O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 67,95 Kb.
səhifə14/21
tarix24.03.2023
ölçüsü67,95 Kb.
#89615
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21
O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

3) Axborot funksiyasi. Jismoniy madaniyat vositalari va ularni ko‘paytirish yo‘lida, avloddan avlodga qimmatbaho ma’lumotlarni qoldirishda va ularni yig‘ishda inson va uning imkoniyatlari katta o‘rin egallaydi.
Jismoniy madaniyat sohasida yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar insonni o‘zini tabiiy sifatlarini takomillashtirish va uni yutuqlarini tashish axboroti bo‘lib xizmat qiladi. Kundan kunga jismoniy tarbiya va sportda ko‘pgina yangi ma’lumotlar paydo bo‘lyapti va ular asoisda qonuniyatlar topilayapti.
Masalan: sportni ilmiy tomondan tekshirish, bizning organizmimizning funksional imkoniyatlarini, fiziologiyada hozirgacha ma’lum bo‘lmagan faktlarni ochib berdi.
Bugungi kunda jahonda sport bo‘yicha musobaqalar xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga, insonlar salomatligini rivojlantirishga, turli xil kasalliklarni oldini olishga qaratilgandir. Sportni ommaviy tarzda targ‘ib qilinishi o‘sib kelayotgan yosh avlodni ham, butun dunyo ommasini ham unga jalb qilishdir.
5-6. Mavzu: Jismoniy tarbiya nazariyasi bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqot uslublari
Barcha ilmiy fanlar kabi jismoniy tarbiya nazariyasi ilmiy izlanish uslublaridan foydalanadi.
Hozirgi kunda ilmiy tekshirish uslublarining turlicha xillari bo‘lib, qo‘shma fanlarning tadqiqot uslublaridan, ayniqsa, fiziologiya, antropologiya, bioximiya, psixologiya va ijtimoiy-tarixiy izlanish uslublariga ko‘proq ehtiyoj sezilayotganligi ahamiyatga molik.
Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy ilmiy tadqiqot uslubiyatlari - nazariy tahlil va umumlashtirish, pedagogik kuzatish, eksperiment (tajriba) va matematik hisoblashdan iboratdir.
1. Ilmiy tadqiqotda nazariy tahlil va umumlashtirish usuliyati
Ma’lumki, nazariy tahlil va umumlashtirish adabiyot materiallarini to‘la tahlil qilish va umumlashtirishdan boshlanadi. Adabiyot materiallarini to‘liq o‘rganib chiqish juda qiyin. Uhar 4-5 yilda yana shunchadanga ko‘payadi. Bundan tashqari ilmiy jurnallardagi tadqiqotlarhaqidagi maqolalar bir necha marotaba ko‘paymoqda. Bunda yordamchi ilmiy predmet - “bibliografiya” fani tadqiqotchining ishini yengillashtiradi. U nashr qilingan adabiyotlarni tartibga soladi va ro‘yxatini tuzib chiqadi. Retrospektiv uslub orqali sistemaga solish Ma’lum davr ichidagi mavjud adabiyotlarning ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha yangiliklarga qisqa izoh beradi.
Bundan tashqari, tadqiqotchi “bibliografik tavsifno-ma”danham foydalaniladi. Tavsifnoma yangi chiqqan adabiyot uchun yozma ravishda yoki referat sifatida (ilmiy ish natijasini qisqartirganholda) tayyorlaydi, unga izoh beradi.
Bibliografik izlanish esa tadqiqotchining adabiyotlar ustidagi birlamchi ishi bo‘lib, tadqiqotchi izlanishi orqali topilgan qarama-qarshiliklar ustida nazariy baxs yuritadi, ularni bir-biri bilan taqqoslaydi.
Nazariy tahlil va umumlashtirishning yana bir usuliyatihujjat materiallari ustida ishlashdir. Jismoniy tarbiyaning ko‘p tomoni amaliy mashg‘ulotlar uchun tuzilgan rejalar, kundaliklar, konspektlar, hisobotlar va shunga o‘xshashlarda ifodalanadi. Ular albatta amaliyotni nazarda tutganholda tuzilgan bo‘ladi. Ularni ilmiy jihatdan chuqur o‘rganish kutilmagan natijalarni berishi mumkin. Masalan, jahonning kuchli sportchilarini tayyorlash va ularning shug‘ullanish rejalarini solishtirish, malakali sportchilarning kundalik-lari, xaftalik, oylik, yillik jismoniy yuklarninghajmi, miqdori, bajarish intensivligi va boshqalar tadqiqotchiga manba bo‘lishi mumkin.
Ilmiy tadqiqot uchun musobaqa materiallari, ko‘p yillik trenirovkalarning natijalarini o‘rganishham tadqiqot oboekti bo‘lib xizmat qiladi.
Ilmiy maqsadda tuzilgan turli xil anketalarhamhujjat materiallari bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tuzilgan savollarga “ha” va “yo‘q” deb javob berishham ko‘p xulosalarga olib keladi.

Yüklə 67,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin