10
- Markazlashtirish;
- Tezkor, ishonchli, to‗liq, aniq va doimiy hisob;
- Me‘yor va tartib;
- Sharoitni normallashtirish;
- Operatsiyalarni me‘yorlash;
- Yozma standart qo‗llanmalar;
- Unumdorlik uchun rag‗batlantirish.
O‗z xulosalariga qo‗shimcha qilib boshqarish uslubini bayon qilish bilan muallif
klassik konsepsiyaga salmoqli xissa qo‗shdi.
Sanoat korxonalarini tashkil etish va boshqarish masalalarini o‗rgangan yana bir
amerikalik iqtisodchi Gamilton Cherch (1866-1936) o‗z diqqat e‘tiborini boshqarishning
umumiy nazariy tamoyillariga qaratdi. Amerikalik boshqa nazariyotchilardan farqli
G.Cherch tayyor qonun - qoidalarni tavsiya qilmagan. U barcha sanoat korxonalarini
boshqarishning umumiy nazariy tamoyillarini belgilab berdi, boshqaruvning umumiy
vazifalari bilan uni tashkil etish tamoyillarini ko‗rsatib berdi.
O‗zining «ishlab chiqarishni boshqarish asoslari» kitobida u boshqarish
vazifalarining quyidagi klassifikatsiyasini bayon qilib bergan: loyihalashtirish, uskuna
bilan ta‘minlash, buyuruvchilik, hisob va amalga oshirish. G.Cherch kitobining ayrim
nazariy qoidalar hozirgi davrda ham ilmiy va amaliy qimmatga egadir.
Ilmiy boshqaruv rivojlanishiga hisob va rejalashtirishning chizma usulini ishlab
chiqqan Genri Gant (1861-1919) va ishini maqbullashtirish uchun standart harakatlarni
qo‗llab ayrim ishlarni bajarish usullarini taklif etgan Frenk Gilbert (1868-1924) salmoqli
xissa qo‗shganlar. Shuningdek, menejment nazariyasiga Fransuz muhandisi Anri Fayol
muhim xissa qo‗shgan, u boshqaruv vazifalari maqbullashtirish - oldindan ko‗ra olish,
tashkil etish, buyurish, kelishuv, nazorat qilishga tenglashtirgan 1916 yilda uning
«Umumiy va sanoat boshqaruvi», 1924 yilda «Mehnatni ilmiy tashkil etish» va «Ijobiy
boshqaruv» asarlari chop etildi.
Genri Ford ishlab chiqarish korxonalarini boshqarishning tashkiliy-texnikaviy
tamoyillarini yaratgan. Fordizm faqat boshqaruv texnikasi va tashkil etish rivojlanishida
emas, balki mehnat unumdorligi o‗sishida ham yangi bosqich bo‗ldi. Ford ham Teylor
singari kam xarajat bilan yuqori mehnat unumdorligiga erishishni maqsad qilib qo‗ygan
bo‗lsada, unga boshqa yo‗l bilan erishishga harakat qildi. Teylor inson mehnatini tashkil
etishga alohida e‘tibor bergan bo‗lsa, Ford texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni
takomillashtirishga e‘tibor bergan.
XX asrning 20-yillaridan menejment rivojlanishining yirik kapitalistik ishlab
chiqarish ehtiyojlariga asoslangan yangi bosqichi boshlandi. Nazariyotchilar
Teylorizmni nisbatan moslashuvchan tizim bilan almashtirishga harakat qildilar. Ular
boshqarishning sotsiologik va psixologik jizatlariga e‘tibor berib, ularni ilmiy
menejment tarkibiga kiritdilar.
Davlat va iqtisodiyotni boshqarish nazariyasining ayrim jihatlari sharqning
iqtisodiy g‗oya rivjlanishiga xissa qo‗shgan yirik alloma va davlat arboblari - Farobiy,
Ibn Sino (IX-X asr), Xos Xojib (XI-XII asr), Amitr Temur. Ibn Holdun (XIII-XIY asr),
Bobur, Alisher Navoiy asarlarida yoritilgandir.
Dostları ilə paylaş: