O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi urganch davlat universiteti «turizm» kafedrasi bekjanov d


Turoperatorlar o‘rtasidagi shartnomalar



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/123
tarix14.12.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#177539
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   123
turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari

Turoperatorlar o‘rtasidagi shartnomalar
. Mehmonxonalar, avialiniyalar va 
boshqa xizmatlar yetkazib beruvchilar bilan muzokaralar jarayonida boriladigan joy, 
guruhlardagi turistlar soni va ularning kelish sanalari belgilanganidan keyin shartnoma va 
bitimlarni imzolash bosqichi keladi. 
Shartnoma tomonlarining majburiyati va mas‘uliyatlarini tartibga solish uchun 
zarur. Xususan mehmonxonalarda sotilmagan joylar, samolyotda bo‗sh joylar qolganda 
yoki charter aviareyslar bekor qilinganda har bir holat uchun jarima, sanksiyalarni ko‗zda 
tutish uchun zarur bo‗ladi. 
Turoperatorning to‗g‗ri tashkil qilingan shartnoma ishi uning turli xizmatlar 
yetkazib beruvchilar faoliyatiga bog‗liq bo‗lmaslikka yordam beradi. Yirik 


129 
turoperatorlar, odatda, mehmonxonalar bilan, arzonlashtirilgan narxlarda ma‘lum joylar 
soniga yoki mehmonxonaning to‗liq bandligini ta‘minlash uchun uzoq muddatli 
shartnoma tuzadilar. Bunda turoperator uchun xavf ham mavjud - barcha turlari 
sotilmagan hollarda bo‗sh joylar uchun o‗z hisobidan pul to‗lashga majbur. 
Uncha katta bo‗lmagan yoki maxsuslashgan turoperatorlar ahamiyatli, mustaqil, 
inklyuziv turlarni sota turib, mehmonxonalar bilan erkin sotish haqida bitimga ega 
bo‗lishi mumkin va bunda mehmonxonalar turistlarning maksimal soni uchun 
joylashtirishni kafolatlashga rozi bo‗ladilar. Bunday bitimlar uncha katta bo‗lmagan 
turistik dasturlar uchun foydali bo‗lishi mumkin, ammo ular sezilarli kamchilikka ega, 
chunki mehmonxonalar egalari ba‘zida ma‘lum sanada mehmonxonani yopish huquqini 
o‗zlarida saqlab qoladilar. 
Turizmda shartnomaviy o‗zaro munosabatlar xalqaro va milliy foqarolik huquq 
me‘yorlari bilan tartibga solinadi. 
Xalqaro darajada bunday munosabatlar quyidagi asosiy hujjatlar bilan tartibga 
solinadi: 

turistik 
agentliklar 
uyushmalarining 
Butunjahon 
Federatsiyasi 
Bosh 
assambleyasi tomonidan 1970 yil 22 oktabrda sayohatlar uchun shartnoma 
bo‗yicha Xalqaro konvensiyasi; 

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik davlatlarining 1994 yil Venadagi 
uchrashuvida qabul qilingan Turistlar shartnomalari va ularni almashtirish 
bo‗yicha Nizomi; 

1929 yil 12 oktabrda qabul qilingan, 1955 yil va 1975 yillarda o‗zgartirish va 
qo‗shimchalar kiritilgan xalqaro havo tashuvlarining asosiy qoidalarini 
unifikatsiya qilish to‗g‗risidagi bitim (Varshava konvensiyasi); 

1967yil Bryusselda qabul qilingan yo‗lovchilar va yuklarning xalqaro 
avtomobil tashuvlari bo‗yicha Jeneva konvensiyasi

1996 yil 29 oktabrda MDH davlatlari - qatnashchilari Parlamentlararo 
assambleyasi tomonidan qabul qilingan "MDH davlatlari - qatnashchilarining 
turizm sohasidagi hamkorliklarining asosiy prinsiplari haqida" va boshqalar. 
Turizm sohasidagi shartnoma munosabatlari milliy darajada quyidagi me‘yoriy-
huquqiy aktlar orqali tartibga solinadi:
1. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.09.2002 y. 310-sonli 
"O‗zbekiston Respublikasida xalqaro turizm va mehmonxona biznesini rivojlantirishning 
chora-tadbirlari to‗g‗risida"gi Qarori; 
2. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.06.2002 y PF-3099-sonli 
"O‗zbekiston Respublikasida naqd xorijiy valyutalar muomalasini tartibga solish 
to‗g‗risida"gi Farmoni; 
3. Markaziy bank boshqaruvining 10.05.2002 y. 504-1-sonli "Yo‗l cheklarini 
berish va undan foydalanish tartibi to‗g‗risidagi Nizomiga o‗zgartirishlar kiritish 
haqida"gi Qarori (AV 21.05.2002 y. ro‗yxatga olingan 1115-1 -son); 
4.Markaziy bank boshqaruvining 10.05.2002 y. 505-1-sonli " Ayirboshlash punkti 
haqidagi Nizomga o‗zgartirishlar kiritish to‗g‗risida"gi Qarori (AV 21.05.2002 y. 
ro‗yxatga olingan 1114-1-son); 
5.Turistik xizmatlarni sertifikatsiyalash tartibi (O‗zbekiston Respublikasi 
sertifikatsiyalash milliy standartlari) (O‗zdavstandart tomonidan tasdiqlangan, AVda 
18.03.2000y. ro‗yxatga olingan 911-son); 
6. Turistik guruhlarni xorijga yuborishning vaqtinchalik tartibi (AVda 07.03.2000 
y. 908-son bilan ro‗yxatga olingan, O‗zbekturizm tomonidan 04.02.2000 y. 22G‗217-P-


130 
son bilan. TIV, MXX, IIV tomonidan 10.02.2000 y., DCHKKtomonidan 09.02.2000 y 
tasdiqlangan); 
7. O‗zbekiston Respublikasining 20.08.1999y. 830-1-sonli «Turizm to‗g‗risida»gi 
Qonuni; 
8. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 15.04.1999y. PF-2286-sonli 
"O‗zbekistonda 2005 yilgacha davrda turizmni rivojlantirish davlat dasturi to‗g‗risida"gi 
Qonuni; 
9. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.08.1998 y. 346-sonli 
"Turistik tashkilotlar faoliyatini tashkil qilishni takomillashtirish to‗g‗risida"gi Qarori; 
10. O‗zbekiston Respublikasida mehmonxona xizmatlarini ko‗rsatish qoidalari 
(AVda 12.01.1998 y. ro‗yxatga olingan 389-son, Kommunal xizmat ko‗rsatish Vazirligi 
tomonidan 22.12.1997y tasdiqlangan); 
11. O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.10.1992 y. 484-sonli 
"O‗zbekturizm" Milliy kompaniyasi faoliyatini tashkil qilish masalalari to‗g‗risida"gi 
Qarori. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin