O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti Sirtqi bo’limi


Boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’qish malakalarini rivojlantirish usullari



Yüklə 50,49 Kb.
səhifə3/4
tarix26.08.2023
ölçüsü50,49 Kb.
#140611
1   2   3   4
193-guruhi talabasi Sharipova Madinaning Ona tili o’qitish metod-fayllar.org

Boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’qish malakalarini rivojlantirish usullari
O’zbekistonning kelajagini buyuk davlat darajasiga ko’taradigan ijodkor shaxsni yaratishda boshlang’ich ta’lim poydevor vazifasini bajaradi. Boshlang’ich sinf o’qituvchisining asosiy maqsadi - o’quvchilarning bilimli, va fikrlash doirasi keng bo’lishini ta’minlash. Ularning ma’lumotkarini tahlil qilib, keng miqyosda foydalanilishiga erishish. Bolaning ongi va tafakkuri endi shakllanib kelayotgan boshlang’ich sinflarda o’qituvchining mahorati, uning zamonaviy texnalogiyalarni ta’lim jarayoniga mohirona tadbiq eta olishi, ilg’or pedagogik tajribalardan mohirona foydalana olishi, ta’lim berishning yangi yangi usullarni ishlashi juda nuhim ahamiyat kasb etadi.
Boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim-tarbiya berishdagi muhim vazifalarning asosiy qismi o’qish darslarida amalga oshiriladi. Boshlang’ich sinf o’qish darslarining, ayniqsa birinchi sinfdagi o’qish darslarining maqsadi o’quvchilarda ongli, to’g’ri, ravon, tez va ifodali o’qish malakasini hosil qilishdir. O’qish darslari matematika, atrofimizdagi olam, odobnoma va boshqa fanlarga doir mavzularda beriladigan bilimlarni, mustahkam o’qib olishlarida juda katta rol o’ynaydi, chunki bola to’g’ri, ongli ravon o’qisagina matn mazmunini yaxshi anglab oladi. O’qish darsining o’zaro mahkam bog’langan to’rt asosiy tarkibiy qismi bor. Ular quyidagilardan iborat: ongli o’qish, ifodali o’qish, to’g’ri o’qish va tez o’qish. Bu qismlar orasida ongli o’qish yetakchi o’rinda turadi.
Ongli o’qish jarayonida o’quvchilar quyidagilarga erisha olishlari kerak: o’qigan so’zlarining asl va ko’chma ma’nolarini, har bir gapning ma’nosini aytib bera olishlari, bo’limning mazmunini qisqacha bayon qilib bera olishlari, matnning to’liq mazmunini bayon qilib bera olishlari, o’qiganlariga nisbatan o’z munosabatlarini bildirishlari lozim. O’quvchida ifodali o’qish malakasini tarbiyalash uchun esa, uni o’qiganlarining ma’nosini to’xtamlarga rioya qilgan holda, so’z urg’ulariga ahamiyat berib, o’rtacha ovozda ta’sirli o’qishga o’rgatish va hokazolar talab qilinadi.
To’g’ri o’qish malakasini o’stirish uchun shoshmasdan, harflarning o’rnini almashtirmasdan, so’z qo’shimchalarni to’liq holda orfoepiya qoidalariga rioya qilib o’qilishi lozim. O’qish tezligini oshirish uchun o’quvchilarning ongli o’qishi katta ahamiyatga ega. Ongli o’qish - matnni to’la va aniq tushunib o’qishdir. Ongli o’qish yuzasidan qilinadigan ishlar o’quvchilarni o’qilayotgan matn mazmunini chuqur anglab olishga, mantiqiy fikrlashga o’rgatadi, ularning fikr va malakalarini kengaytiradi. Ongli o’qish malakasini oshirish maqsadida, darslik matnlari oxirida savol va topshiriqlar berilgan . bu savol va topshiriqlar o’quvchilarni matn mazmunini qayta hikoya qilishga hamda o’qituvchining savollariga mustaqil ravishda javob qaytarishga va o’z hayotiy tajribalari asosida ijodiy so’zlab berishga o’rgatadi.
O’quvchilar matnni qismlarga bo’lib, unga mos sarlavha qo’yishga, har bir qism mazmunini ochuvchi rasmlar chizishga savollar topa bilishga ham asta sekin o’rgatilib boriladi. Avval hajmi kichik va mazmunan soda so’ngra esa hajmi katta va mazmuni murakkabroq matnlar bilan ish olib boriladi.
O’qishning ongli bo’lishiga yordam beradigan vositalardan biri bu to’g’ri o’qishdir. O’qiganda xato qilmay, so’zlarni buzmay, tovush va bo’g’inlarni tushirib qoldirmay yoki o’rnini almashtirmasdan oxirgi bo’g’inlarni ya’ni qo’shimchalarni to’g’ri talaffuz etish, orfoepiya qoidalariga rioya qilish to’g’ri o’qishni ta’minlaydi. To’g’ri o’qish malakasini hosil qilish o’qishning hamma jarayonida olib boriladi. O’qish ongli bo’lsagina to’g’ri va tez o’qish malakasi hosil bo’ladi.
O’qish jarayonida bolalarni doimo o’z-o’zini kuzatib borishga o’rgatish, hatosiz, tez va to’g’ri o’qishga intilish hislarini paydo qilish, ayniqsa birinchi sinfdagi o’qish darslarida alohida ahamiyat kasb etadi.
O’qish tezligi ongli, ravon o’qishga bog’liqdir. O’qish tezligini oshirishga ko’p bo’g’inli va imlosi qiyin so’zlarni matndan tashqarida bo’g’inga bo’lib o’qish yordamida erishiladi. O’qish tezligini oshirish bosma va yozma harflar bilan yozilgan so’z va gaplarni ovoz chiqarib o’qishni, xor bo’lib o’qishni, ichda o’qishni, matnlarni rollarga bo’lib o’qishni ko’proq mashq qildirish yo’li bilan ta’minlanadi. Bola qancha ko’p o’qisa, o’qish tezligi shuncha ortib boradi.
O’qish darsida berilgan bilimlar bolaning sinfdan tashqi vaqtlarda ko’proq kitob o’qishini yo’lga qo’yish bilan chuqurlashtiriladi. O’quvchilarning o’qish tezligini oshirish uchun dars davomida quyidagi ishlar amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’qituvchi dars boshlangunga qadar doskaga bugun o’qiladigan matndagi ayrim gap va so’zlarni bosma harflar bilan yozib, ustini vaqtincha yopib qo’yadi. O’quvchilar kitoblarini ochib bugungi o’qiladigan matnni ko’zdan kechiradilar va doskada yozilgan so’z yoki gaoni matndan tez topishga harakat qiladilar.
Partalarga avvaldan savol yoki topshiruq yozilgan kartochkalar tarqatiladi. O’qituvchining ruxsati bilan bolalar kartochkalarda yozilgan savol - topshiriqlarni o’qiydilar va matn ichidan shu savol topshiriqqa mos javob izlaydilar.
"Tez o’qish musobaqasi" ni o’tkazish bolalarga alohida huzur bag’ishlaydi. Bunda har qaysi bolaning matnni bir vaqtda o’qishga boshlashi, matnni oxirigacha ma’lum vaqtda ichlarida o’qib tugatish lozimligi aytiladi. Birinchi bo’lib o’qib bo’lgan bolalar belgilab boriladi va o’qiganlarini og’zaki gapirib berishga tayyorlanib o’tiradi. Musobaqada g’olib chiqqanlar yulduzcha bilan taqdirlanadi.
Ifodali o’qish - so’zlarni to’g’ri talaffuz qilib, asar mazmunini tushunib, asarda ifoda etilgan his tuyg’uni, qahramonlarning ichki kechinmalarini, ruhiy kayfiyatlarini anglab o’qish demakdir. Bolalar ta’sirchan bo’ladilar. O’qituvchi asarni his hayajon bilan hikoya qilib berishi, uning bolalarga chuqur ta’sir etishiga erishishi, ayrim hollarda yodlarida yaxshi saqlab qolishlariga muvaffaq bo’lishi, asar mazmuni va unda ishtirok etuvchilarning ishlari ular uchun xuddi hayot qoidasidek tuyuladi. Asar mazmunini o’quvchilarga to’la anglatish uchun o’qituvchining o’zi uni ifodali o’qish va hikoya qilib berishga puxta tayyorgarlik ko’rishi zarur.
Ifodali o’qish ongli o’qishning ko’rsatkichidir, chunki matnning ma’nosini anglab o’qiy olgan o’quvchi, albatta, ifodali o’qish malakalarini ham egallagan bo’ladi. Ongli o’qish ifodali o’qish malakalarini o’stirish va mustahkamlashga yordam beradi. Ongli, to’g’ri va ravon o’qish malakasi hosil qilingan sari, ta’sirli o’qish malakasi ham o’sib boradi. Ta’sirli o’qish o’quvchida his - tuyg’u uyg’otishga, voqea hodisalarni tasavvur etishga, estetik zavq bag’ishlashga xizmat qiladi.
Ifodali o’qishda olib boriladigan ishlarning mazmun va mahorati 4 asosiy shart bilan izohlanadi:
o’quvchilar o’qiganlari yuzasidan nimalarni aytib berishni (qanday fikrni, qanday mazmunni bayon etishni) yaxshi tushinib olishlari zarur;
o’quvchilar asarda o’qiganlari yuzasidan jonli va ishonarli munosabatda bo’lishlari lozim;
adabiy asar o’quvchilarning ma’lum maqsadga qaratilgan holda o’qishlarini, mazmunni bayon etishdagi moyilliklarini (fikr, misol, tabiatning tasviri) taqozo qiladi;
eshituvchilarning matnni o’qiyotgan o’quvchi fikrini tushunib bilishi talab etiladi;
Bularning barchasi ifodali o’qishning o’sib borishiga yordam beradi. Boshlang`ich sinflarda o`zlashtirishi qiyin bo`lgan o`quvchilarda o`qish ko`nikmasini shakllantirish
O`sib kelayotgan yoshlarni barkamol shaxslar etib shakllantirish hozirgi kunning dolzarb muammosidir. Ilm fanning rivojlanishi, hayotga avtomatika va telemexanika, kompyuter texnikasining joriy etilishi, iqtisoddagi bozor munosabatlari keng va asosiy bilimga ega bo`lishni talab etmoqda. Demak zamon talabiga mos yashay oladigan shaxs o`z bilimini muttasil boyitish bilan mashg`ul bo`lishi kerak.
Bilim olish ko`nikmasini shakllanishida boshlang`ich sinf muhim bosqichdir. Maktabga munosabat, ilm olishga o`qishga qiziqish, tez ravon, tushunib o`qish ko`nikmasi boshlang`ich sinfda hosil bo`ladi. Boshlang`ich sinfning o`qish texnikasi bo`yicha miqdoriy ko`rsatkich: – bir daqiqada 80-90 so`zni o`qiy olish Talablar : harflarni to`g`ri talaffuz etish: so`zlarni tog`ri o`qishlarni tasahkil etadi. Bundan tashqari , tinish belgilariga e`tabor berib, ravon, tushunib o`qish va boshqalar talab etiladi.
Ko`rinib turibdiki boshlang`ich sinfda egallanadigan o`qish ko`nikmalari juda murakkabdir. Bolaning savod o`rganishi bilangina o`qish ko`nikmasi shakllanib qolmaydi.O`qish ko`nikmasi o`qituvchining savod o`rgatish davrida foydalangan barcha ish usullariga o`quvchilarning maktabga qanday tayyorgarlik bilan kelganligi, ta`lim jarayonida o`qishga faol intilishi, yani qiziqishiga bog`liq bo`ladi.
O`qituvchi savod o`rgatish davrida turli ish usullaridan foydalanib ,o`quvchilarning o`rgatilayotgan tovush va harflarni to`g`ri idrok etishini ta`minlashi tovush va harflarni mustahkam esda olib qolishiga erishishi,bog`in va so`zlarni tog`ri o`qish ko`nikmasini shakllantirishi kerak.
O`qituvchilar tajribasida “Alifbe” kitobidan, undagi rasmlardan va o`qish materiallaridan , kesma harflar, bo`g`inlardan, harflarni eslab qolishni ta`minlovchi rasmlardan so`z plakatlardan , harflar haqidagi she`rlardan , ko`chma qora taxtalardan o`rinli foydalanishni kuzatish mumkin .
Lekin har qancha mukammal ish tashkil etilmasin, o`quvchilarning ma`lum qismida o`qish ko`nikmasi talab etilgan darajada shakllanmaydi. Shuning natijasida boshlang`ich sinfni tugatib, 5-sinfga ko`chgan o`quvchilar orasida matnni yetarlilicha tezlikda , tushunib , ifodali o`qiy olmaydigan o`quvchilar uchraydi.
Bunday oquvchilarni qo`shimcha o`qitish ham juda qiyinchilik bilan otadi. Ularda faollik yetishmasligi, sust harakat qilish kuzatiladi.
Bunday oquvchilarning o`qishga intilishini kuchaytirish, o`qish texnikasini mukammallashtirish uchun o`ziga ishonchini shakllantirish yo`llarini topish kerak edi. Buning uchun o`quvchilar bilan oson so`zlarni o`qishdan boshladik.Ularga o`qilishi oson bo`lgan 2 harfli so`zlar tanlab ,ayrim varaqqa bosma shaklda yozib beriladi. Masalan:
Ot osh os oq it un ip ol ish ich
O`quvchilarga 25 ta shunday so`zlarni bosma shakli beriladi. O`quvchilar ularni tez va ravon o`qigandan keyin 3 harfli
tom tosh bol suv bog` sut tog` bosh loy
mol qon sol sir choy til non boy zor
4 harfli
To`rt
ikki lola bola ukki Sarf
5 harfli ( vatan, parta, taxta, terak, parda, qalam, safar, bozor) kabi, 6 harfli ( duldul, tandir, tokzor) kabi, 7 va 8 harfli ( pomidor, kamalak, kapalak, Bahodir, sumalak, paxtazor, yaxmalak………….. kabi ) so`zlar berib boriladi.
Dastlabki davrda bo`sh oquvchilar shu oson so`zlarni ham o….t- ot, o….sh- osh, u….n-un shaklida o`qishga intiladi.Agar oddiy so`zlarni tez va sidirg`a o`qishga o`rgatilmasa,harflab o`qish keyin ham davom etaveradi.O`quvchilarga ko`p marta takrorlatib bo`lsa ham so`zlarni sidirg`a o`qishiga erishish kerak. Bunda avval o`quvchilarga tushunish oson, yaqqol tasavvur etish mumkin bo`lgan so`zlardan boshlash va keyin ma`nosi mavhumroq bo`lgan so`zlarga o`tish foydalidir. Quyida to`rt harfli so`zlarni o`rgatishga taklif etilgan tizimni keltiraman.
dala lola Bola

ipak elak Etak


O`quvchilar sana, shama, teri, suli,tug`i kabi so`zlashuvda kam qo`llaniladiganso`zlarni o`qishda qiyinchilikka uchraydilar.Shuning uchun so`zlar mazmunan asta-sekin murakkablashib borsa, o`quvchilarning oqishi yengillashadi.Bolalar bilan ishlashda ular o`qish ko`nikmasini qanday muvaffaqiyat bilan egallayotganini , qiziqishini hisobga olish muhimdir. Shunga erishish kerakki, o`quvchi to`g`ri, tez, qiynalmay o`qiy olishigacha yetishi kerak.Bolaning muvaffaqiyatiga qarab bir bosqichdan ikkinchisiga o`tiladi.
O`quvchi bu so`zlarnio`qish ko`nikmasini egallagandan so`ng to`liq jumlalarni o`qishga o`tish foydalidir.Masalan: Xo`roz qichqirdi. Rustam keldi. Osh pishdi. Bunday jumlalarni tez va tog`ri o`qigandan so`ng 3 so`zli, 4 so`zli, va 5, 6, 7 so`zli jumlalarni tavsiya etish mumkin. Bu jumlalarni sinf taxtasiga yozib ham o`qitish mumkin.
O`qituvchi chidam bilan izchil ravishda taklif etilgan ishlarni o`tkazsa, o`quvchilarning tez, to`g`ri va ravon o`qish ko`nikmasi mukammallashib boradi.

Yüklə 50,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin