58
Inson hozirda Jizzaxga borish uchun harakatlanish vositalarining eng tezkoridan
foydalanadi. Vaqtdan foydalanish nuqtai nazaridan o‗tmishda asosiy transport vositalari
bo‗lgan arava, ot, tuya va eshakdan shaharlararo harakatlanishda hozir foydalanilmaydi.
Shuningdek, Jizzaxga zamonaviy transport vositalari bilan qisqa muddatda yetib
borgan inson shahar atroflaridagi tog‗larga chiqmoqchi bo‗lsa, o‗sha o‗tmishdagi asosiy
transport vositalari bo‗lgan ot, eshak yoki aravadan foydalanishga majbur bo‗ladi. Bu
mahalliy transport turlarining ham o‗z yo‗li - marshrutlari bor. Demak, insonning
harakatlanishi vaqt davomida tezlanib borib, sharoit bo‗yicha sekinlashadi, marshrutlar
esa deyarli o‗zgarmasdan yoki texnik, qulaylik jihatidan o‗zgarishi mumkin. Aniqrog‗i,
marshrutlar - insonning ham texnika yordamida ham piyoda yoki hayvonlar yordamida
yuradigan yo‗lidir.
Endi, turistik marshrut deyilganda bu yuldan turist maqomini olgan yakka inson
yoki insonlar guruhi yuradigan harakatlanadigan, ma‘lum bir makonga boradigan va
qaytadigan yo‗l tushiniladi.
Dostları ilə paylaş: