O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch ranch texnologiya universiteti


Umumiy madaniyatning yuqori darajasi hamda bilimdonlik va



Yüklə 114,95 Kb.
səhifə14/22
tarix11.10.2023
ölçüsü114,95 Kb.
#153869
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
3CHI MAVZU

1. Umumiy madaniyatning yuqori darajasi hamda bilimdonlik va
aql zakovatining yuksak ko‘rsatgichi.
2. O‘zining o‘qitayotgan faniga doir keng va bilim sohibi.
3. Pedagogika, umumiy va pedagogik- psixologiya kabi fanlar
sohasidagi bilimlar bilan qurollanganlik, ulardan o‘qitish va tarbiyalash
ishlari tajribasida erkin va ustalik bilan foydalana bilish.
4. O‘quv – tarbiyaviy ishlar metodikasini egallangan bo‘lishi.
Mustaqil O‘zbekistonda qurilayotgan demokratik huquqiy davlatda faoliyat ko‘rsatadigan pedagog qanday bo‘lishi kerak? Hozirgi zamon pedagogining shaxsi uchun eng muhim asos- bu insonparvarlik. Pedagog juda yuksak darajadagi madaniyatga ega bo‘lgan shaxs. U juda ko‘p narsani bilishi kerak. Hozirgi zamonda o‘zi o‘qiyotgan fan sohasidagi yutuqlardan, yangiliklardan xabardor bo‘lishi kerak. Tarbiyalanuvchilarni har kunimashg‘ulotlarni o‘rgatib borish uchun o‘zi muntazam o‘qib, o‘rganib, o‘z bilimini to‘ldirib, chuqurlashtirib borishi kerak.
Demak, pedagog, pedagogik mahoratining asosiysi o‘z ustida mustaqil o‘qishidir. O‘zbekiston mustaqillika erishgandan keyin ta’lim-tarbiya sohasida, milliy ahloq–odobni qayta tiklash borasida, milliy urf–odatlar ana’nalarni joy-joyiga qo‘yish milliy qadiriyatlarni yanada rivojlantirish xususida buyuk burilishlar bo‘lgani barchaga ayon. Davlatning buyuk kelajagi, albatta, yoshlarni chuqur bilim va pokiza odob-ahloqli qalb egasi ekanligini yoddan chiqarmaslik lozim. Bu muammoda mahoratli, bilimli pedagoglarning o‘rni muhim va pedagogik mahorat faning roli ulkan.
Pedagogik mahorat–tug‘ma yoki nasldan–naslga o‘tuvchi xususiyat emas, balki izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Bu ko‘p qirrali pedagogik faoliyat zamirida ijodiy mehnat yotadi. Agar pedagogning kasbiy mahorat dasturiga amaliy qarasa, u holda birinchi o‘ringa uning integral sifati –mahoratidan iborat. Pedagogik mahoratga berilgan ta’riflar shuncha ko‘p bo‘lishiga qaramay, ularda mahoratning qaysidir jihatlari albatta ifodalanadi.
Mahorat-bu yuqori va yuksalib boruvchi tarbiya va o‘qitish san’atidan iborat. Pedagog o‘z ishining ustasi, o‘z fanini chuqur biluvchi, fan va san’atning mos sohalari bilan yaxshi tanish, amalda umumiy va yoshlar psixologiyasini yaxshi tushunuvchi, o‘qitish va tarbiyalash metodikasini har tamonlama biluvchi hamda yuqori madaniyatga ega bo‘lgan mutaxassisdir.Bo‘lajak mutaxassislarning mahoratini oshirishda ma’ruza darslarining o‘rni qanchalik zarur bo‘lsa, seminar mashg‘ulotlarining o‘rni ham shunchalik muhimdir.
Pedagogik mahorat” fanining maqsadi- pedagoglarga kasbiy ijod, mahorat malakalarini shakllantirish, pedagogik texnikani egallash to‘g‘risida tushuncha berishdan iborat.

Yüklə 114,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin