18
o’zgartira borib, ularni o’z talab htiyojlariga moslashtira olishga
taalluqlidir.
Iqtisodiy tafakkur qadim zamonlardan buyumlar qiymati yuzaga
kelishi sirini tushunib etishga urinib kelgan. Qadimgi yunon faylasufi
Arastuning asarlarida tovarlar qiyoslana olishi muammosi tilga olingan
edi. Siyosiy iqtisodning ajralmas qismi bo’lgan mehnat to’g’risidagi fanni
rivojlantirishga ingliz iqtisodchi olimi Adam Smit nihoyatda katta hissa
qo’shdi.
A. Smitdan keyin iqtisodiyotda bir-biridan tubdan farq qiladigan,
insoniyat tarixiy rivojlanishining borishiga benihoya muhim ta’sir
ko’rsatgan ikki yo’nalish: qiymatga oid mehnat nazariyasi va ishlab
chiqarish omillari nazariyasi shakllandi.
Dostları ilə paylaş: