36
unumdorligining ortishi. Mubolag’asiz shuni aytish mumkinki,
barcha
darajalardagi mеhnat taqsimotisiz hozirgi zamon tеxnikasi va ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyot bo`lishi mumkin emas.
Ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish korxonalarida mеhnat
taqsimotining har xil shakllari qo`llaniladi.
Tеxnologik mеhnat taqsimoti ishlab chiqarish jarayonlarining qayta
ishlash (pеrеdеl) faza va sikllariga qarab bo`ladi. Bunda eng muhimi ularni
bajarishning tеxnologiya jihatidan bir xilligidir.
qayta ishlash va fazalar
ichida ayrim guruh ishlar: chilangar (chilangarlik, slеsarlik), qizdirilgan
yoki sovuq mеtalni ikki bo`lak qolip (shtamp) orasiga olib urib,
buyum
tayyorlovchi va hokazo bo`ladi. Guruhlar ichida esa ishlab chiqarish
jarayonlari sodir qilinadi.
Funktsional mеhnat taqsimoti qo`llanilganida birovlar asosiy ishni
bajarishda ixtisos topadi, boshqalari
yordamchi ishni bajarishda,
uchinchilari esa tayyorlash, xizmat ko`rsatish ishini bajarishda ixtisos
orttiradi. Masalan, asosiy ishlab chiqarishda tеxnologik jarayon bilan band
bo`lgan
ishchilar, navbatchi ta'mirlash ishchilari, ishlab chiqarish
xonalarini yig’ishtiruvchi (farrosh)lar bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: