125
hisobidan safarlar uyushtirish, turli qabullar, seminarlar, matbuot konferensiyalariga
taklif qilish orqali o‗rnatiladi.
Umumfirma kommunikatsiyasi
-jamoatchilikning firma xususiyatlari bilan
nisbatan
chuqurroq
tushunishini
ta‘minlashga qaratilgan faoliyatdir. Bunday
kommunikatsiyaga firmaning xayriya tadbirlarida, jamoat jamg‗armalarida qatnashishi,
shuningdek, homiylik qilishi misol bo‗la oladi.
Mahsulot tashviqoti
- ma‘lum turistik xizmat, dastur,
yo‗nalishlarni
ommalashtirish bo‗yicha turli ko‗rinishlarni birlashtirishga qaratilgan faoliyatdir. Bunday
tashviqotga turizm, firma kunlarini; "Turizm va sport", "Turizm va ekologiya" kabi
tashviqot kompaniyalarini o‗tkazish kiradi.
Lobbizm
–joriy faoliyatning rasmiy organlar kelishishi lozim bo‗lgan masalalarini
hal etish, qandaydir qonunning qabul qilinishi yoki uning bekor qilinishiga erishish
maqsadida qonun chiqaruvchi, hukumat va rasmiy mansabdorlar bilan ishlash.
Maslahat berish
- rasmiy organlarga turizmning jamiyatdagi ahamiyati va turistik
firma faoliyati masalalari bo‗yicha tavsiyalar berish.
Tashviqot (PR) jamiyat xabardorligini sezilarli darajada oshiradi va reklamaga
nisbatan ancha arzonga tushadi, chunki ma‘lumot tarqatish vositalarida na joy, na vaqt
uchun haq to‗lanmaydi.
Muvaffaqiyatli tanlangan turizm mavzusi bevosita turizm bo‗yicha mutaxassis
bo‗lmagan jurnalistlarning keng doirasini qiziqtirib qo‗yishi mumkin. Turizm
mavzusidagi ma‘lumotlar iqtisodiyot, ijtimoiy muammolar, sanoat, sport, atrof-muhitni
yoritadigan rubrikalar ostida ham o‗z o‗rnini topishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: