2
MUNDARIJA
Mavzular nomi
Beti
Kirish
3
1-mavzu. ―Mehmonxona xo‗jaligini boshqarish‖ fanining predmeti,
maqsadi va vazifalari
5
2-mavzu. Mehmonxona xo‗jaligini boshqarishning nazariy jihatlari
7
3-mavzu. Boshqarish nazariyasi va amaliyotining rivojlanish tarixi
9
4-mavzu. Mehmonxonalarda
boshqaruv funksiyalari
14
5-mavzu. Mehmonxona xo‗jaligida boshqaruv tamoyillari
20
6-mavzu. Mehmonxona xo‗jaligida boshqarishning tashkiliy strukturasi
26
7-mavzu. Mehmonxona xo‗jaligida boshqaruv usullari
32
8-mavzu. Mehmonxona xo‗jaligida strategik menejment
36
9-mavzu. Mehmonxona xo‗jaligida
innovatsion menejment
42
10-mavzu. Mehmonxona xo‗jaligida kadrlarni rejalashtirish va boshqarish
52
11-mavzu. Mehmonxona xo‗jaligida nizo va stressni boshqarish
58
12-mavzu. Mehmonxona xo‗jaligi xizmatlari sifatini boshqarish
68
13-mavzu. Mehmonxona xo‗jaligini boshqarish tizimida axborot
texnologiyalari
82
14-mavzu. Mehmonxona xo‗jaligini boshqarishda
menejer va rahbarlik
uslublari
86
15-mavzu. Mehmonxona xodimlarining lavozim yo‗riqnomalari
94
16-mavzu. Mehmonxona xodimlari faoliyatini motivlashtirish
97
17-mavzu. Mehmonxona bo‗limlari va ularning faoliyatini tashkil etish
103
18-mavzu. Mehmonxona xo‗jaligida boshqaruv qarorlari va ularning
ijrosini ta‘minlash
108
19-mavzu. Mehmonxona xizmatlarini boshqarishda standartlashtirish va
sertifikatlashtirish
113
20-mavzu. Mehmonxona xo‗jaligini boshqarish samaradorligi
118
21-mavzu. Mehmonxona xo‗jaligini boshqarishda xorijiy tajribadan
foydalanish
123
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‗yxati
128
3
KIRISH
Ta‘kidlab o‗tish joyizki turizmning rivojlanishi
birinchi navbatda turizm
industriyasining o‗zagi bo‗lgan mehmonxonalarning rivojlanishi bilan ham bog‗lik.
CHunki, mehmonxona biznesi turizmning ajralmas qismi bo‗lib, birinchi navbatda
turistlarni qabul qiluvchi va turistlarning tunashga, dam olishga bo‗lgan ehtiyojlarini
qondiruvchi, murakkab xizmatlarni amalga oshiruvchi eng muxim bo‗lagi hisoblanadi.
SHuning uchun ham XXI asr turizmida mehmonxonalar
biznesida nafaqat xizmatlar
assortimentini ko‗paytirishga, balki ko‗rsatilayotgan xizmatlar sifatini va samaradorligini
oshirishga alohida etibor berilmoqda, ya‘ni xizmatlarning sifatini va samaradorligini
oshirishda yangi-yangi texnologiyalar ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilmoqda.
Ammo,
takidlash joyizki, har qanday faoliyat turi hoh u ishlab chiqarish yoki xizmat
ko‗rsatish bo‗lsin boshqaruvni hamda yuqori daromad olish va samaradorligini oshirish
uchun boshqaruvdan samarali foydalanishni taqozo etadi.
SHu nuqtai nazardan, mehmonxona xo‗jaligida boshqaruv qonunlari, qonuniyatlari,
funksiyalari, tamoyillari, boshqarur qarorlarini shilab chiqish va amalga oshirish kabi
boshqa shu kabi boshqaruvga oid masalalarni o‗rganish hamda
amaliyotga joriy etish
fanining dolzarbligini belgilaydi.
Fanining o‗qilishidan maqsad – turizm sohasi jadal rivojloanayotgan sharoitda
uning tarkibiy qismi hisoblangan mehmonxonalarda boshqaruvni samarali tashkil etish
orqali ularning faoliyati samaradorligini oshirishga erishish.
Fanning vazifasi – boshqaruvning mohiyati,
ahamiyati uning mehmonxona
xo‗jaliklarini rivojlantirishdagi o‗rni, boshqaruv samaradorligi, boshqaruv usullari,
tamoyillari, boshqaruv qarorlari, menejer va rahbar uslublari, kadrlarni rejalashtirish va
ularni boshqarish jarayonlari, nizo va stress hamda ularning oqibatlari va ularning oldini
olish yo‗llari kabi bir qancha masalalar to‗g‗risida talabalarda tasavvur hosil qilishdir.
―Mehmonxona xo‗jaligini boshqarish‖ o‗quv fanini o‗zlashtirish jarayonida amalga
oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
―Mehmonxona xo‗jaligini boshqarish‖
fanining predmeti, maqsadi va vazifalari;
mehmonxona xo‗jaligini boshqarishning ob‘ektiv zarurati;
menejment nazariyasi va amaliyotining rivojlanish tarixi;