10-Mavzu: O‘qituvchi va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarning
shaxsiy, huquqiy jihatlari
Reja:
1.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq, talaba-
yoshlarni ma’naviy qadriyatlar ruhida tarbiyalash eng muhim vazifalardan
bo‘lib qoldi. Chunki davlatning asosini ma’naviyat tashkil etadi,
ma’naviyatiga e’tibor bermagan davlatning kelajagi ham bo‘lmaydi. Shuni
aytish kerakki, insonning ma’naviyati uning axloqi, odobi, xulqi,
madaniyatidan tashkil topadi. Axloq esa aqliy, huquqiy, diniy, iqtisodiy va
siyosiy bilimlar zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar, o‘z navbatida, inson
axloqiy sifatlarining kamol topib, boyib borishiga olib keladi. Demak, axloq
insonning ijobiy sifatlari majmuyidir. Odob va axloq bir-biri bilan uzviy
bog‘liqdir. Odob alohida bir shaxsning muayyan bir xislatini ifodalovchi
axloqiy kategoriyadir.
Odob – bu, har bir insonning jamoa bilan bo‘lgan muloqotida hamda
yurish-turishida o‘zini tuta bilishini ko‘rsatadi.
Axloq – jamiyatda qabul qilingan jamoatchilik fikri bilan ma’qullangan
xulq odob normalari. Madaniyat – jamiyatning unda yashovchi fuqarolarning
faoliyati jarayonida to‘plangan barcha ijobiy, aqliy yutuqlar majmuasi.
Ma’naviyat – inson ongini aks ettiruvchi barcha ijobiy intellektual fazilatlar
majmuasidir. Mustaqil fikrlash – bu fahmlash, anglash, fikr yuritishdan
boshlanadi. Tafakkur – inson ongidagi mavjud ilmiy-hayotiy bilimlar
majmualarining keragini saralab olish va amaliyotga qo‘llash. Ijodkor
pedagog talaba- yoshlarning xulq madaniyatini shakllantirishda ma’naviy
qadriyatlarning imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanadi. Pedagog
ijodkorligi natijasida talaba-yoshlar ajdodlar tarixi, adabiyoti, san’ati,
an’analari va urf-odatlari haqida chuqur bilim oladi. Talabalarning ma’naviy
merosga bo‘lgan qiziqishi oshadi. Dars jarayonida samimiy, sog‘lom
ma’naviy muhit yaratiladi. Ma’naviy meros manbalaridan samarali
foydalanish natijasida talabalarning xulq madaniyati kamol topadi. Talaba-
yoshlarning xulq madaniyatni shakllantirish, birinchidan, dars jarayonining
muvaffaqiyatli bo‘lishiga, ikkinchidan, ta’lim mazmuniga va pedagog-talaba
hamkorlik faoliyatiga bog‘liq. Hamkorlikdagi faoliyat ijodkorlikni,
mas’uliyatni, faollikni talab qiladi. Bunda har bir darsdan pedagog
maqsadni aniq ko‘ra bilishi, amalga oshiriladigan vazifalarni to‘g‘ri belgilab
olishi lozim.
Dars jarayonidagi bilimlar mazmunining ilmiyligi, izchilligi va
tarbiyaviy harakteri, qiziqarliligi talabalarda ta’lim va tarbiyaviy tomondan
o‘rganiladigan bilimga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi. Ularning bilimini
kengaytirish, yuksak xulqli bo‘lish kabi ko‘nikma va malakalarini
shakllantiradi. Barcha shakldagi dars jarayonlarida talabalar xulq,
madaniyatini shakllantirish samaradorligini oshirish uchun savol-javob
qilish, munozarali vaziyat paydo qilish, mustaqil ishlash, turli o‘yinlardan
foydalanish kabi usullardan foydalanish muhimdir.
Talabalarning ma’naviy sifatlarini shakllantirishda ularga o‘tmish
adabiyoti, tarix, milliy urf-odatlar, an’analar haqida bilim berish
pedagogdan doimo faollik bilan munosabatda bo‘lishni talab qiladi.
Talabaning ma’naviy ehtiyojini qondirish, qiziqishini o‘stirish mustaqil
ishlar, har xil ijodiy ishlar (insho, referat va boshqa) orqali amalga oshiriladi.
Mustaqil ishlar pedagog va talaba faoliyatining uzviy bog‘langan
tomonlaridir. Mustaqil va ijodiy ishlarda talaba o‘z ustida mehnat qiladi,
ijodiy izlanadi, o‘z nuqtayi nazari, qarashlarini shakllantirish bilan birga
dunyoqarashi va ma’naviy saviyasini namoyon etadi. Mustaqil ishlash
ko‘proq darslik ustida ishlash, manbalarning mazmunini tahlil etish,
ma’ruza, referat, konspekt tayyorlash, ijodiy insho yozish (chet tilida ham)
kartochkalarga yozma javob berish, turli jadvallar, diagrammalar, sxemalar
tuzishni taqozo etadi. Bularning barchasi talabadan izlanuvchanlikni talab
qiladi. Mustaqil ishlar, seminarlarni tashkil etishda 4 xil manbalarga
asoslanadi.
a)
Darslik materiallariga;
b)
Ma’naviy meros hisoblangan xalq og‘zaki ijodi, diniy manbalar,
mumtoz adabiyot va boshqalar;
v) Ommaviy axborot vositalari materiallariga (jurnal, gazetalar, radio
eshittirishlar, oynayi jahon ko‘rsatuvlari);
g)
Hayotiy misollarga (oilaviy-maishiy an’analar, urf-odatlar, rasm-
rusumlar, ma’naviy qadriyatlar va h.k).
Og‘zaki mustaqil ish turlari va o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatini
talabalar amaliy faoliyatida mustahkamlashtirishga yo‘naltirilgan ba’zi bir
yozma shakldagi mustaqil ishlar (insho, savollarga yozma javob topish,
jadval, diagramma, kartochkalarni to‘ldirish)dan aralash dars shaklida keng
foydalanish yaxshi samara beradi. Masalan, adabiyot darslarida “Allomalar
mehmonimiz”, “Temuriy ijodkorlar”, “Bugungi davr - allomalar ko‘zi
bilan” kabi munozaralar, bahslarni tashkil etish mumkin.
Dars jarayonida pedagog ma’naviy meros manbalaridan ustalik bilan
foydalanishi, ularning ta’lim va tarbiyaviy ta’sirini hisobga olishi, darsni
“qanday tarzda tashkil etilishidan qat’i nazar (o‘yin darsi, munozara darsi,
sinov darsi va h.k.) uni uyushtirishda faol, ijodkor, qat’iy bo‘lishi, ma’naviy
merosni yaxshi bilishi va uni amaliyotga tatbiq qila olishi zarur.
Talabalarning og‘zaki mustaqil tayyorgarligi asosida noan’anaviy dars
shakllarini uyushtirish ham xulq madaniyatini shakllantirishning samarali
usullaridan hisoblanadi. Bunda turli mavzulardagi bahs - munozara
darslarini
o‘tkazish mumkin. Bunday darslarga tayyorgarlik ko‘rish
jarayonida talaba keng hajmdagi ma’naviy manbalarga, badiiy asarlar, xalq
og‘zaki ijodi namunalariga, pandnomalar, diniy manbalar, sharq allomalari
hayotiga bag‘ishlangan ilmiy-ommabop, avtobiografik asarlar, matbuot va
ommaviy axborot materiallariga murojaat qiladi. Natijada muammoli
savollarga javob topadi, ajdodlar ma’naviy merosi bilan tanishishga
muyassar bo‘ladi. Bunday darslar yetarli tayyorgarlik, mahorat va keng
ko‘lamli bilim, tajriba, mustaqillikka asoslangan holda tashkil etilsa,
talabaning xulq madaniyatini shakllantiruvchi quyidagi ijobiy natijalarni
beradi:
dars davomida talabaning erkinligi, mustaqilligi, faolligiga erishiladi;
talabalar jamoa fikriga tayanishga, uni hurmat qilishga o‘rganadilar,
bu bilan ularda o‘zaro hurmat, muloqot madaniyati tarbiyalana boradi; U
talabalar o‘z fikr-mulohazalarini, qarashlarini himoya qilish, ularni
boshqalarga yetkazish mahoratini egallaydilar;
talabalarda u yoki bu adibning qarashlarini, xalq pedagogikasi, hayot
tajribasi asosida ko‘tarib chiqilgan muammolar mohiyatini davr bilan
bog‘lash, atrof-muhit talabi, imkoniyati asoslarini haqqoniy baholash
malakasi shakllanadi;
talabalarning o‘zbek xalqining ma’naviy turmush tarzi haqidagi bilim
darajasi ortadi, axloqiy - ma’naviy sifatlari shakllanadi;
har bir talabada o‘z-o‘ziga talabchanlik, o‘z-o‘zini nazorat qilish
hissi ortadi, o‘z ustida ishlashga, o‘zini anglashga e’tibor kuchayadi.
Bunday muvaffaqiyatli natija sinov darslari, yakuniy darslarda namoyon
bo‘ladi. Talaba xulq madaniyatini asosiy mezonlari: insonparvarlik,
mehnatsevarlik, milliy g‘urur, vatanparvarlik, mehr- muhabbat, iymon,
ijodkorlik, faollik, tashabbuskorlik, o‘z-o‘zini nazorat qilish va o‘z-o‘zini
baholashni talab etadi. Bu talab talabaning Vatan, ota-ona, do‘stlari, jamoa
oldidagi burchi, vazifalariga, ta’lim- tarbiya jarayonida namoyon bo‘ladigan
faollik, ijodkorlik xususiyatlariga munosabati orqali amalga oshiriladi. O‘z
bilim, xatti- harakati, atrof-muhitga munosabatini nazorat qilish, o‘z-o‘zini
baholashni tashkil etish talabaning yozma ijodiy faoliyati orqali samarali
namoyon bo‘ladi. Ta’limning samarali shakllari, an’anaviy va noan’anaviy
dars turlari, vositalari va usullaridan, jumladan, ta’lim jarayonida
talabalarning turli ijodiy yozma ishlari: insho, referat, konspekt, ma’ruza
kabi turlaridan keng foydalanish zarur. Dars jarayonida talabalarning
yozma ijodiy ishlaridan samarali foydalanish uchun qator pedagogik
shartlarga amal qilish zarur.
Bunda:
mustaqil ijodiy ishlarning turlari, mavzusi, harakteri va unga
qo‘yiladigan talablar aniq belgilab berilishi;
chet tili, adabiyot va boshqa darslarda mustaqil yozma ishlarni
uyushtirish va ularni amalga oshirish uchun qisqa uslubiy tavsiyalar
tayyorlash;
pedagog ma’naviy sifatlarini, ma’naviy tarixi, qadriyatlar mazmuni
va harakteri haqida yetarlicha bilimga ega bo‘lishi, ularning tarbiyaviy
imkoniyatlaridan samarali foydalanish yo‘llarini bilishi;
pedagog ham, talaba ham darslik va qo‘shimcha manbalar bilan
mustaqil ishlashi;
pedagog ta’limni tashkil etishning an’anaviy va noan’anaviy
shakllari, ularning tarbiyaviy imkoniyatlari, ish natijalari haqida to‘liq
pedagogik bilim bilan qurollangan bo‘lishi;
pedagog har bir dars mavzusi, dars shakli, usul va vositalarini talaba
xulq madaniyatining shakllariga ta’sirini oldindan ko‘ra bilishi;
yozma ijodiy ishlar talabalarning ixtiyoriyligi, ijodkorligi, qiziqishi
asosida amalga oshirilishi lozim.
Dars jarayonida yaratilgan ma’naviy muhit talabalarda ijodkorlik,
erkinlik, faollik, tasavvur boyligi va bilimga bo‘lgan qiziqishni
shakllantiradi. Dars jarayonida ma’naviy merosimiz: o‘tmish allomalarning
fikr-qarashlari, odob-axloq, to‘g‘risidagi turli hikoyalar, xalq og‘zaki
ijodidan turli rivoyatlar, maqollardan foydalanish talabaga ma’naviyatimiz
xazinasi haqida puxta bilim olish, egallangan bilimni namunali namoyon
etish, dastur va darslik materiallarini hayotiy tajribadan olingan misollar
bilan mazmunan to‘ldirish, ruhiy holatlar, tasavvur, idrok, hissini bayon
etish, hozirjavoblik, ta’sirchanligi bilan farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: |