Mavzu: Buddizm ta’limoti



Yüklə 6,26 Mb.
tarix25.09.2023
ölçüsü6,26 Mb.
#148368
SHAYBONIYLAR TARIXI

Mavzu: Shayboniylar tarixi

TAYYORLADI: Tibbiyot fakulteti 84F_23PI gurux talabasi Sobirova Mastura


Shayboniylar — Buxoro xonligida hukmronlik qilgan oʻzbek sulola (1500—1599/1601).
Shayboniyxon XV asr oxiri va XVI asr boshlarida toju taxt uchun oʻzaro kurashayotgan temuriy shahzodalar oʻzaro nizolari oqibatida Movarounnahrning asosiy shaharlari: Samarqand va Buxoroni osonlik bilan egallab, yangi davlatga asos solgan. Keyinchalik Movarounnahrning qolgan hududi va Xuroson ham bu davlat tarkibiga kiritildi. Ismoil I Safaviy bilan boʻlgan jangda Shayboniyxon oʻldirilgach 1510-yil, Koʻchkunchixon xon qilib koʻtarilgan. Uning vafotidan soʻng oʻgʻli Abu Saidxon qisqa muddat 1530—1533 yillarda hukmronlik qildi.
Shayboniyxonning jiyani Ubaydullaxon davrida poytaxt Samarqanddan Buxoroga koʻchirilgan va davlatning rasmiy nomi Buxoro xonligi deb ataladigan boʻlgan. Xususan, Ubaydullaxon Shayboniylar sulolasini saqlab qolish va uni mustahkamlashda muhim rol oʻynadi. Ubaydullaxon vafot etgach (1540), xonlik qisqa muddat 3 qismga boʻlinib, Buxoroda AbdulazizxonSamarqandda AbdullatifxonBalxda Pirmuhammadxon hukmronlik qilishgan. Abdullaxon II bu tarqoqlikka barham berib, xonlik hududini birlashtirgan va uni yanada kengaytirgan.
Abdullaxon II vafot etgach, uning oʻgʻli Abdulmoʻminxon va amakivachchasi Pirmuhammadxon II qisqa muddat xon boʻlishgan. XVI asr oxiri XVII asr boshlaridagi murakkab qaramaqarshiliklar natijasida Shayboniylar hokimiyatdan ayrilishdi. Soʻnggi shayboniy Pirmuhammadxon II oʻziga qarshi chiqqan Samarqand hokimi Boqi Muhammad bilan 1601-yil iyunda Samarqand yaqinidagi Bogʻi Shamolda boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchragach, taxtni topshirishga majbur boʻldi. Shunday qilib, 1601-yildan Buxoro xonligini yangi turkiy sulola — Ashtarxoniylar (Joniylar) boshqarishga kirishgan.
1500-yil Shayboniyxon Samarqandni deyarli urushsiz bosib oldi. XVI asr ortalarigacha Samarqand Shayboniylar davlatining poytaxti bolib turdi. O’sha vaqtdan rus bosqiniga qadar 1868 Buxoro amirligi tarkibida edi.
Shayboniylar dahmasi yoki Shayboniyxon supa maqbarasi haqida:
Samarqandning Registonida, Samarqand otaligʼi Bahodir Yalangtoʼshbiy tomonidan qurilgan, el orasida Tillakori va Sherdor deb ataladigan Madrasalar oraligʼida, Samarqand hukmdorlari boʼlgan Oʼzbek Xonlari Shayboniylar Sulolasini dahma -supa maqbara bor. Bu dahmadagi qabrlar dastlab Registondan biroz naridagi Shayboniyxon buyrugʼi bilan qurdirilgan “Madrasai Oliya”(Xoniya) madrasasining hovlisida boʼlgan. Keyinchalik Chor Rossiyasi maʼmuriyati va SSSR davridagi Shaharni qayta qurish jarayonlarida bu ochiq maqbara bir necha marotaba joydan joyga koʼchiriladi.
Dastlab bu supaga vafot etgan Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sulton (Ubaydullaxonning otasi) koʼmiladi, keyinchalik esa Shayboniylar oilasining boshqa aʼzolari, Shayboniyxonning onasi, oʼgʼillari, qizlari ham. Shaybonixonning boshsiz tanasi ham shu supa dahmada koʼmilgan,
Shaybonixonning qabri ustiga qoʼyilgan katta, naqshinkor bezakli, yozuvli marmar qabr toshi keyinchalik Samarqand Chor Rossiyasi boshqaruvida boʼlgan payti Sankt- Peterburgga olib ketilgan.
Supa atrofi Shayboniyxonning oʼgʼli Muhammad Temur Sultonning xotini Mehr Sulton xonim buyrugʼi bilan marmar toshlar bilan oʼrab chiqiladi. Bu supa ustiga oʼsha payti yogʼochdan ishlangan toʼrt ustunli tarixda “talar” yo tolor deb atalgan qurilma quriladi, lekin hozirgacha yetib kelmagan.
Shayboniylar memorchilik ishlarida ham qator yodgorliklar qoldirganlar. Turli maqsadga mo`ljallangan qurilish ishlarini amalga oshirganlar. Bu borada nafaqat sulola namoyandalari, balki o`z davrining ko`zga ko`ringan katta moddiy imkoniyatiga ega kishilari ham chetda qolmaganlar. Chunonchi, Samarqanddagi Muhammad Shayboniy qurdirgan Xoniya, Abu Said Kalbobo ko`kaldosh nomi bilan bog`liq madrasalar qurilgan.
Manbalarda yozilishicha, birgina Abulloxon II davrida mintaqada bir ming bitta ravot va sardoba qurilgan ekan. Shayboniylar davrida fan va madaniyatning rivojlanishida mazkur sulola namoyandalarning tutgan o`rni katta bo`lgan. Avvalo, ularning o`zlari nihoyatda o`qimishli shaxslar edilar. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon, Ko`chkinchixon, Ubaydulloxon, Abdulazitzxon kabi Shayboniylar turkiy va forsiyda sher bitganlar. Diniy va dunyoviy ilmlarda yetarli salohiyatga ega bo`lganlar. Ubaydulloxonning musiqa ilmiga katta rag`bati bo`lgani, musiqiy asboblar chalgani, nozik xusnixat egasi bo`lgani malum.
Shayboniylar davrida ham tarix ilmi juda rivoj topgan. XVI asr tarixini yoritib beruvchi “Tavorixi guzidai nusratnoma”, Mulla Shodiyning “Fathnoma”, Binoiyning “Shayboniynoma”, Muhammad Solihning “Shayboniynoma”, Abdulloh Nasrullohning “Zubdat al-asror”, Fazlulloh Ro`zbekxonning “Mehmonnomai Buxoro”, Zayniddin Vosifiyning “Badoi ul vaqoye”, Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” kabi mumtoz tarixiy asarlari fikrimiz dalilidir. Bundan tashqari Muhammad Shayboniyxon davrida Binoiyning “Ajoyib ul Maxluqot” geografik asarini ham aytishimiz mumkin, deb o`tilgan mavzuga xulosa yasaladi.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Yüklə 6,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin