tillari tushunchasini kiritdi.
Dostları ilə paylaş: |