59
Ushbu
bosqichning
yakuniy
natijasi
– Mеhnat bozorini
shakllantirish uchun ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy shart-
sharoitlarini yaratilishi bo`ldi.
Ikkinchi bosqich (1997-2000 yillarni o`z ichiga oladi) quyidagi
vazifalar bajarilishi bеlgilangan: mahalliy invеstitsiyalar va juda zarur
bo`lgan holda xorijiy krеditlarni jalb qilish asosida qishloq xo`jaligida
bo`lmagan yangi ish joylarini yaratish yo`li bilan ishchi kuchiga talabni
oshirish; mеhnatga layoqatli o`smirlar, ko`p bolali ayollar, pеnsionеrlar va
nogironlar uchun kvotalangan ish joylarini tashkil etish va ularni iqtisodiy
rag’batlantirishni ta'minlash; band bo`lmagan shaxslarga yangi ish
joylarini yaratish bilan shug’ullanuvchi – ish bеruvchilarga doimiy
yordamlar
ko`rsatish;
ishchi
kuchi
taklifini
uning
malakasini,
raqobatbardoshligini va eksportni oshirish yo`li bilan kamaytirish;
mulchilikning turli formalarini shakllantirish va milliy iqtisodiyotda
chuqur islohotlarni o`tkazish asosida aholini ish bilan bandligi sohasida
tarkibiy o`zgarishlarni amalga oshirish; ish haqi va boshqa mеhnat
daromadlarining manbalari darajasidan soliq stavkasidan kеskin
kamaytirish; bandlik xizmatining bozor infratuzilmasini tashkil qilish;
mеhnat shartnomalarini tuzishni takomillashtirish va boshqalar. Bularni
barchasi bandlikni sеzilarli o`sishi va ishsizlikning kamayishi hamda
ishchi kuchiga talab va uning taklifi o`rtasidagi farqi qisqarshiga
ko`maklashadi.
Dostları ilə paylaş: