Kam qavatli turar-joy binolari


-rasm. Yuqori komfortli Turar-joy binosi. Arxitektor R.Saharova



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə5/6
tarix05.12.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#172819
1   2   3   4   5   6
Turar joy va jamoat binolarini loyihalash Abdujabborova

4.11-rasm. Yuqori komfortli Turar-joy binosi. Arxitektor R.Saharova.


A- birinchi qavat tarhi; B- ikkinchi qavat tarhi; V- stokol qavat tarhi.

Ikki xonadonli uylarning tarhiy yechimi prinsipi bir xonadonli uylarga o‘xshashdir. Ular bir va ikki qavatli ham bo‘lishi mumkin. Bu uylarning farqli xususiyati – bu har bir xonadonda (ular orasidagi umumiy) bir devorning yaxlit bo‘lishidir. Ikki xonadonli uylarda ikkala xonadon sanitar bo‘g‘inlari va oshxonalarni blokirovkalashga intilish lozim.


Blokli uylar. Bu xildagi turar - uy joylardan shahar mahallalarida (kichik tumanlarda) foydalanilib, ko‘p oilalilarga mo‘ljallangan. Bir qavatli blokli uylar asosan qishloq joylarida va tuman markazlarida foydalanilgan, hozirda esa o‘z samaradorligini yo‘qotgan. Hozirgi paytda qishloq joylarida yashovchi oilalar tomorqadan unumli foydalanilmayotgani tufayli blokli uylar 2 qavatli qilib qurilmoqda. Har bir xonadon uchun 50-100 m2 tomorqa ajratilgan, yozning iliq kunlarida o‘z vaqtlarini o‘tkazish uchun tomorqa gulzorlar, yozgi soyabonlar, hovuzcha, bolalar o‘ynashi uchun qum yashigi va hokazolardan iborat bo‘lishi mumkin (4.12-rasm).



4.12-rasm. Qishloq uylarining tarhiy yechimi.
Hovlili binolarni qurishda asosan mahalliy, qimmat bo‘lmagan qurilish materiallaridan foydalanish kerak: xom g‘isht, pishgan g‘isht, taxta, ganch, alebastr va hokazolar. Ammo qishloq qurilishini industrial va mexanizatsiya usuli bilan tez qurish uchun zavodda tayyor bo‘ladigan elementlar: bloklar, panellar, temir-beton yopqichlar va boshqalarga o‘tishga to‘g‘ri keldi va bular hovlili uylarning loyihalari harakteriga ta’sir qildi. Shuning uchun zavodda tayyor bo‘ladigan elementlarning o‘lchoviga qarab loyihalash paytida bino o‘lchovlari shu elementlar o‘lchoviga qarab olinadi. Ammo mahalliy qurilish materiallari hali ham o‘z qiymatini yo‘qotgani yo‘q va shuning uchun me’mor oldiga ularni zavodda tayyor bo‘ladigan qurilish materiallari bilan aralashtirib ishlatish vazifasi qo‘yiladi.



    1. Yüklə 1,77 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin