O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


partada o‘tirgan holda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Og‘zaki



Yüklə 1,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix05.04.2023
ölçüsü1,49 Mb.
#93660
1   2   3
Kuni uzaytirilgan guruhlarda ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi


partada o‘tirgan holda o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Og‘zaki
darslarda badantarbiya daqiqalarini partada o‘tirgan holda o‘tkazsa
ham bo‘ladi, chunki bunday paytda o‘quvchilar erkin holda
o‘tirib, o‘z gavdalari muvozanatini tez-tez o‘zgartirib turish
imkoniga ega bo‘ladilar.


228
Odatda, mashg‘ulotlar majmuasi quyidagi tarzda tuziladi:
birinchisi: kerishish, qadni rostlash turidagi, so‘ngra ikkita
dinamik intensiv mashqlar va oxirgisi — osoyishta bajariladigan
mashqlardir.
Badantarbiya daqiqalarini o‘tkazish zarur va uning vaqti o‘qi-
tuvchi tomonidan belgilanadi. Boshlang‘ich sinflarda badantarbiya
daqiqalari mashqlarini o‘qituvchining o‘zi o‘tkazadi, shuning
uchun u badantarbiya majmuasini yaxshi bilishi, uni amalda
ko‘rsata bilishi va to‘g‘ri bajarilishini kuzata olishi kerak.
O‘qituvchi shu majmuani o‘rgatar ekan, dastlab mashqlarni o‘zi
bajarib ko‘rsatishi lozim. Keyinchalik o‘quvchilar uni o‘rganib
olganlaridan so‘ng takrorlaydilar.
Mashq qilayotgan o‘quvchilarning erkin va chuqur nafas oli-
shiga o‘qituvchi alohida e’tibor berishi zarur. Ammo badantarbiya
daqiqasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan va metodik jihatdan to‘g‘ri
o‘tkazilgan taqdirdagina foyda keltirishi mumkin.
Quyida darslar davomida o‘tkaziladigan «badantarbiya daqi-
qasi»
1
uchun namunaviy mashqlar keltirildi.
1
K. Hoshimov, M. Normuhamedova, T. Usmonxo‘jayev. «Kuni uzaytirilgan
guruhlarda tarbiyaviy ishlarni tashkil etish» metodik qo‘llanmasidan olindi. —
T.: «O‘qituvchi», 1991.


229
BADANTARBIYA DAQIQASI
I sinf
1-majmua
(Partada o‘tirgan holatda bajariladigan mashqlar)
1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar partaning qirrasiga qo‘yi-
ladi.
Bajarilishi: 1) o‘rindan turish; 2) dastlabki holatga qaytish.
2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilgan.
Bajarilishi: gavdani o‘ng tomonga burib, o‘ng qo‘lni tirsaklar
bilan o‘tirgichning suyanchig‘iga tegizish; dastlabki holatga
qaytish.
3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bosh orqasida, tirsaklarni
old tomonga qaratish:
Bajarilishi: tirsaklar yon tomonga uzatiladi; egiladi; dastlabki
holatga qaytish.
2-majmua
(Partada o‘tirgan holatda bajariladigan mashqlar)
1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar parta ustida.
Bajarilishi: qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib kerishish; dastlabki
holatga qaytish.
2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar orqa suyanchiqning yoni-
dagi o‘tirgichda.
Bajarilishi: oldinga engashib, qo‘llarning uchini polga tegi-
zish; harakat qilish; dastlabki holatga qaytish.
3-mashq. Dastlabki holat: tirsaklar parta ustida.
Bajarilishi: barmoqlarni musht qilib tugish va yozish.
3-majmua
(Partada orqasida turib)
1-mashq. Dastlabki holat: sherigiga orqa o‘girib, qo‘llarni
belga qo‘yib turadi.
Bajarilishi: orqaga egilib, sherigining qo‘liga qo‘lini tegizish;
dastlabki holatga qaytish.
2-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar bosh orqasida.
Bajarilishi: gavdani o‘ng tomonga burish; dastlabki holatga
qaytish. Shuning o‘zini chap tomonga bajarish.


230
3-mashq. Dastlabki holat; to‘g‘ri va tik turish.
Bajarilishi: asta-sekin qadam tashlab, o‘ng tomonga burilish.
4-majmua
(Partada orqasida turib)
1-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar belda, bosh barmoq oldiga
qaratilgan.
2-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar belga qo‘yilgan.
Bajarilishi: ikki marta o‘ng tomonga prujinasimon engashish;
Shu mashqni chap tomonga to‘xtatmasdan bajarish.
3-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar bel orqasida.
Bajarilishi: yarim cho‘kkalab o‘tirish; dastlabki holatga qaytish.
5-majmua
(Partada yonida tik turgan holda bajariladigan mashqlar)
1-mashq. Dastlabki holat; oyoqlar yelka kengligida, qo‘llar
yelkaga qo‘yilgan.
Bajarilishi: oyoq uchida ko‘tarilish, tirsaklarni yon tomonla-
riga ko‘tarish, dastlabki holatga qaytish.
2-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar orqaga qo‘yilgan.
Bajarilishi: oyoq uchlarida cho‘kkalab o‘tirish, dastlabki
holatga qaytish.
3-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar yelkaga qo‘yilgan.
Bajarilishi: chapga engashish; dastlabki holatga qaytish; o‘ngga
engashish; dastlabki holatga qaytish.
6-majmua
1-mashq. Dastlabki holat; to‘g‘ri va tik turish.
Bajarilishi: barmoqlarni tugish va yozilgan holida sekin-asta
qo‘llarni yuqoriga ko‘tarish, dastlabki holatga qaytish.
2-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar bosh orqasiga qo‘yilgan.
Bajarilishi: o‘ng oyoqni orqaga qo‘yish; dastlabki holatga
qaytish. Shu mashqni chap oyoqda takrorlash.
3-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar belga qo‘yilgan.
Bajarilishi: tizzadan bukilgan o‘ng oyoqni oldinga ko‘tarish,
dastlabki holatga qaytish; shu mashqni chap oyoq bilan bajarishni
takrorlash.


231
II sinf
1-majmua
(Partada o‘tirgan holda bajariladigan mashqlar)
1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bosh orqasida, barmoqlar
birlashtirilgan.
Bajarilishi: qo‘llarni yuqoriga ko‘tarish va egilib qo‘llarga
qarash; dastlabki holatga qaytish.
2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilgan.
Bajarilishi: o‘rindan turib, partadan chiqish; dastlabki holatga
qaytish.
3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bilan orqa o‘rindiq ushlanib
turiladi.
Bajarilishi: oyoqni oldinga uzatish; dastlabki holatga qaytish.
2-majmua
(Partada o‘tirgan holda bajariladigan mashqlar)
1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar parta ustida.
Bajarilishi: barmoqlarni musht qilish, barmoqlarni yozib,
qo‘llarni yuqoriga ko‘tarish; dastlabki holatga qaytish.
2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkaga qo‘yilgan.
Bajarilishi: o‘ng tomonga egilib, chap qo‘lni yuqoriga uzatish;
dastlabki holatga qaytish; shu mashqni chap tomonga egilib o‘ng
qo‘lni ko‘tarish bilan bajarish; dastlabki holatga qaytish.
3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkaga qo‘yilgan.
Bajarilishi: bosh ustida chapak chalish; dastlabki holatga
qaytish.
3-majmua
(Partada orqasida turgan holda)
1-mashq. Dastlabki holat: oyoqlar yelka kengligida qo‘yilgan,
qo‘llar ko‘krak oldida.
Bajarilishi: oyoq uchida ko‘tarilib, tirsaklar orqa tomonga
uzatiladi; dastlabki holatga qaytish.
2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bosh orqasida.
Bajarilishi: o‘ng oyoqni orqa tomonga qo‘yib, qo‘llar yuqori
yon tomonga uzatiladi; dastlabki holatga qaytish.
3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilgan.
Bajarilishi: o‘ng tomonga burilish; dastlabki holatga qaytish,
chap tomonga burilish; dastlabki holatga qaytish.


232
4-majmua
(Partada orqasida turib)
1-mashq. Dastlabki holat: oyoqlar yelka kengligida ochilib
qo‘llar yelkaga qo‘yilgan.
Bajarilishi: oyoqlar uchida ko‘tarilib, qo‘llarni yuqoriga
uzatish; dastlabki holatga qaytish.
2-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar belga qo‘yilgan.
Bajarilishi: old tomonga engashib, qo‘llarni polga tegizishga
harakat qilish; dastlabki holatga qaytish.
3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bel orqasida.
Bajarilishi: chap oyoqni yon tomonga oyoq uchida qo‘yib,
o‘ng tomonga engashib, o‘ng qo‘lni yuqoriga ko‘tarish; dastlabki
holatga qaytish. Shu mashqni boshqa tomonga, chap qo‘lni
yuqoriga ko‘tarib bajarish.
5-majmua
(Partada yonida turib)
1-mashq. Dastlabki holat: oyoqlar yelka kengligida qo‘yilgan,
qo‘llar yelkada.
Bajarilishi: oyoq uchida ko‘tarilish, qo‘llarni yuqoriga ko‘ta-
rish; dastlabki holatga qaytish.
2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga tekkizilmay orqada.
Bajarilishi: oyoq uchida turib, cho‘kkalab o‘tirish, qo‘llarni
oldinga uzatish; dastlabki holatga qaytish.
3-mashq. Dastlabki holat; qo‘llar orqada.
Bajarilishi: chap oyoqni yon tomonga qo‘yib, chap tomonga
engashish, o‘ng qo‘lni orqaga uzatish, yuqoriga ko‘tarish va dast-
labki holatga qaytish.
6-majmua
1-mashq. Dastlabki holat: Qo‘llar kafti pastga qaratilib,
ko‘krak oldida tutiladi.
Bajarilishi: oyoq uchida turib, tirsaklarni prujinasimon orqaga
burish; dastlabki holatga qaytish.
2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda.
Bajarilishi: qo‘llarni polga yetkazishga harakat qilib, oldinga
engashish, dastlabki holatga qaytish.
3-mashq. Dastlabki holat: to‘g‘ri va tik turish.


233
Bajarilishi: cho‘kkalab o‘tirish, qo‘llarni oldinga uzatish; dast-
labki holatga qaytish.
III sinf
1-majmua
(Partada o‘tirgan holatda bajariladigan mashqlar)
1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bosh orqasida.
Bajarilishi: qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib cho‘zilish yoki torti-
lish; dastlabki holatga qaytish.
2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkaga qo‘yilgan.
Bajarilishi: boshni o‘ng tomonga burib, tirsaklarni yon to-
monga uzatish; dastlabki holatga qaytish. Shu mashqni chap to-
monga burilib bajarish.
3-mashq. Dastlabki holat: kaftlar yuqoriga qaratilib, qo‘llar
oldinga uzatilgan.
Bajarilishi: barmoqlarni musht qilib, qo‘llarni tirsaklardan
bukish; dastlabki holatga qaytish.
2-majmua
(Partada o‘tirgan holda bajariladigan mashqlar)
1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar tirsakdan bukilib, parta us-
tiga qo‘yilgan.
Bajarilishi: qo‘llarni yozmasdan boshning orqasiga o‘tkazish;
dastlabki holatga qaytish.
2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilgan.
Bajarilishi: gavdani o‘ngga, oldinga, chapga egish va dastlabki
holatga qaytish; shu mashqni chap tomonga bajarish.
3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilgan.
Bajarilishi: oyoqlarni tizzadan to‘g‘rilab, qo‘llar oldinga
uzatiladi; dastlabki holatga qaytish.
3-majmua
(Parta orqasida turib)
1-mashq. Dastlabki holat: to‘g‘ri va tik turish.
Bajarilishi: asta-sekin oyoq uchlarida ko‘tarilib, qo‘llarni
yuqoriga uzatish, egilish; dastlabki holatga qaytish.
2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bosh orqasiga qo‘yilgan.
Bajarilishi: cho‘kkalab o‘tirib, kaftni tizzaga qo‘yish; dastlabki
holatga qaytish.


234
3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkaga qo‘yilgan.
Bajarilishi: gavdani chap tomonga burib, qo‘llarni yon
tomonga uzatish; dastlabki holatga qaytish. Shu mashqni o‘ng
tomonga burilib bajarish.
4-majmua
1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilgan.
Bajarilishi: orqaga bukilgan holda engashish; dastlabki holatga
qaytish.
2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkaga qo‘yilgan.
Bajarilishi: cho‘kkalab o‘tirib, qo‘llarni oldinga uzatish;
dastlabki holatga qaytish.
3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilgan.
Bajarilishi: oldinga bukilgan holda engashish; dastlabki holatga
qaytish.
5-majmua
(Parta yonida turib)
1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llarni oldinga uzatib, cho‘qqayib
o‘tirish.
Bajarilishi: turib qo‘llarni yon tomondan yuqoriga ko‘targan
holda o‘ng oyoqni orqaga tashlab, oyoq uchida turish, kerishish
va dastlabki holatga qaytish. Shu mashqni chap oyoqda baja-
rish.
2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda.
Bajarilishi: gavdani o‘ng tomonga aylantirib harakat qilish;
shu mashqni chap tomonga bajarish.
3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar orqada.
Bajarilishi: boshni oldinga engashtirish; dastlabki holatga
qaytish. Orqaga engashtirish; dastlabki holatga qaytish. O‘ng to-
monga engashish; dastlabki holatga qaytish. Chap tomonga en-
gashtirish; dastlabki holatga qaytish. Boshni chap tomonga burish;
dastlabki holatga qaytish. Boshni o‘ng tomonga burish; dastlabki
holatga qaytish.
6-majmua
1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda.
Bajarilishi: Tirsaklar va bosh oldinga engashtirilgan. Boshni
ko‘tarib, qo‘llarni yon tomonga uzatish, kerishish, dastlabki
holatga qaytish.


235
2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda.
Bajarilishi: oyoq uchida ko‘tarilib, qo‘llarni bosh orqasiga
qo‘yish; dastlabki holatga qaytish.
3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar orqasida chatishtirilgan.
Bajarilishi: cho‘kkalab o‘tirish; dastlabki holatga qaytish.
IV-sinf
1-majmua
(Partada o‘tirgan holda)
1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkada.
Bajarilishi: qo‘llarni orqaga ko‘tarish, oldinga engashish,
yuqoriga qarash; dastlabki holatga qaytish.
2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bosh orqasida.
Bajarilishi: o‘ngga burilish, o‘ng qo‘lni o‘ng tomonga cho‘zish;
dastlabki holatga qaytish; Shu mashqni chap qo‘l bilan chap
tomonga burilib bajarish.
3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkada.
Bajarilishi: o‘ngga engashish, tirsaklarni yon tomonga ko‘ta-
rish; dastlabki holatga qaytish; shu mashqni chap tomonga
bajarish.
4-mashq. Dastlabki holat: qo‘llarni o‘rindiqqa tirab o‘tirish.
Bajarilishi: Oyoqlarni oldinga cho‘zish; dastlabki holatga qay-
tish.
2-majmua
(Parta orqasida turib)
1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda.
Bajarilishi: Orqaga bukilgan holda engashish; dastlabki holatga
qaytish.
2-mashq. Qo‘llar yelkada.
Bajarilishi: parta o‘rindig‘iga o‘tirish, qo‘llarni oldinga uza-
tish; dastlabki holatga qaytish.
3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda.
Bajarilishi: Oldinga engashish, dastlabki holatga qaytish.
3-majmua
(Parta yonida turib)
1-mashq. Dastlabki holat: to‘g‘ri va tik turish.


236
Bajarilishi: dastlab qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib oldinga egilish,
rostlanib, o‘ng oyoqni orqaga qo‘ygan holda engashish; dastlabki
holatga qaytish. Shu mashqni chap oyoqni qo‘yib bajarish.
2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkada.
Bajarilishi: oldinga engashish bilan barobar — qo‘llarni yuqori-
ga ko‘tarish; dastlabki holatga qaytish.
3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda.
Bajarilishi: tizzadan bukilgan o‘ng oyoqni yuqoriga ko‘tarish
va kerishish. Dastlabki holatga qaytish, chap oyoq bilan ham
shuning o‘zini bajarish.
4-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bosh orqasida.
Bajarilishi: cho‘kkalab o‘tirish, qo‘llarni oldinga uzatish va
dastlabki holatga qaytish.
I—II sinflar uchun
1-majmua
1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilgan holda
ko‘krak bilan partaga yotiladi.
Bajarilishi: qadni rostlab, tirsaklarni orqaga burish.
2-mashq. Dastlabki holat: tirsaklar gavdaga siqilgan, qo‘llar
musht qilingan holda partaning chetiga qo‘yiladi.
Bajarilishi: barmoqlar tez ochilib, sekin musht holiga keltiri-
ladi.
3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar partaning o‘rindig‘iga qo‘yi-
ladi.
Bajarilishi: orqaga egilib, dastlabki holatga qaytiladi.
2-majmua
1-mashq. Dastlabki holat: barmoqlar yoyilgan holda qo‘l bosh
orqasiga qo‘yiladi.
Bajarilishi: qo‘llar yuqoriga ko‘tarilib, dastlabki holatga qay-
tiladi.
2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar o‘rindiqning suyanchig‘i
yoniga qo‘yiladi.
Bajarilishi: qo‘llarni polga tekkizishga harakat qilib, oldinga
engashish; dastlabki holatga qaytish.
3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yiladi.


237
Bajarilishi: o‘rindan turib, qo‘llarni oldinga cho‘zish, dast-
labki holatga qaytish.
3-majmua
1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar oldinga cho‘zilib parta ustiga
qo‘yiladi.
Bajarilishi: qo‘llarni yuqoriga ko‘tarib cho‘zish; dastlabki
holatga qaytish.
2-mashq. Dastlabki holat: o‘tirib, qo‘llar mushtum qilingan
holda parta chetiga qo‘yiladi.
Bajarilishi: oldinga engashib barmoqlarni partaning narigi
qirrasiga tekkizish.
3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llarning tirsaklari oldinga qara-
gan holda bosh orqasiga qo‘yiladi.
Bajarilishi: tirsaklarni yon tomonlarga ochib egish; dastlabki
holatga qaytish.
4-majmua
1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llarning bosh barmoqlari oldinga
qaratilgan holda belga qo‘yiladi.
Bajarilishi: bukilgan holda orqaga engashish; dastlabki holatga
qaytish.
2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yiladi.
Bajarilishi: gavdani o‘ngga burib, o‘ng qo‘lni yon tomonga
cho‘zish va orqada turgan partaga yetkazish; dastlabki holatga
qaytish; shu mashqni boshqa tomonda chap qo‘l bilan bajarish.
3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkaga qo‘yiladi.
Bajarilishi: tirsaklarni old tomondan bir-biriga yaqinlashtirish;
dastlabki holatga qaytish; aksincha, tirsaklarni orqadan yaqinlash-
tirish; dastlabki holatga qaytish.
5-majmua
1-mashq. Dastlabki holat: parta orqasida turib, o‘rtog‘iga orqa
o‘girib, qo‘llar belga qo‘yiladi.
Bajarilishi: bukilgan holda engashish, o‘ng oyoqni orqaga tash-
lash; dastlabki holatga qaytish; shu mashqni chap oyoqni orqaga
tashlagan holda bajarish.
2-mashq. Dastlabki holat: oyoqlar yelka kengligida, qo‘llar
bosh orqasiga qo‘yiladi.


238
Bajarilishi: gavdani chap va o‘ng tomonga burish.
3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar qovushtirilgan holda orqa-
ga qo‘yiladi.
Bajarilishi: cho‘kkalab o‘tirish va yana dastlabki holatga
qaytish.
4-mashq. Dastlabki holat: to‘g‘ri va tik turiladi.
Bajarilishi: turgan yerda yurish.
6-majmua
1-mashq. Dastlabki holat: oyoqlar yelka kengligida, qo‘llar
yelkada.
Bajarilishi: oyoqlar uchida turib, tirsaklar yon tomonga ko‘ta-
riladi va dastlabki holatga qaytiladi.
2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar orqada bo‘ladi.
Bajarilishi: oyoqlar uchida cho‘qqayib o‘tirib turiladi.
3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar orqada.
Bajarilishi: chapga engashib, o‘ng qo‘l yuqoriga ko‘tariladi va
dastlabki holatga qaytiladi. Shu mashq o‘ng tomonga bajariladi.
4-mashq. Dastlabki holat: tikka turiladi.
Bajarilishi: qo‘llar yelkaga qo‘yiladi va orqaga; dastlabki
holatga qaytiladi. Qo‘llar yuqoriga ko‘tarilib, yon tomonga
tushiriladi va egilib turib dastlabki holatga qaytiladi.
III—IV sinflar uchun
1-majmua
1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkada.
Bajarilishi: qo‘llar yuqoriga ko‘tariladi, engashib turib yuqoriga
qaraladi va dastlabki holatga qaytiladi.
2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar bosh orqasida.
Bajarilishi: dam o‘ngga, dam chapga burilib, dastlabki holat-
ga qaytiladi.
3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkada.
Bajarilishi: o‘ng tomonga engashib, tirsaklar yon tomonga
ko‘tariladi va dastlabki holatga qaytiladi. Shu mashq chap to-
monga bajariladi.


239
2-majmua
1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yilib tikka turila-
di.
Bajarilishi: bir gal oldinga, bir gal orqaga bukilib engashiladi
va dastlabki holatga qaytiladi.
2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar yelkaga qo‘yiladi.
Bajarilishi: partaga o‘tirib, qo‘llar oldinga cho‘ziladi va dast-
labki holatga qaytiladi.
3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belga qo‘yiladi.
Bajarilishi: chap tomonga engashiladi va dastlabki holatga qay-
tiladi. Shu mashq o‘ng tomonga bajariladi.
4-mashq. Dastlabki holat: to‘g‘ri va tik turiladi.
Bajarilishi: o‘ng qo‘l oldinga cho‘ziladi va yuqoriga ko‘tari-
ladi, shu tartibda qo‘l tushiriladi.
3-majmua
1-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda, bosh oldinga engash-
tirilgan holatda turadi.
Bajarilishi: tirsaklar old va orqa tomonlarga buriladi, bosh
ko‘tariladi va dastlabki holatga qaytiladi.
2-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar belda.
Bajarilishi: oyoqlar uchida ko‘tarilib, dastlabki holatga qay-
tiladi va oldinga bukilgan holda engashib dastlabki holatga qay-
tiladi.
3-mashq. Dastlabki holat: qo‘llar orqada turadi.
Bajarilishi: yarim cho‘kkalab o‘tirib, turiladi.
Demak, kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlarda
xilma-xil mashqlar majmualari o‘tkazilishi bilan birga bolalarni
jismoniy kamoloti muntazam tekshirilib turilishi ham kerak.
Tekshirish esa maktab shifokor xodimlari tomonidan o‘tkaziladi.
Maktabda sanitariya-gigiyena ishlarini nazorat qilish, sanitariya
faollarini tayyorlash va ular yordamida o‘quvchilar bilan sog‘liqni
saqlash sohasida ishlar olib borish, dori-darmon qutilaridan to‘g‘ri
foydalanishga o‘rgatish shifokorning asosiy ishidir. Bu ishlarni
tizimli va muvaffaqiyatli olib borish uchun kuni uzaytirilgan
maktablarga alohida bir shifokor shtati berilishi lozim.


240
Xullas, bu maktablarda badantarbiya va sport ishlarini to‘g‘ri
tashkil etishga alohida e’tibor berish kerak. Bu, o‘z navbatida,
bolalarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, ish qobiliyatini oshirish
va umrini uzaytirish uchun yaxshi vosita bo‘lib xizmat qiladi.
O‘yinlar
Maktab-internat, kuni uzaytirilgan guruhlarda tarbiyalanuv-
chi bolalar hayotida o‘yinlar katta o‘rin tutadi. O‘yin tarbiya-
ning eng muhim vositalaridan biridir. O‘yin bola uchun ovu-
tish, xursandchilik, rohatlanish, hordiq chiqarish vositasi bo‘lib
qolmay, balki uning qaddi-qomatini kamolga yetkazuvchi omil
ham hisoblanadi. Albatta, o‘yin vositasida tarbiyalash bolaning
turli yosh davrlarida turlicha sifatga, xususiyatga ega bo‘ladi.
Bunga Abu Ali ibn Sinoning yoshlik yillari faoliyati yaqqol misol
bo‘la oladi. Ibn Sino 12 yoshlaridayoq har tomonlama bilimdon
bo‘lib yetishgan va har xil fanlardan o‘zi mashg‘ulot olib borgan.
O‘zidan katta yoshdagi bolalar kelib, undan ta’lim olganlar, u
tushlikkacha bolalarni o‘qitgan, mashg‘ulotlardan keyin o‘z
talabalari bilan har xil o‘yinlarda qatnashgan. Ba’zi bir odamlarga
Ibn Sinoning bunday xatti-harakati yoqmay, ular:
— Sen bilimdon va aqlli, o‘zing bolalarga har xil fanlardan
bilim berasan-u, yana ular bilan hovlida qo‘shilib o‘ynaysan, —
deb tanbeh berganlarida, Ibn Sino bunday javob bergan:
— Inson hayotining har bir davri o‘zining go‘zalligiga ega.
Bolalikning xususiyati esa — o‘yin.
1
Demak, bolalarning doimiy hamrohi o‘yindir. O‘yinlar bola
uchun ham dunyoni bilish, ham mehnat faoliyati, ham ma’na-
viy his-tuyg‘ular va odatlarning tarkib topishi, ham harakat qilish
talabini qondirish, ham bolalar bilan muomala qilish usulidir.
Atoqli pedagog A. S. Makarenkoning bolalar o‘yiniga alohida
e’tibor berib ta’kidlashicha, bolalar hamma vaqt, hatto jiddiy ish
bilan shug‘ullanganda ham o‘ynamog‘i kerak. Ba’zi o‘yinlar
bolada jamoatchilik, do‘stlashish, g‘amxo‘rlik kabi fazilatlarni
tarkib toptirsa, boshqalari vatanparvarlik, insonparvarlik, turli
tipdagi muomala madaniyati kabi munosabatlarni tarbiyalaydi.
1
Kayum Nosiriy. Ab galisino, Tatar davlat nashriyoti, 1952, 5—6-betlar.


241
O‘yin bolalar yoshiga mos bo‘lsa, u dangasani mehnatsevar,
tirishqoq, prinsipial bo‘lishga, bolalar jamoasini uyushtirishga,
ba’zi uyatchan va indamas bolalarni faol faoliyatga olib kirishga
yordam beradi, intizom saqlashga, boshqalarning xatti-harakat-
larini to‘g‘ri baholashga o‘rgatadi.
O‘yin bolalar uchun o‘z kuchini sinab ko‘rishga imkoniyat
yaratadi. O‘yin jarayonida esa, tarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchila-
rini yanada yaxshiroq o‘rganadi, xarakterini, qiziqishlarini, tash-
kilotchilik qobiliyatini, ijodiy imkoniyatlarini bilish orqali ular-
ning har biriga to‘g‘ri pedagogik ta’sir qilish yo‘llarini belgilay-
di. Shuningdek, o‘yin tarbiyachiga bolalar bilan tez til topishib
ketishga yaqindan yordam beradi. Bu esa tarbiya jarayonida katta
ahamiyat kasb etadi.
Bolalar faoliyatida har xil o‘yinlar mavjuddir: harakatli, rasmli,
o‘xshatish, musiqali, didaktik va boshqalar. Ammo bular orasi-
da muhim o‘rinni harakatli o‘yinlar egallaydi. Alohida o‘tkazil-
gan tajribalar shuni ko‘rsatdiki, bolalar vaqtining 80 foizini o‘tirish
holatida o‘tkazishadi, bu esa ularning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir
etadi. Harakatli o‘yinlar bolalar uchun «kam harakat» kasal-
ligi — gipodinamiyaga qarshi eng yaxshi davodir. I—II sinfda
o‘tkaziladigan jismoniy mashqlarning ko‘p qismi harakatli o‘yin-
larga ajratiladi. O‘yinlar asosan sujetli bo‘lib, oddiy, erkin
harakatlarning turli xilligi bilan ajralib turadi, o‘quvchilarning
o‘yin jarayonidagi harakatlari qisqa muddatli hordiq chiqarish-
lar bilan almashinib turadi.
III—IV sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan harakatli o‘yinlar
uzoqroq davom etadi. O‘yin qoidalari ancha murakkablashadi.
Bu yoshdagi bolalar jamoalarga bo‘linib o‘ynaladigan o‘yinlarga
ko‘proq qiziqadilar.
Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlarga o‘quvchilar-
ning maktabdagi va maktabdan tashqari hayoti qiziqarli,
mazmunli o‘tishiga erishish uchun ularning yosh xususiyatlarini
hisobga olib, harakatli va didaktik o‘yinlar tashkil etish zarur.
Didaktik o‘yinlar ta’limiy xarakterga ega bo‘lib, o‘quvchilar-
ni darslarda olgan bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi,
mustaqil dars tayyorlashni osonlashtiradi.
Har xil didaktik o‘yinlardan samarali foydalanish ularda mus-
taqillikni o‘stirishning muhim omili hisoblanadi. Didaktik o‘yin
aqliy jarayonlarni faollashtiradi, bolalarni (o‘yin qoidasi shartla-
16 — K. Hoshimov


242
rini yaxshi tushunib olish uchun) tarbiyachining gaplariga astoydil
quloq solishga odatlantiradi. Shuningdek, ularni o‘z diqqatlarini
bir joyga to‘plash, taqqoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish,
qiyinchiliklarni yengishga, fikr yuritishga va tashabbuskorlikka
o‘rgatadi.
Bola uchun «O‘yin — voqelik, — deb yozgan edi K. D. Ushins-
kiy, — binobarin uning tevarak-atrofidagi voqelikdir. U, xususan,
bolaga tushunarli bo‘lgani uchun qiziqdir. O‘yin bolaga shuning
uchun tushunarliki, unda qisman bolaning o‘zi yaratgan narsa
bor»
1
. — Haqiqatan ham harakatli o‘yinlarning, ham didaktik
o‘yinlarning bola hayotida, ularga ta’lim va tarbiya berishda
ahamiyati beqiyosdir. Kichik yoshdagi o‘quvchilar o‘yinga
qiziqishga moyil bo‘ladilar. O‘quvchilar har kuni har xil o‘yinlar
tashkil etilishini va vaqti-vaqti bilan ularni yangilab turishni
xohlaydilar. Bolalarning qiziqishiga qarab:
— yugurish o‘yinlarini;
— turgan joydan hamda yugurib kelib balandlikka va uzun-
likka sakraladigan o‘yinlarni;
— uzoqqa va mo‘ljalga uloqtirish o‘yinlarini;
— kuzatuvchanlikni, e’tiborni, zamon va makonda o‘z o‘rnini
topa bilishni belgilovchi o‘yinlarni;
— musiqa jo‘rligida o‘tkaziladigan va o‘tkazilishi mumkin
bo‘lgan o‘yinlarni;
— unutilib ketgan milliy o‘yinlarni uyushtirish mumkin.
V. A. Suxomlinskiy kun tartibi to‘g‘risida fikr yuritib, faqat
darsda vaqtni emas, balki kuni uzaytirilgan guruhda ham bolalar
tarbiyaviy hayotning buzilishi kishini nihoyatda achintiradi de-
ganidek, shunday hollar ham uchraydiki, bolalar 5—6 soat
darsdan keyin yana 4—5 soat maktabda qolib, tabiat qo‘ynida
o‘ynash va dam olish o‘rniga kitoblar bilan shug‘ullanadilar. Sinf
xonalarida doimiy bo‘lishlari ularning vaqtni zerikarli o‘tkazish-
lariga olib keladi. Tashkil qilingan o‘yinlar esa faqat bolalarning
vaqtini bekor o‘tkazmaslik uchungina emas, balki ta’lim-
tarbiyaviy maqsadlar uchun xizmat qilsin.
O‘yinlarni tashkil qilishda rollarni to‘g‘ri taqsimlash, faol va
passiv, bosh va ikkinchi darajali rollarni ijro etishga aynan mos
1
Óøèíñêèé Ê. Ä. Ñîáð. ñî÷., T. 2. — Ì., 1948. — 182-áåò.


243
o‘quvchilarni tanlash muhim ahamiyatga ega bo‘lib, o‘yinlarni
qiziqarli o‘tkazish maqsadga erishishning zarur shartidir.
Maktab-internat va kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachisi bo-
lalarga ko‘plab o‘yinlar o‘rgatishda, o‘yinlarga muhabbat uyg‘o-
tishda, o‘yinni ularning kundalik hamrohiga aylantirishda cheksiz
imkoniyatlarga ega. O‘yinlarni bilish esa har bir tarbiyachi uchun
zarurdir. Seminar, metodik birlashma yig‘ilishlarida ular yangi-
yangi o‘yinlar o‘rganishlari va ular to‘g‘risida mulohaza yuritish-
lari kerak. Masalan, seminar yoki metod birlashmalarda ular
quyidagi seminar mavzularni ishlab chiqishlari mumkin: topish-
moqlar, rebuslar, harakatli o‘yinlar (guruh bilan, jamoalar
o‘rtasida, yakkama-yakka bellashuvlar, to‘p bilan o‘yinlar, arg‘im-
choq), arqoncha (o‘yin), fokuslar, hazillar va boshqalar. Har kim
o‘ziga yoqqan mavzuni olib, qunt bilan ishlab chiqadi va kerakli
amaliy materiallarni hamkasblariga taklif qiladi. Bunday semi-
narlarga badantarbiya, ashula va musiqadan dars beruvchi o‘qituv-
chilarni taklif etish shart. Imkoniyat bor joylarda, tuman metodika
kabineti yoki bolalar uyi qoshida o‘yinlar bo‘yicha alohida kurslar
tashkil qilish lozim.
Bolalar bilan o‘yinlar tashkil qilishda tarbiyachilar tarbiyala-
nuvchilar faolini o‘zlariga yordamchi qilib olishlari, maktabda
«Bolalar bo‘sh vaqtini quvnoq o‘tkazish tashkilotchilari» to‘ga-
ragini tuzib, unga rahbarlik qilishni «Kamolot» YIH a’zosi bo‘lgan
yuqori sinf o‘quvchisiga topshirish, shuningdek, o‘quvchilarni,
«Kamolot» YIH a’zolarini, ota-onalarni taklif qilish mumkin.
Maktab yoshidagi bolalar hayotida o‘yin bolalar hayotini jon-
lantiradi va ular hayotiga xilma-xillik kiritadi. O‘yinlar bolalar-
ning biror faoliyatiga bog‘lab uyushtirilsa, yanada ko‘proq samara
beradi.
Maktab-internat, kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda bola-
larning aqliy, jismoniy jihatdan o‘sishiga yordam beradigan o‘yin-
lar, dastlab bolalarni zamon talabi ruhida tarbiyalash vazifalariga
javob bermog‘i kerak. Shuningdek, bu o‘yinlar bolalarning zeh-
nini, fantaziyasini o‘stiradi, ularni tetik va chaqqon qiladi, do‘stlik
va o‘rtoqlik, intizomlilik kabi ajoyib xislatlarni tarbiyalaydi.
O‘yinlarning bolalar tarbiyasiga ijobiy ta’sir etishiga erishish
lozim. I—II sinflar bolalaridan tashkil topgan guruhlarda o‘zlari
xohlagan o‘yinchoqlarini o‘ynashga, harakatli o‘yinlarga, III—IV
sinflarda esa yakka-yakka holda va guruh bo‘lib o‘ynaladigan


244
hamda sujetli o‘yinlarga ko‘proq e’tibor beriladi. Kichik yoshdagi
bolalar o‘yinni ko‘pincha o‘zlari o‘ylab chiqaradilar. Tarbiyachilar
shu xildagi o‘ylab topiladigan o‘yinlarga rahbarlik qilishlari va
bolalarni to‘g‘ri yo‘lga solib yuborishlari lozim. Yuqori sinflarda
(V—VIII) ko‘proq sport o‘yinlari hamda yakka-yakka holda va
S bo‘lib o‘tkaziladigan musobaqalar katta o‘rin tutadi. Turli
rebuslar, viktorinalar, topishmoqlar va shu kabi o‘yinlar ham keng
tarqalgandir.
Har qanday o‘yinning qiziqarliligi va uning emotsional o‘tishi
ko‘p jihatdan tarbiyachining tashkilotchiligiga, tayyorgarligiga
va bu sohadagi malakasiga bog‘liqdir. Tarbiyachi o‘yinlarni
ma’lum maqsad asosiga qurmog‘i va reja asosida tizimli ravishda
uyushtirmog‘i lozim. Ko‘pchilik tarbiyachilar bolalar o‘yinlariga
e’tiborsiz qaraydilar. Ular bolalarni toza havoga olib chiqib,
o‘zlari ko‘pincha bir-birlari bilan suhbatlashib o‘tiradilar yoki
boshqa ishlar bilan mashg‘ul bo‘ladilar, bolalar bilan birga
o‘ynamaydilar. Natijada o‘quvchilar o‘zboshimchalik qiladilar,
o‘yin qoidalariga rioya qilmay, o‘yinning oxirini janjal bilan
tugatadilar.
Kuni uzaytirilgan Shayxontohur tumanidagi 254-maktabda
tarbiyachilar o‘quvchilarga qanday o‘yin o‘rgatmasinlar, avvalo,
o‘sha o‘yinning tartib-qoidalari, shartlari va mazmuni hamda
ahamiyatini tushuntirib beradilar, so‘ng esa uni boshlaydilar.
O‘yinda o‘zlari ham ishtirok etadilar. Ular o‘quvchilarga
o‘rgatiladigan o‘yinlarni choraklik tarbiyaviy ish rejalarida va
kundalik ish rejasida ham aks ettirib, tizimli uyushtirib boradilar.
Bu xilda o‘yin uyushtirib borgan tarbiyachilar ta’lim-tarbiya
ishlarida yaxshi natijalarni qo‘lga kiritib, o‘quvchilarning zavq
bilan o‘yinda faol qatnashishiga, miriqib dam olishi, ongli,
intizomli bo‘lib kamol topishiga erishmoqdalar.
Namuna tariqasida quyida bir soat davomida harakatli o‘yin-
larni qanday o‘tkazish haqida to‘xtaymiz:
I. O‘yin. «Butilkasimon tayoqni olish» mavzusi.
II. O‘yinning maqsadi. Chaqqonlik va epchillikni mustah-
kamlash hamda bolani har tomonlama chiniqtirish.
III. O‘yinga tayyorgarlik. O‘quvchilarning o‘yinga tayyorgar-
ligini ko‘zdan kechirib, unda qatnashuvchi o‘quvchilarni aniq-
lash va o‘tgan o‘yinni takrorlash.


245
Tarbiyachi: — Bolalar, biz o‘tgan safar qanday o‘yin o‘yna-
ganmiz?
O‘quvchilar: — «Ikkinchisi ortiqcha» o‘yinini o‘ynaganmiz.
Tarbiyachi: — Qani kim aytadi, bu o‘yin qanday o‘yin edi?
O‘quvchilarning ko‘pchiligi javob berish uchun qo‘l ko‘tara-
di. Tarbiyachi biror o‘quvchining aytib berishiga ruxsat etadi.
O‘quvchi o‘yin qoidasini aytib beradi.
O‘yin quyidagicha o‘ynaladi: o‘ynovchilar doira bo‘lib tura-
dilar. Doiradan tashqarida ikkita o‘yin boshlovchi qoladi. Ulardan
biri quvlovchi, ikkinchisi esa qochuvchi bo‘ladi. Quvlovchi biror
o‘rtog‘ining oldiga turib olsa, orqada turgan bola qochishi kerak.
Agar quvlovchi qochib ketayotganni ushlab olsa, ushlagan
quvlovchi bo‘ladi. Shu bilan o‘tgan o‘yin mustahkamlanadi,
shundan so‘ng tarbiyachi o‘yin jarayonida kimlarning qoidaga
rioya qilgani yoki qilmagani va kamchiligi haqida gapirib mavzuni
yakunlaydi.
Yangi o‘yin. «Butilkasimon tayoqni olish» o‘yini. O‘yinning
qanday o‘ynash kerakligini o‘quvchilarga tushuntirib berish. O‘yin
quyidagicha o‘ynaladi: Ikkita doira chiziladi. Birinchi doira ichiga
20 ta butilkasimon tayoq yoki boshqa narsa terib qo‘yiladi.
Ikkinchi doira bo‘ylab o‘quvchilar yuradilar. Doira atrofidagi
o‘ynovchilar 21 kishi bo‘lishi kerak.
O‘qituvchi signal berishi bilan o‘ynovchilar yurishdan to‘xtab,
har biri o‘ziga bittadan butilkasimon tayoqni oladi. Tayoq yetmay
qolgan o‘quvchi esa o‘yindan chiqariladi. O‘yin yana takrorlanadi.
Birinchi doira ichiga 19 ta tayoq terib qo‘yiladi. Ikkinchi doira
bo‘ylab 20 ta o‘ynovchi yuradi. O‘qituvchining signali bilan
o‘ynovchilar butilkasimon tayoqni oladilar. Butilkasimon tayoq
yetmay qolgan o‘ynovchi yana o‘yindan chiqariladi. O‘yin shu
yo‘sinda davom etadi. Eng oxirida doira ichida bir butilkasimon
tayoq, doira bo‘ylab esa ikki o‘ynovchi yuradi. O‘ynovchilardan
qaysi biri butilkasimon tayoqni olsa, o‘sha o‘ynovchi o‘yinda
yutadi. O‘yin tugagach, 1—2 o‘quvchidan o‘yinni qanday o‘ynash
kerakligini so‘rab, o‘yinga yakun yasaladi. Bundan tashqari
ikkinchi usulda tarbiyachi o‘yinni rejalashtirishda o‘tiladigan
o‘yinning tasviri va qoidalarini qisqacha ko‘rsatishi zarur. Bu
o‘yinni tizimlashtirishda o‘qituvchining roli kattadir.
Namuna sifatida harakatli o‘yinlardan «Himoyachi», «Qidi-
ruvchilar» o‘yinlarining mazmuni va qoidasini bayon etamiz:


246
1. «Himoyachi» o‘yini. O‘yinga tayyorlanish. Tarbiyachi, eng
avvalo, bolalarni ikki guruhga bo‘ladi. Bir o‘yinboshi tayinlanadi.
Maydonga yoki zal o‘rtasiga diametri 3—4 metrli doira chiziladi,
uning markaziga bironta buyum (masalan, to‘p) qo‘yiladi.
O‘yin tasviri. Bolalar maydon yoki zalning ikki chetida tu-
radilar. Tarbiyachining signali bo‘yicha bolalar doira markazida
turgan buyumni olib qochishga intiladilar. Shu paytda o‘yinboshi
buyumni olib qochib ketayotgan bolani (doira ichida) ushlab
olishi kerak. Ushlangan bola o‘yinboshi, ya’ni «Himoyachi» bo‘lib
qoladi. Buyumni bir-biriga uzatish mumkin emas; olgan kishi
o‘zi olib qochib, o‘z joyiga kelib turishi kerak. Buyumni oldirib
yuborgan bolani o‘yinga tushirish, ashula ayttirish kabi jarima
beriladi. Kam jarima olgan guruh g‘olib chiqqan hisoblanadi.
O‘yin qoidalari: 1) o‘yinboshi faqat doiraning ichida yurishi
kerak. 2) «Asir»ga olingan o‘ynovchi o‘yinga tushish, ashula aytish
kabi shartlarni bajarishi lozim. Bolalarning charchagani sezilishi
bilanoq o‘yinni to‘xtatish kerak.
2. «Qidiruvchilar» o‘yiniga tayyorlanish. O‘yin hovlida yoki
maydonchada o‘tkaziladi. Bolalar ikki guruhga bo‘linadi. Ikki bola
kapitan qilib tayinlanadi. Guruhlarga istalgan nom qo‘yilishi
mumkin. Qaysi guruh yashirinishi, qaysi guruh hujum qilishi chek
tashlash orqali aniqlanadi.
Yashirinishi zarur bo‘lgan guruh yashirinadi. Signal berilgach,
ular yashiringan joylaridan asta-sekin, bildirmay o‘tib ketishlari
kerak va ilgaridan belgilangan joyga borib yig‘ilishlari lozim.
Agarda o‘yinchilardan birortasi qo‘lga tushib qolsa, o‘sha guruh
yutqizgan hisoblanadi va guruhlar o‘rin almashadilar. O‘yin shu
tarzda davom ettiriladi. Guruhlarning biri yashirinsa, ikkinchisi
hujum qiladi.
3. «Bolaning nomini ayt» o‘yini. O‘yinning maqsadi. O‘quv-
chilarning hayvon bolalari qanday nom bilan atalisi haqidagi
tushunchalarini mustahkamlash.
O‘yinning qoidasi. Oldindan o‘quvchilarga hayvon bolalari
qanday nom bilan atalishi tushuntirilgan bo‘lishi kerak. Masalan,
sigirning bolasi — buzoq, otning bolasi — toychoq, qo‘yning
bolasi — qo‘zi singari. Keyin o‘quvchilar doira bo‘lib turadilar.
O‘rtada tarbiyachi yoki o‘quvchilardan biri turadi. O‘rtada turgan
o‘z ixtiyori bilan bolalardan biriga koptok otadi. Koptok
otayotganda biror hayvon bolasining nomini aytadi.


247
O‘yinning sharti. Oldindan tanish bo‘lgan hayvon nomlari-
gina aytiladi.
O‘yinning natijasi. O‘yin davomida hayvon bolasining
nomlarini tez va to‘g‘ri aytgan bolalar rag‘batlantiriladi.
4. «Qoch bolam, kalxat keldi» o‘yini. O‘yinning maqsadi.
Bolalarning eshitish, ko‘rish qobiliyatlarini rivojlantirish.
O‘yinning qoidasi. Maydoncha yoki sport zalining ikki to-
moniga ikkita doira chiziladi. O‘yinchilardan biri kalxat qilib
tayinlanadi va u, doiraning birida turadi. O‘ynovchilar jo‘ja
bo‘ladilar. Jo‘jalar ona tovuq ketidan har biri o‘z oldida turgan
o‘yinchining belidan ushlagan holda zanjir bo‘lib turadilar.
O‘yin rahbari signal berishi bilan kalxat jo‘jalarga hujum qila
boshlaydi. Ona tovuq kalxatning yo‘lini to‘sib, unga bitta ham
jo‘ja bermaslikka tirishadi. Kalxat esa har xil harakatlar bilan ona
tovuq va jo‘jalarni aldab, zanjir bo‘lib turgan jo‘jalarning orqasida
turganini tutib, o‘z uyasiga — doiraga olib ketishga harakat qiladi.
U tutilgan jo‘jani o‘z doirasiga olib borib qo‘yib, yana hujum
qilishga o‘tadi.
O‘yinning shartlari. Ona tovuq har gal kalxat hujumga o‘tga-
nida jo‘jalariga: «Ehtiyot bo‘linglar, bolalarim, kalxat turadigan
doira ichidagina tutish mumkin. Kalxat jo‘jalar turadigan doira
ichiga kirmasligi kerak. Kalxat qo‘liga tushgan jo‘ja tezda jo‘jalar
doirasidan chiqishi va «asir» bo‘lib jo‘nashi lozim.
O‘yinning natijalari. Bolalar o‘yinni o‘ynash bilan tezkor,
chaqqon va chidamli, serharakat bo‘ladilar.
Yuqorida keltirilgan o‘yinlar bolalarda hushyorlik, ziyraklik-
ni oshiradi, epchillik va harakatchanlikni o‘stiradi, ularni ahillikka
o‘rgatadi.
Kuni uzaytirilgan guruhlar va maktab-internatlarda olib
boriladigan barcha o‘yin va mashg‘ulotlar ta’lim-tarbiya ishlarini
yaxshilash bilan birgalikda, bolalarning sog‘lig‘ini mustahkam-
lashda ham muhim rol o‘ynamog‘i lozim.
Tajribalarimiz o‘quvchilarning jismoniy jihatdan chiniqishi-
da yaxshi natijalarga erishish uchun quyidagi o‘yinlardan
foydalanishning maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi.
I, II, III sinf bolalari bilan «Karusel», «Ikki Yaxob», «Ayyor
tulki», bekinmachoq, «Oq terakmi, ko‘k terak?», «Oq suyak»,
«Arqondan sakrash», «Besh barmoq orzusi», «Mehmon-meh-
mon», «Do‘ngdan do‘ngga sakrash», «Bo‘ri zovur ichida», «Ov-


248
chilar», «Ikkinchisi ortiqcha», «Mushuk bilan sichqon», «Qopqon
yopildi», «Qidirib top», «Arqon tortish» kabi, IV sinfdan boshlab
«Himoyachi», «Qidiruvchilar», «Joy almashish», «Eshitib top»,
«Yomg‘ir», «G‘ozlar — oqqushlar», «To‘p — savatga», «Signalni
eshit», «Topar bo‘lsang topa qol, topolmasang, qo‘yaqol»,
«Kamalak to‘pi», «To‘p markazda» kabi o‘yinlarni o‘ynagan
ma’qul.
Bulardan tashqari kuni uzaytirilgan guruhlarda ishlaydigan
o‘qituvchi-tarbiyachilar bolalar o‘yinlariga doir maxsus kitoblar-
dan (masalan, K. Hoshimov, M. Normuhamedova,
T. Usmonxo‘jayev. «Kuni uzaytirilgan guruhlarda tarbiyaviy ish-
larni tashkil qilish», L. N. Shexova, A. R. Imomxo‘jayev.
«Boshlang‘ich sinflarda harakatli o‘yinlar», T. Usmonxo‘jayev,
F. Xo‘jayev. «Harakatli o‘yinlar», R. Yo‘ldosheva. «O‘zbek xalq
o‘yinlarining tarbiyaviy ahamiyati» va hokazolardan) o‘z guruh-
laridagi o‘quvchilarning yoshiga mos o‘yinlaridan foydalanishla-
ri mumkin.
Maktab-internat, kuni uzaytirilgan guruhlarda yuqoridagi
o‘yinlar ko‘proq o‘ynalib, bolalarning o‘yinga bo‘lgan tabiiy
ehtiyojlarini qondirish bilan birga o‘quvchilarda tez harakat qilish,
chap berish, o‘yin qoidasiga rioya qilish, jamoada ahillik kabi
yaxshi fazilatlarni singdiradi. Bunday jamoa o‘yinlari jarayonida
bolalar tashkilotchilikka, qonun-qoidalarga rioya qilishga, hayotni
bilishga o‘rganadilar.
KUNI UZAYTIRILGAN SINF,
GURUH, MAKTAB-INTERNATLARNING OILA HAMDA
JAMOATCHILIK BILAN HAMKORLIGI
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng respublikamiz rahbariyati
boshchiligida jamiyatning moddiy-texnika bazasini yaratish,
ijtimoiy munosabatlarni takomillashtirish va har tomonlama
barkamol insonni shakllantirishdan iborat juda katta tarixiy vazi-
falar amalga oshirilmoqda. Jamiyat bunyodkorlarini tarbiyalash
va tayyorlash rivojlangan jamiyat qurishning zaruriy sharti hamdir.
Yosh avlodni tarbiyalash eng qiyin, nozik, ko‘p qirrali va
mas’uliyatli ishdir. Bu ulkan vazifani muvaffaqiyatli amalga
oshirishda, yosh avlodni davrimizning munosib kishilari qilib
tarbiyalashda maktab, oila va keng jamoatchilikning, mahallaning


249
o‘zaro aloqasi, hamkorlikda olib boradigan ishlari, tadbirlari
muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda
maktab, oila va jamoatchilik hamkorligini yanada mustahkamlash
muhim vazifalardan biridir. Xususan, yosh avlodni hayotga,
amaliy faoliyatga tayyorlashda, ularda mehnat ta’limi va tarbiya-
sini tarkib toptirishda, kasb tanlashlarida maktablarning o‘quv-
moddiy bazasini boyitishda ota-onalar, jamoatchilikining, otaliq
tashkilotlarining roli katta. Bu masala Vazirlar Kengashining
«Umumiy ta’lim maktablarining o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya
berishni va ularni mehnatga tayyorlashni yanada takomillashti-
rish to‘g‘risida», «Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh
qilishning asosiy yo‘nalishlari» kabi qarorlarida o‘zining yorqin
ifodasini topgan.
Respublikamiz xalq maorifi tizimining yetakchi tamoyillaridan
biri — barcha tarbiyaviy muassasalarning hamkorligidir. Maktab,
oila va jamoatchilik birgalikda ish olib borgandagina yosh avlodni
tarbiyalashda muvaffaqiyatga erishish mumkin. Maktab, oila va
jamoatchilik — serhosil daraxtning o‘ta mustahkam ildizlaridir.
Mabodo shu ildizlardan birortasi zaif bo‘lsa bu daraxtdan shirin
va sharbatli meva kutish qiyin. Bu gapda tog‘dek yuksak, dengiz-
dek ulkan ma’no bor.
Haqiqatan ham yoshlarni faqat ayrim shaxslargina tarbiyala-
maydi, balki butun oila, butun maktab jamoasi, shuningdek,
ko‘cha, jamoat muassasalari, butun tevarak-atrofdagi sharoit,
ijtimoy tuzum, turli voqea-hodisalar tarbiyalaydi.
Ijtimoiy tarbiya tizimi va oila zamonamizning ongli va faol
quruvchilarini tayyorlab yetkazishdek yagona maqsadni amalga
oshiradi. Bunda maktab, ijtimoiy tarbiya muassasalari oila tar-
biyasi masalalarini to‘g‘ri va maqsadga muvofiq amalga oshirishda
tashkilotchilik va yetakchilik qiladi, ota-onalarga ko‘maklashadi.
Maktab davlatning ta’lim-tarbiya muassasasi sifatida oilaviy
tarbiyaga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shunga ko‘ra har bir ota-ona
maktab jamoasining talablarini bajarishi shart.
Yosh avlodni siyosiy va g‘oyaviy jihatdan yetuk kishilar qilib
tarbiyalashda maktab-internat va kuni uzaytirilgan guruhlar bilan
ota-onalarning vazifalari bir-biriga uzviy bog‘liqdir. Maktab-
internat, kuni uzaytirilgan guruhlarda bolalar bilan olib borila-
digan ta’lim-tarbiya ishlari va ularning xarakteri ota-onaning
bola tarbiyasidagi mas’uliyatini ular zimmasidan soqit qilmas-


250
dan, aksincha, bu sharafli burch va mas’uliyatni yanada ku-
chaytiradi.
Maktab-internat, kuni uzaytirilgan guruhlar jamoatchilik, ota-
onalar yig‘ini bilan yaqindan aloqa bog‘lab, ular hamkorligida
ish olib borgandagina yoshlarni har taraflama kamolotga yetgan
ongli, axloqli va respublikamizning faol quruvchilari qilib tarbiya-
lashda katta yutuqlarga erisha oladi. Shu tufayli maktab-internat,
kuni uzaytirilgan guruh o‘qituvchisi, tarbiyachilari bilan ota-
onalar o‘rtasida yaxshi munosabatlar o‘rnatishda maktab va
guruhlar bilan oilalar o‘rtasida olib boriladigan ishlarni tartibga
solishda ota-onalar qo‘mitasining roli kattadir. Ishchan maktab
ota-onalar qo‘mitasi maktab oldida turgan umumiy majburiy ta’-
lim, o‘quv-tarbiya ishlari, aholi o‘rtasida pedagogik bilimlarni
tashviqot qilish, politexnik ta’lim ishlarini amalga oshirishda,
xo‘jalik sanitariya-sog‘lomlashtirish va tozalik kabi ishlarni amalga
oshirishda maktab jamoasiga yaqindan yordam ko‘rsata oladi.
Hayot shuni ko‘rsatadiki, maktab-internatlarning barpo
qilinishi oilaviy tarbiya bilan ijtimoiy tarbiya o‘rtasidagi aloqani
ancha o‘zgartirdi, ijtimoiy tarbiyaning salmog‘ini keskin ravishda
oshirdi. Ijtimoiy tarbiyaning roli oshishi munosabati bilan
dastlabki vaqtda ba’zi ota-onalar va, hatto, ayrim pedagoglarda:
«Maktab-internatlar oilaviy tarbiyaga salbiy ta’sir etmasmikin?»
degan savollar tug‘ildi. Ko‘pgina maktab-internatlarning ish
tajribasi bunday hol yuz berishi mumkin emasligini, aksincha,
bolalar tarbiyasida ota-onalarning faol ishtirok etishini ko‘rsatdi.
Ota-onalar maktab-internatga ota-onalar majlisigagina emas, balki
bayram kunlarida, tarbiyalanuvchilarning tug‘ilgan kunlarida ham
qatnashadilar. Shuningdek, tarbiyachilar jamoasi va «Kamolot»
YIH har bir bayram oldidan barcha ota-onalarga bayram
tabriknomasi yuborib, unda tabrik so‘zlari bilan bir qatorda
bolalarining o‘qishi va jamoat ishlarida qatnashishi haqida
ma’lumot beradilar. Bu tadbirlar maktab-internat bilan ota-onalar
aloqasini yanada mustahkamlaydi.
O‘quv yili boshida ota-onalarning umumiy majlisi chaqiri-
lib, maktabning tashkiliy ishlari, kundalik rejimi, o‘quvchilarning
yurish-turish qoidalari, bolalarni uylariga yuborish va ularni kutib
olish tartibi, bolalarning o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishi, shuningdek,
har qaysi o‘quvchini davlat tomonidan qilinadigan moddiy


251
xarajatlar bilan tanishtirish, bolalarda hayotiy, amaliy ko‘nikma
hamda malakalar hosil qilish zarurligi tushuntiriladi va fikr
almashinadi.
Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanidagi maktab-inter-
nat direktori L. Pak ota-onalar yig‘inining olib borayotgan ishlari
haqida gapirib, quyidagilarni ma’lum qiladi: «Maktabning o‘quv-
tarbiya hamda xo‘jalik-maishiy xarakterdagi masalalari ota-onalar
majlisida muhokama qilinadi. O‘quvchilarimizning ota-onalari
maktab-internatga katta yordam qilmoqdalar. Ota-onalarning
kuchi bilan bir qancha xo‘jalik binolari, sabzavotxona, ustaxona,
omborxonalar qurildi, vodoprovod o‘rnatildi. Ota-onalar jamoasi
internat bolalari uchun ma’lum kattalikdagi turli ichki kiyimlar
tikib berishga onalarni jalb etishga qaror qildi. Natijada, ota-
onalar yordamida qiz bolalar uchun 198 ta ko‘ylak hamda o‘g‘il
bolalar uchun 200 ta ichki kiyim va 200 ta shim tikib tayyorlandi.
Ota-onalar bolalarga bichish va tikishni o‘rgatishga kirishdilar.
Hozir ko‘p narsalarni tarbiyalanuvchilarimizning o‘zlari bemalol
tika oladilar». Demak, ota-onalar bilan aloqaning mustahkamlashi
maktab-internat faoliyatida yaxshi natijalar beradi.
Maktab bilan ota-onalarning hamkorligini mustahkamlash
uchun kuni uzaytirilgan maktab guruhlarida ham ota-onalar
yig‘ini tashkil etiladi. Bu jamoa faoliyatiga maktab direktori
rahbarlik qiladi. Bundan tashqari, yana maktab bo‘yicha barcha
sinf-guruhlar uchun ota-onalar raislari saylanadi. Hamma ota-
onalar raislari har bir o‘quv yilining boshida butun o‘quv yiliga
saylanadi.
Kundalik ishlarni bajarish hamda ota-onalar ishlariga rahbarlik
qilish uchun maktab ota-onalar qo‘mitasi raisi, uning o‘rinbosari,
kotibasi va 5—7 a’zodan iborat prezidium saylanadi. Ota-onalar
jamoasi raisi maktab pedagoglar kengashining a’zosi hisoblanadi.
Ota-onalar yig‘ini maktab direktori tasdiqlagan rejasi asosida ish
olib boradi. Ota-onalar qo‘mitasi bolalarga maktab va oila
tarbiyasining har tomonlama mutanosibligini ta’minlaydi, ilg‘or
pedagogik tajribani targ‘ib qiladi, o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan
ta’lim-tarbiya ishlariga faol qatnashadi va bu borada vaqti-vaqti
bilan maktab ma’muriyati bilan fikr almashib turadi.
Bu tadbir ota-onalar uchun leksiyalar, ota-onalar majlislari-
da ayrim ota-onalarning o‘z tajribalari xususidagi chiqishlarini
uyushtirish, tarbiya ishlari yuzasidan tajriba almashishga


252
bag‘ishlangan konferensiyalar o‘tkazish kabi priyomlar orqali
amalga oshiriladi.
Madaniy-ommaviy ishlar komissiyasi madaniy sayillar, kino-
teatrlarga borishni uyushtirish kabi har xil tadbirlarni, sport-
sog‘lomlashtirish ishlari komissiyasi esa sport seksiyalarini tashkil
etish, musobaqalar, turistik ishlarni o‘tkazishda, umuman, mak-
tabda sog‘lomlashtirish-tibbiyot tizimiga oid barcha ishlarda
qatnashadi.
Sinf rahbari o‘zining barcha ta’lim-tarbiya ishlarini sinf
tarbiyachisi va ota-onalar jamoasi bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Korxonalarda, mikrorayonlarda maxsus tuzilgan oila va
maktabga yordam ko‘rsatish kengashlari maktab, oila hamda ja-
moatchilikning o‘zaro aloqalarini o‘rnatishi bilan shug‘ullanadi-
lar. Bu kengashlarga korxonalar, «Kamolot» va kasaba uyush-
malari tashkilotlari hamda ma’muriyat vakillari kiradilar. Bir
narsani alohida ta’kidlash lozimki, sinflarning ota-onalar jamoa-
lari taxminan har yili ikki marta qilingan ishlar to‘g‘risida umum-
maktab ota-onalar jamoasi prezidiumi majlisida hisob beradilar.
Maktabda ko‘zga ko‘rinarli joyda ota-onalar uchun amalda-
gi eslatma osib qo‘yiladi.
Ota-onalar uchun eslatma
Mamlakatimizning unsonlari hayoti va halol mehnatlari miso-
lida bolalarga mehnat namunalarini, jamiyat va oila oldidagi
burchingizni puxta va vijdonan bajarish namunalarini ko‘rsating.
Har oyda kamida bir marta maktabga kelib o‘z bolalaringiz-
ning faoliyati, xulqidan xabardor bo‘lib turing.
Uyingizda bolalaringizga burchak ajratib bering.
Bo‘sh paytlarda bolalarni jismoniy mehnatga o‘rgating, jalb
qiling.
Bolalaringizdan kattalar, o‘qituvchilar va o‘z tengdoshlari bilan
samimiy munosabatda bo‘lishni talab qiling.
Bolangizni ozodalikka, maktab ashyolariga va o‘z o‘quv qurol-
lariga nisbatan ehtiyotkor bo‘lishga o‘rgating.
Bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli uyushtiring, badiiy
adabiyotlar o‘qish, musiqa eshitishga odatlantiring, texnika va
sportga qiziqishini rag‘batlantiring.


253
Bolangizni oilada janjal chiqarishiga, qo‘pollik qilishiga,
yolg‘on gapirishiga yo‘l qo‘ymang.
Ota-onalar tomonidan bolalarga qo‘yiladigan talablarning
qarama-qarshi bo‘lishiga yo‘l qo‘ymang.
Ko‘chada o‘z bolangizning va boshqa bolalarning ham odob-
xulqini kuzating, jamoat tartibining buzilishiga barham bering.
Oila va maktab hamkorligida jamiyat bunyodkorlari avlodini
tarbiyalayotganimizni esda tuting.
Professor E. I. Sokolnikov kuni uzaytirilgan guruh o‘qituvchisi
va tarbiyachisiga ota-onalar bilan ishlashning quyidagi formalarini
tavsiya qiladi:
— o‘quvchilarning uylariga birgalikda borish, ota-onalar bilan
tanishish, ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha kuzatishlar, fikr
olishuvlar;
— ota-onalar majlislarini birgalikda tayyorlash va o‘tkazish;
— kuni uzaytirilgan sinfning ham, guruhning ham yagona
ota-onalar faollarini saylash;
— ota-onalarni sinf xonalarini, kuni uzaytirilgan guruh
binolarini jihozlashga, bolalar bilan madaniy-ommaviy ishlarni
tashkil etishga (ota-onalarning o‘quvchilar sayrlarida, sayohat-
larida va hokazolarda ishtiroki) jalb qilish;
— ota-onalar bilan olib boriladigan yakka tartibdagi ishlarni
muvofiqlashtirish (uchrashuvlar, suhbatlar o‘tkazish, ota-onalar
huzuriga borish va h.k.);
— ota-onalarni pedagogika bilimlari bilan tanishtirishga birga-
likda qatnashish.
Xalq ta’limi vazirligining «Maktabning ota-onalarning ish
joyidagi jamoat tashkilotlari bilan aloqasini kuchaytirish to‘g‘ri-
sida»gi instruksiyasida «Sinflarning ota-onalar jamoalariga sinf
rahbarlari bilan birgalikda o‘quvchilarning ota-onalari ish joyidagi
jamoatchilik tashkilotlarini o‘z bolalarining tarbiyasiga yetarli
e’tibor bermaydigan ota-onalar to‘g‘risida..., xuddi shuningdek,
o‘z bolalarini to‘g‘ri va muvaffaqiyatli tarbiyalayotgan ota-onalar
to‘g‘risida xabar berib borish tavsiya etilsin» deyiladi.
Maktabning ota-onalarni kunning ko‘p qismida bolalari
ustidan nazorat qilishdan ozod etganligi katta ahamiyatga molik
bo‘lib, ularni o‘qishdan tashqari ishlarga kengroq jalb qilishi
mumkin. Maktab-internat, kuni uzaytirilgan guruh va jamoat-
chilikning asosiy vazifasi maktab yoki guruhlardagi bolalarning


254
xilma-xil ehtiyojlarini to‘la ta’min etish uchun sharoit yaratishdir.
Bu vazifalarni hal etish masalasi ota-onalar jamoasining tashki-
lotchiligi va faoliyatiga ham ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Kuni
uzaytirilgan bir qator maktab va guruh rahbarlari o‘quv-tarbiya
ishlarini tashkil etishda, sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlarni
o‘tkazishda ota-onalar jamoasi faoliyatlariga tayanib ish olib bor-
moqdalar. Bu borada Toshkent shahridagi 185-, 157-, Samarqand
shahridagi 17-, Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani, Sarmijon
qishlog‘idagi kuni uzaytirilgan maktab guruhlar namunaviy ish
olib bormoqdalar.
Kuni uzaytirilgan 157-maktab jamoasi va ota-onalar jamoa-
sining bu sohadagi ishi, ayniqsa, diqqatga sazovordir. Bu
maktabda har chorak oxirida ota-onalarning umumiy yig‘ilishi
o‘tkaziladi. Yig‘ilishda o‘z bolasini tarbiyalashda maktab bilan
doimo aloqa bog‘lab, ta’lim-tarbiya ishlarida faol qatnashgan va
bolasining yuqori o‘zlashtirishiga erishgan ota-onalar tantanali
ravishda quyidagicha rahmatnoma bilan taqdirlanadi:
Hurmatli o‘rtoq Nazirova!
Toshkent shahar Shayxontohur tumani kuni uzaytirilgan
157-maktab direksiyasi, «Kamolot» YIH, «Kamalak»
tashkilotlari va ota-onalar yig‘ini Sizga bolangizni yaxshi
tarbiyalaganingiz, a’lo o‘qishiga yordam berganingiz uchun
minnatdorchilik va tashakkur izhor etadi. Sizning o‘g‘lingiz —
Bahodir o‘quv yilining III choragini a’lo baholar va a’lo
xulq bilan tamomladi.
Siz bilan bir qatorda biz ham o‘g‘lingizning muvaffa-
qiyatlaridan faxrlanamiz va quvonamiz.
Sizga va oilangizga sihat-salomatlik, ishingizda muvaf-
faqiyatlarga erishishingizni tilaymiz.
Ma’muriyat, «Kamolot» YIH, «Kamalak» tashkiloti,
Ota-onalar jamoasi
Quyida Toshkent shahar, Shayxontohur tumanidagi kuni
uzaytirilgan 254-maktabdagi ota-onalar jamoasining maktab


255
direksiyasi bilan birgalikda bajaradigan ishlari aks etgan ish rejasini
ilova qilamiz:
I. Umumiy ta’lim komissiyasi
Boshliq: G‘ulomov. A’zolar: Akbarov, Karimova.
1. Maktabga tegishli hududdagi o‘quv yoshidagi hamma bola-
larni to‘g‘ri hisobga olish va o‘qishga tortish.
2. O‘quvchilar orasida moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan bo-
lalarni aniqlash va ularga tegishli yordam berish.
3. Maktabimizda o‘qish uchun sharoiti bo‘lmagan bolalarni
bolalar uylari va internatlarga joylashga yordamlashish.
4. To‘qqiz yillik majburiy ta’lim haqidagi Qonunni ota-onalar
o‘rtasida keng tashviqot qilish.
5. Maktab binosi va xonalarini hamda ko‘rsatmali qurollarni
o‘z vaqtida ta’mirlash va ularni yaxshi saqlashda maktab
ma’muriyatiga yaqindan yordam berish.
6. Maktabda mehnat darsini o‘tish va maktabni politexnika-
lashtirish uchun zarur asbob-uskunalar bilan ta’min etishga
yordam berish.
II. O‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha a’zolar
Boshliq: Mirzayev. A’zolar: Azimova, Razzoqov.
1. Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash ishiga yordam
berish.
2. Maktab bilan oila o‘rtasidagi munosabatni mustahkamlash.
3. O‘quvchilarning davomatini yaxshilashga yordam berish.
4. O‘zlashtirmaydigan o‘quvchilarning ota-onalari bilan doi-
miy ish olib borish.
5. Namunali xulqli, yaxshi, a’lo baholarga o‘qiyotgan faol
o‘quvchilar ota-onalarining tarbiya sohasidagi tajribalarini om-
malashtirish.
6. Intizomsiz o‘quvchilarning ota-onalari bilan muntazam ra-
vishda ish olib borish.
7. O‘quvchilarning maktabga har xil kiyim kiyib kelishlariga
yo‘l qo‘ymaslik hamda maktab formasida kelishlarini ta’minlashga
yordam berish.
III. Madaniy-ommaviy ishlar bo‘yicha a’zolar
Boshliq: Boboxonova A. I. A’zolar: Usmonova, Zukurxo‘-
jayev.
1. O‘quvchilarni turli ishlab chiqarish korxonalariga va muzey
hamda fermer xo‘jaliklariga sayohatlarga olib borish.


256
2. Bolalarning yosh xususiyatlariga qarab kinoteatrlarga olib
borish.
3. Yozgi va qishki ta’til vaqtlarida o‘qituvchilarning o‘quv-
chilarni turistik yurishlarga olib borishlarida yordam berish.
4. Har bir o‘quvchiga dars tayyorlash burchagi va kutubxona
tashkil qilishda ota-onalari orqali yordam berish.
IV. Sanitariya-xo‘jalik ishlari komissiyasi
Boshliq: Shokirova O. A’zolar: Aronova Z., Sultonxo‘jayeva.
1. Maktab binosining ichki va tashqi tomonining doimo toza
va ozoda bo‘lishini nazorat qilish.
2. Sovuq kunlarda xonalarning me’yoriy issiqlikda bo‘lishini
ta’minlash.
3. Har kuni dars oldidan tizimli ravishda jismoniy mashq
qilish uchun yordam berish.
4. O‘quvchilar va ota-onalar o‘rtasida sog‘liq haqida ma’ru-
zalar uyushtirish.
5. Maktab bufeti va oshxonasida gigiyena qoidalariga doimo
rioya qilinishiga ota-onalarning yordami.
6. Badantarbiya darsini yaxshi tashkil qilish va darsning
normal ravishda o‘tishi uchun o‘quvchilarning sport kiyimida
bo‘lishlariga erishish.
7. Maktab atrofini ko‘kalamzorlashtirish, koridor va sinflarga
gullar qo‘yish uchun yordam berish.
V. Kuni uzaytirilgan guruhlarning ishlarini yaxshilash a’zolari
Boshliq: Aitova T. A’zolar: Levina, Rahmatullayeva.
1. Kuni uzaytirilgan guruhli maktab haqidagi ko‘rsatmalarni
ota-onalar o‘rtasida keng tatbiq qilish.
2. I sinfdan V sinfgacha o‘quvchilarning kuni uzaytirilgan
guruhiga yordam berish.
3. Maktabda ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilashga yordam-
lashish.
4. Kuni uzaytirilgan guruhda moddiy yordamga muhtoj
bo‘lgan bolalarni aniqlash va ularga yordam tashkil etish.
5. Kuni uzaytirilgan guruhdagi o‘quvchilarni o‘z vaqtida sifatli
ovqatlantirish uchun ota-onalardan kundalik navbatchi tayin-
lashga yordam berish.
6. Kuni uzaytirilgan guruhdagi o‘quvchilarning kunduzi
uxlayotganda alohida kiyimlar bilan ta’minlashga yordam berish.


257
7. Ota-onalarning kasblarini aniqlab, ulardan tarbiya maqsa-
dida tegishlicha foydalanish.
Tarbiyaviy ishlarni jamoa bo‘lib olib borish shakli turlicha
bo‘lib, bularga maktab umumiy, ota-onalar yig‘inining majlisi,
kuni uzaytirilgan guruh ota-onalar yig‘ilishi, turarjoydagi ota-
onalar yig‘ilishi, bir guruh ota-onalar bilan shu mavzuda suhbatlar
olib borish, pedagogik lektoriy, ota-onalar konferensiyasi, ota-
onalar faollari bilan suhbat, seminarlar va konsultatsiyalar kabi
mashg‘ulotlar kiradi. Maktabda doimiy konsultatsiya xonasi yoki
ota-onalar uchun burchaklar tashkil qilinib, haftaning bir kuni
konsultatsiya kuni deb belgilansa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Burchakda ota-onalarga tavsiya qilingan adabiyotlardan namuna-
lar, ilg‘or o‘quvchilarning ishlari qo‘yiladi.
Ota-onalar bilan ishlashning individual shaklida tarbiyachi
o‘quvchilar uyiga borib, ularning uy sharoitlari, ishlab chiqarish
korxonalariga borib, ota-onalarning qanday xizmat qilishlari bilan
tanishadi.
Maktabda ota-onalar uchun ochiq eshiklar kuni belgilanib,
unda ota-onalar bilan pedagogik mavzularda va bolalarning
tarbiyasi haqida suhbatlar o‘tkazish mumkin.
Tarbiyachining ota-onalar bilan samimiy hamkorligi ta’lim-
tarbiya ishlarining samarasini oshirishga yordam beradi. Tarbiya-
chi oiladagi tarbiyaviy nuqsonlarni, o‘quvchidagi kamchiliklarni
faqat individual suhbat jarayonida bayon qilishi lozim, aks holda
ota-onalar bilan tarbiyachi o‘rtasida konflikt yuzaga kelishi
mumkin.
Shuningdek, o‘qituvchi, tarbiyachilar ota-onalar bilan sami-
miy suhbat davomida o‘z o‘quvchilarini, ularning har biriga
nisbatan individual yondashish yo‘llarini bilib oladilar.
Andijon shahar kuni uzaytirilgan 36-maktabda tarbiyaviy ishlar
keng miqyosda olib boriladi. Quyida shu maktabning o‘quv,
tarbiya va pedagogika tashviqoti sektorining tuzgan ish rejasidan
namuna keltiramiz (258-betda).
Ayrim muhtoj o‘quvchilarga moddiy yordam berish maqsa-
dida umumiy ta’lim fondlarini kengaytirish, buning uchun esa
faqat budjet mablag‘igina emas, balki otaliq qiluvchi va kasaba
uyushma tashkilotlarining vznoslari, mablag‘laridan, shuningdek
boshqa manbalardan foydalanish, bu mablag‘larning foydalanilishi
ustidan tegishli nazorat o‘rnatish va maktabdan uzoqda turuvchi
17 — K. Hoshimov


258
Ta
rt
ib
ra
qa
m

Bajariladigan ishlarning mazmuni 
Bajarish 
muddati 
Bajaruvchi 
1. «Bolangiz uyda sizga qanday yordam 
beradi?» mavzusida ma’ruza 
Fevral 
Rahmonova S. 
2. «Men farzandimni qanday qilib 
ijtimoiy mehnatga o‘rgatdim» 
mavzusidan tajribali ota-onalarning 
suhbatini uyushtirish 
Mart 
Orifova I. 
3. «Kelajak avlod benuqson bo‘lmog‘i 
kerak» degan mavzuda ma’ruza o‘tka-
zib, axloqiy nuqsonlarning nimalardan 
iborat ekanini ota-onalarga uqtirish 
Fevral 
Yusupov H. 
4. «Farzandingizga estetik tarbiyani 
qanday singdirasiz?» mavzusida tajribali 
onalarning suhbatini uyushtirish 
Mart 
Bekmirzayeva 
5. «Go‘zallik nimada?» mavzusida suhbat 
uyushtirish 
Aprel 
Rahmonova S. 
6. «Zamonamiz kishilarining olijanob fa-
zilatlari» mavzusida ma’ruza o‘tkazish 
Yanvar 
Ashurova 
7. «Bolalarda do‘stlik, o‘rtoqlik tuyg‘ulari 
oilada qanday tarbiyalanadi?» degan 
mavzuda suhbat o‘tkazish 
Fevral 
Yusupov H. 
8. «Namunali kishilar oilasida bola 
tarbiyasi» mavzusida suhbat o‘tkazish 
Mart 
Rahmonova S. 
9. «Ota-onalar ovozi» — devoriy 
gazetasini chiqarib turish 
Har 
chorakda 
Yusupov H. 
10. Ota-onalar universiteti va siyosiy 
to‘garaklarga ota-onalarni ko‘proq 
tortishni nazorat qilish 
Doimo 
Yusupov H. 
11. Maktabning davomatini ayrim 
kunlarda tekshirib, darsga kelmaydigan 
o‘quvchilarni aniqlash va ular bilan 
suhbatlashish 
Doimo 
Yusupov H. 
12. Maxsus predmetlarning o‘qitilishi 
Oyda bir 
marta 
Yusupov H. 
13. I sinf va IV sinf o‘quvchilarining ota-
onalari bilan imtihonlar haqida suhbat 
o‘tkazib, bolalariga dars tayyorlash 
uchun to‘la sharoit yaratish zarurligini 
uqtirish 
May 
Ashurova, 
Rahmonova S. 


259
bolalarni transportda tashishni ta’minlash masalalariga e’tibor
berish lozim. Maktab rahbarlari ana shu imkoniyatlardan to‘g‘ri
foydalanishlari kerak. Shundagina maktab bolalar tarbiyasi
ishlarini moddiy va ma’naviy tomondan ta’min etgan bo‘ladi.
Kuni uzaytirilgan guruhlar sonining o‘sishi birinchi navbatda ana
shu yuqoridagi masalalarning hal etilishiga bog‘liqdir.
Yana bir bor ta’kidlaymizki, maktab-internat, kuni uzaytiril-
gan guruhlarning oila hamda jamoatchilik bilan hamkorligi bolalar
tarbiyasida muhim ahamiyatga ega.
Shuningdek, bolani eski urf-odatga o‘rgatib, eskicha turmush
kechirishga majbur qiluvchi ota-onalar ham uchrab turadi.
Ba’zan, bunday ota-onalar bilan suhbat o‘tkazish vaqtida qish-
loq Soveti deputati, kolxoz raisini, qisqasi ota ishlaydigan tashkilot
yoki muassasa rahbarlaridan birortasini taklif etish yaxshi natija
beradi.
Ota-onalar bilan aloqa bog‘lashning eng yaxshi turi o‘z vaq-
tida ota-onalar bilan ochiq va samimiy suhbat o‘tkazishdir.
Bunday suhbat ota-onalarning pedagog-tarbiyachilarga bo‘lgan
ishonch va hurmatini kuchaytiradi, ularning maktab bilan
aloqasini mustahkamlaydi.
Umuman olganda, maktabda oila va jamoatchilikning umu-
miy tarbiya ishiga mehr-muhabbatini uyg‘otish, oshirish ota-
onalarning bola tarbiyasidagi mas’uliyatlarini puxta anglatish
uchun pedagogik tashviqot g‘oyat katta ahamiyatga egadir.
Ayniqsa, ota-onalar yaqindan yordam beradigan maktab va kuni
uzaytirilgan sinflarda o‘quv-tarbiya ishlari borgan sari yaxshilanib
boradi.
Demak, maktab-internat va kuni uzaytirilgan guruhlar oila
va jamoatchilikning yordamiga tayanmasalar, ular ta’lim-tarbiya
ishlarini to‘la ravishda bajara olmaydilar. Binobarin, yosh avlodni
yetuk kishilar qilib tarbiyalashda maktab, oila va jamoatchilikning
hamkorligi xalq maorifi tizimining eng yetakchi tamoyillaridan
biridir.


260
XULOSA
Mamlakatimizda xalq maorifi tizimida hayot ehtiyojiga ko‘ra
kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlar vujudga keldi.
Yosh avlodga yuksak darajada ta’lim-tarbiya berishda ular o‘zining
hayotiyligi, qulayligi bilan keng jamoatchilik va ota-onalar
hurmatiga sazovor bo‘ldi. Chunki jamiyatimizning ijtimoiy-
iqtisodiy, madaniy va siyosiy taraqqiyotiga umumiy ta’lim
maktablari qatori maktab-internat, kuni uzaytirilgan maktab,
maktab qoshidagi sinf va guruhlar o‘zining munosib hissasini
qo‘shib kelmoqda. Bu maktablar jamiyatimiz tomonidan xalq
maorifi tizimi oldiga qo‘yilgan talablarni muvaffaqiyatli ravishda
bajarishda xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan malakali mutaxas-
sis kadrlarni yetkazib berishda umumiy ta’lim maktablariga o‘zi-
ning amaliy ta’sirini ko‘rsatayotir.
Umumiy ta’lim maktablari bilan bu maktablar o‘rtasida juda
ko‘p umumiy tomonlar mavjuddirki, bularni e’tiborga olmasdan
bo‘lmaydi, albatta. O‘sib kelayotgan yosh avlodni zarur ilmiy
bilimlar bilan qurollantirish, jamiyatning ongli, faol va mehnat-
sevar kishilari qilib yetishtirishni bosh maqsad qilib olganligi
jihatdan ham bir-biriga yaqin turadi.
Kuni uzaytirilgan maktab, sinf va guruhlar, ularning xilma-
xil ish formalari ta’lim-tarbiya ishlarining sifatini ko‘tarishda
g‘oyat katta ahamiyat kasb etadi. Bu yangi forma bolalarning
o‘qishdan keyingi vaqtlarini to‘g‘ri, samarali uyushtirish
imkoniyatini tug‘diradi. Bolalar tizimli ravishda uyga berilgan
vazifani puxta tayyorlash, jismoniy chiniqish, estetik qarashlarini
shakllantirish, shuningdek, o‘zlaridagi mayl hamda qobiliyatlarini
o‘stirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Umumta’lim maktablari o‘quvchilar uchun ilm dargohi bo‘lsa,
yangi tip muassasalar ularning ikkinchi uyiga aylanib qoldi. Bu
muassasalarda o‘quvchilar eng ishonchli, eng tadbirkor, pedagogik
ma’lumotga ega va ota-ona singari mehribon kishi — o‘qituvchi-
tarbiyachilarning qo‘lida bo‘ladilar. Tarbiyachi o‘quvchini


261
do‘stlikka, hamkorlikka, mehnat qilishga, odobli, axloqli bo‘lishga
o‘rgatadi.
O‘qituvchi va tarbiyachilar o‘quvchilar bilan maktab-inter-
nat, kuni uzaytirilgan guruhlarda ilmiy jihatdan asoslangan
ta’lim-tarbiya va tibbiyot talablariga to‘la mos keladigan dastur
va reja asosida ish olib boradilar. O‘quvchilarning kundalik
faoliyatiga tarbiyachi, o‘qituvchi, pedagoglar jamoasi bilan ota-
onalar, jamoatchilik tashkilotlari birgalikda hamkorlik qilib
boradilar.
O‘sib kelayotgan yosh avlodni jamiyatning yuksak darajada
axloqli, ma’lumotli, madaniyatli va yuqori saviyali kishilari qilib
yetishtirishda maktab-internat, kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar
ijtimoiy taraqqiyot tomonidan qo‘yilgan talablarga to‘la javob
berishini hayot tasdiqladi.
Maktab-internat, kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar ishini
to‘g‘ri tashkil etish va pedagogik maslahat masalalari pedagogika,
psixologiya fani, maorif xodimlari oldiga hal qilinishi lozim
bo‘lgan bir qancha yangi vazifalarni qo‘yadi. Bu yangi vazifalarni
to‘g‘ri hal qilish uchun bu yangi tip muassasalar pedagogika
amaliyoti vazifasini o‘tashi va pedagogika fani xodimlari bu
maktab tarbiyachilari bilan yaqindan aloqa bog‘lab, ularga amaliy
yordam berib borishlari zarur. Shuningdek, bolalar bilan olib
boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini yuqori pog‘onaga ko‘tarish
uchun bu yangi tip muassasalarda ishlayotgan pedagoglar jamoasi
va tarbiyachilari matbuot, radio va televideniye orqali o‘z ish
faoliyatlari, tajribalari bilan fikr almashishlari maqsadga muvo-
fiqdir.
Mazkur guruhlarga qatnashadigan o‘quvchilar islohot asosi-
da 30 boladan ko‘p bo‘lmasligi, ularning yoshi, bilim saviyasini
hisobga olib birlashtirishga alohida e’tibor berish kerak.
— Maktab-internat, kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda olib
boriladigan o‘quv ishlarini tashkil etish bo‘yicha tasavvurga ega
bo‘lish hamda bu maktab, sinf va guruhlarning maqsadi va
vazifasini ongli ravishda har tomonlama hisobga olgan holda
o‘quv ishlarini uyushtirish mustaqil mashg‘ulotlarning samarador-
ligini oshirish uchun har tomonlama imkon beradi.
— Maktab-internat va kuni uzaytirilgan guruhlarda tarbiya-
chi ishining o‘ziga xos xususiyatini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki,
bu guruhlarda ishlaydigan har bir pedagog o‘quvchilar jamoasini


262
uyushtira olishi, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli, qiziqarli
o‘tkazishi, musiqa, ashula, rasm, mohir qo‘llar to‘garaklarini
boshqara bilishi, mafkuraviy-ommaviy ishlarga rahbarlik qila
olishi, jismoniy faoliyatlarini to‘g‘ri boshqara olishi, sayr, ekskur-
siyalar uyushtirishi, dam olish kechalari tashkil etishi, o‘quvchi-
larning devoriy gazeta, fotomontaj tayyorlash kabi har xil ijodiy
ishlariga rahbarlik qilishi kerak.
— Maktab-internat va kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda
o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan kishi
pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan tajribali, kuni uzaytirilgan
guruhlar ishining mohiyatini biladigan izlanuvchi, ijodkor,
havaskor, tashkilotchi, tashabbuskor, o‘yinlar tashkil qila oladigan
o‘qituvchilardan tayinlanishi zarur.
— Maktab-internat va kuni uzaytirilgan guruhlar maktab
ma’muriyati tomonidan tasdiqlangan maxsus jadval va kundalik
rejim asosida ishlashi lozim.
— Maktab-internat va kuni uzaytirilgan guruh bolalarining
mashg‘ulotlari uchun maktabda sanitariya talablariga javob
beradigan ozoda va yorug‘ xonalar ajratilishi, bu xonalar kerakli
jihozlar, o‘quv qurollari, kitoblar, turli o‘yinchoqlar bilan
jihozlanishi kerak. Bundan tashqari jismoniy tomondan zaif va
kunduz kuni bir-ikki marta dam olishga muhtoj bo‘lgan bolalar
uchun alohida dam olish xonasi tashkil qilinishi lozim.
— Mazkur guruh ishiga maktab shifokori yoki hamshirasini
jalb etish yaxshi natija beradi. Ular guruhdagi bolalar bilan
tibbiyotga oid mavzularda suhbatlar o‘tkazishi bilan birga,
bolalarning o‘z vaqtida ovqatlanishi, jismoniy tomondan to‘g‘ri
tarbiyalanishi va mashg‘ulotlarning belgilangan kun tartibi asosida
olib borilishini nazorat qiladilar.
— Maktab-internat va kuni uzaytirilgan sinf hamda guruh-
larda olib boriladigan mustaqil o‘quv mashg‘ulotlarining sama-
radorligini oshirishga, mashg‘ulotlarning amaliy xarakterda
bo‘lishiga e’tiborni kuchaytirish lozim. Bu mashg‘ulotlarda
o‘quvchilarning faol ishtirok etishlarini ta’minlash uchun texnik
vositalardan, ko‘rgazmali materiallardan, kuzatish, sayohatga olib
chiqish va bulardan to‘plangan materiallardan mashg‘ulotda
atroflicha foydalanish muhim rol o‘ynaydi. Ularni uzoq vaqt
mashg‘ulotlar bilan band qilib qo‘ymaslik kerak. Shuningdek,
topshiriqlarni individuallashtirish, mustaqil ishlashga undaydigan


263
topshiriqlar berib borish kabilar ham o‘quvchilarning mustaqil
mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishini ta’minlaydi.
— O‘qituvchi bilan tarbiyachi o‘rtasidagi mustahkam aloqa
har bir o‘quvchiga individual munosabatda bo‘lishini ta’minlay-
di. Bu esa, tarbiyachining har bir o‘quvchiga uning bilim doirasiga
mos talablar qo‘yib, mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishi uchun
yordam beradi. Mustaqil o‘quv ishlarining samaradorligini
oshirishda, ayniqsa, o‘quvchining o‘z bilimiga bo‘lgan ishonchini
oshira borish muhim ahamiyatga ega.
— Mustaqil o‘quv mashg‘ulotlarining samaradorligini oshirish
uchun uyga berilgan vazifani ishlashni tashkil etish metodlarini
har tomonlama takomillashtira borish kerak.
Uzluksiz olib borgan kuzatishlarimiz bu maktablar faoliyatida,
yuqorida eslatib o‘tganimizdek, katta yutuqlar bilan bir qatorda
ayrim nuqsonlar ham mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Ayrim
nuqsonlarni quyidagilarda ko‘rish mumkin:
1. Ayrim tarbiyachilar, hatto maktab ma’muriyati, kuni
uzaytirilgan guruhlarning maqsad va vazifasi, o‘ziga xos xususi-
yati, uning umumiy ta’lim maktabi bilan bo‘lgan aloqasi, birligi
kabilarni aniq bilmaydilar.
2. Bu yangi tip muassasalarda ishlayotgan pedagog-tarbiya-
chilar dastur, zarur metodik qo‘llanmalar bilan yetarli ravishda
ta’minlanmaganlar.
3. Ayrim guruhlar o‘quvchilarning, ota-onalarning talab va
ehtiyojlari, xohishi va istagi hisobga olinmay komplektlashtirila-
di.
4. Ayrim maktablarda tarbiyachilar tanlashda pedagogika
talablariga qat’iyan amal qilinmay, masalaga yuzaki qaraladi.
5. Ba’zi sinf va guruhlarda zarur sharoitlar — o‘quvchilar-
ning vaqtida ovqatlanishlari, yuvinib-taranishlari, sport, badiiy
havaskorlik, chizmachilik ishlari bilan shug‘ullanishlari, hordiq
chiqarishlari uchun sharoit yaratilmagan.
6. Ayrim ota-onalar jamoalari, otaliq tashkilotlari bu maktab-
larga yetarli e’tibor bermaydilar.
Yuqoridagi va shunga o‘xshash nuqsonlardan xoli bo‘lish va
ta’lim-tarbiya ishlarini yaxshilash uchun quyidagilarga e’tibor
berish lozim:
Maktab-internat, kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar tashkil
qilishda dastlabki tegishli moddiy baza, sharoit va imkoniyat-


264
ning yaratilishi katta ahamiyatga ega. Vazirlar Kengashining
«Kuni uzaytirilgan maktab va guruhlar tashkil qilish to‘g‘ri-
sida»gi (1960-yil) qarorida bu maktab va guruhlarni barcha zarur
sharoitlar mavjud bo‘lgan taqdirdagina ochish mumkinligi
ko‘rsatilgan.
Shuning uchun maktabning imkoniyatini hisobga olgan holda
kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar sonini belgilash, taqsimlashda
xalq xo‘jalik rejasiga amal qilish zarur. Ko‘pchilik maktablarda
mashg‘ulot ikki smenada o‘tkaziladi. Bu ilmiy bo‘lim mudirining
kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar faoliyatini yetarlicha pedagogik
nazorat qilishini, ularga metodik yordam berishini qiyinlashtiradi.
Shuning uchun o‘n va undan ortiq kuni uzaytirilgan sinf va
guruhlari bo‘lgan maktablarda bosh tarbiyachi lavozimi shtati
berilishi maqsadga muvofiqdir.
Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya
ishlarining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishini ta’minlash uchun quyidagi-
larga e’tibor berish lozim:
— Respublika, viloyat va shahar o‘qituvchilar malakasini
oshirish institutlari, pedagogika universitetlari hamda pedagogi-
ka ilmiy tadqiqot instituti xodimlari tomonidan yangi tip
muassasalari tajribasini ilmiy ravishda o‘rganib, ilg‘or tajribalarni
ommalashtirish, metodik tavsiyalar ishlab chiqish uchun tayanch
maktablari tashkil qilish;
— maktablar qoshidagi kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar
tarbiyachilari metodik kengashining muntazam ishlashiga erishish;
shuningdek, tuman va shahar miqyosida tarbiyachilarning
metodik birlashmalarini tashkil qilish, ularda alohida metodik
xarakterdagi mavzular yuzasidan seminarlar uyushtirish va tarbiya-
chilarga amaliy yordam berish;
— pedagogika universitetlarining boshlang‘ich ta’lim meto-
dika fakulteti o‘quv pedagogika kolleji dasturiga kuni uzayti-
rilgan guruh, maktab-internatlarning maqsadi, vazifasi, ular-
da amalga oshiriladigan ishlarning metodlariga oid mavzular-
ni ko‘proq kiritish imkoniyati bo‘lsa, bu muassasalarda
ishlaydigan maxsus tarbiyachilar tayyorlaydigan fakultetlar, bo‘-
limlar ochish;
— maktabni otaliqqa olgan tashkilot, tuman-shahar yoshlar
uyi, o‘quvchilar ijodiyoti markazlari, yosh texniklar stansiyasi kabi
muassasalarning maktab-internat va kuni uzaytirilgan guruhlarda


265
to‘garaklar, sinfdan va maktabdan tashqari o‘tkaziladigan ishlar
bo‘yicha hamkorligini yo‘lga qo‘yish;
— bu yangi tip muassasalar ishini yanada yaxshilash uchun
o‘quvchilarning butun kun bo‘yi vaqtlarini zavqli va samarali
o‘tkazishlari uchun klublar, madaniyat saroylari kabi kunduz
kunlari band bo‘lmagan binolardan imkoni boricha foydalanishga
sharoit yaratish va ulardan unumli foydalanish.
Kuni uzaytirilgan maktab, sinf, guruhlar va maktab-inter-
natlar yosh avlodni har tomonlama tarbiyalab voyaga yetkazish
haqidagi mamlakatimiz rahbariyatining xalq maorifi oldiga
qo‘ygan vazifalarni bajarishda g‘oyat katta muvaffaqiyatlarga olib
keladi.


266
FOYDALANILGAN ADABIYOÒLAR
1. I. A. Karimov. «Istiqlol va ma’naviyat». — Ò.: «O‘zbekiston»,1994.
2. I. A. Karimov. «O‘zbekiston buyuk kelajak sari». — Ò.: «O‘zbekiston»,
1998.
3. I. A. Karimov. «Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga
xizmat etsin». — Ò.: «Òafakkur» jurnali, 1998, 2-son.
4. I. A. Karimov. «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda» — Ò.: «O‘zbekiston»,
1999.
5. Barkamol avlod — O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori, Prezident
I. Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan
nutqi. — Ò., 1997.
6. I. A. Karimov. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. 7. — Ò.:
«O‘zbekiston», 1999.
7. I. A. Karimov. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot — pirovard
maqsadimiz. 8. — Ò.: «O‘zbekiston», 1999.
8. I. A. Karimov. Vatan ravnaqi uchun har birimiz mas’ulmiz. 9. — Ò.:
«O‘zbekiston», 2001.
9. I. A. Karimov. Biz tanlagan yo‘l — demokratik taraqqiyot va ma’rifiy
dunyo bilan hamkorlik yo‘li. 11., — Ò.: «O‘zbekiston», 2003.
10. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. — Ò.: «O‘zbekiston»,
1992.
11. O‘zbekiston Respublikasining Ta’lim to‘g‘risidagi qonuni. — Ò.:
«O‘zbekiston», 1997.
12. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. — Ò.: «O‘zbekiston», 1997.
13. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. — Ò.:
«O‘zbekiston», 2000.
14. Mualliflar guruhi. «Barkamol avlod orzusi». — Ò.: «Sharq», NMK, 1999.
15. Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yo‘nalish-
lari. — Ò., 1984.
16. Kuni uzaytirilgan maktablar tashkil qilish to‘g‘risida. (Vazirlar Kengashi
qarori 15-fevral 1960-y) 1917—1973-y. Hujjatlar to‘plami. — M.,
«Pedagogika», 1974, 122-bet.
17. Sobiq O‘zbekiston Maorif ministrligining kuni uzaytirilgan maktab va
gruppalar to‘g‘risidagi Nizomi. (O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Sovetining
¹214 qarori bilan tasdiqlangan) 143—149-betlar. — Ò.: «O‘zbekiston», 143—
349-bet.


267
18. Sobiq O‘zbekiston Maorif Ministrligining kollegiya qarori, buyruq va
instruksiyalar to‘plami. ¹2, Òoshkent — 1988-y. Kuni uzaytirilgan guruhlar
va maktablar ishini rejalashtirish, butlash va tashkil qilishni yaxshilash
to‘g‘risida. 32—38-betlar.
19. Àáðàìîâà Ò. Í. Øêîëà ñ ïðîäëåííûì äíåì. — Ì., 1986.
20. Àíêóäèíîâà Ò. Ä. Âîñïèòàíèå ñàìîñòîÿòåëüíîñòè ïî ïîäãîòîâêå
äîìàøíèõ çàäàíèé. — M.: «Íà÷àëüíàÿ øêîëà», 1972. ¹4, ñ. 28.
21. Âåäåíèñîâà Ë. Ô. Îñíîâíûå íàïðàâëåíèÿ â ðàçâèòèè ïðîäëåííî-
ãî äíÿ.  êí.: Ðóêîâîäñòâî ïåäàãîãè÷åñêèì ïðîöåññîì â ãðóïïàõ ïðî-
äëåííîãî äíÿ. — Ðèãà: Çâàéãàçíå, 1977, c. 18—42.
22. Âåäåíèñîâà Ë. Ô. Ðóêîâîäñòâî âíåóðî÷íîé ó÷åáíîé äåÿòåëüíî-
ñòüþ ó÷àùèõñÿ â ãðóïïàõ ïðîäëåííîãî äíÿ. Â êí.: Ïðîáëåìû ðàçâè-
òèÿ ïðîäëåííîãî äíÿ â oáùåîáðàçîâàòåëüíûõ øêîëàõ. — Ì., 1972,
c. 89—90.
23. Âåäåíèñîâà Ë. Ô., Ñóðêîâà Î. Ï. Ïåäàãîãè÷åñêàÿ ïîìîùü ìëàä-
øèì øêîëüíèêàì ïðè ïîäãîòîâêå äîìàøíèõ çàäàíèé. Â êí.: Âîïðîñû
âîñïèòàòåëüíîé ðàáîòû â íà÷àëüíûõ êëàññàõ ïðîäëåííîãî äíÿ. — Ïåðìü,
1977, c. 63—71.
24. Âíåóðî÷íàÿ ó÷åáíàÿ ðàáîòà ó÷åíèêîâ. Ìåòîäè÷åñêèå ðåêîìåí-
äàöèè. Ñîñò. Îãîðîäíèêîâ À. À., Îãîðîäíèêîâà Â. Ï., Ñóðêîâa Î. Ï. —
Ïåðìü, 1976, c. 28.
25. Âîïðîñû âîñïèòàòåëüíîé ðàáîòû â íà÷àëüíûõ êëàññàõ ïðîäëåí-
íîãî äíÿ. — Ïåðìü, 1977, c. 63—71.
26. Âîñïèòàòåëü ãðóïï ïðîäëåííîãî äíÿ (Ïîä. ðåä. Î. Ñ. Êåë). —
Ì.: «Ïðîñâåùåíèå», 1977.
27. Âûïîëíåíèå äîìàøíèõ çàäàíèé ó÷àùèìèñÿ â øêîëüíûõ óñëî-
âèÿõ. Ìåòîäè÷åñêèå ðåêîìåíäàöèè. Ñîñò. Îãîðîäíèêîâ À. À., Ñóðêîâà Î. Ï.
— Ïåðìü, 1977, c. 22.
28. Ãóðâè÷ Ë. Á. Ðàáîòà âîñïèòàòåëÿ â ãðóïïå ïðîäëåííîãî äíÿ (1—
3 êëàññû). Ïîñîáèå äëÿ ó÷èòåëåé. — Ì.: «Ïðîñâåùåíèå», 1982, c. 190.
29. Çåëåíèíà Ì. Ë. Èññëåäîâàíèå îðãàíèçàöèîííîé ñòðóêòóðû ó÷åá-
íîé äåÿòåëüíîñòè ó÷àùèõñÿ 1—3 êëàññîâ øêîë ïðîäëåííîãî äíÿ. Â êí.:
Ñîäðóæåñòâî øêîëû, ñåìüè è îáùåñòâåííîñòè â âîñïèòàíèè è îáó÷å-
íèå äåòåé è ìîëîäåæè. — Ì., 1975, c. 44—53.
30. Êàðêëèíà Ñ. Ý. Ïåäàãîãèêà ïðîäëåííîãî äíÿ, 1988.
31. Êîáçàð Á. Ñ. Ó÷åáíî-âîñïèòàòåëüíûé ïðîöåññ â øêîëàõ è ãðóï-
ïàx ïðîäëåííîãî äíÿ. — Êèåâ: Ðàä. øêîëà, 1982, c. 173.
32. Êóäåøåâ Þ. Ï. Ñàìîñòîÿòåëüíûå çàíÿòèÿ ó÷àùèõñÿ ïî èíîñò-
ðàííîìó ÿçûêó â óñëîâèÿõ øêîëû ïðîäëåííîãî äíÿ. Â êí.: Ìåòîäèêà
îáó÷åíèÿ èíîÿçû÷íîé óñòíîé ðå÷è. Èçä-âî Âîðîíåæñêîãî óí-òà. —
Âîðîíåæ, 1976, c. 91—96.
33. Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda musiqaviy-tarbiyaviy ishlarni
tashkil etish. Tuzuvchilar: Qirg‘izov I. Q., Ahmedov S. S., — Farg‘ona, 1990.


268
34. Ïëîòêèí Ì. Ì., Öûïóðñêèé Â. Ã. Ñîäåðæàíèå è îðãàíèçàöèÿ
âîñïèòàòåëüíîé ðàáîòû â øêîëå-èíòåðíàòå. — Ì., 1982.
35. Ðÿçàíîâà Â. Â. Ïåäàãîãè÷åñêîå ðóêîâîäñòâî âûïîëíåíèåì äîìàø-
íèõ çàäàíèé â ãðóïïàõ ïðîäëåííîãî äíÿ. Èç îïûòà ìîñêîâñêèõ øêîë.
Íà÷àëüíàÿ øêîëà. 1978, ¹9, c. 42—46.
36. Sotlikov Ò. Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlarda ta’lim-tarbiya
ishlari. — Ò., 1992.
37. Sotlikov T. Bozor iqtisodi sharoitida ta’lim-tarbiya mazmunini
yangilashning dolzarb vazifalari. — T.
38. Ñóðêîâà Î. Ï. Îðãàíèçàöèÿ êîíòðîëÿ çà âûïîëíåíèåì äîìàø-
íèõ çàäàíèé ìëàäøèìè øêîëüíèêàìè â ãðóïïå ïðîäëåííîãî äíÿ. — Ò.,
Ñîâåò ìàêòàáè, 1977, ¹3, c. 28—29.
39. Ñóðêîâà Î. Ï. Ê ïðîáëåìå âîñïèòàíèÿ ñàìîñòîÿòåëüíîñòè ìëàä-
øèõ øêîëüíèêîâ ïðè âûïîëíåíèè äîìàøíèõ çàäàíèé â ãðóïïå ïðîäëåí-
íîãî äíÿ. — Ïåðìü, 1977, c. 50—62.
40. K. Hoshimov. O‘quv kuni uzaytirilgan maktablarda ta’lim-tarbiya
ishlarini planlashtirish. — Ò., 1961.
41. K. Hoshimov. O‘quv kuni uzaytirilgan maktablar ta’lim-tarbiya
ishlarining ayrim masalalari. — Ò.: «O‘qituvchi», 1962.
42. K. Hoshimov. O‘quv kuni uzaytirilgan maktablarda ta’lim-tarbiya
ishlari. — Ò.: «O‘qituvchi», 1965.
43. K. Hoshimov. O‘quv kuni uzaytirilgan maktab va gruppalarning
xususiyati va kundalik rejim masalasi. — Ò.: «Ilmiy asarlar». 1965.
44. K. Hoshimov. Respublikamizda o‘quv kuni uzaytirilgan maktablar
hayotidan. Òo‘plam — Ò.: «Fan» nashriyoti. 1971.
45. K. Hoshimov. Kuni uzaytirilgan maktabning muhim vazifalari. 10-son.—
T., 1973,
46. Ê. Xaøèìîâ, Æ. Ñàðñåíîâ. Íåêîòîðûå âîïðîñû îðãàíèçàöèè ïðî-
äëåííîãî äíÿ â øêîëå. — Àëìà-Àòà: Èçäàòåëüñòâî «Ìåêòåï», 1974.
47. K. Hoshimov. O‘quv kuni uzaytirilgan maktab va uning ravnaqi. 126-
tom. — Ò., 1974.
48. K. Hoshimov, R. Mallayev. Kuni uzaytirilgan maktab va gruppalar. —
Ò.: «O‘qituvchi». 1975.
49. K. Hoshimov. Kuni uzaytirilgan maktab, sinf va gruppalar faoliyatini
takomillashtirish. — T., 1977, 9-son.
50. K. Hoshimov. Òarbiyachi va o‘qituvchilar o‘rtasida hamkorlik masalalari,
210-tom. — Ò., 1977.
51. K. Hoshimov. Respublikada kuni uzaytirilgan maktab va gruppaning
perspektivasi hamda taraqqiyoti masalasiga doir. Òo‘plam. — Ò.: «O‘qituvchi»,
1978.
52. K. Hoshimov, L. Marudova. Kuni uzaytirilgan sinf va gruppalarda
tarbiyaviy ishlarni planlashtirish. — Ò., 1978.


269
53. K. Hoshimov. Kuni uzaytirilgan maktab, sinf, gruppalar va to‘la kunli
maktablarga pedagogika asoslari. — Ò., 1981.
54. K. Hoshimov. «Kuni uzaytirilgan maktablarga» kundalik rejim. — Ò.:
«O‘qituvchi», 1982.
55. K. Hoshimov, L. Marudova. Âîñïèòàòåëüíàÿ ðàáîòà â ãðóïïàõ è
êëàññàõ ïðîäëåííîãî äíÿ. Ò.: «O‘qituvchi», 1982.
56. K. Hoshimov, L. Marudova. Kuni uzaytirilgan klass ham gruppalarga
tarbiyaliq jumislardi planlastirdi. — Nokis, «Karakalpaqstan», 1982.
57. Ê. Xaøèìîâ. Ðàçâèòèå øêîë ïðîäëåííîãî äíÿ â Óçáåêèñòàíå. —
Ò.: Èçäàòåëüñòâî «Ôàí», 1984.
58. K. Hoshimov. Kuni uzaytirilgan maktablar ishini takomillashtirish. —
Ò.: «O‘zbekiston», 1984.
59. K. Hoshimov. O‘quvchilar ong va xulqining shakllanishida kuni
uzaytirilgan maktab, gruppalarning imkoniyatlari. — Ò., 1984 y.
60. O. Hasanboyeva. Kuni uzaytirilgan guruhlarda tarbiyaviy ishlar. — Ò.,
1994.
61. Ê. Xaøèìîâ, Êàìèëîâà Ì. Ìåòîäèêà îðãàíèçàöèè ñàìîïîäãîòîâ-
êè ó÷àùèõñÿ øêîë, ãðóïï ïðîäëåííîãî äíÿ. — Ò., 1984 ã.
62. K. Hoshimov. Kuni uzaytirilgan maktab va internatlar ishining
pedagogik asoslari. — Ò.: «O‘qituvchi», 1988.
63. M. Yusupov, T. A. Abdullayeva. O‘quv kuni uzaytirilgan sinf va gruppalar
ishini tashkil etish. T.: «O‘qituvchi», 1986.
64. K. Hoshimov, M. Normuhamedova, T. Usmonxo‘jayev. — Kuni
uzaytirilgan guruhlarda tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish. (Metodik qo‘llan-
ma). — Ò.: «O‘qituvchi», 1992.


270
MUNDARIJA
Kirish .................................................................................................. 3
Birinchi qism
Kuni uzaytirilgan sinf, guruh, maktab, maktab-internatlarning
taraqqiyoti va o‘ziga xos xususiyatlari ........................................ 9
Kuni uzaytirilgan maktab, guruhlarning ijtimoiy pedagogik
zarurati va qisqacha tarixi .......................................................... 9
O‘zbekiston hukumatining yangi tipdagi o‘quv muassasalarini
rivojlantirish haqidagi g‘amxo‘rligi ........................................... 13
Kuni uzaytirilgan maktab, sinf, guruh va maktab-internatlarning
asosiy shakllari hamda pedagogik xususiyatlari ........................ 20
Ikkinchi qism
Kuni uzaytirilgan guruh va maktab-internatlar ishini tashkil etish . 25
Kuni uzaytirilgan maktab, guruh va maktab-internatlarni butlash .. 29
Tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish va uning pedagogik ahamiyati ..... 34
Kuni uzaytirilgan sinf, guruhlarda kundalik ishni rejalashtirish
namunasi .................................................................................. 71
Boshlang‘ich sinflarning kuni uzaytirilgan guruhlarida tarbiyaviy
ish metodlari ............................................................................ 87
O‘quvchi shaxsini va o‘quvchilar jamoasini o‘rganish ..................... 91
Kuni uzaytirilgan maktab, guruh va maktab-internatlarda kun
tartibi ........................................................................................ 95
Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internat
ishlarini hujjatlashtirish ........................................................... 117
Uchinchi qism
Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlarda ta’lim-
tarbiya ishining o‘ziga xosligi va afzalliklari .......................... 122
Kuni uzaytirilgan sinf va guruhlar ishiga pedagogik rahbarlik
qilish ....................................................................................... 131
Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internat tarbiyachi-
larining faoliyati ..................................................................... 136
O‘qituvchi va tarbiyachilarning malakasini oshirish tizimi............ 145


271
Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlarda boshlang‘ich
sinf o‘quvchilarining mustaqil dars tayyorlashi
va ularga pedagogik rahbarlik ................................................ 154
O‘quvchi shaxsini tarbiyalashda bo‘sh vaqt ................................... 179
Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlar sharoitida
o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini uyushtirish .......................... 183
Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlar boshlang‘ich
sinflarida «Kamalak» bolalar boshlang‘ich tashkiloti
va «Kamolot» YIH bilan ishlash ............................................ 198
Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlar o‘quv-
chilari uchun badantarbiya mashqlari .................................... 219
Kuni uzaytirilgan sinf, guruh va maktab-internatlarning oila
hamda jamoatchilik bilan hamkorligi..................................... 248
Xulosa............................................................................................. 260
Foydalanilgan adabiyotlar .............................................................. 266


Komiljon Hoshimov
KUNI UZAYTIRILGAN GURUHLARDA
TA’LIM-TARBIYA NAZARIYASI
VA METODIKASI
Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
«SHARQ» nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi Bosh tahririyati.
Toshkent — 2007
Muharrir
A. Akbar
Badiiy muharrir
J. Gurova
Texnik muharrir
A. Salixov
Musahhih
J. Toirova
Kompyuterda sahifalovchi E. Kim
Bosishga 24.08.07 da ruxsat etildi. Bichimi 60½90
1
/
16
.
«Tayms» garniturada ofset bosma usulida bosildi.
Shartli b. t. 17,0. Nashr t. 17,2. Jami 3650 nusxa. Buyurtma ¹ 231.
«ARNAPRINT» MCHJ bosmaxonasida bosildi.
100182, Toshkent, H. Boyqarî ko‘chasi, 41.

Yüklə 1,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin