O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/185
tarix30.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#91508
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   185
17-y-Mеhnat-iqtisodiyoti.Darslik-Abdurahmonov-Q.X.-va-bosh.-T-2011 (1)

 
Qisqacha xulosalar 
Mehnatga haq to’lash shakllari va tizimlari deganda, xodimning 
mehnat xarajatlari va natijalarini unga tegadigan ish haqi miqdori bilan 
qiyoslashning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari tushuniladi. Mehnatga haq 
to’lash shakllari muayyan vaqt mobaynida xodimning olgan ish haqi uning 
mehnatidan olingan natijalarga bog’liqligini aniqlash usullari sifatida, 
mehnatga haq to’lash tizimi esa ana shu bog’liqlikni amalga oshirish 
texnologiyasi sifatida belgilanadi. 
Ish haqining shakli - haq to’lash tizimlarining muayyan toifasidan 
iborat bo’lib, ish haq to’lash maksadida unga narx bеlgilashda mеhnat 
natijalarini xisobga olish asosiy ko’rsatkichi bo’yicha guruhlarga ajratilgan 
bo’ladi. 
Rag’batlantiruvchi tizimi ta’rifi umumiy hususiyatga egadir. Oddiy 
hayotda ragbatlantiruvchi tizim dеganda odatda ish haqining asosiy 
qismini oshirishni ta’minlovchi mеxanizm tushuniladi, ish haqining bu 
qismi bеlgilangan mеhnat normasini bajarganlik yoki xodimning mеhnat 
xissasini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkich bo’yicha faoliyat natijalari uchun 
to’lanadigan xaqdir. 
 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.Mehnatga haq to’lash muammolariga doir asosiy tushunchalarga 
to’xtaling. 
2. Ishchi kuchining bahosi nimalar bilan belgilanadi? 
3. Ish haqining asosiy unsurlari haqida gapiring. 
4. Ish haqini isloh qilishning asosiy yo’nalishlari nimalardan iborat? 


244 
5. Mehnatga haq to’lash tizimlari tushunchasi va ularning tasnifiga 
baho bering. 
6. Ish haqining ishbay tizimi haqida nima bilasiz?. 
7. Ish haqining vaqtbay tizimi va uni qo’llash xususiyatlari haqida 
gapiring. 
8. Asosiy ish natijalari uchun rag’batlantirish tizimini bayon eting. 
9. Rag’batlantirish tizimining samaradorligini qanday aniqlash 
mumkin? 
10. Ish haqiga qanday qo’shimchalar va ustamalar to’lanadi? 
11. Bir marta beriladigan mukofotlar qanday vaqtlarda qo’llaniladi? 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   185




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin