O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch ranch texnologiya universiteti


II BOB. Maktabgacha pedagogika fanining amaliy jarayon bilan bog‘liqligi



Yüklə 159,32 Kb.
səhifə5/8
tarix12.10.2023
ölçüsü159,32 Kb.
#154286
1   2   3   4   5   6   7   8
1CHI MAVZU

II BOB. Maktabgacha pedagogika fanining amaliy jarayon bilan bog‘liqligi. Pedagogika fani yakka holda mukammallikka erisha olmaydi. U ham boshqa fanlar kabi ijtimoiy fan yutuqlaridan foydalanadi va mazmunan boyib boradi. Hozirgi kunimizda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak haqida ma’lumot beruvchi nazariyalar m a’lum darajada pedagogika fani uchun manba bo‘lib xizmat qiladi. Boshqa fanlar kabi pedagogika ham har bir insonning ijtimoiy kamolotga erishishiga xizmat qiladi. Tabiat va jamiyatning rivojlanishi qonuniyatlariga asoslanadi va o ‘zi ham ijtimoiy fan sifatida rivojlanib boradi. Shu sababli u falsafa, tarix, iqtisod, psixologiya, sotsiologiya, etika va estetika kabi fanlar bilan uzviy bogMangandir. M a’lumki, har bir o ‘qituvchi-tarbiyachi, o ‘quvchi o ‘z ona yurti tarixini yaxshi bilmog‘i lozim. T a’lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan xabardor bo‘lmay turib, o ‘qituvchilik qilishi mumkin emas. Pedagogika nazariyasini chuqurroq anglash uchun uning o ‘tmishdagi taraqqiyot yo‘lini bilishi kerak. 0 ‘qituvchi-tarbiyachi o ‘quvchilarga bilim berish, tarbiyalash maqsadida unga tizimli ta’sir ko‘rsatadi. Bunda u psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. M a’lum m a’noda psixologiya turkumidagi fanlarni ham pedagogik fanlar tizimiga kiritish mumkin. Etika va estetika fanlari pedagogikaning tarbiya nazariyasi bo‘limi bo‘yicha m a’lumot beradi. Bu fan o ‘quvchining xulqi, odobi m e’yorlarini aniqlash, belgilash hamda go‘zallikni chin m a’noda tushuntirish, o‘quvchi ongida hayotning jozibali, nafis qirralariga mehr uyg‘otadi. Fanlarni o ‘qitish yoMlari ham pedagogika fanining didaktika boMimiga aloqador. Chunki har qanday fanni o ‘qitish metodi shu fanning mazmuni, tizimini o ‘quvchilar tomonidan o ‘zlashtirib olinishiga xizmat qiladi. Chunonchi, pedagogika fani bolalar anatomiyasi, fiziologiyasi, bolalar gigiyenasi va bolalar kasalliklari kabi fanlar bilan ham o‘zaro bog‘langan. Bu fanlar bir-biriga chambarchas bog‘liqdir. Pedagogika fani obyekti yil sayin kengayib borib uning tarmoqlari ham bir necha guruhlarga ajralmoqda. Ular pedagogika fanlari tizimini tashkil etadi. M a’lumki, turli sohada bilim oluvchi o‘quvchilarni o ‘qitish va tarbiyalashning nazariy hamda amaliy tomonlarini pedagogika fanining o‘zi mufassal yoritib bera olmaydi. Pedagogika fani tarmoqlari mazkur muammolarni ijobiy hal etishda muhim omil hisoblanadi. Hozirgi vaqtda pedagogika bir nechta tarmoqlarga bo‘lingan. Jumladan, umumiy pedagogika (maktab yoshidagi o ‘quvchilarni tarbiyalash va o ‘qitish haqida bahs yuritadi), maktabgacha tarbiya pedagogikasi (maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash muammolari bilan shug‘ullanadi), madaniy-oqartuv pedagogikasi (madaniy-ma’rifiy ishlarni boshqarish muammolarini o ‘rganadi), harbiy pedagogika (armiya sardorlari va o ‘quvchilarini vatanimizning shon-sharafi va or-nomusi uchun yetuk kurashchi, harbiy qurolyarogMardan samarali foydalana oladigan yoshlarni tarbiyalash y o ‘nalishida) kabi tizim-tarmoqlari mavjuddir. Pedagogika faqat sog‘lom o ‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi bilangina emas, balki nogiron bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan ham shug‘ullanadi. Bunday tarmoqlarni maxsus pedagogika tizimiga oligofrenopedagogika (aqliy jihatdan orqada qolgan bolalarga ta’limtarbiya berish), tiflopedagogika (ko‘zi ojiz bolalarni tarbiyalash), surdopedagogika (kar-soqov bolalarni tarbiyalash) kabi fanlar kiradi. 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng o ‘z tarixini, jumladan pedagogika tarixini o ‘rganish uchun keng yo‘l ochildi. 0 ‘tmishdagi pedagogik tafakkur daholarining shuhratini tiklash, ularning g ‘oyalarini hayotga tadbiq etishdek ulug‘vor ishlar amalga oshirilmoqda. Darhaqiqat, ota-bobolarimiz yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashga alohida e ’tibor berganlar. Yurtboshimiz I. A. Karimov ta’kidlaganlaridek: «Islom d in i-b u ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham m a’rifat ekanligini unutmaylik, Alloh qalbimizda, yuragimizda».

Yüklə 159,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin