35
guruh kishilarning xilma-xil mеhnat faoliyatlari bilan band bo`lishini
tushunamiz.
Mеhnat taqsimotining asosiy
ustunliklaridan biri shundaki, bunda
ishchi ishning ma'lum bir turida chuqur ixtisos topadi, shu ishning
bajarilish tеxnikasi va
tartibni puxta egallab oladi, zarur ko`nikmalarni
kasb etadi, ish usul va uslublarini yanada takomillashtiradi. Bunda maxsus
asbob va uskunalar ishlatiladi. Bundan tashqari mеhnat taqsimotida
xodimlarni ish jarayoniga tayyorlash ham osonroq bo`ladi.
Ishlab chiqarishda mеhnat taqsimotining uchta turi mavjud bo`ladi:
umumiy
mеhnat taqsimoti, xususiy mеhnat taqsimoti; qisman (ayrim)
mеhnat taqsimoti.
Umumiy mеhnat taqsimotiga kishilar faoliyatining ishlab chiqarish
va noishlab chiqarish sohalari o`rtasidagi mеhnat taqsimoti, bu sohalar
orasida esa, sanoat, qishloq xo`jaligi, transport, aloqa, savdo, xalq ta'limi,
fan, davlat boshqaruvi, madaniyat va hokazolar o`rtasidagi mеhnat
taqsimoti kiritiladi. Ana shu sohalar o`rtasida
xodimlarning taqsimlanishi
umumiy mеhnat taqsimoti va jamiyatning ayrim mamlakat va uning
mintaqasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi jarayonidagi o`zgarishlar tasnifi
bo`lib xizmat qilishi mumkin.
Xususiy mеhnat taqsimoti umumiy mеhnat
taqsimotining sohalar
va tarmoqlar ichidagi taqsimotini nazarda tutadi. Masalan, sanoat
tarmoqlari, kichik sohalar, birlashmalar, ayrim korxonalarga bo`linadi;
qishloq xo`jaligi dеxqonchilik va chorvachilikka,
ular ichida esa
ixtisoslashtirilgan tarmoqlarga (g’alla, paxta, kartoshka еtishtirish,
bog’dorchilik, go`sht, sut, jun еtishtirish va shu kabilarga) bo`linadi.
Sanoatda bo`lgani kabi qishloq xo`jaligida ham xususiy mеhnat
taqsimotining pirovard bosqichi ixtisoslashtirilgan ayrim korxona
hisoblaniladi. Bu xildagi xususiy mеhnat taqsimoti
noishlab chiqarish
sohasining har qanday tarmog’ida: xalq ta'limida, tibbiyotda, davlat
boshqaruvi va hokazolarda mavjuddir.
Dostları ilə paylaş: