turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari
Aviakompaniyalar bilan shartnomalar. Barcha aviatashuvlar qoidalari
mamlakatimizda xalqaro bitimlar bilan tartibga solinadi va ulardan biri "Xalqaro havo
tashuvlariga tegishli ba‘zi qoidalarni unifikatsiyalash to‗g‗risidagi" 1929 y. Varshava
konvensiyasi bo‗lib, 1959 y. o‗zgartirishlar kiritilgan holda qabul qilingan (Gamburg
qoidalari). Aviatashuvchilar bilan o‗zaro shartnoma munosabatlari O‗zbekiston
Respublikasi Fuqarolik Kodeksi ("Tashuvlar" bobi) asosida amalga oshiriladi.
Aviakompaniyalar bilan shartnomalar uch ko‗rinishda bo‗lishi mumkin: a)
muntazam aviareyslardagi joylar kvotasi bo‗yicha shartnomalar; b) agentlik bitimlari; v)
charter (samolyotni ijaraga olish).
Joylar kvotasi qattiq yoki yumshoq bo‗lishi mumkin. Bu ham shartnoma
shartlariga, ham maxsus imtiyoz va chegirmalarga ta‘sir qiladi. Joylarning qattiq
kvotasida joylar sotilmasligi uchun barcha javobgarlik, joylar sotilmasligining
sabablaridan qat‘iy nazar, turistik firma zimmasiga tushadi. Moliyaviy yo‗qotishlar
turfirma hisobiga bo‗ladi. Joylarning yumshoq kvotasida turfirma uchun, turistik
yo‗llanmalar sotilmaganligi sababli, joylar kvotasini yoki uning bir qismini bekor qilish
mumkin
bo‗lgan
muddatlar
belgilanadi.
Bu
muddatlar
qolgan
joylarni
aviakompaniyaning o‗zi yoki uning boshqa agentlari orqali sotishni ko‗zda tutadi.
Muntazam aviareyslardagi joylar kvotasi bo‗yicha aviakompaniyalar bilan shartnomalar
quyidagilarni o‗z ichiga oladi:
boriladigan joy belgilangan, turlarning "borish" va "kelish" yo‗nalishlarida amal
qilish grafigi;
har bir guruhdagi turistlar soni (joylar kvotasi);
talabnomalar berish va aviachiptalar sotib olish muddatlari;
chiptalarga buyurtmalarni jarima ushlab qolinmaydigan holda bekor qilish
(yumshoq blok);
sotib olinadigan chiptalarga tariflar turlari, imtiyozli tariflar berish shartlari;
joylar kvotasiga chegirmalar va imtiyozlar;
sotib olingan, ammo ishlatilmagan chiptalarni qaytarish muddatlari va tartibi,
qaytarish muddatlaridan kelib chiqadigan moddiy javobgarlik (yumshoq blok).