Kam qavatli turar-joy binolari



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə1/6
tarix05.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#172819
  1   2   3   4   5   6
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

    1. Kam qavatli turar-joy binolari


Ko‘p xonadonli uylardan farqli ravishda, kam qavatli qo‘rg‘oncha turidagi hovlili uylar yuqori gigiyenik sifatlarga ega, bular yashash talablariga to‘liqroq javob beradi. Xonadonlar katta yorug‘lik frontiga ega bo‘lib – barcha tomondan yoki ikki xonadonli uylarda uch tomondan yoritilgani sababli, uylar yaxshi insolyatsiyaga ega va barcha xonalar yaxshi shamollatiladi. Ularni qurish osonroq, chunki ko‘p hollarda uylar chegaralangan yo‘nalishga ega bo‘lishi mumkin. Yer uchastkasida binoning alohida joylashuvi yashash sharoitini yaxshilaydi. Xonadonlar shovqinli yo‘llar va qo‘shni maydonlardan uzoqroq joylashtirilgan bo‘ladi. Ikki xonadonli uylarda xonadonlarning qo‘shnichiligiga noqulaylik tug‘dirmaydi. Kirish eshiklari, ayvonchalar va terassalar uyning turli tomonidan joylashtirilgan bo‘lib, bir-biri bilan kesishmaydi. Xonadonlarning alohidaligi ular orasida qurilgan xo‘jalik qurilmalari yoki ajratuvchi devorlarni qurishga imkon beradi.
Qo‘rg‘oncha turidagi hovlili uylar o‘zining yer maydoniga ko‘ra ikki xil bo‘ladi, shahar va qishloq uylari. Shahar va qishloq hovlili uylari asosan 1yoki 2 qavatli qilib quriladi. Ular yer maydonining katta –kichikligiga qarab, yerdan foydalanish harakteriga ko‘ra va arxitekturaviy-tarhiy yechimi bo‘yicha farqlanadi. Shahardagi hovlili uylarning maydoni katta bo‘lmaydi (200-600 m.kv.), bu yerda aholini yashashdan maqsad yoz kunlari ochiq muhit –hovlidan foydalanishdir. Lekin qishloq uylarida aholi o‘zining shaxsiy tomorqasiga ega bo‘lib, u erda ishlaydi. Qishloq hovlili uylarining maydoni 0,15 gacha bo‘lishi mumkin.
Hovlili uyning uchta asosiy turi mavjud: alohida binoli uylar – turar-uy va hovlidagi xo‘jalik qurilmalari bilan; xo‘jalik xonalari uy ichiga yoki uyga ulab qurilgan hovlili uylar va ichki turar-uy hovlisi atrofida turar-uy va xo‘jalik xonalari kompleksi ega, rivojlangan tuzilishga ega hovlili uylar (4.3-rasm).
Qo‘rg‘oncha turidagi hovlili uyni tashkil qilish uy rejasiga ya’ni, birinchi navbatda, undagi turar-uy va xo‘jalik hududlarining o‘zaro joylashuviga ta’sir ko‘rsatadi.



Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin