O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/85
tarix02.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#171115
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   85
Mehmonxona xo\'jaligi-1

Umumiy strategik reja 
Rivojlanish 
rejasi

Biznes reja 
Mahsulot 
yetkazib 
berish 
rejasi 
Mehnat 
resurslari 
rejasi 
Texnik-
muhandislik 
rejasi 
Moliyaviy 
reja

Budjet 
Marketing 
rejasi 
Sotuv-
lar rejasi 
Mehmonxona korxonasi ish rejalarining sxemasi 
Marketing rejasi butun mehmonxona faoliyatidagi marketing strategiyasini aks 
ettiradi. Ammo u ma‘lum xizmat turlariga nisbatan yordamchi rejalardan tashkil topishi 
ham mumkin. Asosiy yoki yordamchi marketing rejalari, ularning mazmuni va tuzilishi 
yagona metodologiya va modelga mos keladimi? Odatdagi sharoitlarda marketing rejasi 
marketing maqsadlariga erishish uchun marketing resurslarini joylashtirish usullarini 
tavsiflaydi. Binobarin, rejani tayyorlashning bosqichma-bosqich jarayoni rejalar oqilona 



39 
ishlab chiqilishi, tarkibiy qismlarga ajratilishi va ijrochilar e‘tiboriga havola etilishini 
kafolatlaydi.
Rejalashtirish jarayoni korxonaning maqsadlarini, tadqiqot predmeti va usulini 
belgilashdan boshlanadi. Buning uchun, marketing tadqiqoti o‗tkaziladi va mehmonxona 
korxonasining ichki va tashqi marketing muhiti, uning raqiblari, bozordagi vaziyat va 
h.k. haqida to‗la axborot to‗planadi.
Tadqiqot natijasida olingan ma‘lumotlar asosida SWOT-tahlil o‗tkaziladi, takliflar 
ishlab chiqiladi va ular mehmonxona rahbariyati e‘tiboriga havola etiladi. Mazkur 
takliflar asosida rahbariyat korxona marketingining maqsadlari va vazifalarini 
shakllantiradi, tegishli marketing strategiyalarini va ularni amalga oshirish tadbirlarini 
ishlab chiqadi.
Muayyan ish dasturiga aylantirilgan marketing strategiyalari quyidagi savollarga 
javob berishi lozim: 
-Qaysi ish bajariladi? 
-Qachon bajariladi? 
-Bu ish uchun kim javob beradi? 
-Bu necha pulga tushadi? 
Masalan, mehmonxonaga tegishli bo‗lgan bozordagi ulushni oshirishning asosiy 
strategiyasi sifatida bo‗linma rahbari marketing rejasida sotishni rag‗batlantirish 
tadbirlari sonini ko‗paytirishni taklif qiladi. Uning rejasida turistik agentlar uchun 
rag‗batlantiruvchi vositachilik haqi, ularga mehmonxona to‗g‗risidagi reklama 
materiallarini yuborish, matbuotda reklama berish, mehmonxonani ko‗rgazmalarda 
reklama qilish va h.k., shuningdek mazkur tadbirlarni o‗tkazish muddatlari belgilanadi. 
o‗z navbatida, mehmonxonaning muayyan faoliyat uchun javob beruvchi har bir 
bo‗linmasi umumiy rejaga muvofiq o‗z marketing rejalari va boshqa rejalarni mufassal 
ishlab chiqadi.
Shunday qilib, marketingni rejalashtirish mehmonxona korxonasida boshqarishning 
barcha darajalarida amalga oshiriladi.
Tadbirlar rejasi korxonaning mazkur faoliyatni ta‘minlovchi rejalashtirilgan 
kirimlar va chiqimlar asosida hisoblangan budjetini shakllantirish imkonini beradi. 
Tasdiqlanganidan keyin budjet korxona faoliyatining, shu jumladan marketing 
tadbirlarini o‗tkazish xarajatlarining asosiga aylanadi.
Mehmonxona direktori va bo‗linma boshliqi mazkur rejaning mazmunini o‗z 
xodimlariga bildirishi va har bir xodim ushbu rejani bajarishdagi o‗z roli va vazifalarini 
bilishi shart.
Rejalashtirish albatta ijroni tekshirish bilan birga amalga oshirilishi lozim. Agar 
marketing rejasi bajarilmasa va nazorat qilinmasa, uni ishlab chiqish behuda ketadi. 
Eskirgan reja yoki belgilangan budjetdan qimmat bo‗lgan va ishlamaydigan reja 
foydadan ko‗ra ko‗proq zarar keltiradi. Shu sababli rejaning oxirgi bo‗limida rejaning 
bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari belgilab qo‗yiladi.



40 
Tadqiqot maqsadi, predmeti va usullarini belgilang 

Ichki va tashqi marketing tadqiqoti o‗tkazing 

SWOT-tahlil o‗tkazing; takliflarni ta‘riflang 

Marketing maqsad va vazifalarini belgilang 

Maqsadlarga erishish uchun marketing strategiyalarini ishlab chiqing 

Takliflarni amalga oshirish bo‗yicha tadbirlarning rejalarini tuzing 

Budjetni aniqlang 

Marketing rejasini rasmiy hujjat tarzida rasmiylashtiring 

Rejani manfaatdor shaxslarga ma‘lum qiling 

Ijroni nazorat qilish tizimidan foydalaning 

Rejangizni ko‗zdan kechiring va yangilang 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   85




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin