turizm operatorlik xizmatini tashkillashtirishning asoslari
7.4.Dengiz transportida turistlarni tashish. Odamlarni suvda tashish transport vositalari yordamida sayohat qilishning eng
qadimgi turlaridan biridir. Dastlab odamlar buning uchun yog‗och sollar va qayiqlardan
foydalanganlar. Hozirgi zamon turizmida ularni noan‘anaviy transport turlariga kiritish
mumkin. Fan-texnika taraqqiyoti ulkan teploxodlar — o‗z bortiga yuzlab yo‗lovchilar
olish, ularni qulay shart-sharoitlarda uzoq masofalarga tashish, dengiz va okeanlar
bo‗ylab, hatto muzliklar orasida sayohatlar qilishga qodir laynerlar yaratilishiga olib
keldi.
Xizmat ko‗rsatish sohasiga qarab,
hozirgi zamon suv transporti dengiz va daryo transportiga bo„linadi. 1958 yilda tuzilgan Xalqaro dengiz tashkiloti – IMO (International Maritime
Organization) dengizda kema qatnovi masalalari bilan shug‗ullanuvchi xalqaro
tashkilotlardan biri hisoblanadi. U dengizda yo‗lovchi va yuk tashish sohasida, shu
jumladan dengizda suzish xavfsizligi va dengizni ifloslanishdan saqlash bilan bog‗liq
xalqaro hujjatlarni ishlab chiqadi. Ushbu tashkilot faoliyati natijasida dengizda xalqaro
yo‗nalishda yo‗lovchi va yuk tashish masalalarini tartibga soluvchi bir qancha
konvensiyalar imzolandi: «Dengizda inson hayotini qo‗riqlash to‗g‗risidagi xalqaro Kon-
vensiya» (1974); «Dengizda yo‗lovchi va yuk tashishning ba‘zi bir qoidalarini
yagonalashtirish to‗g‗risidagi xalqaro Konvensiya» (1967); «Dengizda yo‗lovchi
tashishning ba‘zi bir qoidalarini yagonalashtirish to‗g‗risidagi xalqaro Konvensiya»
(1981); «Dengizda halokatga uchraganlarni qidirish va qutqarish to‗g‗risidagi xalqaro
Konvensiya» (1979); «Dengizni chiqindilar va boshqa materiallar bilan ifloslanishining
oldini olish to‗g‗risidagi Konvensiya» (1972) va b.
Agar
dengizda yo„lovchi tashish kruiz xususiyatiga ega bo„lsa, dengizda
yo‗lovchi tashish to‗g‗risidagi shartnomaga mijozga xizmat ko‗rsatish sohasiga,
chunonchi: ovqatlanish, ko‗ngilochar tadbirlar, ekskursiya dasturiga tegishli bo‗lgan
qo‗shimcha bitimlar tuziladi.
Savdo maqsadlarida dengizda suzish kodeksining boblaridan biri