II bob.Qadimgi yozma manbalarda Ozbekiston hududiga oid malumotlar
2.1 Qadimgi yozma manbalarda uchraydigan toponimikalar
Zaratushtraning diniy axloqiy falsafasida iymonli bolish, buning uchun doimo toza, pok yurish, iblislarga qarshi harakatlar qilish, gunoh qilmaslik, ezgu fikr, ezgu soz, ezgu amallar bilan yashash har bir zardushtiyning kundalik hayot faoliyatining mazmun va mohiyatini tashkil etish kerak. Axuramazda bashoratlarida jahannam hayotning eng yomon onlari, osmon esa ruhning eng yuksak holati sifatida ifodalanadi. Olamdagi yomonlik va yovuzliklar odamlarning iymonsizligidan kelib chiqadi. Ularni bartaraf etish, bu istiqboldagi vazifa bolib, iymonli kishilar bularni bartaraf etishda faollik korsatishlari kerak, deyiladi.Zardushtiylik dinida iymon uch tayanchga asoslanadi: fikrlar sofligi, sozning sobitligi, amallarning insoniyligidir. Avestoda bergan sozning uddasidan chiqish, unga sodiq qolish, savdo-sotiq va shartnomalarga qatiy amal qilish, qarzni oz vaqtida tolash, aldamchilik va hiyonatdan xoli bolish iymonlilik alomatidir deyilgan. Zaratushtra falsafasiga kora, odam olgach, uning ruhi 3 kun oz tanasida boladi, tortinchi kunida gozal qiz qiyofasidagi farishta kuzatuvida narigi dunyoga chinvot (qil koprik) koprigidan otib jannatga ketadi. Gunohkorlar esa chinvotdan otolmay jahannamga garq boladilar. Yaxshilar esa yana yangi tanalarda yashashni davom ettiradilar.Avesto bu borliq dunyoni odam uchun sinov maydoni, deb tushuntiradi. Zero, insoniyat, dastlab, Yima podsho bolgan davrlarda azaliy-abadiy baxt-saodat makonida kasallik va olim kormay, oltin asrni boshidan kechirgan. Yima ming yil podsho bolib, jannatmakon yurtni yaratgan. Unda magrurlik golib kelib, Axuramazda man etgan taom-qoramol go‘shtini еb qo‘yadi va jazoga tortiladi. Natijada, uning avlodlari, ya’ni barcha odamzod tirikchilik dardi – tashvishlariga giriftor bo‘ladi, ya’ni еyish-ichish zaruriyatiga, kasalliklar va o‘limga yuzma-yuz bo‘ladi. Axriman Axuramazda tanasidan ajrab chiqib, yovuzliklar yaratishga tutinadi. Endi, dunyoni azaliy ezgulik bag‘riga qaytarishning birdan bir yo‘li pok hayot, halol mehnat, yaratuvchilik, yovuzlikni qalbdan chiqarib tashlash, iymonli e’tiqodli bo‘lish, miskinlarga yordam berish, yaxshi niyat, yaxshi soz va yaxshi amallarga qol urishdir. Shunday qilib, Avesto dunyodagi eng qadimgi din - zardushtiylik talimotini axloqiy falsafasi, bu kitob nafaqat diniy, balki keng manoda tarixiy va adabiy manba, ajdodlarimizning uzoq otmish tarixi va tafakkur taraqqiyotining qomusiy yigindisidir.
Bunda ananaviy diniy, falsafiy va axloqiy qarashlar davr ruhi bilan omuxtalashgan. Har qalay, Avestoni bir butunlikda tahlil etganda shunisi aniqki, Zaratushtra yashagan zamonga qadar ibtidoiy ajdodlarimiz turli qabilaviy diniy tasavvurlarga amal qilib kelishgan. Endi esa ibtidoiy munosabatlar ornini dastlabki sinfiy jamiyat egallayotgan davr boshlandi. Bu davrning shakllanishi uchun kuchli mafkuraviy goya zarurligi sezila boshlandi. Chunki, mahalliy qabilaviy dinlar jamiyat taraqqiyotining yangi bosqichga kotarilishiga tosqinlik qiluvchi kuchga aylangan edi. Bu murakkab zamonda olkaning turli qabilalarini birlashtirish, bu orqali ularni ilk davlatchilik goyasi atrofiga uyushtirish zaruriyati tugildi. Ana shunday zaruriyatni togri tushungan oz zamonasining ilggor kishilardan biri sifatida Zaratushtra tarix maydoniga chiqdi.
O‘z qavmi, yurti Turonzaminda o‘ziga izdoshlar topa olmagan Zaratushtra shimoli-sharqiy Eron viloyatlaridan biri Baxdida, uning kavisi Vishtasp, butun xonadoni va ayonlari tomonidan yaxshi kutib olinadi va shundan so‘ng uning dini rivoj topadi.5
Har bir davlat o'z davlatchilik tarixiga ega. Bizning O'zbekistonimiz hududida ham qadimgi davrlardan boshlab davlatchilik poydevoriga asos solingan. Bizda davlatchilikka xos boy tarixiy tajriba mavjud bo'lib, bu juda olis davrlarga borib taqaladi. Albatta, davlatlar o'z-o'zidan paydo bo'lmagan, buning o'ziga xos omillari mavjud. Hozirgi O'zbekiston hududida davlatchilik poydevori temir asri, ya'ni 1-mingyillik bilan chambarchas bog'liq. Chunki bu davrda hunarmandchilik yanada rivojlandi, dehqonchilik gurkirab o'sdi. Temirdan yasalgan mehnat qurollarining keng tarqalishi mehnat unumdorligini oshirdi. Bu davr temirchi kasbining paydo bo'lishi va temirchilikning ixtisoslashuvi bilan xarakterlanadi. Bu hol ishlab chiqarishning yanada ilg'or usullariga o'tish va ikkinchi mehnat taqsimotining paydo bo'lishi uchun sharoit yaratdi. Ikkinchi ijtimoiy mehnat taqsimoti bu - hunarmandchilikning alohida ajralib chiqishi va ixtisoslashuvi. Urug' jamoasi hududiy qo'shnichilik jamoasiga aylana bordi. Yangi yerlar va suv manbalari uchun qabilalar o'rtasida doimo kelishmovchiliklar bo'lib turgan. Qabila chegaralarini qo'riqlash, yangi yerlarni o'zlashtirish va boshqa qabilalar ustiga yurish qilish maqsadida qabilaviy harbiy ittifoqlar tashkil topa boshlagan. Bunday ittifoqlar tepasida urug', qabila boshliqlari turganlar. Ular o'z obro'si va ta'siri bilan mashhur kishilardan saylangan. Mil.av. 1-mingyillik boshlarida Markaziy Osiyo aholisi to'rt guruhga bo'lingan: zodagonlar, harbiylar, ziroatchilar va hunarmandlar. Xo'jalikning ishlab chiqaruvchi shakllari bo'lgan dehqonchilik va chorvachilik, shuningdek hunarmandchilik va mol ayirboshlashning rivojlanishi urug' va qabilalar ichida ayrim to'q oilalarning vujudga kelishiga olib keldi. Muntazam bo'lib turadigan harbiy to'qnashuvlar sharoitida urug'-qabila boshliqlarining ta'siri kuchayadi. Jamiyat endi harbiy demokratiya qonun-qoidalariga asosan yashay boshlaydi. Harbiy demokratiya-davlatga o'tish davrining boshqaruv shaklidir. Uni harbiy va qabila boshliqlari boshqarganlar. Davlatlar paydo bo'lishining formulasini quyidagicha belgilash mumkin:
Qabila - urug' - hududiy qo'shnichilik jamoasi - davlat..
Shunday qilib, davlatlar tashkil topishidagi omillar quyidagilardan iborat bo'ldi:ikkinchi mehnat taqsimotining paydo bo'lishi; mulkiy tengsizlik (ayrim kishilarning boyib ketishi).Hozirgi O'zbekiston hududidagi ilk davlat birlashmalari Qadimgi Xorazm va Qadimgi Baqtriya davlatlaridir.
Dostları ilə paylaş: |