O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta мaxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 115,13 Kb.
səhifə1/3
tarix12.05.2022
ölçüsü115,13 Kb.
#57747
  1   2   3
2 5393552701193720666



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA МAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



МIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSTETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI MILLIY G'OYA,MA'NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA'LIMI YO'NALISHI 1-BOSQICH TALABASI NASRIDDINOV SHAHZODNING DAVLAT VA HUQUQ NAZARIYASI FANIDAN YOZGAN

KURS ISHI

Bajardi:Milliy g'oya,ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi yo'nalishi 1-kurs talabasi Sh.Nasriddinov

Qabul qildi:Dotsent E.Nishonboyevna

Toshkent-2022

Davlatning paydo bo'lishi va uning o'ziga xos xususiyatlari

Reja:(Mundarija)

Kirish....................................................................................................3

Asosiy qism.

Ibob.Davlatlarning paydo bo'lishi....................................................5

1.Davlat kelib chiqishining asosiy xususiyatlari...............................5

2.Ilk davlatlarning shakllanishi..........................................................7

IIbob.Davlatlarning paydobo'lishi haqidagi qarashlar.................15

1.Davlatning paydo bо`lishiga oid nazariyalar................................15

2.Davlat paydo bo’lish sabаblari......................................................21

IIIbob.Davlatning belgilari va asosiy shakllari..............................28

1.Davlat belgilari...............................................................................28

2.Davlat asosiy shakllari..................................................................31

Xulosa................................................................................................40

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati...................................................42

Kirish


Davlat jamiyatning oliy siyosiy instituti boʻlib, shu jamiyat yashayotgan mamlakat fuqarolari manfaatini himoya qilish uchun oʻrnatiladi. Davlat mamlakat chegaralarini himoya qiladi, boshqa mamlakatlar bilan aloqada boʻladi, qonunchilik bilan shugʻullanadi va hokazo.

Davlat — mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilish, uning tashqi munosabatlarini belgilash vakolatlari boʻlgan hukmron tuzilma.

Davlat birdaniga yuzaga kelmaydi, balki asta-sekin, vujudga kelayotgan sinflar oʻrtasidagi ziddiyatlar kuchayishi davomida paydo boʻladi. Insoniyat davlat paydo boʻlguniga qadar oʻz taraqqiyotida uzoq yoʻlni bosib oʻtgan. Davlat ham, huquq ham boʻlmagan ibtidoiy jamiyat bir-biridan asosan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan farq qiladigan yovvoyillik, varvarlik va tamaddun kabi uch bosqichni oʻtgan. Davlat hali urugʻchilik tizimi ishidayoq shakllangan boshqaruv organlarini qisman oʻzgartirib qisman yangi organlarni joriy etgan holda siqib chiqarib yuzaga keladi va nihoyat, ularni haqiqiy davlat hokimiyati bilan almashtiradi. Mehnat qurollarining rivojlanishi va takomillashishi, yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti mehnat unumdorligi oshib, ortiqcha mahsulot hosil boʻlgan, bu esa xususiy mulkshillikka va jamiyatning mulkiy jihatdan qatlamlarga ajralishiga olib kelgan. Shu tariqa, asosiy mashgʻuloti xususiy mulkchilik munosabatlarini va mulkdorlar manfaatini muhofaza qilishdan iborat boʻlgan maxsus guruhlar vujudga kelgan. Ibtidoiy jamiyatda oqsoqollar, urugʻ va qabila boshliqlari hamda diniy hokimiyat sohiblariga tegishli boʻlgan ijtimoiy hokimiyat asta-sekin davlat hokimiyatiga aylangan. Agar davlat paydo boʻlgunicha mavjud boʻlgan jamiyatda ijtimoiy hokimiyatni saqlashning asosiy vositasi oliy ruhoniylarning shaxsiy obroʻsi boʻlsa, davlat hokimiyatining mohiyatini majburlash tashkil eta boshlagan. Insonning jamiyatdagi mavqei oʻzgargan. Oldin uning mavqei alohida shaxsning oilaga, uruqqa yoki qabilaga mansubligi bilan belgilansa, endilikda uning mavqei mulkiy holatiga va davlat hokimiyati egalariga shaxsiy yaqinligiga qarab belgilangan. Davlatning paydo boʻlishi turli xalqlarda turlicha yuz berdi. U oʻzining shakllanishi va rivojlanishida uzoq va murakkab yoʻlni bosib oʻtgan. Eng avvalo majburlashga asoslangan davlat dastlabki bosqichlarida yetarlicha rivojlanmagan siyosiy hosila boʻlgan.

I bob


1.1.Inson ekologik inqirozlarga javoban kechirish va qayta ishlab chiqarshning yangi usuliga — ishlab chiqarish iqtisodiyotiga о`tishi bilan javob bergan. Yangi tosh asri, ya`ni «Neolit inqilobi» yuz bergan. Odamlar asta-sekin ovchilik, baliqchilik, tayyor о`simliklarni hamda dehqonchilik, chorvachilikning ibtidoiy shakllaridan, dehqonchilikning yangi rivojlangan shakllariga о`ta boshlagan. Masalan, sug`oriladigan, jumladan irrigatsiya inshootlari yordamida sug`oriladigan dehqonchilik yuzaga kelgan. Xо`jalik hayotining yangi tashkiliy kо`rinishlari jamiyat hayotida asosiy iqtisodiy о`rinni egallay boshlagan.

«Neolit inqilobi» davomida inson tayyor hayvonot va о`simlik mahsulotlarini qurol yordamida о`zlashtirar edi. Endi tabiatni о`zgartirishga, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishga, yangi о`simliklar va hayvonot turlarini yaratish, shu bilan tabiatning tabiiy shakllarini almashtirish yо`liga о`tila borgan. Bu о`tish faqat dehqonchilik va chorvachilikda yangi turlar yaratish emas, balki boshqa ishlab chiqarish sohalarida ham (kulolchilik, metall ishlab chiqarish va uni qayta ishlash) yuz bergan. Ishlab chiqaruvchi iqtisodiyot miloddan avvalgi IV—III minginchi yillarda inson hayotining asosiy omili bо`lgan.

«Neolit inqilobi» oqibatida yer sharining ba`zi hududlarida ilk dehqonchilik jamoalari tashkil topgan. Yakin Sharqda, bu holat miloddan avvalgi 7 ming, yillarda sodir bо`lgan. Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning keyingi bosqichida miloddan avvalgi IV—III ming yillarda ilk dehqonchilik jamoalarida yuksalish yuz bergan. Bu yuksalish asosida dastlabki sivilizatsiyalar — ilk sinfiy jamiyatlar tashkil toptan. Ular Dajla, Frot, Amu va Sir kabi yirik daryolar vodiylarida tashkil topgan. Bu mintaqalarda dehqonchilik uchun sharoit juda qulay edi.

Miloddan avvalgi III—II ming yillarda О`rta yer dengizidan Tinch okeani sohillarigacha bо`lgan hududda dastlabki madaniyat sivilizatsiyalari tashkil topgan. Ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati va xarakteri jihatidan ilk dexdonchilik jamoalarining kelib chiqishi, taraqqiyot bosqiichlari — insoniyat rivojlanishining umumiy jarayonida alohida о`rin egallaydi.

Ishlab chiqarish idtisodiyotiga о`tish sivilizatsiyaning yuksalishi va odamlarning kо`payishini ta`minlab berdi. Olimlarning fikricha, о`q-yoy bilan qurollangan ovchiga о`zini tо`ydirishi uchun 20 kv. km. hudud kerak bо`lgan. Bu maydon bir necha dehqonni boqish uchun yetarlidir. Boshqa hisoblarga qaraganda, ishlab chiqarsh xо`jaligiga о`tish oqibatida yer yuzi aholisi mezolit davri oxirida (miloddan 7 ming yil avval) 10 ming kishi bо`lgan bо`lsa, neolit davri oxiriga kelib (miloddan avvalgi II ming yil) 50 mlngacha kо`paygan. Taxminiyligiga qaramay, bu hisob-kitob dehqonchilik va chorvachilikka о`tgandan keyin yer yuzi aholisi keskin kо`payganligidan guvohlik beradi.

Ishlab chiqarish iqtisodiyoti о`zining ilk bosqichidayoq, inson bilan tabiat о`rtasida shunday ayirboshlashni vujudga keltirgan ediki, inson qо`shimcha mahsulot ishlab chiqara boshlagan, о`simliklar seleksiyasi, sug`oriladigan dehqonchilik, ayniqsa, sun`iy sо`g`orish dastlabki davrlardayoq kо`p hosil bera boshladi.

Qо`shimcha maxsulot ishlab chiqish va uning о`zlashtirilishi mulkning yangi shakllarini — jamoa, guruh xususiy mulk shakllarini keltirib chiqargan, jamiyatning tabaqalanishiga olib kelgan. Ishlab chiqarishning yangi tuzilishi jamiyatning soning bо`linishiga olib kelgan. Natijada jamiyatning yuqori qatlamlari asosiy ishlab chiqaruvchi ommadan ajrala boshlagan, moddiy ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etmay qо`ygan.

Shunday qilib, «neolit inqilobi» — insoniyatning ishlab chiqarish iqtisodiyotiga о`tishiga, ibtidoiy jamoaning sotsial tabaqalanishiga, sinflarning kelib chiqiishga, davlatning paydo bо`lishiga olib kelgan.

1.2.Ilk davlatlarning paydo bо`lishi

Eng qadimiy davlatlar, ilk dehqonchilik jamiyatlarining ijtimoiy-iqtisodiy asosida paydo bо`lgan va ilk sinfiy davlatlar hisoblangan. Bu dastlabki davlatlar miloddan avvalgi IV— III minggchi yillarda Mesopotamiyada, Mesoamerikada, Torli, Peruda, har xil davrda va bir-biridan mustaqil tashkil topgan.

Ular dastlabki shahar-davlat shaklida edi. Erkin jamoachi dehqonlar endi urug` (oila) jamoasini emas, balki qо`shnichilik jamoasini tashkil qilgan. Ular bir necha qishloq guruhlaridan ajralib chiqib, xо`jalik va diniy markazni, keyinchalik ma`muriy xо`jalik va diniy markazlaarni tashkil qilgan. Bunday shaharlar unchalik katta bо`lmagan. Bunday davlatda yо`lboshchilar va kohinlar о`troq yashaganlar. Bu shahar-davlatlarda majlislar, kengashlar о`tkazilgan.

Shahar-davlatlarda sotsial tabaqalanish kuchli bо`lgan, mulkiy tengsizlik, mehnat taqsimoti mavjud edi. Kulollar, misgarlar, duradgorlar va boshqa hunarmandlar yashagan, dastlabki ma`muriy boshqaruvchilar ishlab chiqarishni, hisob-kitobni, jamoa ishlarini (hasharni) tashkil qilish, jamoa jamg`armasidan ba`zi narsalarni ajratib berish bilan shug`ullanuvchi shaxslar paydo bо`lgan edi.

Shahar-davlatlarda boshqaruv, ma`muriy va mafkuraviy markaz (shahar jamoasi, saroy va ibodatxona) tashkil topgan. Shu jumladan ibodatxonalar diniy, tashkiliy, hokimlik, taqsimot va axborot tizimi bо`lib qolgan.

Shahar yaqin qishloqlarga nisbatan davlat boshqaruvi vazifasini bajara boshlagan. Bu vazifalar (funksiyalar) turlicha edi, jamoa dehqonchiligini va yer egaligini boshqarish; jamoaning diniy marosimlarini bajarish; davlatlararo mahsulot ayirboshlash (vaqti kelib tovar ayirboshlashga bosib о`tgan); harbiy hujumlardan himoya qilish, boshqa shahar-davlatni bosib olish uchun harbiy yurishlarni tashkil qilish; о`lpon yoki soliqlarni undirish; jamoa zahiralarini (asosan oziq-ovqatni) tabiiy ofat yuz berganda, xarbiy bosqin bо`lganda taqsimlash uchun tо`plash; janjallarni (tortishuvlarni) hal qilish uchun, an`analarni, odatlarni qо`llab-quvvatlash uchun, dunyoviy va diniy qoidalarni joriy qilish uchun, hunarmandchilik, savdo-sotiqni rivojlantirish uchun tegishli institutlarni tuzish.

Shahar davlatlarning dastlabki muhim vazifasi erkin jamoachi dehqonlarning (ilk dehqonchilik jamiyatlarining) asosiy sotsial va ishlab chiqarish kuchlariga — ya`ni maydonlariga, suvga, sug`orish shoxobchalariga bо`lgan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan axborot xizmati funksiyasi edi. Ariqlar qazish, kо`priklar qurish, jamoa zahirasini ta`minlash, hisobga olish, tо`lovlar, soliqlarning hammasi shahar-davlatlarda har xil ma`lumot tо`playdigan keng tarmoqli axborot tizimining tashkil topishiga olib kelgan. Masalan, inklar davlatida muayyan oilaning a`zolari haqda, shumerlar davlatida hasharga chiqqan-chiqmaganlar haqida ma`lumotlar tо`plangan. Bunday tizim va boshqarishni tashkil qilish jamiyatdan ajralib chiqqan maxsus axborot xizmatchilari guruhi — kohinlar, hattotlar zimmasida edi.

Bu guruh bilimda hukmronlik qilgan, jamoa zahiralarini nazorat qilib sud va jazolash vazifalarini bajargan, axborotning nazoratini yuritib ijtimoiy yaqinlashtiruvga xizmat qilgan. Sotsial institut sifatida tashkil topayotgan dastlabki davlat ilk dehqonchilik, ilk sinfiy jamiyatda ishllb chiqaruvchi iqtisodiyotni tashkil etib, unga xizmat qilgan.

Ushbu konsepsiya davlat va huquq nazariyasida davlatning kelib chiqishi xaqidagi markscha-lenincha mulohazalardan tubdan farq qiladi. Bu konsepsiya dastlabki shahar davlatlarining tashkiliy funksiyalariga, davlatning kelib chiqishi va ishlab chiqaruvchi iqtisodiyot о`rnatilishidagi о`zaro bog`liqlikka doir yangi bilimlarga asoslangan.

Sinfiy yondashuvga kо`ra ibtidoiy jamiyatdan sivilizatsiyaga о`tish bosqichida qо`shimcha mahulot, xususiy mulk paydo bо`lib, jamiyat sinflarga bо`linar, hukmron sinf kelib chiqib, u davlatni tashkil qilar va davlat yordamida majburlash yо`li bilan ekspluatatsiya qilinuvchi sinfni tobelikda ushlab turar, urushlar bо`lar, asir tushganlar о`ldirilar, hatto iste`mol ham qilinar edi. Keyinchalik esa ulardan turli ishlarni bajarishda foydalanganliklari sababli dastlabki ekspluatatsiya qilinadigan sinf asir-qо`llar bо`lib, qashshoqlashib, qaram bо`lib qolgan fuqarolar ham ular qatoriga qо`shilgan edi. Shu sababli birinchi davlat — quldorlik davlati bо`lib, bir sinfning ikkinchi bir sinf ustidan hukmronligini ta`minlaydigan mashina deb ta`riflanardi.

Shahar-davlatlarning funksiyalari turlicha edi. Oqibatda dastlabki bosqichlardayoq keng tarmoqli davlat apparati tashkil topdi. Uncha katta bо`lmagan qadimiy shahar-davlatlarda yozma manbalarga qaraganda, miloddan avvalgi IV—III ming yillarda 80 dan 130 gacha amal va kasblar bо`lgan. Ilk sinfiy tuzumda jamiyat zodagonlarga, boy shaharliklarga, erkin shaxslarga bо`lingan. Shahar-davlatlarning dastlabki apparati dehqonchilik jamoalarining sotsial boshqarish tuzumi (dehqonlarning yig`ini, oqsoqollar kengashi, yо`lboshchilar, sarkardalar) asosida tashkil topgan. Keyinchalik bajaradigan funksiyalari, jamoaga yakin qishloqlarga munosabatidan kelib chiqib, shahar-davlatning boshqarish apparati bо`lib qolgan.

Ilk davlatlarning sinfiy tabiati vaqt о`tishi bilan о`zgargan. Jamiyatning tabaqalanishi, sinflarning tashkil topishi, bilan u yoki bu sinf davlatni egallab olgan, uni о`z manfaatlariga moslashtirishgan. Sinflar va davlatning tashkil topishi mustaqil, yonma-yon, bir-biri bilan hamkorlikda borgan. Sinflarning tashkil topishi dastlabki davlatning (shumerlarda, mayyalarda, atsteklarda, inklarda, qadimgi Misrda, Hindistonda, Xitoyda) kelib chiqishini pag`batlantirgan. Shu bilan birga, dastlabki davlatning о`zi ham sinflarning kelib chiqishiga turtki bergan, ilk sinfiy jamiyatning kelib chiqishini tezlashtirgan. Ilk sinfiy davlatlarda jamoa zodagonlarining ajralib chiqishi yanada kuchaygan, mansablarni egallashda sulola mexanizmi yuzaga kelgan (mansablar ajdoddan avlodga qoldirilgan), eng muhimi shu asosda alohida guruhlar cheksiz boylik orttiravergan.

Ilk davlatlar hukmron sinfning faoliyati natijasidagina kelib chiqqan emas. Bu ishlab chiqaruvchi iqtisodiyot, dehqonchilik madaniyati vujudga kelayotgan bosqichdagi jamiyat taraqqiyotining natijasidir. Ammo, u yoki bu sinf davlatni qо`lga olib, uning yordamida hukmron sinf bо`lib qolishi ham mumkin bо`lgan. Moddiy ishlab chiqarish usuli — jamiyat va ijtimoiy tartiblarning rivojlanishini ta`minlovchi omil, ijtimoiy tarakxiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir.

Davlat apparati dastlabki bosqichlardayoq keng tarmoqli murakkab tizimga ega edi. U о`zini saqlash va faoliyat kо`rsatish uchun ma`lum manbalarga muhtojlik sezgan. Bunday manbalar soliqlar, yig`imlar va boshqa tushumlar edi.

Davlat asosida tuzilgan har qanday jamiyat samarali boshqarishta muhtoj bо`lib, uning keyingi rivojlanishi shunday boshqarishni izlash bilan bog`liqdir.

Davlat о`z funksiyalarini bajarish uchun odamlarning alohida qatlami — davlat apparatiga ega bо`lgan. Bu muayyan hokimiyatga ega bо`lgan, ya`ni zaruriyat tug`ilganda majburlash, zо`ravonlik yordamida aholining boshqa tabaqalarini о`z erkiga buysundirish, u yoki bu manfaatlarni ta`minlovchi kishilar guruhi edi.

Buning uchun ilk davlatlarda, ibtidoiy jamiyatning sotsial tizimidan farqli ularoq о`ziga xos davlat institutlari — sudlar, turmalar, politsiya, armiya paydo bо`lgan. Ular majburlashga moslashtirilgan organlar edi.

Ilk sinfiy jamiyatda katta sug`orish inshootlarini va sag`analarni qurishda о`n minglab kishilar ishtirok etardi. Lekin, ba`zi hollarda, kо`pchilik tomonidan qabul qilingan tartib-qoidalarni bajarmaganlarga nisbatan majburlash qо`llanilardi.

Ammo ilk sinfiy davlatlardagi majburlash va maxsus organlarning rolini bо`rttirib kо`rsatish kerak emas. Bu davlatlarda umumijtimoiy funksiyalarni, ya`ni mehnat, ishlab chiqarish faoliyatini, jamiyatning ma`naviy hayotini boshqarishga mо`ljallangan asosiy organlar hisoblanardi.

Davlat ibtidoiy jamiyatdan hududiy tashkil topishi bilan farq ham qilardi. Xududiy tuzilishning birinchi bosqichi shahar edi. Shahar odamlarini qarindoshlik asosida emas, balki ma`lum hududga kо`ra birlashtirgan.

Jamiyat tuzilishining, yangi davlat shaklini tahlil qilish asosida quyidagicha xulosa qilish mumkin. Davlat yagona hududiy kenglikdagi xо`jalik faoliyati (ba`zi olimlar yagona hududiy kenglikka yagona iqtisodiy kenglikni ham qо`shadilar), turli umumijtimoiy funksiyalarni bajaradigan va davlatning majburlash kuchini ishlata oladigan davlat apparatining mavjudligi, yagona soliqlar va moliya tizimiga egaligi bilan ibtidoiy tuzumdan farq qiladi.

Bundan tashqari davlat hududida о`zaro muloqot quroli sifatidagi til birligi (buvday til bо`lishi, ma`lumki unda yashovchi etnik guruhlar xilining mavjudligi va undan foydalanish mumkinligi inkor etilmaydi), yagona mudofaa va tashqi siyosat, transport, axborot, energetik tizim, davlat tomonidan himoya qilinadigan shaxs huquqlarining ma`lum birligi kabilar ham davlatning ibtidoiy tuzumdan farqini kо`rsatadi.

Yuqoridagilar davlatning paydo bо`lishiga asosiy sabablardir. Davlat paydo bо`lishining aniq shakllari esa turlicha bо`lishi mumkin.

Davlat paydo bо`lishining turli shakllari

Haqiqatan ham, davlatning paydo bо`lishi uzoq davom etadigan murakkab tarixiy jarayon bо`lib, bu jarayon, turli xalqlarda, turli mintaqalarda har xil kechgan. Sharqda davlat kelib chiqishining Osiyocha ishlab chiqarishga asoslangan shakli keng tarqalgan. Bunga qadimiy Misr, Bobil, Hind, Xitoy davlatlarining paydo bо`lishini kо`rsatish mumkin. Bu davlatlarda urug`doshlik tuzumining ijtimoiy-iqtisodiy tuzilmalari bо`lmish yerga jamoa mulkchiligi, kollektiv mulkchilik va boshqalar о`ta barqaror bо`lgan. Bu davlatlar bir vaqtning о`zida ham qishloq xо`jalik muamoalarini ekspluatatsiya qilgan, ham ishlab chiqarishning tashkilotchilari bо`lgan.

Afina va Rimda esa davlatning kelib chiqish jarayoni о`zgacha yо`ldan borgan. Qadimgi Afinada urug`doshlik jamiyati ichida avj olgan sinfiy qarama-qarshiliklardan davlatning sof klassik shakli paydo bо`lgan. Rimda plebeylarning uzluksiz kurashi natijasida urug`doshlik tuzumi yemirilib, uning harobalari о`rnida davlat paydo bо`lgan. Germanlarda esa davlat boshqa hududlarni bosib olish natijasida paydo bо`lgan.

Davlatning kelib chiqishidagi umumiy prinsiplar muayyan tarixiy sharoitlarda har xil bо`lgan. Davlat qisman urug`doshlik tuzumini о`zgartirish, qisman bu tuzumga yangi organlar kiritish yoki bu tuzumni surib chiqarish, shuningdek, davlat hokimiyatining chinakam organ lari bilan tо`la almashtirish orqali paydo bо`lgan.

Davlat aslo jamiyatga tashqaridan zо`rlab kiritilgan kuch emas. Davlat, Gegel aytgan, «ma`naviy g`oyaning haqiqatga aylanishi», «aklning obrazi va haqiqatga aylanishi» ham emas. Davlat kishilik taraqqiyotining ma`lum bosqichida kelib chiqqan sivilizatsiya mahsulidir. Demak, davlat jamiyatning mahsuli. U jamiyatning siyosiy tashkiloti bо`lib, muayyan hududda sinfiy, umuminsoniy, diniy, milliy va boshqa aniq manfaatlarni amalga oshirishga kо`maklashadi.

Davlat — insoniyat hayotining muhim obyektiv tashkiliy shaklidir. U ma`lum iqtisodiy, ijtimoiy va ma`naviy muhitdan kelib chiqqan, siyosiy hayotda katta о`rin va sotsial qimmatga ega.

Davlatning paydo bо`lishi — tarixiy qonuniyat.

Insoniyat davlat paydo bulguniga qadar о`z taraqqiyotida uzoq yо`lni bosib о`tgan. Davlat ham, huquq ham bо`lmagan ibtidoiy jamiyat asosan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan farq qiladigan turli bosqichlarny о`tgan. Mehnat qurollarining rivojlanishi va takomillashishi, yirik ijtimoiy mehnat taqsimoti (ziroatchilikning chorvachilikdan, hunarmandchilikning dehqonchilikdan ajralishi, savdoning alohida iqtisodiy sohaga aylanishi) natijasida mehnat unumdorligi oshgan, ortiqcha maxsulotlar hosil bо`lgan. Bu esa xususiy mulkchilikka va jamiyatning mulkiy jihatdan qatlamlarga ajralishiga olib kelgan. Natijada asosiy mashg`uloti xususiy mulkchilik munosabatlarini va mulkdorlar manfaatini himoya qilishdan iborat bо`lgan kishilarning maxsus guruhlari yuzaga kelgan.

Shunday qilib, ibtidoiy jamiyatdagi sarkardalar, oqsoqollar, qabila boshliqlari, diniy hokimiyat egalariga tegishli bо`lgan ijtimoiy hokimiyat asta-sekin davlat hokimiyatiga aylangan. Davlat paydo bо`lgunicha mavjud bо`lgan jamiyatdagi ijtimoiy hokimiyatni saqlashning asosiy vositasi — oliy ruhoniylarning shaxsiy obrо`si edi. Davlat hokimiyatining mohiyatini esa majburlash tashkil eta boshlagan. Insonning jamiyatdagi mavqei tubdan о`zgargan. Agar ibtidoiy jamiyatda insonning mavqei alohida shaxsning oilaga, uruqqa yoki qabilaga mansubligi bilan belgilangan bо`lsa, davlatga ega jamiyatda insonning mavqei uning huquqiy holati va davlat hokimiyati egalariga shaxsiy yaqinligiga qarab belgilanadi.

Davlat jamiyat rivojining muayyan bosqichida yuzaga kelgan. U о`zining shakllanishi va rivojlanishida uzoq, murakkab yо`lni bosib о`tgan. Jamiyat rivojining dastlabki bosqichlarida Davlat yetarlicha rivojlanmagan siyosiy tashkilot edi. Bunday davlat eng avvalo majburlashga asoslangan.

Demokratiya sharoitida davlat sivilizatsiya talablariga mos tarzda rivojlanadi. U iqtisodiy va ma`naviy omillar asosida hokimiyatning mamlakatdagi tartib-intizomni ta`minlaydigan bir butun tashkilotiga aylanadi. Davlat о`zining asosiy vazifasini — xalq hokimiyatchiligi, iqtisodiy erkinlik, mustaqil shaxs erkinligini amalga oshiradi.

II bob

2.1.Davlatning kelib chiqishi tо`g`risidagi nazariyalar



Davlatning kelib chiqishi tо`g`risida turli nazariyalar mavjud.

Davlatning kelib chiqishi haqidagi patriarxal nazariyasiga binoan, davlat oilaning taraqqiy etishi natijasida paydo bо`lgan. Oiladan urug`-qabila — davlat vujudga keladi.

Patriarxal nazariya tarafdorlari davlat bevosita kattalashib ketgan oiladan kelib chiqqan, monarx hokimiyati esa oilaning barcha a`zolariga rahbarlik qiladigan otadan meros bо`lib о`tgan deb hisoblaydilar. Ushbu nazariya Yunonistonda (qadimgi Gretsiyada) paydo bо`lgan va Arastu (Aristotel) asarlarida asoslab berilgan, XVII asrda yashagan ingliz olimi Filmerning «Patriarx» asarida rivojlantirilgan. Muallif Injilga asoslanib, Odam Atoning hokimiyatni xudodan olib, о`zining katta о`g`li — patriarxga, u esa о`zining avlodlari bо`lgan qirollarga berganligini isbotlashga uringan.

Patriarxal nazariya ingliz sotsiologi, tarixchisi va yuristi Genri Men (1822—1888) tomonidan yaratilgan. Bu nazariyaning Rossiyadagi tarafdori rus olimi N. Mixaylovskiy edi. U urug`doshlik aloqalarining yо`q bо`lishiga va davlatning paydo bо`lishiga urug`doshlik aloqalarining davomi bо`lgan milliy aloqalarning rivojlanishi sabab bо`lgan deydi. Uning ta`biri bо`yicha dastavval oila vujudga kelgan, oila о`sib kabilaga aylangan, qabila esa о`sib borib davlatga aylangan.

XVII—XVIII asrlarda davlatning kelib chiqishining shartnomali nazariyasi paydo bо`lgan. Bu nazariyaga kо`ra, hokimiyat xalq tomonidan, xalqning monarx bilan bitim tuzish natijasida о`rnatiladi. Shartnomali nazariyaning vakillari Gollandiyada Gugo Grotsiy va Spinoza, Angliyada Lokk, Fransiyada Jan Jak Russo, Rossiyada Radishchev bо`lgan.

Russoning kitobi aynan shunday: «Ijtimoiy shartnoma» deb atalgan. Shartnomali nazariyaga odamlar qо`zg`olon kо`tarish, monarxlarni qulatish huquqiga ega, ular davlatga birlashib, о`zlarining tabiiy erkinliklarini yо`qotmaydigan balki cheklaydilar, xolos, degan tabiiy huquqiy ta`limot asos qilib olingan. Shartnomali nazariyada insonning tabiiy huquqlari asoslab berilgan. Shartnoma nazariyasiga kо`ra, davlat ongli ijod mahsuli, odamlar kelishgan ahd natijasi. Davlat — о`zaro kelishuv asosida va ongli tarzda birlashgan kishilar tashkiloti bо`lib, ana shu shartnoma asosida ular о`zlarining erkinliklari va hokimiyatining bir qismini davlatga beradilar.

Zо`ravonlik nazariyasi davlatning kelib chiqishini bosqinchilik yoki bir kabilaning boshqa qabilani bosib olishi bilan izohlaydi. Bu nazariya tarafdorlari sinflar va davlatni urush, zо`ravonlik, bosqinchilik mahsuli, deb izohlaydi. Davlat g`olibning hokimiyatini mustahkamlash uchun tuziladi. Zuravonlik nazariyasining vakillari avstriyalik yurist L. Gumplovich, nemis nazariyotchisi YE. Dyuring va K.Kautskiylardir.

Bosqinchilik, zо`ravonlik davlatning paydo bо`lish jarayonini tо`xtatib qolishi yoki tezlashtirishi mumkin, lekin u birinchi sabab bо`lolmaydi. Davlatni vujudga keltiruvchi bosh omil moddiy ishlab chiqarshning taraqqiyot darajasi, ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasidir.

Davlat kelib chiqishining psixologik nazariyasi ham bor. Bu nazariya tarafdori sotsiolog Gabriel Tarddir. Bu nazariya davlatning kelib chiqishini kishilarning hukmronlikka va buysunishga bо`lgan ehtiyoji bilan izohlaydi. Rus olimi Korkunov, professor Petrojitskiylar ham davlat insonning buysunishga intilishi doirasida paydo bо`ladi, deb hisoblaganlar. Psixologik nazariya xalqni alohida xususiyatlarga ega bо`lgan kishilarga buysunishni istovchi passiv omma deb biladi.

Davlat kelib chiqishining psixologik nazariyotchisi sotsialist Rudolf Pamperiyen davlatning kelib chiqishini kishilarga xos bо`lgan hokimiyat instinkti bilan izohlaydi, hokimiyat instinktini ochlik yoki sevgi instinkti bilan taqqoslaydi. U davlatga qarashlarni oilada vujudga kelgan tasavvurlar bilan bog`lashga va bu bilan psixologik nazariyani patriarxal nazariya bilan birlashtirishga urinadi.

Irrigatsiya nazariyasiga kо`ra, davlatning kelib chiqishi, ularning ilk shakllari Sharqdagi ulkan irrigatsiya inshootlarini qurish va ulardan foydalanish bilan bog`liq. Ushbu nazariya nemis olimi Vittfogelning «Sharq istibdodi» asarida ifodalab berilgan.

Sinfiy nazariya namoyandalarining, K.Marks, F. Engels, V.I. Lenin fikricha, davlat iqtisodiy sabablar — ijtimoiy mehnat taqsimoti, qо`shimcha mahsulot, xususiy mulkning paydo bо`lishi, jamiyatning qarama-qarshi iqtisodiy manfaatlarga ega sinflarga ajralishi tufayli kelib chiqqan. Ushbu jarayonlarning obyektiv natijasi о`laroq davlat о`zining maxsus boshqarish va bostirish vositalari bilan ana shu sinflarning kurashini bostirib turadi. Bunda davlat hukmron sinf manfaatlarini himoya qiladi.

Davlat kelib chiqishining sinfiy nazariyasi, ya`ni markscha-lenincha ta`limot davlat va huquqning mohiyatini ularni vujudga keltirgan iqtisodiy bazis bilan bog`liq ravishda olib karaydi. Bu nazariyaning о`ziga xos xususiyati — davlatning sinfiy mohiyatini e`tirof etish ham davlatni materialistik talqin qilishdir. Bu nazariyaga kо`ra, har qanday davlat jamiyatga nisbatan butun jamiyat irodasining ifodachisi sifatida emas, balki iqtisodiy hukmron sinfning quroli, ekspluatator sinflarning ekspluatatsiya qilinuvchilarni ezish, bostirish quroli sifatida maydonga chiqadi.

Sinfiy nazariya tarafdorlari davlatni hukmron sinfning siyosiy hokimiyat tashkiloti, huquqni esa shu sinfning qonun holiga keltirilgan irodasi deb k.araydi. Bu ta`limotga kо`ra, davlat sinflarning bir-biriga nisbatan qarama-qarshiligini jilovlab turish uchun zarur bо`ladi, davlat yordamida iqtisodiy hukmron sinf siyosiy hukmron sinf ham bо`lib qoladi, bu sinf davlat siymosida mazlum sinfni bostirib, ezish uchun yangi qurolga ega bо`ladi.

Teologik nazariya vakillari davlatning xudo tomonidan yaratilganligini uqtiradilar. Ular «butun hokimiyat xudoniki» degan qoidani ilgari suradilar. Bu nazariya qadimda paydo bо`lgan va о`rta asrlarda keng tarqalgan. Ushbu nazariya teokratik, ya`ni davlat boshliga ayni paytda uning diniy raxnamosi bо`ladigan davlat qaror topgan davrdagi jarayonlarni aks ettiradi.

Davlatning kelib chiqishi tо`g`risidagi ayrim nazariyalar shulardan iborat. Bu nazariyalar davlatning kelib chiqishiga sabab buluvchi turli omillarni kо`rsatadilar. Davlatning vujudga kelishiga iqtisodiy, harbiy, siyosiy, mafkuraviy, biologik, ilohiy, ison ruhiyati va boshqa omillvar sabab bо`lishi mumkin.

Iqtisodiyot davlat va huquqda nisbatan birlamchi kuch, davlat esa ikkilamchi kuch bо`lib maydonga chiqadi. Davlat iqtisodiyotning hosilasi, lekin paydo bо`lgandan keyin u ma`lum nisbiy mustaqillikka ega bо`ladi, jamiyat hadyotida va uning iqtisodiy taraqqiyotida aktiv rol uynaydi. Davlat iqtisodiyotga nisbatan ijobiy va salbiy rol uynashi mumkin. Agar davlat о`z umrini о`tayotgan ishlab chiqarish munosabatlarini himoya qilsa, о`z taraqqiyotiga tо`sqin bо`ladi. Agar davlat yangi ishlab chiqarish munosabatlarini rivojlantirishga yordam bersa, yangi, yanada progressiv jamiyatning iqtisodiy negizini barpo etishga intilsa, ijobiy ilg`or kuch bо`lib maydonga chiqadi.

Davlatning vujudga kelishini oddiygina qilib quyidagicha tushunish mumkin. Davlatni vujudga kelishi uchun ijtimoiy tabaqalashuv vujudga kelgan. Ijtimoiy tabaqalashuv esa turli xil sinflarni vujudga keltirgan, ya'ni hukmron va qaram sinflarni. Dastlabki, qaram sinflarning vujudga kelishi uchun faqatgina moddiy ehtiyoj sabab bo'lgan xolos. Ya'ni, bir guruh odamlar (hukmron sinf) turli xil yo'llar bilan ortiqcha mulk evaziga boyiy boshlaganlar va shu mulki orqali boshqa bir guruh odamlar (qaram sinf)ni boshqara olganlajj Endi bu ijtimoiy tabaqalashuv qanday sodir bo'lgan? Buning sabablari turli xil bo'lib, bir necha nazariya asosida tushuntirilgan. Shu o'rinda savol tug'iladi: qaysi nazariya to'g'riroq? Agarda tarixga nazar tashlasak turli xil davlatlarning vujudga kelishidagi tabaqalashuv turli xil omillar asosida sodir bo'lgan.

Davlatning kelib chiqishi to'g'risidagi masala ko'p asrlar davomida ko'plab mutafakkir faylasuflar, huquqshunoslar.

tarixchilarni o'ylantirib kelgan. Davlat va huquqning kelib chiqishi haqida turli xil nazariyalar mavjud. Shulardan ayrimlarini ko'rib chiqami/.

/. Ilohiy (teologik) nazariya. Bu nazariya asoschilari vakillari davlatning xudo tomonidan yaralilganligini uqtiradilar.^butun hokimiyat xudoniki» degan qoidani ilgari suradilar. Bu nazariya qadimda paydo bo*lgan va o'rta asriarda keng larqalgan. Ushbu nazariya teokratik, ya'ni davlat boshlig'i ayni paytda uning diniy rahnamosi bo'ladigan davlat qaror topgan davrdagi jarayonlarni aks ettiradi. Sharq davlatlarining «Podshoh xudoning yerdagi soyasi» degan fikri ham buni ifodalaydi.

2. Palriarxal nazariya tarafdorlari davlat kattalashib ketgan oiladan bevosita kelib chiqqan, monarx hokimiyati esa go'yo oilaning barcha a'zolariga rahbarlik qiladigan otadan meros bo'lib o'tgan deb hisoblaydilar. Ushbu nazariya Yunonistonda (qadimgi Gretsiyada) paydo bo'lgan Aflotun (Platon) va Arastu (Aris- totel)lar o'z asarlarida asoslab berganlar. Aflotun o'zining mashhur «Davlat» asarida oiladan o'sib chiqqan yuksak adolatli davlatni tasvirlaydi.

Adolat g'oyasining o'zidan kelib chiqsak deydi Aflotun. adolatli odam hech nimasi bilan adolatli davlatdan farq qilmaydi. Inson ruhining uch asosi (aql, jaholat va nafs)ga maslahat. muhofazaga asoslangan tadbirkor davlalga muvofiq keladi. Keyingilariga hukmdorlar, askarlar va ishlab chiqaruvchilar (hunarmandlar va dehqonlar)ning uch tabaqasi to'g'ri keladi7.

Bu g'oya XVII asrda ingliz olimi Filmerning «Patriarx» asarida rivojlantirilgan. Muallif lnjilga asoslanib. Odam Atoning hokimiyatni xudodan olib, o'zining katta o'g'li, patriarxga, u esa o'zining avlodlari bo'lgan qirollarga berganligini isbotlashga uringan.

3. Shartnoma nazariya. Gollandiyada ushbu nazariyani Grosiy va Spinoza, Angliyada — Lokk va Gobbs, Fransiyada Russo, Rossiyada A. N. Radishchev rivojlantirgan. Ularning fikricha, hokimiyat xalqqa tegishli bo'lib, xalq uni monarxga bergan. Normal hayot kechirish uchun odamlar davlat tuzish to'g'risida o'zaro shartnoma tuzadilar, ixtiyoriy sur'alda unga o'z huquqlarining bir qismini topshiradilar. Keyinchalik ularning ma'lum bir shaxsga bo'ysunishlari haqida ikkilamchi shartnoma tuziladi. Agar monarx

hokimiyatni suiiste'mol qilsa, xalq qo'zg'olon ko*tarishga va monarxni taxtdan ag'darishga haqli bo'ladi.

Shartnoma nazariyasiga ko'ra, davlat — ongli ijod mahsuli. odamlar kelishgan ahd natijasi. Davlat — o'zaro kelishuv asosida va ongli tarzda birlashgan kishilar tashkiloti bo'lib, ana shu shartnoma asosida ular o'zlarining erkinliklari va hokimiyatining bir qismini davlatga beradilar.

4. Zo'ravonlik nazariyasi (Gumplovich, Kautskiy, Dyuring)ga ko'ra, zo'ravonlik asosida bir qabiia ikkinchi qabilani bosib oladi va natijada bosib olingan qabiia bosib olgan qabilaga itoatkor hisoblanadi. Bosib olgan qabiia esa hokimiyatini mustahkamlash uchun davlatni tuzadi.

J. Irrigatsiya nazariyasiga ko'ra, davlatlarning kelib chiqishi, ularning ilk shakllari Sharqda ulkan irrigatsiya (suv) inshootlarini qurish va ulardan foydalanish bilan bog'liq. Ushbu nazariya nemis olimi Vittfogelning «Sharq istibdodi» («Восточный деспотизм») asarida ifodalab berilgan.


  1. Sinfiy nazariya namoyandalari (K. Marks, F. Engels, V. I. Lenin) fikricha, davlat iqtisodiy sabablar — ijtimoiy mehnat taqsimoti, qo'shimcha mahsulot va xususiy mulkning paydo bo'lishi, jamiyatning qarama-qarshi iqtisodiy manfaatlarga ega sinflarga ajralishi tufayli kelib chiqqan. Ushbu jarayonlarning obyektiv natijasi o'laroq davlat o'zining maxsus boshqarish va bostirish vositalari bilan ana shu sinflarning kurashini bostirib turadi. Bunda davlat hukmron sinf manfaatlarini himoya qiladi. V. I. Lenin davlatni sinflarni kelishtirish organi emas, balki sinfiy hukmronlik organi, bir sinfning boshqa sinfni bostirish quroli, bir sinfning boshqa sinf ustidan hukmronligini ta'minlash mashinasi, deb hisoblagan.

  2. Psixololgik nazariya. Bu nazariya asoschilari davlatning paydo bo'lish sabablarini insonning ruhiy holati, biopsixik instinktlari bilan bog'laydilar. Taniqli rus olimi L.I.Petrajitskiy go'yo inson ruhiyati (psixikasi)ga «buyuk» shaxslarga tobelik, bo'ysunish ehtiyoji mavjud. degan g'oyani o'rtaga tashlaydi.

Nemis psixoanalitigi Z.Freyd esa davlatni tashkil etish zaruriyatini insonning psixikasiga quyidagicha bog'laydi. Alohida hirsiy va biopsixik instinktlar ta'siri ostida harakat qilayotgan isyonchi o'g'illar tomonidan boshlig'i o'ldirilgan avval mavjud bo'lgan patriarxal o'rdadan insonning tajovuzkor mayllarini bostirib borish maqsadida davlat paydo bo'lgan.

8. Islom nazariyasi. Bu nazariya islomda fiqh fani doirasida VIII- X asrlarda tarkib topgan. Uni ta*riflashda klassik musulmon huquqida

hokimiyat munosabatlarini tartibga soluvchi Qur'on va Sunna qoidalari ko'p emasligini nazardan qochirmaslik muhimdir. Bundan tashqari «daviat» atamasining o'zi ular tomonidan qo'llanilmaydi. Faqat «imomat» (dastlabki ma'nosi namozga imomlik) va «xalifalik» (vorislik) tushunchalari mavjud. Ular keyinchalik musulmon davlatini ifodalashda qo'llana boshlagan.



Davlatning kelib chiqishi haqidagi Islom ta'limoti asosida eng yirik huquqshunoslardan biri al-Mavardi (974-1058) qarashlari yotadi. U davlatga dinni himoya qilish va dunyoviy ishlarga rahbarlik bo'yicha Payg'ambar (S.A.V.) vazifalarini bajarishda voris deb qaraydi.

2.2.Davlat jamiyatning siyosiy tizimiga kiruvchi boshqa tashkilot-lardan bir qator o'ziga xos belgilari bilan farq qiladi. Davlatning belgilari to'g'risidagi masala hamisha huquqshunoslar e'tiborini tortib kelgan va bu haqda ularning turli talqinlari mavjud.

F.Engels o'zining «Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi» degan asarida davlatning asosiy belgilari sifatida aholining hududiy bo'linishi, ommaviy hokimiyat hamda soliqlar tizimining tashkil etilishini ko'rsatib o'tgandi. G.F.Shershenevich ham shunga o'xshash uch belgi: «a) odamlarning birlashuvi; b) ular ustidan hukmronlik qiluvchi hokimiyat; d) shu hokimiyat ta'sir doirasidagi hudud...»9ni sanab o'tadi.

Hozirgi vaqtda davlatning umumiy e'tirof etilgan quyidagi asosiy belgilarini ko'rsatish mumkin:



  • daviat o'z daviat chegaralari doirasida fuqarolik belgisi bo'yicha birlashgan butun jamiyatning, butun aholining yagona vakili sifatida maydonga chiqadi;

  • daviat — suveren hokimiyatning yagona sohibidir;

  • daviat yuridik kuchga ega bo'lgan va huquq normalarini aks ettirgan qonunlar va ularga asoslanib chiqariladigan hujjatlarni qabul qiladi;

  • daviat o'z vazifalari va funksiyalarini bajarish uchun zarur bo'lgan daviat organlari hamda tegishli moddiy vositalar tizimidan iborat murakkab mexanizm (mahkama)dir;

  • davlat — qonuniylik va huquq-tartibot posboni bo'lishga maxsus da'vat etilgan huquqni muhofaza qilish (jazolash) organlari (sud, prokuratura, militsiya, polilsiya va hk.)ga ega boMgan yagona tashkilot;

  • faqat davlatgina o'z mudofaasi, suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizligini ta'minlovchi qurolli kuchlar hamda xavfsizlik organlariga ega bo'la oladi.

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan birgalikda olingan davlat belgilari-ning jami jamiyat siyosiy tizimida davlatning alohida o'rni va yetakchi rolini toia izohlaydi. Albatta, bunda, har bir tarixiy davrda, turlicha ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda davlatning bu belgilari ham ichki mazmuni, ham tashqi ko'rinishi bilan farq qilishini hisobga olish zarur.

Hozirgi sharoitlarda demokratiya va erkinliklarni, barqarorlik, tinch-totuvlikni, respublika xalqlari hamjihatligi va hamkorligini qaror toptirishda, islohotlar va ularni amalga oshirishdagi tashabbuskorlikda. madaniyati yuksak rivoj topgan jamiyatga o'tishda O'zbekiston davlati yetakchi rol o'ynamoqda.

Ushbu maqsadlarni hayotga muvaffaqiyatli tatbiq etish, davlatni mustahkamlash vazifalarini bajarish, O'zbekistonda davlat hokimiyati barcha bo'g'inlarining samarali ishlashini ta'minlash bilan chambarchas bog'liq.

Huquqiy davlat — huquqning hukmronligi, qonunning ustunligi, barchaning qonun va mustaqil sud oldida tengligi ta'minlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, hokimiyat vakolatlarining bo'linishi prinsipi asosida tashkil etilgan demokratik davlat.

Huquqiy davlatning asosiy belgilariga quyidagilar kiradi:

/. Huquqning hukmronligi. Davlat hududida bo'lgan barcha shaxslar— ushbu davlat fuqarolari, xorijliklar, fuqaroligi bolmagan shaxslar, yuridik shaxslar, mansabdor shaxslar, davlat hokimiyati idoralari huquqqa bo'ysunadilar.



  1. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi. Konstitutsiya va qonunlar huquqiy normalar tizimida oliy yuridik kuchga egadir. Turli xil davlat idoralari chiqaradigan normativ-huquqiy hujjatlar qonunlarga zid bo'Imasligi kerak.

  2. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi, ularning himoya qilinishi va ta 'minlanishi. Inson huquqlari va erkinliklari unga tug'ilganidan tegishli bo'lib, ular insondan ajralmasdir. Gap, eng avvalo, insonning yashash, erkinlik, daxlsizlik va xavfsizlikka ega bo'lish huquqlari hamda boshqa huquq va erkinliklari

to'g'risida bormoqda. Barcha fuqarolar qonun va mustaqil sud oldida tengdirlar.

  1. Davlat va fuqaroning о 'zaro mas 'uliyati. Davlat qonunlarda shaxs erkinligining me'yorini belgilab qo'yar ekan, xuddi shu chegaralarda o'zini ham qaror qabul qilishda cheklab qo'yadi.

  2. Jamiyalda hokimiyatning qonuniyligi (legit imligi). Hokimiyat qonuniy deb e'lirof etilishi uchun u quyidagi talablarga javob berishi shart: demokratik saylovlar yo'li bilan shakllantirilgan bo'lishi; samarali faoliyat yuritib, jamiyatda barqarorlik va qat'iy tartibni ta"minlashi; ham mamlakal ichkarisida. ham xalqaro miqyosda tan olinishi.

  3. Hokimiyat vakolatlarining bo 'linishi. Davlat hokimiyati bir qo'lda to'planib qolmasligi uchun hokimiyatning uchta tarmog'ini — qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini ajratib qo'yish kerak. Ushbu hokimiyat tarmoqlarining har biri o'z vakolati doirasida amal qiladi.

  4. Sudning mustaqilligi. Sud davlat hokimiyatining boshqa ikki tarmog'i kabi mustaqildir. Boshqacha aytganda, sud faoliyatiga hech kimning aralashishiga yo'l qo'yilmaydi.

  5. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralarning samarali ishlashi. Agar inson huquqlari va erkinliklari poymol etilsa yoki bunga tahdid mavjud bo'lsa, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar unga yordam berishlari kerak, ushbu huquq va erkinliklarni himoya qilishlari kerak.

  6. Huquqiy madaniyatning yuksak darajada ekanligi. Huquqiy madaniyatning eng muhim ko'rsatkichi jamiyatdagi huquqiy ong darajasidir. Huquqiy ong huquqqa munosabat. qonun talablarini bajarish zarurligini anglash darajasini ifodalaydigan huquqiy qarashlar yig'indisi. Huquqiy madaniyat amaldagi qonunlarni bilish, huquqni hurmat qilish va huquqiy qoidalarga rioya etishda namoyon bo'ladi.

10. Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi. Siyosiy huquqlar va erkinliklar kafolatlanishi, xalq davlat boshqaruvida doimo ishtirok etishi, rivojlangan fuqarolik jamiyati shakllanishi va ma'lum bir muxolafatning bo'lishi zarur.

Huquqiy davlat etatik davlatdan butunlay ajralib turadi. Mazkur tafovut davlat hokimiyatini tashkil qilish va amalga oshirishning barcha taraflari, shuningdek, oldida turgan vazifalarni hal etish shakl va usullari, jamiyat, millat va elatlar. ijtimoiy guruhlar va alohida fuqarolar, siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari kabi tarmoqlarni qamrab oladi. Ulardan eng muhimlariga to'xtalamizHuquqiy daviatda hokimiyalning butun mexanizmi — har bir organ, mansabdor shaxs—o'z faoliyati davomida huquqiy prinsiplar va qoidalarga tayanadi. o'z faoliyatini ular bilan bog'laydi. Huquqiy normalar nafaqat aholi uchun, balki davlat organlari va mansabdor shaxsiar uchun ham majburiy bo'ladi. Ularning huquq chegara-laridan chiqishiga umuman yo'l qo'yilmaydi yoki imkon berilmaydi. Agar etatik daviatda rasmiy organlar va mansabdor shaxsiar huquqni o'zlari uchun ikkinchi darajali va majburiy emas deb tushunsalar, huquqiy davlat sharoitida bunday holat, aksincha. umuman nomaqbul va nojoiz hisoblanadi, shu sababdan u sekin-asta yengib o'tiladi.

Huquqiy davlat normativ qonunlarni qabul qilish va e'tirof etish bilan cheklanib qolmaydi. U mazkur qonunlar zaruriy ravishda hayotga tatbiq etilishi, barcha jismoniy va yuridik shaxsiar, davlat va jamoat organlari. korxona, muassasa va tashkilotlar faoliyatini kerakli yo'nalishga solishga katta ahamiyat beradi. Davlatning huquqni amalga oshirish borasidagi faoliyati asosiy vazifa hisoblanadi.

Huquqiy daviatda davlat normativ hujjatlarining amal qilishida subordinatsiyaga rioya qilinishiga katta ahamiyat beriladi. Unda huquq manbalari. ya'ni normativ hujjatlarning qat'iy bo'ysun-dirilgan tizimi shakllanadi, amal qiiadi va rivojlanadi. Bu tizimda har bir hujjatning o'rni uning yuridik kuchiga bog'liq bo'ladi. Mazkur huquqiy manbalar «ehromi»ning cho'qqisi—yuqori yuridik kuchga ega bo'lgan konstitutsiya hisoblanadi. Hech qanday huquqiy manba konstitutsiya normalari va prinsiplariga zid bo'lishi mumkin emas. Aksincha. davlat organlarining barcha normativ hujjallari va huquqning boshqa manbalari konstitutsiyaga asoslanishi, uni aniqlashtirishi, to'ldirishi va mazmunini rivojlantirishi lozim. Shunga muvofiq ravishda konstitutsiyaviy va oddiy qonunlar tuziladi. yuridik pillapoya (piramida)ning quyi «qavatlari»da davlat rahbarining hujjatlari. hukumat farmonlari va farmoyishlari, vazirliklar va idoralarning buyruqlari va ko'rsatmalari, mahalliy vakillik va ijro etuvchi organlarning hujjallari, huquqiy odatlar, sud va ma'muriy pretsedentlar yaratiladi. Kam yuridik kuchga ega bo'lgan hujjatlarga yuqoriroq yuridik kuchga ega hujjatlarga nisbatan ustun ahamiyat berilishi totalitar va avtoritar davlatlarga xos bo'lib. huquqiy manbalar subordinatsiyasi va iyerarxiyasini buzadi, shu bois huquqiy davlat uchun zid hisoblanadi.

Huquqiy daviatda, birinchidan, shaxs va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining haq-huquqlari, huquq va erkinliklarning keng

miqyosda qamrab olinganligi, normal hayot faoliyatini ta'minlash hamda jamiyat oldida turgan vazifalami hal etish uchun yetarliligi bilan ajralib turadi. Ikkinchidan, huquqlar bilan ajralmas birlikda majburiyatlar tizimining mutanosib va muvofiq tizimini o'z ichiga oladi. Uchinchidan, huquqni hayotga tatbiq etish aniq yuridik kafolatlar bilan muslahkamlangan. Bunda ijiimoiy munosa-batlarning bir turdagi subyektlari orasida tenglikni mustah-kamlashga, sinfiy, milliy, urug'-aymoqchilik imtiyoziarini belgilash va bu orqali ulardan biriga imtiyoz berib, ikkinchisini imtiyozlardan mahrum etishga yo'l qo'yilmaydi. Subyektlar orasida mazkur tenglikning yo'qligi etatik jamiyatning huquqiy amaliyoti uchun xosdir. Ayni paytda huquqiy davlat shaxs va ijtimoiy munosabatlar subyektlarining haq-huquqlarini qo'Ilab-quvvatlash, normativ jihatdan mustahkamlash va takomiilashtirish haqida g'amxo'rlik qiladi.

Huquqiy davlatda hokimiyatlar bo'linishi prinsipi e'tirof etiladi va amalga oshiriladi. Shunga muvofiq ravishda yagona davlat hokimiyati doirasida uning uchta mustaqil tarmoqqa bo'linishi ta'minlanadi. Bular qonun chiqaruvchi. ijro etuvchi va sud hokimiyatlari bo'lib, ular o'zaro uzviy munosabatda bo'ladi.

Hokimiyatning bitta tarmog'i boshqalarini «bukib olishi» va bo'ysundirishiga yo'l qo'yilmaydi. Mazkur prinsipning ahamiyati shundaki, u hokimiyatning faqat bitta organ yoki mansabdor shaxs qo'lida to'planishiga yo'l qo'ymaydi, natijada ichki davlat apparatida hokimiyatning teng taqsimlanishini ta'minlaydi hamda diktatorlik tartibi yuzaga kelishining oldini oladi.

Huquqiy davlatda ichki qonunlar hamda umume'tirof etgan xalqaro huquq normalari o'rtasida optimal muvofiqlikni ta'minlash chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Xalqaro huquq normalari hozirgi zamon huquqiy bilimlarining yutuqlarini mujassamlashtiradi. Mazkur yutuqlarga u yoki bu darajada huquqiy davlatlar qonunchiligining ham hissasi bor, zero ularda odatda ichki qonunlar oldida xalqaro shartnomalar (hammasini emas, faqat ratifikatsiya qilinganlari)ning ustunligi belgilanadi va bu shartnomalar bevosita qo'llanishi aytib o'tiladi. Shu bilan birga, mazkur mamlakatlar yuridik tizimlarining tashqi dunyodan ajralganligi va cheklanganligi bartaraf etiladi, ya'ni ular jahon hamjamiyatining huquqiy tizimiga qo'shilib boradi, umume'tirof etgan prinsip va normalarga rioya etib, ularni o'z normativ hujjatlarida aks ettiradi.

Huquqiy tartibot (ayniqsa, fuqarolar huquq va erkinliklari) buzilgan hollarda huquqiy ta'sir qilish va huquqiy himoya mexanizmi

amal qiladi, unda sud birinchi darajali o'rin tutadi. Mazkur mexanizm jinoyatning oldini olish, buzilgan huquqni tiklash, yetkaziigan zararning qoplanishini ta'minlash, aybdorlarni jazolash. yangi huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar va ijtimoiy muno-sabatlarning boshqa subyektlariga davlatning barcha farmonlari to'liq bajarilishi lozimligini uqtirish borasidagi vazifalarni kompleks ravishda hal qiladi. Agar huquq-tartibot, fuqarolar huquq va erkinliklarining har qanday buzilishi tegishli davlat organlari va mansabdor shaxslarning e'tiboridan chetda qolmasa hamda tartibbuzarlar har gal haqli jazo olsalar, bunday yondashuvning o'zi qonunni buzishning samarali umumiy preventiv, ya'ni oldini oluvchi omili bo'lib xizmat qiladi. O'z navbatida, bu davlatda qonuniylikka rioya etish sharoitiga ta'sir etadi. Huquqiy davlatning yurisdiksiya, huquq-tartibotni muhofazalash. huquqni himoyalash va preventiv (oldini olish) faoliyati huquqiy talablarga qat'iy rioya etishi zarur. Shu sababdan jamiyat hayotining huquqiy faolligi etatik davlatga qaraganda ancha yuqori bo'ladi.

Huquqiy davlat uchun fuqarolaming davlat oldida va davlatning fuqarolar oldida o'zaro mas'ulligi xosdir. Davlat nafaqat har bir odamning tug'ilishidan boshlab unga tegishli bo'lgan ajralmas huquq va erkinliklarni tan oladi, balki ularning hayotga real tatbiq etilishi va tajovuzlardan himoya qilinishini ham kafolatlaydi. Ayni paytda, fuqarolar o'z huquqlaridan davlat, boshqa fuqarolar, ijtimoiy munosabatlarning boshqa subyektlariga zarar yetkazmagan holda foydalanishlari va o'zlariga yuklatilgan majburiyatlarni qat'iy bajarishlari zarur. Boshqacha qilib aytganda, davlatning fuqarolar bilan aloqasi murakkab va ko'p qirrali bo'lib, ular o'rtasida muayyan huquqlarning vujudga kelishi hamda muayyan majburiyatlarning bajarilishini taqozo

III bob

3.1Davlat funksiyalarining asosiy belgilari:



  • mazmuni — davlat faoliyati bir xil jihatlarining yig'indisi;

  • miqyosi — funksiyalar davlatni bir butun sifatida qamrab oladi;

  • xususiyati — kompleks, majmuaviy;

  • maqsadi — insonning ijtimoiy himoyalanganligi, tashqi xavf-sizlik va hk.

Davlatning funksiyalari ichki va tashqi funksiyalarga bo'Iinadi. Davlatning ichki funksiyalari mamlakat ichki hayotini boshqarishga qaratilgan faoliyatining asosiy yo'nalishlaridir.

Ichki funksiyalariga quyidagilar kiradi:



  • regulyaliv (tarlibga solish, boshqarish):

  • qo'riqlash (saqlash, muhofaza qilish).

1. Regulyativ funksiya davlatning iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi o'rnini belgilaydi: 1) iqtisodiy:

- iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va jamiyat iqtisodiy hayotiga


ta'sir etish;

  • iqtisodiyotning davlat sektorini boshqarish;

  • bozor munosabatlarining huquqiy asoslarini ornatish va narx-navo siyosatini belgilash;

2) ijtimoiy:

  • ijtimoiy boylikni laqsimlash;

  • aholining eng kam muhofazalangan qismini (nogironlar, ko'p bolali oilalar, ishsizlar) himoya qilish, pensiya ta'minoti kabilarni lashkil etish;

  • sog'liqni saqlash, madaniyatni rivojlantirish, jamoat transportini tashkil elish. uy-joy qurish va hk.

3) siyosiy:

  • fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish;

  • qonuniylikni va huquqiy tartibotni ta'minlash;

  • barqarorlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikni ta'minlash:

4) ma'naviy:

  • san'atni qo'llab-quvvatlash;

  • milliy madaniyatni rivojlantirish;

  • jamiyatning ma'naviy-axloqiy sog'lomligi to'g'risida g'am-xo"rlik qilish;

5) moliyaviy:

  • soliq to'plash;

  • bojxona nazorati;

  • bevosita moliyaviy nazoratning o'zi.

2. Qo'riqlash funksiyasi davlatning huquq bilan mustahkam-langan va tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlarni ta'minlash va himoya qilishga qaratilgan quyidagi faoliyatini taqozo etadi:

  • fuqarolar huquq va erkinliklarini muhofaza qilish;

  • tabiatni muhofaza qilish;

  • barcha shakllardagi mulklarni himoya qilish;

  • huquqni muhofaza qilish.

Tashqi funksiyalar — davlatning xalqaro maydondagi faoliya-tining asosiy yo'nalishlari.

  1. Xalqaro hamkorlik: tashqi siyosiy faoliyat; tashqi iqtisodiy faoliyat.

  2. Mudofaa va milliy xavfsizlikni ta'minlash.

Xalqaro hamkorlik har qanday davlat uchun hayotiy zaruratdir. Yer yuzida hozir 200 dan ortiq davlat bor. Ularning har biri me'yorda hayot kechirish va o'zaro hamkorlik qilishga ehtiyoj sezadi.

Xalqaro hamjamiyat xalqaro huquqning o'zagini tashkil etuvchi umume'tirof etgan prinsip va qoidalarning butun boshli majmuasini

ishlab chiqqan. Davlatlar va xalqaro tashkilotlar o'rtasidagi hamkorlik ana shu prinsiplar asosida amalga oshiriladi.

Suveren davlat bo'lgan O'zbekiston Respublikasi jahondagi barcha davlatlar bilan faol hamkorlik qilmoqda, ko'plab xalqaro tashkilotlar, jumladan, eng nufuzli xalqaro tashkilot bo'lgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining a'zosidir.

Davlatning mamlakat mudofaasi va xavfsizligini ta'minlash funksiyasini, eng awalo, mamlakatning Qurolli Kuchlari hamda Milliy xavfsizlik xizmati bajaradi:

Davlat shakli deganda, davlatning tuzilishi va boshqaruv usulini belgilaydigan tashqi xususiyatlari tushuniladi. Davlat shakli quyidagi uchta jihatni o'zida ifodalaydi:



  • davlat boshqaruvi shakli;

  • davlat tuzilishi shakli;

  • siyosiy tuzum.

Ushbu xususiyatlar davlat qanday tashkil etilganligini va davlat hokimiyati qanday usullarda amalga oshirilishini ko'rsatadi.

Boshqaruv shakli deganda, oliy davlat hokimiyati, uning idoralari, aholi bilan o'zaro munosabati, aholining ushbu idoralarni shakllantirishda ishtirok etish darajasi tushuniladi.

3.2.Boshqaruv shakliga ko'ra davlatlar monarxiya va respublikaga bo'linadi.

«Monarxiya» so'zi yunonchada «yakka hokimlik» ma'nosini bildiradi. Monarxiya oliy hokimiyat yakka hokim — davlat boshlig'ining qo'lida bo'lgan va bu hokimiyat meros qilib beriladigan davlat boshqaruvi shaklidir.

Monarxiyaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:


  • monarx davlatni shaxsiylashtiradi, tashqi va ichki siyosatda davlat boshlig'i sifatida maydonga chiqadi; monarx davlatni yakka o'zi boshqaradi;

  • monarx hokimiyati muqaddas deb e'lon qilinadi;

  • monarx o'z faoliyatida rasman mustaqildir:

  • hokimiyatni o'rnatish, qabul qilish (legitimlashtirish)ning alohida tartibi mavjud;

  • muddatsiz, umrbod boshqaruv;

  • monarx o'z boshqaruvining natijasi uehun yuridik jihatdan javobgar emas.

Monarxiya mutlaq va cheklangan (yoki parlamentar) shakllarda bo'ladi. Davlat hokimiyatini boshqa bironta idora bilan cheklan-magan monarx (qirol, podsho, imperator) amalga oshirsa (masalan, Saudiya Arabistonida), bunday monarxiya mutlaq monarxiya deyiladi.

Agar monarxning hokimiyati konstitutsiya asosida amal qiladigan biron-bir vakolatli idora bilan cheklangan bo'lsa. bunday monarxiya cheklangan, konstitutsiyaviy, parlament shaklidagi monarxiya bo'ladi (masalan, Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya, Shvetsiya).

«Respublika» so'zi yunonchada «umumiy ish» ma'nosini bildiradi. Respublika davlat boshqaruvining hokimiyat oliy idoralari muayyan muddatga saylanadigan shaklidir.

Respublikaning asosiy belgilari quyidagilardan iborat:



  • hokimiyat oliy idoralarining saylab qo'yilishi;

  • hokimiyat vakolatlarining taqsimlanishi;

  • hokimiyat oliy organlarining o'z qarorlarini saylangan muddati davomida qabul qilishi;

  • qonunlarning bajarilishini nazorat qiluvchi organ bo'lgan sudlar obro'iningortishi;

- fuqarolarning davlat ishlarini boshqarishda ishtirok eta olishi. Respublikalar prezidentlik respublikasi, parlamentar respublika

va aralash turdagi respublikalarga bo'linadi:



  • prezidentlik respublikasida davlatni xalq saylaydigan va juda keng vako-latlarga ega bo'lgan Prezident boshqaradi. U davlatning ham, hukumatning ham boshlig'idir. Bunday respublikada hukumatni prezident tuzadi.

  • parlamentar respublikada davlat boshlig'i saylanuvchi mansabdor shaxs bo'lib, nisbatan torroq vakolatlarga ega. Bunda prezidentni parlament saylaydi. U rasman davlat boshlig'i hisoblanib, asosan vakillik funksiyalarini bajaradi. Uning hukumatni tuzish va mamlakatni boshqarishda tutgan o'rni nomigagina ahamiyatga ega bo'ladi. U hukumatni boshqarmaydi (hukumatni bosh vazir boshqaradi). Ammo hukumat uni tarqatib yuborishi mumkin bo'lgan parlament oldida javobgardir. Parlamentar respublikaga Avstriya, Italiya, Germaniya misol bo'ladi.

  • respublika shaklidagi boshqaruvningyana bir ко'rinishi aralash boshqaruvdir. Bunday boshqaruvda prezidentlik va parlamentar respublikalar elementlari aralashib ketgan bo'ladi. Masalan, Fransiyada prezidentni xalq saylaydi. U juda katta vakolatlarga ega bo'ladi, ammo hukumatni boshqarmaydi.

Davlat tuzilishi shakli uning ma'muriy-hududiy tashkil etilishidir. Davlat tuzilishi bo'yicha barcha davlatlar quyidagi turlarga bo'linadi:

  • oddiy (unitar);

  • murakkab (federativ va konfederativ).


Yüklə 115,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin