Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova
4.3-rasm. Qo‘rg‘oncha turidagi hovlili uyning joylashuvi:
1-yashashxonalari;2-xo‘jalikxonalari. Xo‘jalik hududida xo‘jalik qurilmalari yoki shaxsiy xo‘jalik yuritish uchun zarur bo‘lgan xonalar joylashadi. Hudud (zona)larga bo‘lishning uchta prinstipial sxemasini ko‘rsatish mumkin: xonadonning xo‘jalik hududi uyning orqa tomonida joylashadi; agar shaxsiy xo‘jalik minimal o‘lchamda yoki umuman mavjud bo‘lmasa, xo‘jalik hududi yon tomonda yoki ko‘cha tomonda joylashishi mumkin (4.4-rasm). Uyning yashash qismi esa, yashash xonalarining ko‘chaga nisbatan yo‘nalishiga ko‘ra, yorug‘lik tomonlariga ko‘ra, asosiy kirish eshigining joylashuvi va xonadonning xo‘jalik xonalari holatiga ko‘ra, joylashtiriladi.
Bir xonadonli o‘ylar hajmiy-rejaviy harakteristika bo‘yicha bir va ikki qavatli uylarga bo‘linadi. Uyning ikki turi xam, hovliga chiqarilgan xo‘jalik qurilmali ham va shaxsiy xo‘jalik xonalari uy hajmi bilan bir bo‘lgan ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
4.4-rasm. Bir xonadonli uyning hududiy sxemasi:
1-xo‘jalikhududi;2-yashashhududi;3-uygakirishjoyi;4-hovligachiqishjoyi.
Bir qavatli (sathli) uylar. Bu turdagi uylar xonadonlari ikki, uch, to‘rt va besh xonali bo‘lishi mumkin. Ko‘p sonli xonalarga ega turar uylarni esa, yaxshisi ikki qavatli Turar-joy xonadonlarida joylashtirish maqsadga muvofiqdir (4.5-rasm).
Qishloq aholisi 1qavatli uylarni qurishga moyilroq bo‘ladi, chunki ular yer bilan uzviy bog‘langan bo‘ladilar. Bundan tashqari bir qavatli uylarning tarhi oilaning o‘sishiga mos bo‘lib, ko‘pincha uylarni qurishga qulaydir. Uy maydonini kengaytirish uchun sharoit bo‘lsa ham, bu jamoa xo‘jaligi uchun noqulaydir, chunki o‘zlashtirilgan yerni boshqa yerga almashtirishda muammolar tug‘ilishi mumkin.
4.5-rasm. Qo‘rg‘oncha turidagi hovlili uy.
Bir qavatli bir xonadonli uylarning hajmiy-tarhiy yechimlarining keng tarqalgan usullaridan biri uyga kirish qismi binoning tarz qismida joylashgan bo‘lib, ho‘jalik xonalari binoning ichkarisida ya’ni orqa tarafida joylashadi. Bunday joylashish usulida uchta yashash xonasidan ikkita yashash xonasi doimo ko‘chaga qaragan bo‘ladi. Sanitar tugunlar qoidaga ko‘ra tashqi devorlarda joylashib, bunda xonadon ichi kommunikatsiyalari minimal bo‘ladi (4.6-rasm).