8.3.Turlarning xillari va turistik marshrutlar. Hozir turizm marshrutlari quyidagi marshrutlarga bo‗linadi:
1.
Qadimgi marshrutlar.
2.
Buyuk geografik kashfiyotlar davridagi marshrutlar.
3.
O‗zgartirilgan marshrutlar
4.
O‗zgarmaydigan marshrutlar
5.
Tiklanadigan marshrutlar.
6.
Tiklanmaydigan marshrutlar
7.
Yangi, zamonaviy marshrutlar.
Qadimiy marshrutlar insoniyatning
to
buyuk
geografik
kashfiyotlarigacha bo‗lgan davrni o‗z ichiga oladi. Dastlabki marshrutlar oldindan
o‗rganiladigan joylarga sayohatlar uyushtirish hisoblanadi. Insoniyat taraqqiyotida
qadimiy ibtidoiiy odamlarning ovqat izlab ko‗chib yurishlarining izlari ham hozir
topilgan, isbotlangan. Eng katta va dastlabki sayohat Misr firavni Nexao topshirig‗i
bo‗yicha Afrikaning dengiz qirg‗oq chiziqlari bo‗ylab amalga oshirilgan 3 yillik sayohat
hisoblanadi. Bu sayohatni Finikiyaliklar amalga oshirdi. Ular kemalarda qizil dengizdan
hind okeaniga chiqishdi. 3 yildan so‗ng Gibraltar bo‗g‗ozidan o‗tib O‗rta yer dengizi
orqali Misrga yetib kelishdi. Bunday sayohatlar tarixda juda ko‗plab qayd qilingan.
Nexao topshirig‗i bo‗yicha fininiyaliklar sayohtini keltirganimizning bosh sababi
shundaki, aynan shu sayohatdan keyin 2 ta qit‘a nomlandi:
1.
«acy», «azy» - kun chiqar – keyinchalik Osiyo nomi
2.
«ereb» - kun botar – keyinchalik Yeropa nomi
Qadimiy marshrutlarni harakatlanish jihatidan 2 xil sharoitga bo‗lishimiz mumkin:
1.
Dengiz – suv yo‗li marshrutlari.
2.
Quriqlikdagi marshrutlar.
Dengizlar orqali amalga oshirilgan marshrutlar: Fernando Magellanning yer shari
bo‗ylab sayohati, Robert Skott va Raul Amundsenning shimoliy va janubiy qutblarga
sayohatlari, Semyon Dejnyov va Vitus Beringning shimoliy muz okeani bo‗ylab
sayohatlari, M.Lazarov va N.Lisyanskiyning janubiy qutbga sayohati, Mikluxo Maklay
sayohati, Xristofor Kolumb va Jeyms Kukning okeanlar bo‗ylab sayohatlari marshrutlari.
59
Quruqlikda o‗tgan eng katta marshrut – «Buyuk ipak yo‗li» marshruti hisoblanadi.
Shuningdek, xitoylik Chjan Syan yurgan yo‗l ham jahondagi eng katta marshrutdir.